-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Саодат томчилари
Биз ожиз бандаларига “Эй бандаларим” хитоби илоҳияси билан лутф айлаган, ҳабиби акрамига уммат бўлиш бахтини насиб этган, энг сўнгги ва энг комил китоби қуръони карим билан шарафлантирган, кўнгилларимизни иймоннинг севинч ва ҳузури билан ризқлантирган аллоҳ таолога чексиз ҳамду санолар бўлсин.
-
Туркистон руҳи
Ушбу сайланмага Ўзбекистон халқ шоири, ХХ аср иккинчи ярми ва ХХI аср боши ўзбек адабиётида ёрқин из қолдирган, шеър тараққиётида ўзига хос олий мақомли мактаб яратган бадиий сўз моҳири, мардона ва гўзал қалбли куйчимиз Рауф Парфининг энг сара шеърлари ва шеърий таржималари жамланди.
-
Kattalashtirilgan surat
Ikki haydovchi hikoyasida esa onasini qabristonga kuzatayotgan yolg‘iz o‘g‘ilning iztiroblari bayon etilgan. Yozuvchi dunyodagi eng aziz va mehribon inson - onalaming hayotimizda tutgan o‘rnini mahorat bilan tasvirlab beradi.
-
Илтифат: Шеърлар
Тонгги шабнамларнинг софлиги янглиғ бир ҳис юрагидан яиқаётган шоир: "Устим бут, юракда ямоғим менинг диган таъсирбахш сатрлари билан китобхон қалбига йўл излайди.
-
Телефон қилган балиқ
Кулгу инсон ҳаётида муҳим роль уйнайди. Ҳеч бир инсон йўқки кулгига мойил бўлмаса ёки кулмаса. Шунинг учун ҳам шифокорлар хушчақчақ кулги- мутойибани яхши кўрадиганлар узоқ умр кечиради, дейишади. Ушбу тўпламда бир-биридан кизиқарли латифалар жамланган бўлиб, латифаларнинг аксарият қисми машҳур шахслар - ёзувчилар, шоирлар, рассомлар, бастакорлар ва бошқа касб эгалари ҳаётидан олинган.
-
Alvon yelkanlar
Aleksandr Grinning «Alvon yelkanlar» povesti Assol ismli qizchaning og‘ir va iztirobli hayoti haqida so'zlaydi. Assol go'daklik chog'ida onasidan ajrab qoladi. Otasi esa o'zini qizalog'ining tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Uni mo'jizalarga ishonch ruhida o'stiradi. Bir kuni qizaloq Egil ismli keksa ertakchini uchratib qoladi. Ertakchi qizaloqqa qachonlardir uni so‘roqlab alvon yelkanli kemada shahzoda kelishini aytadi. Qizcha ana shu gapga ishonadi va sadoqat bilan o‘sha saodatli damlarni kutib yashaydi. Bu yo‘lda qanchadan-qancha aziyatlar chekadi. Boshiga malomat toshlari yog‘iladi. Yo‘qchilik, dasti qisqalik hamisha ortidan ergashib yuradi. Ammo u hech qachon taslim boimaydi. 0 ‘z saodati uchun mehnat qilishdan chekinmaydi.
-
Вой, онажоним...
Инсон ҳаётини нимага менгзаш мумкин? Сокин оқаётган дарёгами ёхуд ур-сур, талотўп дунёгами? Ахир, кимлар хато қилмайди! Мол-дунёга ҳирс қўйиб, ўйламасдан қадам босаётганлар қанча! Улар меҳр-мурувватни, яқинларини унутадилар.Оқибатда бундан бошқалар ҳам азият чекадилар, ғам-андуҳга мубтало бўладилар. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Тоҳир Маликнинг янги ҳикоялари жамланган мазкур китоб сизни ўйлашга, чуқур мушоҳада юритишга, инсонийликни унутмасликка ундайди...
-
Otalar va bolalar
Mashhur rus yozuvchisi I.S. Turgenevning o'z davrida katta shuhrat qozongan ushbu " Otalar va bolalar" romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho'qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni asarning asosiy g'oyasisifatida talqin etadi. kitobdagi voqealar o'sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poydevorni tag - tugi bilan yo'q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko'rsatib beradi.
-
Kafansiz ko`milganlar
Boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarini, to‘g‘rirog‘i, xo'rliklarini eslash insonni yana bir karra og‘ir azobga ro‘baro‘ qiladi. Uni yozish esa... Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri -o'zining «xalq dushmani» deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik...bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning «Kafansiz ko‘milganlar»ida yaqqol ifodalangan. Asaming yana bir ahamiyatli jihati - uning mazkur mavzudagi yagona asarligida.
-
Ўлимга маҳкум қилинганлар
Истеъдодли адиб Нуриддин Исмоиловнинг мазкур саргузашт асаридашўро даврида махфий хизмат тизимида ишлаган ёки ўзбек йигитининг фавқулодда қизиқарли ва ўта хавфли фаолияти акс этган.
-
Alisa mo'jizalar mamlakatida
Mazkur kitobda biz bir qancha avlod vakillari sevib mutolaa qilgan va bugunning bolalari ham o;qishi kerak bo'lgan jahon adabiyotining eng sara ertaklarini jamladik. Ertaklar mavzuyi, ko'lamidan qat'i nazar yosh kitobxon ko'ngliga shunisi bilan yaqinki, unda mo'jizalar orqali bolalar qalbi tarbiyalanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda bunday ma'naviy tuhfa, umid qilamizki, bolalarga munosib sovg'a bo'ladi.
-
Sariq devni minib
Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo`l halol mehnat, yaxshi xulq odob va qunt bilan o`qishda ekanligi ta`kidlanadi.
-
Кунсулувнинг сирли хатлари
Ушбу китобда ёзувчининг турли йилларда ёзган ҳикоялари жамланди. Ҳикояларда қишлоқ одамларининг танти феъл-атвори, эзгу юмушлари, севги-муҳаббат изтироблари, турмуш машакдатлари, орзу-интилишлари, янги асарларида эса ёшларнинг реал дунёқарашлари ўзига хос маҳорат билан кўрсатиб берилган. Мазкур ҳикоялар Сиз азиз ўқувчиларни жозибали тили ва табиийлиги билан мафтун этади.
-
-
Buqalamun
Jahon adabiyoti hikoyachiligini mashhur rus yozuvchisi Anton Chexov ijodisiz tasavvur qilish mushkul. XIX asrning so‘nggi choragida rus kitobxonlari e’tirofiga sazovor bo‘lgan yozuvchi hikoyalari XX asrning dastlabki yillaridayoq o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ham tarjima orqali hikoyanavislikni aynan Anton Chexovdan o‘rgangan bo‘lsa ajab emas.
-
Ona zamin
Ushbu to'plamda jamlangan she'rlarni o'qib, Abdurauf singari iste'dodli ijodkorlar borligidan quvonmasligingiz dargumon. Uning she'rlarida Surxon vohasining nafasi ufurib turadi. Yozganlarida go'zallikka oshiq ko'ngil, dard bilan olishgan orzu-umidni ko'rasiz. Uning borliqni boshqacha ko'rishi, so'z ila tabiatni mohirlik bilan chizishiga guvohi bo'lasiz. Birso'z bilan aytganda, o'zingizni topasiz