-
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Ўтган кунлар
Ёзмоққа ниятланганим ушбу — «Ўткан кунлар», янги замон рўмончилиғи билан танишиш йўлида кичкина бир тажриба, яна тўғриси, бир ҳавасдир. Маълумки, ҳар бир ишнинг ҳам янги— ибтидоий даврида талай камчиликлар билан майдонға чиқиши, аҳлларининг етишмаклари ила секин-секин тузалиб, такомулга юз тутиши табиий бир ҳолдир. Мана шунинг далдасида ҳавасимда жасорат этдим, ҳаваскорлик орқасида кечатурган қусур ва хатолардан чўчиб турмадим.
-
Ertaklar
Naqadar ajoyib bu ertaklar. Har biri dostondir deb yozgan edi A. S. Pushkin ertaklar to'g'risida. Rus adabiyotining asoschisi A.S. Pushkin ilk bor ertakni badiiy adabiyotning mustaqil bir tarmog'i sifatida shakllantirdi. Shoir tomonidan yaratilgan ertaklar jahon adabiyotining nodir namunasi sifatida o'quvchilar mehrini qozonib kelmoqda va koʻplab tillarga tarjima etilgan. Ushbu kitobdan o'rin olgan ertaklar xassos shoirimiz Mirtemir tomonidan o'zbek tiliga o'girilgan. Ezgulik elchisi bo'lgan ertaklarni o'qib, aziz bolajonlarimiz olam- olam taassurot oladi, degan umiddamiz.
-
Saylanma
Buyuk o'zbek shoiri.O'zbekiston Qahramoni va O'zbekiston xalq shoiri. Shoir o'z hayot yo'lini shunday tasvirlaydi: Mening tug'ililib o'sgan, bolaligim o'tgan joylar Qarshi (qadimgi Nasaf) shahridan besh-o'n chaqirim shimolroq tomondagi Qo'ng'irtov etaklaridir: Bobolarimizning aytishicha, qaysi bir zamonlarda Navoiy bobomiz Samarqanddan Buxoroga ana shu Qo'ng'irtovni oshib o'tgan emishlar. Albatta, bu gaplar xalqning xotirasida o'qtin-o'qtin chaqnab turadigan xayol uchqunlari bo'lishi mumkin.
-
CHINOR
Asqad Muxtor nasrining mavzu-mundarijasi rang-barang, qahramonlari xilma-xil va o‘ziga xos. Yozuvchining asarlari markazida mehnat mavzui, o‘zi yashagan asr kishilari obrazi turadi. Siz “Chinor” romanini o‘qish asnosida bunga yana bir bor amin bo‘lasiz
-
Zardusht
Mángilik tawlardan saǵa alatuǵın Oks dariyası taw -taslı shól dalalar menen jasıl otlaqlardı toǵaylar menen jasıl otlaqlardı toǵaylar menen batpaqlardı aralap aǵıp ótti.
-
Oq So‘yloq
Mashhur amerikalik yozuvchi Jek London asarlarida inson va tabiat muammolari o'ziga xos yo'sinda qiziqarli tasvirlanadi. «Oq So‘yloq» qissasi ona tilimizda ilk bor nashr etilmoqda. Dunyoga mashhur bu asar, o'ylaymizki, didi nozik kitobxonlar e ’tiborini o'ziga jalb eta oladi.
-
Мухаббат ва матонат
Асарларида инсоннинг табиат устидан ҳукмронликка интилишини қоралаган Жек Лондон ҳикояларида бир хил тоифадаги турфа феъл-атворли кишилар ҳаёти ва улар тийнатидаги эврилишларни акс эттиради. Улар эркка интиладилар, ўз бурч ва мажбуриятларини ҳар хил шароитларда синаб кўрадилар, ҳаёт машаққатларида тобланадилар. Адиб ўз ҳикояларида инсон энг оғир шароитларда ҳам ожиз эмаслигини исботлайди. Барчаси инсоннинг руҳияти, маънавий дунёси ҳамда иродасига боғлиқ. Мазкур тўпламга Жек Лондон ижодининг турли босқичларида яратилган ҳикоялари ва эсселари жамланган бўлиб, улар, шубҳасиз, ўқувчи ботинида бурилиш ясайди. Тўплам кенг китобхонлар аудиторияси ва адабиёт ихлосмандларига мўлжалланган.
-
Yovvoyi yo'rg'a
Kanadalik adib Seton Tomsonning "Yovvoyi yo'rg'a" kitobida mushuklar, quyonlar,tulkilar, bo'rilar, otlar... deyarli barcha-barcha jonivorlar obrazibor. Kitob yetti yashar kitobhon uchun ham, yetmish yoshar kitob[on uchun ham birday suyukli, birday ardoqli.
-
Елвизак. Ҳажвий қисса
"Елвизак"лиги туфайли уни маданият бўлимидан олиб, маҳаллий саноат ишлаб чиқариш комбинатига қўядилар.
-
КИЧКИНА ШАҲЗОДА
Ўзимни оқлаш учун шуни айтишим мумкинки, бу катта ёшдаги одам менинг энг яхши дўстим бўлади. Бунинг устига, у дунёдаги ҳамма нарсани, ҳатто болаларга атаб чиқарилган китобчаларни ҳам тушунади. Ва, ниҳоят, у Францияда яшайди, у ерда ҳозир ҳаммаёқ совуқ, очарчилик, дўстим эса таскин-тасаллига бениҳоя муҳтож. Агар буларнинг барчаси ҳам мени оқлаёлмаса, у ҳолда китобчамки бир пайтлар мана шу катта ёшдаги дўстимнинг ўрнида бўлган кичкина болакайга бағишлайман. Ахир катталарнинг ҳаммаси ҳам аввал-бошда ёш бола бўлганлар, фақат буни уларнинг озгинасигина билади, холос. Шундай қилиб, мана, мен бағишловга тузатиш киритаман:
-
Qor qo'ynida lola (hikoyalar)
Cho'lpon bir qator hikoya va maqolalar yaratishdan tashqari, o'nlab she'riy va nasriy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qildi. Bunday sermahsul ijod Cho'lponni elga mashhur qildi. Ana shu yillarda Cho'lponning boshida qora bulutlar aylana boshladi. Uning ijodi xususida bahsli maqolalar e'lon qilina boshladi. 1935-37-yillarda Cho'lponning „Kecha va kunduz" romani, „Soz" to'plami nashr etiladi. Oradan ko'p o'tmasdan, 1937-yilda Cho'lpon qamoqqa olindi va 1938-yilning 5-oktabrida,,aksilinqilobiy"faoliyati uchun otishga hukm qilindi.
-
Yomon bola: hikoyalar
Sud tergovchisi huzurida tik ko'ylak, seryamoq lozim kiygan kichkinagina, nihoyat darajada ozg'in bir mujik turibdi. Uning mo'y bosgan bujur yuzlarida, qalin va uzun qoshlari ostidan zo'rg'a ko'rinib turgan ko'zlarida tund bir shiddat ifodasi bor. Qanchadan beri taroq tegmagan chigal sochlari boshini sbapkadek qoplab olib, u cbebraga yana ko'proq shiddat, o'rgumchak shiddati beradi. U yalangoyoq.
-
ILMIY AXBOROTNOMA( 2021-yil, 1-son TABIIY FANLAR)
YuSSX asosidan amid va tetrahidroizoxinolinlar hosil bo'lishining kinetikasi o'rganildi. Reaktiv aralashmasi tarkibidagi reaktivlar, oraliq mahsulotlar va kondensatsiya va siklizatsiya reaktsiyalarining mahsulotlaridan iborat tarkibiy qismlarni qoniqarli ravishda ajratish imkonini beradigan (yuqori samarali suyuqlik) xromatografik ajratish shartlari aniqlandi. Reaksiya tartibi reaksiya tartibini aniqlashning differentsial usuli yordamida o'rganiladi. Bundan tashqari, Arreniy tenglamasiga binoan k1 va k2 ning eksperimental qiymatlaridan foydalangan holda aktivizatsiya energiyasi aniqlandi hamda kondensatsiya va siklizatsiya reaktsiyalari birinchi darajadagi kinetik tenglamaga bo'ysunadi va aktivizatsiya energiyasi mos ravishda amid kondensatlanish reaktsiyasi uchun 172,3 kJ / mol va siklizatsiya reaktsiyasi uchun 118, 8 kJ / mol.
-
G'azallar(so'z chamani)
"So'z chamani" turkum kitoblarining ilk isolasi Hazrat Alisher Navoiy g'azallarıdan tuzildi. Ko'hna turkiy-o'zbek yozuvining "alif"idan boshlab "yo"siga qadar, barcha harflariga oid she'rlardan saralab olishga harakat qilindi. Bu go'zal va benazir guldasta muhtaram she'r ixlosmandlariga sevimli bo'ladi deb ishonamiz.
-
G'azallar(so'z chamani)
Mavlono Atoyi - Balxda bo'lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit kishi erdi. Turkigo'y erdi. Oʻz zamonida she'ri atrok (turkiy xalqlar) orasida koʻp shuhrat tutti. Bu matla' aningdurkim: Ul sanamkim suv qirog'inda paridek o'lturur, G'oyati nozuklugidin suv bila yutsa bo'lur. Qofiyasida aybg'inasi bor. Ammo Mavlono koʻp turkona aytur erdi. Qofiya ehtiyotig'ʻa muqayyad emas erdi.
-
G'azallar(so'z chamani)
«So'z chamani» turkum kitoblarining ushbu risolasi o'z davrining "Malik ul-kalom"i, ya'ni "So'z sultoni" bo'lgan Mavlono Lutfiy (XIV- XV asrlar) she'rlaridan tuzildı. Mavlono Lutfiy turkiy-o'zbek mumtoz adabiyotining sardaftarlarıdan bırıdırlar. Alisher Navoiy o'z asarlarıda Mavlononi Sharq she'riyatining Firdavsiy, Nizomiy, Sa'diy kabi buyuk so'z ustozları qatoriga qo'yib, u zotga yuksak baho berganlar. She'r- larni saralashda marhum olim Sodir Erkinov nashrı nusxalaridan isti- foda etildi. Ushbu nazmıy guldasta she'riyat muhiblari uchun sevimli bo'ladi deb ishonamız.