-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
Xo'jalik ishlari bo'yicha protsessual hujjatlar
Esanova Z.N., Azizov N.A., Kalandarova M.P.,Ta'lim, -
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
Sug'urta huquqi
Boltayev M.S.,Sug'urta huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazish, talabalarning mavzular mazmun-mohiyatini tezda anglab olishi va tushunishi, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatish hamda olingan bilimlarni amalda qo'llashga yordam beradi. O'quv qo'llanma huquqshunoslik fani o'qitiladigan oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Dalillar nazariyasi
Tulaganova G.Z., Bazarova D.B.,"Dalillar nazariyasi" darsligi so'nggi sud-huquq islohoti bilan bog'liq bo'lib, murakkab mavzularning tahlilini o'z ichiga olgan. Ushbu mavzularning mazmuni o'ziga xos xususiyatga ega. Darslikdan maqsad talaba va magistrlarga jinoyat-protsessual huquqining institutlaridan biri bo'lgan dalillar institutining huquqiy tabiatini, mazmunini, isbot qilish jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash vositalarini hamda qonunchilikning qat'iy qoidalarini, shuningdek, dalillar bilan bog'liq nazariy qarashlarni va amaliy ko'nikmalarni o'rgatishdan iborat. Darslikda dalillar nazariyasining huquqiy va metodologik asoslari, xususiyatlari, tasniflanishi, isbot qilish tushunchasi, doirasi, predmeti, isbot qilish subyektlarining o'rni va faoliyatlari kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan mazkur darslik ularning kelgusida o'z xizmat vazifalarini professional bajarishida zarur bilim, ko'nikmalar majmuini shakllantirishni ko'zda tutadi.
-
Ekologiya huquqi
Nishonov A.U,O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti ekologiya huquqi fani dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda Ekologiya huquqi fanining tushunchasi, predmeti, metodlari, tizimi, prinsiplari va manbalari, tabiat resurslariga nisbatan mulkchilik, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va nazoratining ekologik-huquqiy holati, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik, yer, suv, yerosti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon, atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hududlarning ekologik- huquqiy tartibi hamda ekologik-huquqiy muhofaza qilish masalalari atroflicha yoritilgan. O'quv qo'llanma professor-o'qituvchilarga, yuridik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'qituvchilari, talabalariga mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
Xolmo'minov J.T.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Moliya huquqi
Yusupov S., Normuratov A.,Ushbu o'quv qo'llanmada moliya huquqi tushunchasi, funksiyalari, davlat moliyaviy faoliyati tushunchasi, moliyaviy nazorat va uning shakllari, usullari, budjet tushunchasi, uning tuzilish shakli, davlat daromadlari hamda xarajatlarining huquqiy asoslari, davlat krediti va uning shakllari, davlat qarzi, uni amalga oshirish tartibi, moliya huquqining boshqa masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanmada mustahkamlovchi qism bilan birga, ma'lumotlarni tushunishga yordam beruvchi vaziyatlar va misollar shakllantirilgan. Nashr moliya huquqi fani o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, yurisprudensiya faoliyat turlari bo'yicha bakalavriat yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Ijro ishi yuritish
O'razaliyev M.,Ushbu darslikda ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, O'zbekistonda sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, ularni davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etishning huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlariga qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, undiruvning qarzdor mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar, talabalar, shuningdek, ijro ishi yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
The essential language used in intellectual property law and cyber law (AI)
Usmonova O.R.,Ushbu o'quv qo'llanma asosiy 4ta bo'lim va 13ta bobdan iborat bo'lib, ularning har biri turli xil qiziqarli materiallarni taqdim etadi. Intellektual mulk. Kiber huquqi va Sun'iy intellekt Al bilan bog'liq mavzularga yo'naltirilgan o'quv materiallariga asoslangan og'zaki va yozish ko'nikmalarini rivojlantiruvchi vazifalar talabalarning autentik va amaliy misollarda yuridik til ko'nikmalarini rivojlantirishni ta'minlaydi. bu esa talabalarga turli kontekstlarda yuridik tilning murakkabligini o'rganish imkonini beradi.
-
Ingliz huquqida intellektual mulk huquqi asoslari
Sharipova X.R.,Mazkur o'quv qo'llanma ingliz huquqida intellektual mulk huquqiga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan masalalarni tahliliga bag'ishlangan. Ushbu qo'llanmada ingliz huquqida intellektual mulk huquqi manbalari, tovar belgilarining tartibga solinishi hamda ingliz huquqida mualliflik huquqi kabi masalalar tahlil qilingan.
-
Odil sudlovga qarshi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish
Otajonov A.A,O'quv qo'llanmada odil sudlovga qarshi jinoyatlar tushunchasi, turlari ularning obyektiv va subyektiv belgilari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Xo'jalik ishlari bo'yicha protsessual hujjatlar
Esanova Z.N., Azizov N.A., Kalandarova M.P.,Ushbu o'quv qo'llanmada xoʻjalik sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek asosiy tushunchalar, nazorat uchun kazuslar, mantiqiy-muammoli savollar, sxema va jadvallar hamda xoʻjalik protsessining turli bosqichlarida yuritiladigan hujjatlardan namunalar o'rin olgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya mutaxassisligi bo'yicha bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud, prokuratura, adliya, advokatura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari, sudyalik lavozimiga zaxiraga olingan nomzodlar, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Qo'llanma "Fuqarolik va xo'jalik sud ishlarini yuritish bo'yicha protsessual hujjatlar va ularni rasmiylashtirishning nazariy-amaliy masalalari" mavzusidagi A2-018-raqamli davlat ilmiy-texnik dasturi natijalari doirasida tayyorlangan.
-
Юристнинг касбий этикаси
Исмаилов Б.И.,Қўлланма Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлигининг "Юридик шахсларнинг коррупцияга оид ҳукуқбузарликлар содир этганлиги учун жавобгарлигининг ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш" ПЗ-20170928486-сон гранти асосида тайёрланган. Мазкур ўқув қўлланмада юристнинг касбий этикаси курсининг предмети, мақсади ва вазифалари, умумий этиканинг асослари, одоб- ахлоқнинг тушунчаси ва моҳияти, одил судлов ва ҳуқуқни муҳофаза килиш фаолияти ҳақидаги қонунчиликнинг ахлоқий асослари, жиноят-процессуал исботлашнинг ахлоқий асослари, одил судловни амалга оширишнинг ахлоқий асослари, айрим тергов ҳаракатларини амалга оширишнинг этик ва ахлокий асослари, суд музокарасининг этик ва ахлоқий асослари, айрим юридик касб вакиллари фаолиятининг ахлоқий асослари, юристнинг касбий фаолиятидаги этикети каби мавзулар атрофлича кенг ёритилган. Ўқув қўлланма бўйича лозим бўлган адабиётлар, қонунлар, норматив ҳужжатлар ва махсус адабиётлар тизимида берилган. Ўқув қўлланма юридик олий ўқув юрти талабаларига, тадқиқотчилар ва амалиёт ходимларига, юристнинг касб этикаси масалалари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Huquqning tushunchasi, mohiyati, funksiyalari va prinsiplari
Axmedshayeva M.A.,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat bosqichi yo'nalishlari (60420100-Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha) uchun o'tiladigan Davlat va huquq nazariyasi modulining 7-mavzu "Huquq tushunchasi, belgilari, va mohiyati" va 8-mavzu "Huquq funksiyalari va prinsiplari" mavzulariga bag'ishlangan bo'lib, unda huquqni tushunish masalalari, huquqning mohiyati, belgilari hamda prinsiplari va funksiyalari bugungi kun nuqtai nazaridan yoritilgan. O'quv qo'llanma oily yuridik ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Transmilliy jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti
Xamidov B.X,Ushbu o'quv qo'llanma ayrim turdagi transmilliy jinoyatlarni tergov qilishning kriminalistik tahliliga bag'ishlangan. Unda transmilliy jinoyatlar tushunchasi, ularning o'ziga xos xususiyatlari va turlari, transmilliy jinoiy tashkilotlar turlari va ularning yo'nalishlari, jinoyatlarning kriminalistik xarakteristikasi, shuningdek, ayrim toifadagi transmilliy jinoyatlarni tergov qilish yuzasidan o'tkaziladigan taktik qoidalar hamda ularni oldini olish masalalari aks etgan. O'quv qo'llanmailmiy ish bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar va oliy o'quv yurtlarining bakalavr va magistrantlari uchun tavsiya qilinadi. Shuningdek, undan sud-tergov organlari xodimlari hamda ushbu mavzuga qiziquvchi shaxslar ham foydalanishi mumkin.
-
Mehnat munosabatlarida majburiyatlarning qo'llanilishi va uni takomillashtirishga oid muammolar
Rahimqulova L.U.,Mazkur o'quv qo'llanmada mehnat munosabatlarida majburiyatlarıng qo'llanilishi va uni takomillashtirishga oid muhim masalalar yoritib berilgan. Jumladan, mehnat munosabatlarida majburiyatlar va uning umumiy xarakteristikasi, mehnat munosabatlarida majburiyat tushunchasi, mazmuni, uning vudujga kelish asoslari, mehnat munosabatlari subyektlari o'rtasida vujudga kelgan majburiyatlarni etarli darajada bajarilmaganligining huquqiy oqibatlari, mehnat munosabatlarida majburiyatlarning huquqiy asoslari hamda qiyosiy-huquqiy tahlili, mehnat huquqida majburiyatlarning vujudga kelish asoslari va ijro mexanizmlari, xalqaro mehnat qonunchiligida majburiyatlarni ta'minlanish tartibi, O'zbekiston mehnat qonunchiligida majburiyatlar va ularni bajarilishi bilan bog'liq mavjud muammolar hamda ularni takomillashtirishga oid takliflar berilgan.
-
Huquqiy statistika
Shukurov S.M., Sharipova U.A.,Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1990-sonli Qarorida ko'zda tutilgan yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish vazifasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida bajarilgan. Qo'llanma talabalarda huquqiy ahamiyatga ega hodisa va jarayonlarni statistik tadqiq qilish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirish. HMQO tizimida yuritiladigan huquqiy statistika ko'rsatkichlari bilan tanishtirish, huquqiy statistika ko'rsatkichlarini hisoblash hamda ularni tahlil qilish usullarini o'rgatishga mo'ljallangan. Ushbu qo'llanmadan talabalar va shu sohada faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Milliy g'oya: Asosiy tushuncha va tamoyillar
Kuchkarov R.,Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar" fani o'quv kursining namunaviy dasturi asosida tayyorlandi. O'quv qo'llanma, avvalo, TDYU bakalavriat bosqichi talabalari, professor-o'qituvchilari, qolaversa, mazkur fan bo'yicha respublika oliy ta'lim muassasalarida mashg'ulotlar olib boruvchi mutaxassislarga mo'ljallangan.
-
Fuqarolik huquqiga kirish
Yuldashev J.I,Fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik huquqini boshlang'ich o'quv kurslaridan fundamental o'quv moduli sifatida o'rganish huquqiy ta'limni takomillashtirish va jamoatchilik bilan munosabatlarning ushbu sohasida yuzaga keladigan amaliy masalalar hamda nizolarni malakali hal qilishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqiga oid tushunchalar lo'nda, sodda va tushunarli uslubda bayon etilgan bo'lib, talabalarga mavzuni mustahkamlashda ishonchli qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
-
Biznes huquqi
Tadjibaeva M.R,Mazkur o'quv qo'llanma Biznes huquqi fani bo'yicha talabalarning o'quv salohiyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, undagi tushunchalar soddalashtirilgan tarzda taqdim etilgan va mavzu bo'yicha mustahkam poydevor yaratish uchun zarur bo'lgan asosiy bilimni qamrab oladi. O'quv qo'llanmada noan'anaviy yondashuvga amal qilingan bo'lib, har bir bobda asosiy huquqiy atamalar va tushunchalar, keyinchalik o'qish uchun havolalar, mavzu yakuni bo'yicha savollar, kazuslar va video materiallar uchun QR- kodlar mavjud.
-
Jinoyat huquqida sababiy bog'lanish
Xudaykulov F.X,Ushbu monografiyada jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibi obyektiv tomonining nazariy asoslari, jinoyat obyektiv tomoni belgilari jinoyat tarkibi to'g'risidagi ta'limot shakllanishi va rivojlanishining asosi, jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy va fakultativ belgilari umumiy tavsifi, jinoyat huquqida sababiy bog'lanishni o'rganishning metodologik asoslari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish va uning determinizm bilan o'zaro munosabati, sababiy bog'lanish haqidagi nazariyalar va ularning muammolari, jinoyat huquqida sababiy bog'lanish va uni aniqlashda mezon, prinsip va qoidalar: harakatsizlikda sababiy bog'lanishning muammolari, shuningdek, ular bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlash masalalari bayon qilingan. Mazkur monografiyada oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sud qarorlarini majburiy ijro etish shartlari va tartibi
Xodjiyev Y.M.,Monografiyada sud qarorlarini ijro majburiy ijro etishning shartlari va tartibi, sud qarorlarini ijrosi tushunchasi va mohiyati, majburiy ijro etiladigan ijro hujjatlar tizimi, majburiy ijro etuvchi organning huquqiy holati, ijro harakatlarini amalga oshirishning protsessual-huquqiy masalalari, majburiy ijro etish asoslari va choralari, Undiruvni qarzdorning pul mablag'lariga qaratish, Qarzdorning mol- mulkini aniqlash, xatlash, baholash, saqlash va realizatsiya qilish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Monografiya huquqshunoslar, huquqni qo'llovchi shaxslar, tadqiqotchilar, yuridik sohadagi ta'lim muassalalari talabalari, va keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.