-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Informatika va axborot texnologiyalari
O‘quv qo'llanmada «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining nazariy asoslari, axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta’minoti keltirilgan. O‘quv qo‘llanma «Qishloq va suv xo‘jaligi» bilim sohasining barcha ta’lim yo‘nalishlan talabalari uchun mo'jallangan. Bugungi kunda barcha yo‘nalishlarning zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganlik darajasi bilan o'lchanmoqda. Shu bois informatika va yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimiz ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning o'ziga xos xususiyatlaridan biri bo'lsa, informatika fanini o‘zlashtirish - davr talabidir.
-
Gidrotexnika inshootlari
Mazkur o‘quv qo'llanma suv dimlovchi va suv o'tkazuvchi inshootlar, gidrotexnika inshootlarining zatvorlari, mexanik jihozlari, to'g'onlar, suv omborlari va gidrouzellarda inshootlaming joylashuvi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Qo'llanmada tegishli mavzular bo'yicha amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga doir misol va masalalar ham keltirilgan. Qo'llanma amaldagi dastur asosida yozilgan bo'lib, kasb-hunar kollejlarining «Suv xo'jaligi va melioratsiya, «Gidrotexnika qurilishi» yo'nalishlari bo'yicha ta’lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan mazkur sohaga qiziquvchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Логопедия
Қўлланмада ҳар хил нутқ бузилишлари таърифланади, нутқ бузилишидаги типик ҳолатлар таҳлил қилинади, мактабгача тарбия ва мактаб ёшидаги болалар билан олиб бориладиган логопедик тузатиш ишлари ёритилади.
-
Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi
O'quv qo'llanmada boshlang'ich ta'limni integratsiyalashning vujudga kelishi, uning ilmiy va ijtimoiy jihatlari, integratsiyalashdan ta'lim mundarijasi va yo'nalishlarining asosiy negizi, mohiyati ta'riflanadi.
-
Himoyalangan joy sabzavotchiligi
Ushbu darslikda O'zbekistonda himoyalangan yer sabzavotchiligining ahamiyati va xususiyatlari, rivojlanish tarixi, hozirgi davrdagi holati, uni oldida turgan masalalari va tafsiloti bayon etilgan.
-
Ўсимликлар физиологияси ва микробиология асослари
Ушбу ўқув қўлланмада ўсимликлар ҳужайрасининг физиологияси, ўсимликларнинг сўв режими, карбонат ангидриди ва минерал моддаларни ўзлаштириши, моддалар алмашинуви, ўсимликларнинг ўсиш ва ривожланиш масалалари кўриб чиқилади. Шунингдек, микроорганизмларнинг морфологияси ва физиологиясига оид материаллар ҳам келтирилган.
-
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
0‘quv qo‘llanmada "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fanining muhim masalalari, o'qitishning interfaol va zamonaviy pedagogik uslublariga asoslangan holda qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.
-
Қимматли қоғозлар бозори
Қўлланма қимматли қоғозлар бозорининг барча даражалардаги мутахассислари, корпоратив тузилмалар вакиллари, давлат хизматчилари, шунингдек, ўзини миллий фонд бозоридаги фаолият бағишлашни истаган кишиларга мўлжалланган.
-
Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish
Mazkur o`quv qo`llanma investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish borasida olinadigan bilimlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida yozilgan.
-
Sabzavotchilir va polizchilik
O'quv qo'llanmada respublikamiz sabzavotchiligi va polizchiligi holati hamda rivojlanish istiqbollari yoritilgan. O'zbekistonda eng ko'p tarqalgan sabzavot va poliz ekinlari turlari, navlari biologiyasi batafsil bayon etiigan.
-
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi
Qo‘llanma pedagogika o‘quv yurtlari talabalari va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘kitishda vujudga keladigan umumiy kamchiliklar va qiyinchiliklar yoritilgan, ularning kelib chiqish sabablari ochib berilgan.
-
Асаларичилик
Қўлланма хунар-техника билим юртлари талабалари учун мўлжалланган. Ундан олий ва ўрта махсус билим юртларининг талабалари ҳамда ҳаваскор асаларичилар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Umumiy gigiena bilan ekologiya
Ushbu o'quv qo'llanma hamma fakultet talabalarining amaliy mashg'ulotlarga tayyorlanishlari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma bir nechta bo'limlardan iborat. Muofiq bo'limdagi har bir mavzu yoki umuman bo'limda mashg'ulot materiallari qaysi fakultet talabalari uchun mo'ljallanganligi ko'rsatilgan. Har bir mashg'ulot materialida uning maqsadi, mavzuning asosiy savollari hamda mashg'ulotga tayyorlanishda qaysi savollarga e'tiborni qaratish lozimligi ham ko'rsatilgan. Har bir mashg'ulotning xulosa qismida talabalar mashg'ulotda qanday amaliy vazifalarni bajarishi kerakligi ham berilgan.
-
Bolalar va o'smirlar gigiyenasi
Darslikda hozirgi davrda bolalar va o'smirlar populyatsiyasi salomatligining shakllanishi, ularning ta'lim faoliyati gigiyenasi, bolalarning harakat faolligi va jismoniy tarbiya gigiyenasi, mehnat tarbiyasi, bilim berish va kasb ta'limi gigiyenasi, bolalar va o'smirlarning ovqatlanish gigiyenasi ko'rsatilgan.
-
Современные языки
Учебное пособие рекомендовано студентам педагогических университетов и институтов, а также учителям школ, академических лицеев и профессиональных колледжей, слушателям институтов и факультетов повышения квалификации.
-
Milliy va jahon iqtisodiyoti
Mazkur o`quv qo`llanma iqtisodiy oliy o`quv yurtlari talabalari, professor - o`qituvchilar hamda milliy va xalqaro iqtisodiyotga qiziquvchi kitobxonlarga mo`ljallangan.