-
-
Эркин иқтисодий зоналарнинг ҳуқуқий мақоми
Камалов М.Н.Имомов,Мазкур ўқув қўлланмада эркин иқтисодий зоналар фаолиятининг хусусиятлари, уларни барпо этиш мақсади ва сабаблари, ушбу ҳудудларнинг жаҳон иқтисодий муносабатларида тутган ўрни, эркин иқтисодий зоналар ҳудудида тузиладигн инвестиция шартномалари, экспорт ва импорт битмлари ҳамда уларни тузишга қўйиладиган талаблар, эркин иқтисодий зоналарда корпоратив бошқарувни яхшилашга қаратилган қонунчилик ҳужжатларини такомиллаштириш каби масалалар ёритилган. Ушбу ўқув қўлланма магистрантлар ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
IQTISODIY TAHLIL
T.Q. Qudratov , M.M. Ibrohimov,O'quv qo'llanmada iqtisodiy tahlilining mazmuni , predmedi vazifalari, usullari hamda sanoat , qishloq xo'jaligi va savdo korxonalarning boshqaruv , moliyaviy faoliyati bilan bog'liq natijalari nazariy hamda uslubiy asoslari yoritilgan. "Budjet korxonalarida buxgalteriya hisobi" ixtisosligi bo'yicha ishloyotgan mutaxassislarga mo'ljallangan.
-
BUDJET VA BUDJET TIZIMI
U.I.INOYATOV, G.N.AHMADJONOVA,"Budjet va budjet tizimi" o'quv qo'llanmasida davlat budjeti tuzilmasi, uning mohiyati, funksiyalari, prinsiplari va boshqa kategoriyalar bilan munosabatlari bayon etilgan. Uning bigungi bozor sharoitidagi holati, to'gri va oqilona tashkil etilishi va makroiqtisodiy barqarorligi xo'jalik subyektlarining iqtisodiy faoliyatiga va mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga ta'sir etishi asoslab berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar, mahalliy budjetlarni o'z ichiga oluvchi budjet tizimi va uning tashkiliy-huquqiy asoslarini chuqur o'rganish imkonini beradi. Qo'llanma yakunida berilgan ilovalarda budjet tizimiga oid barcha ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, u xo'jalik subyektlarining budjet bilan o'zaro munosabatlarini yo'lga qo'yishda, budjet tashkiloti rahbarlari mas'ulligini oshirishga xizmat qiladi. Qo'llanma ijtimoiy-iqtisodiy yo'nalishdagi o'quv yurtlari talabalari, o'qituvchilari va budjet tashkilotlari hisobchi mutaxassislariga mo'ljallangan.
-
AUDIT
NURULLA SANAYEV,Mazkur o'quv qo'llanma buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi bo'yicha mutaxassis tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadagi manzularda audit haqida umumiy tushunchalar yoritilgan bo'lib, u mamlakatimiz qonunchiligi me'yorlari asosida yozilgan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari talabalari, hisobchilar va auditorlar ham foydalanishlari mumkin.