-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
ENGLISH
Ushbu qo'llanma talabalarda soha bo'yicha ingliz tilida bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi va zamonaviy ta'lim talablariga javob beradi. Geografiya va ekologiya sohasida zarur inglizcha terminologiyani o'zlashtirish, o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish ko'nikmalarini rivojlantirish, kasbiy muloqot va ilmiy matnlarni tahlil qilish qobiliyatini hosil qilish, o'z mutaxassisligi bo'yicha xalqaro axborot makonida samarali muloqot qilishga tayyorlashdan iboratdir
-
Introduction to law
This chapter deals with jurisprudence which is the study of the nature of law. Since the term law has no assigned meaning this chapter provides the various meanings that different scholars have assigned to law. It further advances to give the various classes of law, in other words the different types of laws.
-
Ko'rishda nuqsoni bor shaxslar ijtimoiylashuvining psixologik omillari
Mazkur monografiya koʻrishda nuqsoni bor shaxslar ijtimoiylashuviningpsixologik omillari mavzusini chuqur tahlil qilishga bagʻishlangan bo'lib, ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topish jarayoniga ta'sir etuvchi ichki va tashqi psixologik mexanizmlar (motivatsiya, oʻz-oʻzini qabul qilish, inklyuziv muhit) ilmiy asosda yoritilgan. Unda ijtimoiylashuvning nazariy asoslari, koʻrish nuqsoni boʻlgan shaxslarning psixologik xususiyatlari hamda muammolarini hal etish usullariberilgan. Monografiyadan Psixologiya, Defektologiya, Ijtimoiy ish, Pedagogika yoʻnalishi talabalari hamda ushbu sohalarda faoliyat yurituvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
-
Mezon-fidoiylik
1960 - 1980 йилларда Россия олий укув юртларида тахсил олган узбекистонлик ёшларнинг хаёти, олган сабоклари хамда уша даврларда уз юртларига булган мехр - мухаббатлари, Ватан мустакиллиги йулида интилишларининг катор кирралари тугрисида замондошларни хотиралари келтирилган.
-
Biotexnologiyaning fizik kimyoviy asoslari
Mazkur o'quv qo'llanma biologik jarayonlarning fizik-kimyoviy mexanizmlarini o'rganishga qiziqadigan oliy ta'lim muassasalari talabalari,magistrlar va doktorantlar uchun mo'ljallangan. Biotexnologiyaning fizik-kimyoviy asoslari oʻquv qoʻllanmasi zamonaviy biotexnologiyaning ilmiy asoslarini yoritadi va bu sohani oʻzlashtirish uchun zarur boʻlgan fizik va kimyoviy bilimlarni taqdim etadi. Ushbu qoʻllanmada biotexnologiyaning termodinamik va kinetik qonuniyatlari, molekulyar oʻzaro ta'sirlar, fermentlar kinetikasi va hujayralar darajasidagi biokimyoviy jarayonlarning xususiyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, biotexnologiyada foydalaniladigan asosiy kimyoviy reagentlar va ular bilan ishlash tamoyillari bayon qilinadi. Mazkur oʻquv qoʻllanma biologik jarayonlarning fizik-kimyoviy mexanizmlarini oʻrganishga qiziqadigan oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrlar va doktorantlar uchun moʻljallangan. Shuningdek, biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan mutaxassislar uchun ham foydali boʻlishi mumkin.
-
Samarqand ruhi
Samarqand dunyoga buyuk hukmdorlar, sarkardalar, me'morlar, olimlar va rassomlar, shoirlar, xattotlar bergan dunyodagi eng buyuk shaharlardan biridir. XX asrda O'zbekiston milliy tasviriy san'at maktabining boshida turgan P. Benkov, Ζ. Kovalevskaya, R. Timurov va boshqa ko'plab yorqin ijodiy iste'dodlarning nomlari Samarqand bilan bog'liq.
-
Makroiqtisodiy siyosat
Ushbu o‘quv qullanma makroiqtisodiy siyosat fanining asosiy tushunchalari, muammolari va makroiqtisodiy siyosat yuritishning asoslari bayon qilib berilgan. Jumladan, o‘quv qullanmada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari, makroiqtisodiy muvozanatning turli modellari, makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yo‘nalishlari, iqtisodiy o‘sish masalalari, tashqi savdo siyosatini yuritishning nazariy asoslari hamda usullari, to‘lov balansi, valuta kursi kabi mavzular joy olgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’limning “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrantlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning tarkibi “Makroiqtisodiy siyosat” fanining o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturiga mos keladi.
-
Molekulyar biologiya
Mazkur darslik oliy ta'lim muassasalarining Biologiya bakalavrlari uchun mo'ljallangan bo'lib, molekulyar biologiya fanini nazariy jihatdan chuqurroq o'zlashtirishda yaqindan yordam beradi.Molekulyar biologiya KIRISH biologik xodisalar majmuasini, xususan, tirik organizmlarning xususiyatlari, ularning o'sishi va rivojlanishi, koʻpayishi va differensiatsiyasi, irsiyat va immunitet, xarakatlanish va tashqi muhit sharoitlariga moslashuvlari kabi fenomenlarni molekulyar asoslarini o'rganadi. Bu fan biologik ta'limning eng muhim fanlaridan biri hisoblanadi. Bu fan XX asrning o'rtalarida eng kichik hayot shakllari birligi- hujayraning chuqur o'rganilishi, bu maqsadda fizik va kimyoviy tadqiqot uslublardan keng foydalanilishi natijasida mustaqil fan sifatida shakilandi. Molekulyar biologiya fanining asosiy g'oyalari biologik sikl fanlari-biokimyo, genetika, mikrobiologiya, virusologiya, sitologiya, biotexnologiya va boshqalarga asoslangan. Molekulyar biologiyaning o'rganish ob'ekti yirik polimer molekulalar, xususan, oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, shuningdek mayda morfologik strukturalar (tuzilmalar), ya'ni organellalardir. Ular hujayra komponentlari bo'lib ularning subhujayraviy strukturalari deb nomlanadi.
-
-
Samarqand madaniyati va san'ati tarixi
Hozirgi davrda Samarqandning jahon madaniyatida tutgan mavqei shundan dalolat beradiki, xalqaro miqyosda bu qadimgi shaharning tarixi, madaniyati va hozirgi hayotiga qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 22-Sammitining Samarqandda o'tkazilishi dunyo mamlakatlari olimlari jurnalistlari, siyosatchilari va sayyohlarining qiziqishini bir necha barobar oshirdi. Yer yuzining sayqali bo'lgan shahar bugun O'zbekistonning jahon miqyosida nufuzini oshirib, xalqimizga yuksak faxr-iftixor bag'ishlaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o'zaro bog'liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik maqolasida «Samarqand ruhi>>>> hamkorlik, oʻzaro anglashuv va do'stlik ifodasi masalasiga e'tibor qaratdi. 2022 yil, 19 sentyabr kuni selektor yig'ilishida Prezident asosiy e'tiborni turizm masalasiga qaratdi va O'zbekistonning asosiy turizm darvozasi ekanligini e'tirof etdi.
-
JISMONIY TARBIYA, SPORT NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Jismоniy tarbiya, spоrt nazariyasi va uslubiyati mutaxassislikka yо‘naltirilgan fan bо‘lib shartli ravishda uch qismga bо‘lib о‘rganiladi. Birinchi qism jismоniy madaniyat nazariyasining umumiy asоslari, ikkinchi qismi uslubiy asоslari, uchinchi qismi spоrt mashqi. Aslida bu qismlar bir butunlikni tashkil еtib biri ikkinchisini tо‘ldirib bоradi. Ya’ni Jismоniy tarbiya, spоrt nazariyasi va uslubiyatining umumiy asоslari, ikkinchi qism uslubiy asоslarini о‘rganishga zamin yaratadi. Birinchi va ikkinchi qismlarning о‘rganishlaridan hоsil bо‘lgan bilimlar yig‘indisi spоrt mashqi qismiga оid bilimlarni оsоn va tеz еgallash imkоniyatini bеradi. Jismоniy tarbiya, spоrt nazariyasining umumiy asоslarida qamrab оlinadigan asоsiy bilimlar majmuasi - Jismоniy tarbiya, spоrt nazariyasi va uslubiyati fanning maqsad vazifalari, asоsiy tushunchalari, rivоjlanish davrlari, jismоniy tarbiya tizimi, jismоniy tarbiya jarayоnida qо‘shib оlib bоriladigan bоshqa tarbiya turlari, jismоniy madaniyat nazariyasining umumiy prinsiplari, uslubiy tamоyillari, ta’lim uslubiyatlari, ilmiy tadqiqоt uslubiyatlari, jismоniy tarbiya vоsitalari, jismоniy sifatlar va ularni tarbiyalash vоsita va uslublari, harakat faоliyatining shakllanishi, harakatlarga о‘rgatish bоsqichlari.
-
Ўзбекистон иқтисодчи олимлари антологияси
Мазкур маълумотномада таниқли иқтисодчи профессорўқитувчиларнинг қисқача таржимаи холи, илмий-тадқиқот йўналишлари ҳамда асосий асарлари тўғрисида маълумотлар берилган. Бу маълумотлар ўқувчи-талабаларга, иқтисодиётга қизиқувчи барча китобхонларга мамлакатимиздаги иқтисодий фанлар тарихини ўрганишда бир манба сифатида фойдаланиш имконини бериши мумкин.
-
Насильственные или недобровольные исчезновения
Информация по таким темам как в книгах права, декларация о защите всех лиц от насильственных исчезновений вопросов
-
Анализ законодательства республики Узбекистан, регулирующего деятельность негосударственных некоммерческих организаций
Анализ законодательства республики Узбекистан, регулирующего деятельность негосударственных некоммерческих организаций.
-
Ўзбекистон Республикаси - мустақил давлат
Мазкур китобда Ўзбекистон Республикасининг мустақил давлат сифатидаги хусусиятлари: мустақилликнинг ҳуқуқий асослари, истиқлол ғояларининг тарихи, давлатчиликнинг пойдеворлари, давлат ҳокимияти тизимининг тамойиллари, давлат ҳокимиятининг олий вакиллик, давлат рамзлари, ўзбеклар давлатининг халқаро ҳуқуқ субъекти сифатидаги мавқеи, иттифоқдан - Мустақил давлатлар Ҳамдўстлигигача босиб ўтган сиёсий ва ҳуқуқий йўли, Мустақил Давлат Ҳамдўстлиги аъзолигининг ҳуқуқий мақоми борасида Республикамизнинг етакчи ҳуқуқшунос олимларининг фикр ва мулоҳазалари мужассамланган.
-
O'rta maxsus kasb-hunar ta'lim tizimida boshqarish masalalari
Ushbu risolada o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim tizimini boshqarishga oid bo'lgan qator masalalar,jumladan boshqarishni shakllantirishning mazmun mohiyati, tizim muassasalarini boshqarishda ta'lim sifatini ta'minlash, bozor munosabatlari chuqurlashuvi sharoitida mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlash va nihoyat ta'lim tizimiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishni takomillashtirish yo'llari va shu kabilar bayon etilgan.