-
-
-
Ma'muriy huquq va protsess
Muratayev Serikbek Alpamisovich, Musayev Bekzod Tursunboyev, Artikov Dilmurod,юриспруденция,
-
Bankrotlikni huquqiy tartibga solish
Azizov X.T,O'zbekistonda demokratik bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining yildan yilga o'sib borishi, tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotda tutgan o'mining yanada oshib borishi, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mavqeyi yanada yuksalishi muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Respublikamizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar marnlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalq farovonligining va aholi turmush tarzining yaxshilanishiga, tadbirkorlik subyektlarining, jumladan, xususiy sektorning rivojlanishiga keng yo'l ochib berilmoqda, buning natijasida tadbirkorlik faoliyati yanada kengayib, rivojlanmoqda. Shu bilan birga bozor munosabatlarining o'ziga xos qonuniyatlari asosida erkin raqobat muhitida o'z ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish) faoliyatini to'g'ri tashkil etmagan, bozor qonuniyatlarini yaxshi o'rganmagan, iqtisodiyotni boshqarishni, menejerlikni zamonaviy xalqaro talablar darajasida amalga oshirolmagan subyektlarming inqirozga uchrashi nochor ahvolda qolishi, ularning bankrotligini keltirib chiqaradi.
-
Konstitutsiyaviy huquq
O.T. Husanov,Konstitusiyaviy huquq bo'yicha tayyorlangan darslik oliy yuridik o;quv yurtlarining bakalavir bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan . Darslikda Konstutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritiladi.Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzilishiga ham mos keladi.
-
Ma'muriy huquq va protsess
Muratayev Serikbek Alpamisovich, Musayev Bekzod Tursunboyev, Artikov Dilmurod,Mazkur darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining 5240120 Yurisprudensiya bakalavr ta'lim yo'nalishi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Ma'muriy huquq va protsess fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Unda O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga 2022-yil 1-yanvargacha kiritilgan o'zgartish va qo'shim- chalar e'tiborga olingan. Darslikda ma'muriy huquq tarmog'i va davlat boshqaruvi organlari faoliyatini izohlash masalasiga doktrinal qaralib, ularga ommaviy va xususiy huquq subyektlari sifatida ko'rish nuqtayi nazaridan yondashilgan. Shu tariqa davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilish prinsipini ifodalashga urinildi. O'quvchi ushbu darslik orqali O'zbekistondagi mavjud davlat boshqaruvi organlari tizimini, ularning asosiy funksiya va vazifalarini, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatadigan asosiy davlat xizmatlari turlari hamda ularning mohiyatini tizimli ravishda va oson tushunib olishi mumkin.