-
Veterinariya va chorvachilik
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
Katibur Rahman, Komal Pande Kushonlar va Boburiylar san’ati Nyu-Dulidagi Hindiston milliy muzeyida. 55-tom
Oʻzbekiston va Hindistonni qadimdan barqaror tarixiy, iqtisodiy va madaniy alogalarbog lab turadi. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, Hindiston muzeylarida ham Oʻzbekistonga, ham Hindistonga oid boʻlgan, moziyda Oʻzbekiston hududiga oid davlatlardan yetishib chiqgan ustalar tomonidan yaratilgan koʻplab nodir san'at asarlarining mavjudligi bejiz emas. Ushbu kitob-albomda hozirgi kunda Nyu-Dehlidagi Hindiston milliy muzeyi toʻplamlarida saqlanayotgan ana shunday osori atiqalarning bir qismi taqdim etilgan. Ular orasida kushonlar madaniyatiga oid koʻrgazma buyumlar - numizmatika, haykaltaroshlik namunalari, zargarlik buyumlari, Boburiylar davrida yaratilgan oʻrta asrlarga xos hashamdor bezakli qoʻlyozmalar va tangalar bor.
-
Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi to‘plami 64-tom.
"Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi toʻplami" kitob-albomida Fargʻona vodiysidagi eng qadimiy madaniyat muassasalaridan birining eng yaxshi san'at namunalari taqdim etilgan. 1934-yilda qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi asosida tashkil etilgan muzey Andijon viloyat tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi sifatida mashhur edi. 2017-yil 11-dekabrdan u tarix va madaniyat davlat muzeyi maqomini oldi. U toʻrtta boʻlim va bir filialdan iborat. Kitob-albomning boʻlimlari muzeyda saqlanayotgan osori atiqalar haqida yorqin tasavvur beradi. Bular arxeologik yodgorliklar, numizmatika namunalari, qoʻlyozma kitoblardir. Shuningdek, tanlangan namunalarda yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik hamda zargarlik, kulolchilik va badiiy toʻqimachilik san'ati ham oʻz ifodasini topgan. Alohida boʻlim tasviriy san'at toʻplamiga bagʻishlangan.
-
Чорвачиликдан амалий машғулотлар
Ушбу қўлланмада фан ютуқлари ва илғор тажрибалар умумлаштирилган ҳолда, чорвачиликнинг ривожланиш даражасини акс эттирувчи амалий тадбирлар ёритилган.
-
Xotira nuri
Ushbu xotiralar kitobi Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va uning guvohi bo‘lgan, hozirgi kunda hayot bo‘lgan o‘zbekistonlik faxriylar hikoyalariga asoslanadi. Ular yosh avlod vakillari tomonidan yozib olingan.
-
Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida
Yaxshilarning ikkinchi umri bo‘ladi, deganlari rost. Ular dunyodan o‘tsalarda, bu hayotda amalga oshirgan ezgu va xayrli ishlari, nurli xotiralari odamlar qalbida yashayveradi. Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplomat Rustam Sobirovich Qosimov hayot bo‘lganida bu yil 70 yoshni qarshilar edi. Qo‘lingizdagi to‘plamdan bu zahmatkash va fidoyi insonning ibratli hayot yo‘li, qizg‘in ijtimoiy-siyosiy faoliyati, betakror fazilatlari haqida zamondoshlari va yaqin do‘stlari, hamkasblari va shogirdlarining samimiy xotiralari o‘rin olgan. Kitob keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Ўзбекистон қоракўлчилик совхозлари
Ушбу китобда Ўзбекистон қоракўлчиликни ривожлантириш бўйича керакли маслаҳатлар берилган.
-
Паррандачилик: тараққиёт пиллапоялари
Ушбу китобчада республикада паррандачиликнинг аҳволи, ушбу тармоқни ривожлантириш йўллари ва имкониятлари тўғрисида ҳикоя қилинади.
-
Кечки муддатда такрорий экин ҳолида оқбош карамни етиштиришда ўғитлаш меъёрлари ва суғориш тартиботи бўйича тавсиялар
Тавсияномада ўсимликни ўсиш ва ривожланиш босқичлари бўйича суғориш сони, суғориш меъёри ва мавсумий суғориш меъёрининг кўрсаткичлари баён қилинган.
-
Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi to'plami ( 64-jild)
Ushbu nashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy va xorijiy o'quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo'ljallangan. Jahanda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan shaxsan e'tibori tufayli amalga oshirilmoqda. Sahifalarda qo'shimcha vizual ma'lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo'ljallangan QR kodlar mavjud. "O'zbekiston madaniy merosi" koʻpjildli turkumi O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosining boshqa namunalariga bag'ishlangan kitob-albomlarni ham chop etishni nazarda tutadi.
-
Узбекская инструментальная музыка
В книге освещаются виды и жанры узбекской инструментальной музыки (народной и отчасти профессиональной устной традиции), инструменты и характерные особенности пьес для них, инструментальные ансамбли и ансамблевое исполнительство. Книга рассчитана на широкий круг читателей — специалистов и любителей музыки.
-
Йўқолган тамаддун
"Йўқолган тамаддун" номли мазкур китобда Ўрта Осиё тарихи ва маданиятининг қадим даврлардан Темурийлар замонасигача бўлган ҳолати акс эттирилган. Айни вақтда, минтақада ІХ-ХІІ асрларда рўй берган маданий юксалиш жараёнига алоҳида урғу берилган. Аҳмад Фарғоний, Муҳаммад Хоразмий, Абу Наср Фаробий, Абу Райҳон Беруний, Ибн Сино сингари олимлар ҳаёти ва илмий фаолиятига доир муҳим қарашлар илгари сурилган. Китоб олимлар, мутахассислар, тадқиқотчилар ҳамда кенг жамоатчилик учун мўлжалланган. Ушбу китоб Ўзбекистоннинг АҚШдаги Элчихонаси кўмагида нашрга тайёрланди.
-
Ударные инструменты: Трактовка и современное состояние
В тексте рассматривается история появления и эволюция ударных инструментов в составе симфонического оркестра. Автор анализирует изменение роли этой группы инструментов от второстепенной до самостоятельной, а также исследует художественные методы и композиторское мышление, влияющие на трактовку ударных в музыке XX века. Особое внимание уделяется расширению состава группы и содержательности их партий.
-
Фергано-Ташкентские макомы
В монографии исследуются проблемы генезиса и эволюции, освещаются ладовая основа и принципы формообразования Фергано-Ташкентских макомов. Вместе с тем рассматриваются некоторые вопросы соотношения их с циклом Шашмаком. Предназначена для музыковедов, искусствоведов, а также педагогов и студентов специальных музыкальных учебных заведений.
-
Sayrona gal, Sayrona
Ushbu monografiya sohir ovoz sohibi, mohir sozanda va bastakor Azamat Otajonovning hayoti va ijodini yoritishga bag‘ishlangan. Unda xonanda ijrosidagi maqomlar, suvoriylar va o‘zi bastalagan taronalar haqida so`z boradi. Serqirra ijodkorning maqom yo`llarida bastalagan ashulalari, nazmiy izlanishlari va rahbarlik faoliyati ham e`tibordan chetda qolmadi. Eng sara ijod namunalari musiqiy jihatdan tahlil qilindi.
-
O'zbekiston janubidagi durdonalar: Surxondaryo muzeylari to'plamlari (56-jild)
Ushbu nashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy va xorijiy o'quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo'ljallangan. Jahonda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan shaxsan e'tibori tufayli amalga oshirilmoqda. Sahifalarda qo'shimcha vizual ma'lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo'ljallangan QR kodlar mavjud. "O'zbekiston madaniy merosi" ko'pjildli turkumi O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosining boshqa namunalariga bag'ishlangan kitob-albomlarni chop etishni ham nazarda tutadi.
-
O'rta asrlar islom dunyosi madaniy boyliklari: Buxoro xususiy kolleksiyasi (51-jild)
Ushbu kitob-albomda muallif Abdulg'afur Razzoq Buxoriyning xususiy kolleksiyasiga oid xattotlik, naqqoshlik san'ati va kitob miniatyuralaridan bebaho namunalar taqdim etilgan. Islomshunos olim, taniqli xattot, ustoz, Sharq mumtoz adabiyoti bilimdoni Abdulg'afur Razzoq Buxoriy ko'p yillar davomida Sharq kitobat san'atini o'rganish bilan shug'ullanib keladi. Turfa xattotlik yozuvlari bo'lgan, nafis naqshlar bilan hoshiyalangan sahifalar ham O'zbekiston hududida, ham uning tashqarisidagi turli badiiy markazlar xattotlari va rassom-naqqoshlarining yuksak mahoratini namoyish etadi. Qur'oni karim namunalari alohida e'tiborni tortadi ularni dizaynining benuqsonligi va nafisligi umumlashtirib turadi. Kitob-albomda miniatyura namunalari ko'p emas, ammo chop etilganlarining bari bir maromda tasvirlangani, ranglari uyg'unligi va yuksak mahorat mahsuli ekanligi bilan diqqatga sazovor.