-
San’at. San’atshunoslik
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
-
-
-
-
Tasviriy san'at
Ushbu darslik umumiy o'rta ta'lim maktablarining 2-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, tasviriy san'at asoslarini, ranglar dunyosini, tabiat manzaralarini tasvirlash va badiiy ijodiy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qiziqarli mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi.
-
Tasviriy san’at
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tasviriy va amaliy san’at asoslarini o‘rgatadi. Kitobda yoz va kuz manzaralarini chizish, kontrast ranglardan foydalanish, naturaga qarab rasm ishlash, naqshlar yaratish, shuningdek, haykaltaroshlik va relyef san’ati haqida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan. Darslik o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga, san’at ustalari ijodi bilan tanishishga va estetik didni shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Tarix - munavvar ko‘zgu
Ushbu darslik Vatanimiz tarixini, ajdodlarimizning turmush tarzi, ma'naviy-ruhiy kechinmalari hamda tarixiy voqea-hodisalarni o'rganish, yoshlarda tarixiy ongni shakllantirish hamda o'z o'tmishidan saboq chiqarib, kelajakka ishonch bilan qadam qo'yishga chorlovchi o'quv qo'llanmasidir.
-
Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi
Ushbu darslik Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv-uslubiy kengashi tomonidan bakalavr bosqichi davlat ta’lim standartiga kiritilgan «Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyasi» predmeti yuzasidan tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Mazkur kurs o‘qitishdan maqsad-tabiiy fanlar g‘oyasi asosida tabiat, atrof-muhit, nabotot olami, hayotning dunyosi va konol bir butunligi, mutanosib gormoniyada ekanligini ko‘rsatishdan iborat.
-
Tabiatshunoslik
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tabiat, jonsiz va jonli tabiat tarkibiy qismlari, tabiat hodisalari hamda insonning tabiat bilan o‘zaro munosabati haqidagi boshlang‘ich bilimlar yoritilgan.
-
Sud va huquqni muhofaza qilish organlari
Darslikda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilikka, Oliy sud Plenum qarorlariga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish faoliyatining tushunchalari, uning belgilari, funksiyalari, sud hokimiyatining mohiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga tavsif beriladi. Odil sudlovning tamoyillarini izohlash, sudlarning tashkiliy va moddiy-texnik ta’minoti masalalariga, yuridik yordam ko‘rsatishni tashkil qilishga alohida e’tibor berilgan. Bundan tashqari jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish tushunchasi, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlari tizimiga to‘xtalib o‘tilgan.
-
Studio C1 Die Mittelstufe
Das Kursbuch studio C1 Die Mittelstufe gliedert sich in zehn Einheiten mit thematischer und grammatischer Progression und orientiert sich eng an der Niveaustufe C1 des Gemeinsamen europäischen Referenzrahmens. Es bereitet Lernende gezielt auf Prüfungen wie das Goethe-Zertifikat C1, TestDaF und DSH vor. Durch authentische Texte und vielfältige Übungen werden alle Fertigkeiten wie Hören, Lesen, Sprechen und Schreiben trainiert, wobei sowohl berufliche als auch akademische Kontexte im Vordergrund stehen. Das Lehrwerk unterstützt die Entwicklung individueller Lernstrategien und fördert das selbstständige Lernen, um eine flüssige Kommunikation und ein hohes Sprachniveau zu erreichen.
-
Studio d B1: Deutsch als Fremdsprache
Das Lehrwerk studio d B1 richtet sich an Lernende, die ihre Deutschkenntnisse auf dem Niveau B1 des Gemeinsamen europäischen Referenzrahmens festigen und erweitern möchten. Das Kurs- und Übungsbuch bietet eine thematische und grammatische Progression in zehn Einheiten, die auf den Alltag in deutschsprachigen Ländern vorbereiten. Durch abwechslungsreiche Übungen zu den Fertigkeiten Hören, Lesen, Schreiben und Sprechen werden kommunikative Bedürfnisse abgedeckt und Lernstrategien gefördert. Integrierte Zertifikatstrainings bereiten gezielt auf die Prüfung Zertifikat Deutsch vor, während das begleitende Videomaterial und die Audio-CDs das Lernerlebnis multimedial ergänzen.
-
Ssenariynavislik mahorati
Ushbu darslik kinodramaturgiya, teledramaturgiya va ommaviy tomoshalar uchun ssenariylar yozish yo'riqlarini o'rgatuvchi, san'at va madaniyat oliy o'quv yurtlari talabalari hamda ssenariy yozishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan qo'llanmadir.
-
SPORT PSIXOLOGIYASI
Mazkur darslik jismoniy tarbiya institutlari uchun sport psixologiyasi bo‘yicha yangi o‘quv dasturida ishlatilishi ko‘zda tutilgan sport psixologiyasi kursining tizimli bayonidan iboratdir. Darslik 15 bobdan tashkil topgan, ularning mazmuni "Sport psixologiyasi" fanining zamonaviy yutuqlari o‘z aksini topgan. O‘quv materialida sxemalar, rasmlar, jadvallar, shuningdek o‘quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishlari uchun savollar, har bir mavzu bo‘yicha tavsiya qilingan adabiyotlar berilgan. Darslik nafaqat O‘zDJTI talabalari va magistrantlari, balki aspirantlar, trenerlar, oliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun ham tavsiya qilinadi.
-
Oddiy differensial tenglamalar
Qo‘llanmada oddiy differensial tenglamalar bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar va tipik masalalarning yechimlari keltirilgan. Bundan tashqari, mustaqil yechish uchun ham masalalar berilgan.
-
SPORT KURASHI NAZARIYASI VA USULIYATI
Ushbu darslik sport kurashi nazariyasi va usuliyati bo'yicha yozilgan birinchi darslik bo'lib, u jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning amaldagi dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Darslik asosan kurashning har xil turlarida ixtisoslashadigan jismoniy tarbiya talabalari uchun mo'ljallangan va kurashchilarning texnik, taktik, jismoniy hamda ruhiy tayyorgarligi usuliyatini qamrab oladi.
-
SPORT BIOKIMYOSI
Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan bo'lib, sport biokimyosining nazariy va amaliy asoslarini qamrab oladi. Kitobda muskul va muskulning qisqarish biokimyosi, bioenergetik jarayonlar, jismoniy mashqlar jarayonidagi biokimyoviy o'zgarishlar, sportchilarning ovqatlanishining biokimyoviy asoslari hamda sport faoliyatini biokimyoviy nazorat qilish masalalari yoritilgan. Darslik jismoniy tarbiya oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar, murabbiylar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
SPORT BAYRAMLARINI TASHKIL QILISH VA O‘TKAZISH METODIKASI
Ushbu darslik kichkintoy bolalar, boshlang‘ich sinf o'quvchilari hamda umumta’lim maktablari bilan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari va sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi kursi bayon etilgan bo‘lib, bo'lajak boshlangich sinf o‘qituvchilariga, bog‘cha tarbiyachilariga mo‘ljallangan. Kitobda bolalar faoliyatini kuchaytirish, xushchaqchaqlik, yuzlarida tabassum, mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqish va boshqa fazilatlarni tarbiyalash ko‘zda tutilgan hamda harakatli o‘yinlarning ahamiyati yoritilgan.
-
Sotsiologiya
Mazkur darslik ijtimoiy-gumanitar fanlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan sotsiologiya fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti va usullari, fan darajasiga ko’tarilishi va rivojlanish bosqichlari, jamiyatning asosiy ijtimoiy tizimlari, tashkilotlar, guruhlar, shaxs, jamiyat va davlatning sosial mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Darslikdan jamiyat turli tabaqalari o’rtasidagi sosial munosabatlar, sosial taraqqiyot va sosial o’sishning dinamikasi, mohiyati va manbalari, sosial-etnik munosabatlar masalalari, mehnat va mehnat jamoalari, ta’lim va tarbiya sohasidagi sosial muammolar, nikoh va oila masalalari, jamoatchilik fikri sotsiologiyasi kabi jamiyatning zaruriy sohalariga tegishli mavzular tadqiq etilgan. Darslik ikki bo’limdan iborat tarkibda yoritilgan bo’lib, ikkinchi bo’limning so’ngi qismida empirik sotsiologiya tadqiqotlar o’tkazish usullari va uning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Darslik iqtisodiy yo’nalishdagi oliy o’quv yurti talabalari hamda sotsiologiya bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.
-
Sicher! Deutsch als Fremdsprache B1+
Sicher! B1+ ist ein Lehrwerk für Lernende, die ihre Sprachkenntnisse auf dem Niveau B1+ festigen und erweitern möchten. Es bietet eine systematische Vorbereitung auf die Anforderungen im Bereich Deutsch als Fremdsprache, deckt die Bereiche Wortschatz, Grammatik und Kommunikation ab und enthält vielfältige Übungen sowie ergänzende Materialien für ein effektives Lernen.