-
Boshlang'ich sinflarda lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining 70110501 – Boshlang‘ich ta’lim magistr, bakalavr hamda filologiya fakulteti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari, o‘rta ta’lim boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslikda “Til kompetentligini rivojlantirishning dolzarb muammolari” fanidan o‘quv dasturida berilgan mavzular va o‘quv rejada ajratilgan mavzulari bo‘yicha mos mavzular qamrab olingan holda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan.
-
Contrastive linguistics, Chog‘ishtirma tilshunoslik
Chog‘ishtirma tilshunoslik fanidan yaratilgan “Contrastive linguistics” nomli darslik magistratura bo‘limi Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishi talabalarining ushbu fandan bilimlarini shakllantirishga mo‘ljallangandir. Ushbu darslik talabalarni chog‘ishtirma tilshunoslik masalalari bilan tanishtiradi.
-
Нефт ва газ кимёси
Мазкур дарслик нефт ва газни кимёвий таркиби упариныг физик хоссаларини ўрганиш агушингдек, нефт ва газ маҳсулотларини кайта ишлаш натижасида органик моддалар олиши купларини Урганишида уларнинг таркиби ва тузилиши тўгрисида тўлиқ хулоса килишта имкон беради. Дарсликдан олий ўқув юртлари «Нефт-газжимё саноати технологияси», «Нефт ва газни қайта ишлаш технологияси», «Нефт на нефт газни қайта ишлаш технологияси», «Касбий таълим», йўналишида таҳсил олаётган талабалар шунингдек касб-ҳунар колежларининг Нефт ва газни қайта ишлаш. Нефтин кимёвий ишлаб чикариш. Нефт на кудукларини бургулаш. Нефт, газ маҳсулотларини ташиш на саклаш, Еннага мойлаш материаллари, мутахасислиги бўйича тахсил олаётган талабалар ҳамда нефт ва газни кайта ишлаш заводларида ишлайдиган техн мухандис ходимлар фойдаланишлари мумкин.
-
O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining harbiy nizomlari
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14-fevral kungi PF-23 farmoni va Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan 60112000 – “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tarkibidan (HHI-021002-motoo‘qchi qo‘shinlar va qismlarni bronetranspartyorlarda jangovar qo‘llanishi) zaxiradagi va rezervdagi ofitserlarni tayyorlash o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan.
-
Badiiy tahlil asoslari
Mazkur darslik o‘quv rejaning ikkinchi blok, 2.03 raqamida BTAT304 malakaviy kod bilan qayd etilgan. Jami auditoriya soatlar hajmi 60 soat (30 soat ma‘ruza, 30 soat seminar) etib belgilangan. Shu reja asosida ishlab chiqilgan, tegishli tartibda tasdiqlangan fan o‘quv dasturidagi ma‘ruza mashg‗ulotlari ketma ketligida berilgan. Darslik oliy ta‘lim muassasalari filologiya fakulteti talabalari, shu fandan dars beruvchi professor-o‘qituvchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda badiiy asar tahliliga qiziquvchi keng ommaga mo‘lljallangan.
-
Михаил Раухвергер
Они не осели мертвым грузом на книжных полках и стеллажах Они живут звучат их исполняли и исполняют и в столице и в далеких уголках нашей родины. Роль творчества Михаила Рафаиловича в эстетическом воспитание подрастающих поколений поистине огромна.
-
Юрий Фалик монографический очерк
Есть композиторы, творчество которых сразу же, с первых опусов, приобретает широкую популярность, есть композиторы, творчество которых привлекает прежде всего профессиональную аудиторию, но есть композиторы сочинения которых, не вспыхивая и не пропадая, как метеоры, горят ровным светом и с каждым годом все более и более заинтересовывают слушателей, убеждают глубиной и ценностью содержания и живут устойчивой и значительной жизнью.
-
Powering english for electrical and energy engineering
Darslikning tarkibi sohaviy terminologiyani o'zlashtirish, kasbiy muloqot ko'nikmalarini shakllantirish hamda muhandislik yo'nalishlarida ingliz tilidan amaliy foydalanish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Materiallar zamonaviy ta'lin talablari asosida tanlangan bo'lib, talabalarning o'qib tushunish, tinglab anglash, yozma va og'zaki nutq kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo'naltirilgan.
-
Tuproqlar geografiyasi
Mazkur darslik 60530400 Geografiya ta'lim yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejasi asosida tuzilgan. Tuproqlar geografiyasi nomli darslik 10 ta bob va 39 ta paragraf. nazorat va test savollari, mustaqil ish mavzulari, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Darslik boblari "Tuproqlar geografiyasining fan sifatida shakllanishi", "Tuproqlarni o'rganish tarixi", "Tuproq hosil qiluvchi jinslar va omillar", "Tuproq kesmasi va uning xususiyatlari", "Tuproq eritmasi, havosi, unumdorligi va uni sifatini baholash", "Tuproq klassifikatsiyasi, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari va omillari", "Tuproq geografik rayonlashtirish va dunyoning tuproq bioiqlim mintaqalari" "Tog (balandlik mintaqasi) va qayir tuproqlari" "Tuproqlarni tadqiq qilish va tuproq kartografiyasi", "Tuproqlarning ifloslanishi va ularni muhofaza qilish" masalalariga bag'ishlangan.
-
Gandbol
Mаzkur dаrslik O’zDJTI vа jismоniy tаrbiya fаkultеtlаridа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, shu fаn mutахаssislаrini tаyyorlаsh dаsturigа muvоfiq tаyyorlаngаn.Dаrslikni yozishdа O’zbеkistоn Dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti futbоl vа qo’l to’pi kаfеdrаsining ish tаjribаlаri,O’zbеkistоn vа bоshqа mаmlаkаtlаr gаndbоl bo’yichа mutахаssislаrining qo’llаnmаlаri аsоs qilib оlindi.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya)
Darslik oliy o'quv yurtlarining 5140400-Biologiya va 5110400-Biologiya o'qitish metodikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, DTS va biologiya fani dasturiga muvofiq yozilgan. Darslikda oqsillar, DNK va RNK ning strukturaviy tashkillanish tamoyillari, replikatsiya, transkripsiya, translyatsiya jarayonlarining mexanizmi ko'rib chiqilgan. Darslikda hujayralarning strukturaviy tashkillanishining va hayot faolyatining molekulyar asoslari, oqsil biositezining boshqarilishi, gen muhandisligi, molekulyar patologiya muammosining zamonaviy holati yoritilgan.
-
Pedagogik mahorat
Darslik bo'lajak o'qituvchilarda yuqori darajadagi kasbiy pedagogik tayyorgarlikni, ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan kasbiy mahorat, pedagogik qobiliyat va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan didaktik materiallarni o'zida mujassamlashtirgan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti, «Pedagogik mahorat» fanining namunaviy dasturi asosida bakalavriat bosqichi Pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallab yaratildi.
-
Eksperimentni rejalashtirish va statistik tahlil
Kitobda fanning mamlakatimiz texnik - iqtisodiy rivojlanishdagi tutgan o`rni, uning asosiy tushuncha va ta`riflari, eksperimental natijalarning statistik tavsiflari, nazariy va empirik taqsimot funksiyalari, taqsimot gistogrammasi va poligonini qurish usullari, tasodifiy hodisalarning nazariy taqsimot qonunlari, tajriba natijalarning statistik tahlili, statistik gipotezalarni tekshirish yo`llari, hodisalar orasidagi o`zaro bog`liqlik darajasini aniqlash, funksional va empirik bog`liqlar orasidagi o`zaro bog`liqlik darajasini aniqlash, funksional va empirik bog`liqlar to`g`risida yetarli ma`lumotlar berilgan. Shuningdek, korrelyatsion, dispersion va regession tahlili asoslari, tajriba ma`lumotlariga ishlov berishning turli metodlari, massaviy xizmat ko`rsatish nazariyasi, prognoz qilish hamda ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini tahlil qilish, rasmiylashtirish va hisobot tayyorlash haqidagi masalalar to`la yoritilgan.
-
Алгебра ва анализ асослари 2-қисм
Техникумлар учун математика "Алгебра ва анализ асослари" 2-қисм дарслик. Унда детерминантлар ва чизиқли тенгламалар системалари, комплекс сонлар, аниқмас интеграл,аниқ интеграл, аниқ интегралнинг татбиқлари, комбинаторика ва бином даража учун Ньютон формуласи, эҳтимоллар назарияси элементлари, дифференциал тенгламалар,сонли ва даражали қаторлар каби мавзулар ҳақида маълумотлар ва мисол-масалалар келтирилган.
-
Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi. 2-qism
Darslikda transport vositalarining ekspluatatsiya sharoitlari, transport vositalaridan o`g`ir tabiiy-iqlim sharoitida foydalanish, transport vositalarining ishonchliligi, yoqilg`i tejamkorlgi, ekologik ko`rsatkichlari batafsil yoritilgan. Qolaversa, transport vositalariga Texnik xizmat ko`rsatish tizimi (kundalik xizmat, mavsumiy xizmat ko`rsatish, diagnostika ishlari va proftilaktik tadbirlar) nosozliklar va ularning bartaraf etish jarayonlari nazariy tarzda hamda chizma va komponovkalar bilan to`liq yoritib berilgan. Bunda avtomobil, agregat, mexanizm va tizimlarining asosiy qismlarining nosozliklari va ularning kelib chiqish sabablari bayon qilingan. Shuningdek transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatish va ta`mirlash ishlari haqida nazariy va amaliy bilimlar berilgan. "Transport vositalari tuzilishi va texnik ekspluatatsiyasi" nomli darslik mazkur nomdagi fan dasturiga asosan yozilgan bo`lib, oliy o`quv yurtlarining 61040200- "Yo`l harakati tashkil etish" bakalavr ta`lim yo`nilishlaridagi talabalar uchun mo`ljallangan.
-
Физикавий кимё
Дарсликда кимёвий термодинамика, статистик термодинамика, номувозанат жараёнлар термодинамикаси, гомоген ва гетероген мувозанатлар, кимёвий кинетика ва катализ, эритмалар ҳақидаги таълимот ва электрокимё бўлимлари баён этилган. Ушбу дарслик университетларнинг кимё факултетларига физикавий кимё бўйича мўлжалланган ўқув дастурларига мос келади, унинг ҳар бир боби фаннинг тугалланган мустақил қисмини ташкил қилади ва алоҳида маърузанинг мавзуси бўлиши мумкин.Дарслик университетларнинг кимё факультетлари учун мўлжалланган бўлиб, ундан кимё-технология институтларининг талабалари ҳамда аспирантлар, илмий ходимлар ва ўқитувчилар ҳам фойдаланса бўлади.