-
-
-
-
Bank-moliya terminlarning o'zbek tilidagi izohli tug'ati
Muhamrdova S, Shirinova Ye, Xudoyberdiyeva S..,Savdo, -
-
-
Кўчмас мулкни сотиш шартномасининг фуқаролик ҳуқуқий талқини
Топилдиев Б.Р.,Ушбу монографияда фукаролик ҳукуки фанидаги хукукий конструкцияларидан бири саналган кўчмас мол-мулкни сотиш шартномасининг фукаролик-хукукий тартибга солиш ва уни такомиллаштиришга оид масалалар тадкик этилган. Монографияда кўчмас мол-мулкни сотиш шартномасининг тушунчаси ва моҳиятининг юридик тахлили, кўчмас мол-мулкни сотиш шартномаси фукаролик хукукий асосларининг ривожланиш боскичлари ва шартноманинг тутган ўрни ва ўзига хос хусусиятлари, кўчмас мулкни сотиш шартномасининг шакли ва расмийлаштирилишининг ҳуқуқий тартибга солиниши, кўчмас мулкни сотиш шартномасини тузиш асослари ва тартиби, қўлланиш соҳаларининг илмий таҳлили, кўчмас мол-мулкни сотиш шартномасини тузиш тартиби, кўчмас мол-мулкни сотиш шартномасида шартнома предмети ва баҳосини аниклаш ва уй-жойларни сотишни фуқаролик-хукукий асосларини такомиллаштириш каби масалалар тахлил этилиб ёритилган. Ушбу монографиядан ҳуқуқшунослик олий ўқув юртларининг талабалари, магистрлари, докторантлари, ўкитувчилари ва Кўчмас мулк билан шуғулланувчи ва уни сотиш каби масалаларга кизикувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Xalqaro savdo huquqi va amaliyoti
Myurrey K.,Barcha huquqlar himoyalangan. Mazkur nashrning hech qanday qismi oldindan olingan yozma ruxsatisiz ko'paytirilishi yoki har qanday shaklda yoki biron-bir vosita bilan uzatilishi yoki har qanday qidiruv tizimida saqlanishi mumkin emas, 1988 yildagi Mualliflik huquqi, sanoat namunalari va patentlar to'g'risidagi qonunga muvofiq adolatli foydalanishga ruxsat berilgan hollar bundan mustasno, yoki Mualliflik huquqini Litsenziyalash Agentligi tomonidan nusxa ko'chirish va yoki reprografik ko'paytirish uchun berilgan litsenziya shartlariga muvofiq. Muallif, nashriyot va manba ko'rsatilishi kerak.
-
Soliq nazariyasi
Toshqulov A.,Mazkur darslik bakalavriat bosqichining «Soliqlar va soliqqa tortish yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda «Soliq nazariyasi» fanining rivojlanish taraqqiyoti, soliqlarning yuzaga kelish shart-sharoitlari, soliqlar va boshqa majbriy to'lovlarning davlatchilikning turli davrlarida amal qilish xususiyatlari, soliqlarga oid ilmiy nazariyalar va qarashlarning qisqacha mazmuni yoritib berilgan. Shuningdek, mazkur darslikda soliqqa tortish amaliyoti uchun muhim sanalgan soliq elementlari va ularni qoʻllani- lish xususiyatlari, soliq tamoyillari, soliq siyosati va tizimining tarkibi hamda ularni tashkil etish asoslari, soliqlarning makroiqtisodiy ja- rayon bilan uzviy bog'liqlik masalalari nazariy jihatdan yoritilgan. Darslikda keltirilgan materiallar va ma'lumotlar boʻlajak soliq mutaxassislarining o'z kasbiy bilim va malakalarini oshirish uchun asosiy manbaalardan biri boʻlib xizmat qiladi. Darslik haqidagi fikr-mulohazalar, uni mukammallashtirishga doir takliflar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
-
Bank-moliya terminlarning o'zbek tilidagi izohli tug'ati
Muhamrdova S, Shirinova Ye, Xudoyberdiyeva S..,Lug'at hozirgi o'zbek tilida keng iste'molda boʻlgan 800dan ortiq bank-moliya terminlari, tushuncha va iboralarining izohidan iborat. Lug'atda berilgan terminlarning amalda qo'llanishi sohaga oid me'yoriy hujjatlar, o'quv adabiyotlari, matbuotdan olingan misollar bilan dalillangan. Lug'atdan bank muassasalari xodimlari, oliy o'quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU o'quv-uslubiy ken- gashining 2020-yil 18-dekabrda 5-sonli masofaviy o'tkazilgan yig'ilishida nashrga tavsiya etilgan.
-
Jahon savdo tashkiloti huquqi
Almosova Sh.S,Jahon Savdo Tashkiloti huquqi fanini o'zlashtirish bo'yicha yozilgan ushbu o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar hamda talabalar tomonidan ushbu fanni o'rganish uchun ma'ruza va seminar mashg'ulotlarida foydalanishga mo'ljallangan bo'lib, JSTning shakllanishi tarixi, uning tuzilmasi, a'zo-davlatlar o'rtasida nizolarni hal etish tartibi, tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk obyektlari savdosining huquqiy asoslari, JST huquqining asosiy prinsiplari yuzasidan nazariy, amaliy bilim va ko'nikmalar berishga xizmat qiladi. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va JST normalarini o'zaro qiyosiy o'rganish va bu borada tizimli bilimlarni shakllantirishni maqsad qilgan talabalar uchun ayniqsa qo'l keladi.
-
Jahon savdo tashkiloti
mualliflar jamoasi,Jahon savdo tashkiloti (JST) a'zo mamlakatlarning savdo bilan bog'liq muammolarini hal etish yo'llarini muhokama qiladigan tuzilmadir. JSTning asosi - uning kelishuvlari bo'lib, mazkur kelishuvlar tashlikot ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. JST shunchaki savdoni erkinlashtirish bilangina shug'ullanmaydi. Ba'zi vaziyatlarda uning qoidalari savdo to'siqlarini o'rnatishni ilgari suradi. Bularga iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish, kasalliklar tarqalib ketishining oldini olish yoki tabiatni muhofaza qilish kabi choralarni misol qilib keltirishimiz mumkin.