-
Dalillar nazariyasi
Tulaganova G.Z., Bazarova D.B.,"Dalillar nazariyasi" darsligi so'nggi sud-huquq islohoti bilan bog'liq bo'lib, murakkab mavzularning tahlilini o'z ichiga olgan. Ushbu mavzularning mazmuni o'ziga xos xususiyatga ega. Darslikdan maqsad talaba va magistrlarga jinoyat-protsessual huquqining institutlaridan biri bo'lgan dalillar institutining huquqiy tabiatini, mazmunini, isbot qilish jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash vositalarini hamda qonunchilikning qat'iy qoidalarini, shuningdek, dalillar bilan bog'liq nazariy qarashlarni va amaliy ko'nikmalarni o'rgatishdan iborat. Darslikda dalillar nazariyasining huquqiy va metodologik asoslari, xususiyatlari, tasniflanishi, isbot qilish tushunchasi, doirasi, predmeti, isbot qilish subyektlarining o'rni va faoliyatlari kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan mazkur darslik ularning kelgusida o'z xizmat vazifalarini professional bajarishida zarur bilim, ko'nikmalar majmuini shakllantirishni ko'zda tutadi.
-
Ekologiya huquqi
Xolmo'minov J.T.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Ijro ishi yuritish
O'razaliyev M.,Ushbu darslikda ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, O'zbekistonda sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, ularni davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etishning huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlariga qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, undiruvning qarzdor mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar, talabalar, shuningdek, ijro ishi yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
Notariat
Pirmatov O.Sh.,Ushbu darslikda notariat tushunchasi, notarial faoliyat prinsiplari va manbalari, notarial palata faoliyati; notariusning huquqiy maqomi, notarial harakat va uning turlari; "Notarius" avtomatlashtirilgan tizimida ishlash tartibi va vaqti; nizosiz talablar bo'yicha undiruvni qarzdor mol-mulkiga qaratishda notariusning ijro xati; notarius tomonidan ijro xati beriladigan talablar, shartlari va asoslari; notarius tomonidan vekselni protestlash tartibi; jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshirish; hujjat nusxalari va hujjatlardan olingan ko'chirmalar to'g'riligini dalillash tartibi kabi masalalar bayon etilgan. Darslikdan professor-o'qituvchilar, bakalavr bosqichi talabalari, notarial faoliyatga qiziquvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishi mumkin.
-
Jinoiy odil sudlov asoslari
Bazarova D., Mamataliyeva Sh.,Mazkur darslik jinoyat-protsessual qonunchiligiga kiritilgan so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar hamda hozirgi jinoyat ishlari yurituvining so'nggi yutuqlari inobatga olingan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, maxsus o'quv va ilmiy adabiyotlar (milliy va xorijiy) tahlili asosida tayyorlangan.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv adabiyoti O'zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar hamda o'zgarishlarni, ushbu davrda ro'y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo'yicha ilk bora tayyorlanib o'quvchi e'tiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o'rin olgan.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
Yuldashev G.,Ushbu darslik bakalavriatning "Jismoniy madaniyat", "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi", "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim", "Musiqa", "Maktabgacha ta'lim", "Pedagogika-psixologiya", "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishlarining "Ta'limda axborot texnologiyalari" fani dasturiga mos yozilgan bo'lib, bunda zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta'minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi mavzular yoritilgan.
-
Sug'urta huquqi
Boltayev M.S,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, sug'urta sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida yuridik ta'lim muassasalari uchun davlat ta'lim standartlariga muvofiq, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, yangi o'quv modul tizimlarini qo'llagan holda tayyorlandi. Nashr huquqshunoslik fani o'qitiladigan oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalari talabalariga mo'ljallangan.
-
Kriminologiya
Niyozova S.S, Salayev S.N,Mazkur darslikda uyushgan jinoyatchilik, voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligi, oilada sodir etiladigan, zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va ularning oldini olish, shuningdek, xotin-qizlarning tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanishlarining oldini olish va ular bilan ishlash, o'zgalar mulkini talon-toroj qilish, korrupsiya, terrorizm hamda diniy ekstremizm bilan bog'liq jinoyatchiliklarning kriminologik tavsifi va oldini olish kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu darslik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Ekologik - huquqiy javobgarlik
Narzullayev O.X, Nurmatov M.M,Ushbu darslik ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik bilan bog'liq masalalar Ekologik-huquqiy javobgarlik o'quv moduli asosida qonunchilikdagi so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar inobatga olingan holda yoritib berilgan. Darslikda ekologik- huquqiy javobgarlik tushunchasi, xususiyatlari, funksiyasi, tizimi va turlari, ekologik huquqbuzarlikning umumiy tavsifi, ekologik qonunchilik talablarini buzganlik uchun intizomiy, ma'muriy, jinoiy va fuqarolik- huquqiy javobgarlik, tabiiy resurslardan foydalanish va muhofaza qilish sohasida kelib chiqadigan nizolarni hal etish hamda sud hokimiyati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati kabi mavzular oʻrganilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, tegishli mutaxassislik bo'yicha tahsil olayotgan magistrantlar, tadqiqotchilar, amaliyot xodimlari va ushbu masala bilan qiziquvchi keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan.
-
O'zbek tili
Ramazonov N. , Bozorova N, Choriyev O, Gazibekova S,Ushbu darslik yangi o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich rus guruhi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslikda har bir mavzu doirasida matn va u bilan bog'liq topshiriqlar, grammatik qoidalar hamda ularni mustahkamlashga doir mashqlar berilgan. Shuningdek, har bir mavzudan so'ng o'zbek adabiyotiga mansub asarlardan namunalar keltirilgan. Adabiy asarlarni berish orqali o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, tafakkur va tasavvurini yuksaltirish maqsad qilingan.
-
Uy-joy huquqi
Imomov N. Odinayev A.,Mazkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining vazifalari, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari, uy-joy qonunchiligi, turar joylardan foydalanish qoidalari, munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylaridan ijara shartnomasi asosida foydalanish, turar joylarni saqlash va boshqarish faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi masalalari yoritilgan. Darslik huquqshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlari va o'qituvchilari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Ma'muriy tartib-taomillar
Nematov J.N,Ushbu darslikda yurisprudensiya magistrant tinglovchilarining Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha ilk tasavvurlarini hosil qilish, mazkur fanga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitish, O'zbekiston ma'muriy sud amaliyotining ma'muriy tartib-taomillar qoidalarining qo'llanishiga oid amaliy misollar tahlili bilan tanishtirish maqsad qilingan. Mazkur darslik Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha asosiy manba, Ma'muriy huquq fani bo'yicha esa qo'shimcha manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Elektron tijorat huquqi
Ruzinazarov Sh.N,Mazkur darslik bakalavr va magistrlarda elektron tijorat huquqi fani boʻyicha nazariy bilimlar va elektron tijoratga doir qonun hujjatlarini amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish uchun tayyorlandi. "Elektron tijorat huquqi" darsligi raqamli fuqarolik muomalasini rivojlantirish, elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, uning nazariy mazmun- mohiyatini yanada chuqurroq bilish hamda uni amaliyotda qo'llashga yordam beradi. Darslikda elektron tijorat huquqining predmeti va metodi, elektron tijorat tiplari (biznes modellari) tasnifi va subyekt-ishtirokchilari, elektron bitimlar hamda uning turlari, elektron tijoratda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, elektron tijoratda to'lovlar, elektron tijorat sohasidagi xorijiy va xalqaro qonunchilik haqidagi masalalar yoritilgan. Ushbu darslik talabalar, magistrlar, professor-o'qituvchilar va elektron tijorat huquqiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Saydullayev Sh.A,Mazkur darslik davlat va huquq nazariyasi moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Mulk huquqi
Baratov M.X,Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bugungi kunda turmushimizning barcha jabhalarini qamrab oldi va u muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish to'g'risida milliy dastur qabul qilinganidan so'ng, shuningdek mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish ketayotgan bir paytda bu sohadagi ishlar yanada faollashdi. Mazkur darslik darslikning avvalgi avlodidan ham shaklan, ham maz- munan farq qilib, u bugungi kun talablaridan kelib chiqib yaratildi. Muqaddam yaratilgan darslik bugungi davr ruhidan kelib chiqib, bir qadar boyitildi. Ma'lumki, mulkiy munosabatlar juda keng qamrovli, ayni paytda murakkab munosabatlardir. Ularni muntazam tushunib borish, tahlil qilib borish, sharhlash lozimligini davrning o'zi taqozo qilmoqda. Mazkur kitob ham ushbu munosabatlar bilan yaqindan tanishishga xizmat qilsa, ajabmas. Darslik oliy o'quv yurtlari magistrantlari va talabalari, amaliyot xodimlari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi 5 Tom
Rustamboyev M.X.,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 2018 yil 1 noyabrgacha kiritilgan qo'shimcha va o'zgartishlar inobatga olingan holda tayyorlangan. Unda amaldagi qonun hujjatlari, tergov va sud amaliyoti, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari asosida jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismi masalalari yoritilgan. Darslik besh tomdan iborat. Birinchi va ikkinchi tomlar JKning Umumiy qismiga bag'ishlangan. Birinchi tomida jinoyat qonuni va jinoyat to'g'risidagi ta'limot masalalari yoritilgan. Ikkinchisida jazo, javobgarlik va jazodan ozod qilish, jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralari yoritilgan. Uchinchi, to'rtinchi va beshinchi tomlar JKning Maxsus qismi normalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bag'ishlangan. Muallif tomonidan barcha jinoyatlar tarkibining belgilari tahlil qilingan, ularni kvalifikatsiya qilish masalalari, o'xshash jinoyatlar tarkiblarini farqlash muammolari ko'rib chiqilgan. Darslik yuridik oliy o'quv muassasalari bakalavr va magistrlari, Bosh prokuratura Akademiyasi tinglovchilari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlari, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari, o'qituvchilarga moʻljallangan, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jinoyat huquqi muammolari bilan qiziquvchi shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin.
-
O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi 4 Tom

O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi 3 Tom

O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi 2 Tom