-
-
Mehnat huquqi,
-
Sudyalarning odob-axloqiga oid bangalor prinsiplariga sharhlar
Rasulov J.A., Sulaymonov O.R.,Ta'lim,
-
Tashqi siyosatning konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy asoslari
Yuldasheva G.,Ushbu o'quv qo'llanma tashqi siyosat tushunchasi, maqsadi va funksiyalari, tashqi siyosatning konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy asoslari, davlat tashqi siyosati prinsiplarining huquqiy tabiati va mazmuni masalalariga bag'ishlangan. Ўқув қўлланма O'zbekiston Respublikasining yangi tashqi siyosatining huquqiy jihatlari va uning hozirgi davrdagi o'ziga xos xususiyatlari, O'zbekiston Respublikasining tashqi aloqalar organlarining faoliyati bilan bog'liq masalalarga qiziquvchi talabalar, magistrlar va barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Ushbu o'quv q'ollanma yuridik oliy yurtlarining magistrantlariga o'quv qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Mazkur o'quv q'ollanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami №6).
-
Huquqshunoslik
Salmond J.V.,Jon V. Salmondning "Huquqshunoslik asari XX asr boshlarida yozilgan huquq nazariyasi va ilm-faniga oid ilmiy risoladir. Kitobda huquqshunos talabalarga, soha mutaxassislari va huquq nazariyasiga qiziqqan oddiy o'quvchilarga huquqiy tamoyillar haqida tushuncha berilgan. Muallif fuqarolik huquqi, xalqaro huquq va tabiiy huquq kabi huquqshunoslikning turli sohalarini o'rganib, huquqiy tizimlar asosidagi ta'limotlarni shakllantirgan. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy o'quv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
O'zbekiston mehnat munosabatlarini kollizion-huquqiy tartibga solish
Musayev B.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda mehnat munosabatlari, uning belgilari, kollizion normalar, ularni qo'llash masalalari, xalqaro tajriba, amaliyotdagi muammolar, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi, shuningdek, ushbu sohaga oid xalqaro hujjatlar tahlil qilingan. O'quv qo'llanma xalqaro xususiy mehnat munosabatlarini kollizion-huquqiy tartibga solishning nazariy asoslarini rivojlantirishga, mehnat va fuqarolik qonunlarini qo'llash amaliyotini o'rganishga xizmat qiladi.
-
Sudyalarning odob-axloqiga oid bangalor prinsiplariga sharhlar
Rasulov J.A., Sulaymonov O.R.,Ushbu o'quv qo'llanmada 2002-yilda BMT tomonidan qabul qilingan Sudyalarning odob-axloqiga oid Bangalor prinsiplarida mustahkamlangan mustaqillik, xolislik, halollik va poklik, odob-axloq normalariga rioya qilish. tenglik, kompetentlik va harakatchanlik prinsiplariga sohaga oid xalqaro standartlar va milliy qonunchilik normalariga asoslanib sharhlar berilgan. O'quv qo'llanmaga Sudyalarning odob-axloqiga oid Bangalor prinsiplari matni o'zbek tilida ilova qilinmoqda. O'quv qo'llanma talabalar, tadqiqotchilar, sudyalar, sud apparati xodimlari, sudyalikka nomzodlar va odil sudlovga oid xalqaro standartlarga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.