-
-
-
Qaytish migratsiyasi Xalqaro yondashuvlar va markaziy osiyoning mintaqaviy o'ziga xos xususiyatlari
Mualliflar jamoasi,Fuqarolik jamiyati, -
-
Fuqarolik huquqiga kirish
Yuldashev J.I.,Fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik huquqini boshlang'ich o'quv kurslaridan fundamental o'quv moduli sifatida o'rganish huquqiy ta'limni takomillashtirish va jamoatchilik bilan munosabatlarning ushbu sohasida yuzaga keladigan amaliy masalalar hamda nizolarni malakali hal qilishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqiga oid tushunchalar loʻnda, sodda va tushunarli uslubda bayon etilgan bo'lib, talabalarga mavzuni mustahkamlashda ishonchli qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
-
Fuqarolik protsessual huquqi
Mazkur o'quv qo'llanma fuqarolik protsessual huquqi modulidan ma'ruza va seminar (amaliy) mashg'ulotlarni o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, aynan o'qituvchi va o'quvchi (talaba, tinglovchi)ga fanni o'zlashtirishda qulay dastur sifatida tavsiya etiladi. O'quv qo'llanmada mavzu va reja, mantiqiy savollar, kazus va ularning yechimi, darslarni o'tish uslubiyoti (metodikasi) haqida ko'rsatmalar berilgan. Mazkur qo'llanma ikki bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limda fuqarolik protsessual huquqini o'qitish va o'rganish metodikasi haqida ko'rsatmalar berilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda fuqarolik protsessual huquqining ayrim institutlari haqida qisqacha tavsiflar berilgan.
-
Qaytish migratsiyasi Xalqaro yondashuvlar va markaziy osiyoning mintaqaviy o'ziga xos xususiyatlari
Mualliflar jamoasi,Ushbu qo'llanmada ishlatilgan IQRY (Ixtiyoriy qaytish va reintegratsiyalashga yordam) atamasi, shuningdek uning asosiy jihatlari va tamoyillari Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMgT) tomonidan keyinchalik qayta ko'rib chiqilishi kerak. Shunday qilib, IQRY atamasiga havolalar, undan foydalanish va undan misollar keltirish iomalmaty@homint elektron manziliga tegishli so'rov orqali XMgT bilan oldindan kelishib olinishi kerak. O'quv qo'llanmasi XMgTning AQSh Davlat Departamentining Aholi, qochqinlar va migratsiya ishlari bo'yicha byurosi (AQMB AQSH) tomonidan mablag'lar bilan ta'minlangan "Osiyo mintaqaviy migratsiya dasturi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. "QAYTISH MIGRATSIYASI, XALQARO YONDASHUVLAR VA MARKAZIY OSIYONING MINTAQAVIY O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI o'quv qo'llanmasi demografiya sohasidagi malakasini oshirayotgan davlat xizmatchilari va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda demografik malumotlardan foydalanish, shuningdek ijtimoiy va gumanitar yo'nalishdagi talabalar va aspirantlar uchun moʻljallangan Rossiya Fanlar Akademiyasining "Rossiyaning demografik va migratsiya muammoları" ilmiy Kengashi tomonidan o'quv-uslubiy jarayonda foydalanish uchun tavsiya etilgan (2-sonli Bayonnoma, 2020 yil 2-iyun).
-
Fuqarolik jamiyati
Djumaniyazova D.K,Yuridik sohadagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ular- ning ko'lamini kengaytirish, shuningdek, talabalarning bilimini yanada chuqurlashtirish hamda mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda Fuqarolik jamiyati fanini chuqurroq o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarga fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, ularni amalga oshirish strategiyasining 3 mazmun-mohiyati fuqarolik jamiyatida inson, davlat va jamiyatning o'zaro munosabati, mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mas'uliyatini shakllantirishdan iborat. O'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan fuqarolik jamiyati moduliga oid mavzular bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.