-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
SICHER! DEUTSCH ALS FREMDSPRACHE KURSBUCH
Sicher! B1+ ist ein Lehrwerk, das sich an Lernende richtet, die ihre Deutschkenntnisse auf ein fortgeschrittenes Niveau bringen möchten. Das Kursbuch bietet eine Vielzahl von abwechslungsreichen Lektionen zu Themen wie Beruf, Feste, Reisen, Wohnen, Musik, Geld und lebenslanges Lernen. Jede Lektion enthält strukturierte Einheiten zu Hören, Sprechen, Lesen und Schreiben, ergänzt durch Grammatikübersichten, Wortschatzarbeit und Hinweise auf weiterführende Übungen im Arbeitsbuch sowie auf mediale Inhalte wie Hörtexte und Filme. Das Buch ist praxisorientiert konzipiert und fördert die kommunikative Kompetenz in Alltag und Beruf.
-
Shaxs va jamiyat (Ijtimoiyot asoslari)
Ushbu darslik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, inson, shaxs maqomi, kishilik dunyosi, jamiyat va uning sivilizatsiyaviy tarzlari masalalarini qamrab oladi. Kitobda insonning ijtimoiy-madaniy rivojlanish bosqichlari, shaxsning shakllanishi, globallashuv jarayonlari va ularning zamonaviy jamiyatga ta'siri, shuningdek, axborot texnologiyalari davrida insoniyat oldida turgan dolzarb muammolar falsafiy va ijtimoiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
-
Deutsche GRAMMATIK
Dieses Lehrbuch zur normativen deutschen Grammatik richtet sich an Studenten von Fremdspracheninstituten und Fakultäten. Es umfasst vier Teile: Einleitung, Morphologie, Syntax und Textgrammatik. Der Autor verfolgt drei Grundprinzipien: die funktionsbezogene Betrachtung grammatischer Erscheinungen, die Darstellung der stilistischen Verwendung grammatischer Formen sowie die Untersuchung des Wechselspiels zwischen Grammatik und Lexik. Das Werk zielt darauf ab, dem Nutzer die Regelmechanismen der deutschen Sprache zu vermitteln und ein tieferes Verständnis für den Sprachgebrauch in verschiedenen Kontexten zu schaffen.
-
Jinoyat huquqi. Maxsus qism
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi asosida jinoyat huquqi o‘quv kursiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, unda jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari, jinoyat tarkibining belgilari tahlili, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish va ularni farqlash muammolari keng yoritilgan. Kitob yuridik oliy o‘quv yurtlari talabalari, aspirantlar, o‘qituvchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
DEUTSCH. Lehrbuch der deutschen Sprache für das 1. 2 und 3. Studienjahr
Ushbu darslik fakultetlararo guruhlarning I-II-III kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, nemis tili fonetik, grammatik va leksik materiallarini o‘z ichiga oladi. Kitobda she’rlar, boshqotirmalar, maqollar, tezaytishlar hamda nemischa-ruscha-o‘zbekcha lug‘at keltirilgan. Darslik nemis tilini o‘qitish dasturida ko‘zda tutilgan barcha mavzularni qamrab olib, talabalarning til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
Qadimgi dunyo tarixi
Mazkur darslik Oliy o'quv yurtlarining I kurs talabalariga mo'ljallangan bo'lib, darslikda antik davr tarixchilari asarlarida keltirilgan Vatanimizning qadimiy tarixiga oid ma'lumotlar chuqur o'rganilgan va qiyosiy tahlil qilingan. Kitobda keltirilgan tarixiy dalillar, antik davr mualliflarining fikrlari, kuzatish va xulosalari talabalarning bilimlarini boyitish bilan birga tarixiy tafakkurlari shakllanishiga xizmat qiladi.
-
Pul, kredit va banklar
Mazkur darslikda pul, kredit moliya nazariyalari haqida ma’lumotlar batafsil yoritilgan bo'lib, bundan tashqari moliya tizimi, korxonalar moliyasi, inflatsiya, bank tizimi, xalqaro valuta-kredit munosabatlari va sug‘urta ishi keng yoritilgan. Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo'lib, undan kollej o'quvchilari va tijorat banklari xodimlari ham foydalanishlari mumkin.
-
PSIXOLOGIYA
Ushbu darslikda inson hayoti va faoliyatida psixologik bilimlarning o‘rni, pedagogik faoliyat psixologiyasi, pedagog shaxsi psixologiyasi, interfaol ta’lim metodlarining psixologik asoslari, oliy ta’lim psixologiyasi, pedagogik baholash psixologiyasi, pedagogik jamoalarni boshqarish psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, ta’limning psixodiagnostik asosi, ijtimoiy jarayonlar, oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi kabi dolzarb mavzular o‘rin olgan hamda shaxs fenomeni, uning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiylashuv omillari ilmiy asosda yoritilgan.
-
Физика учебник для 8 класса
В курсе физики 8 класса были рассмотрены прямолинейное равномерное и прямолинейное неравномерное движения. Это простейшие механические движения. Книга предназначена для всех заинтересованных лиц.
-
PSIXOLOGIYA
Mazkur darslik umumiy psixologiya faniga bag'ishlangan bo'lib, psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari to‘g‘risidagi materiallarni qamrab olgan. Kitobda shaxs ehtiyojlari, qiziqishi, hissiyoti, xarakteri, irodasi, temperamenti, bilish jarayonlariga oid masalalar qiziqarli aks ettirilgan. Darslik kasb-hunar kollejlarining psixologiya fakulteti o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan boshqa fakultetlarning talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Phonetik der deutschen Gegenwartssprache
Das vorliegende Lehrbuch ist vor allem für Studenten usbekischer Gruppen der Hochschulen für Fremdsprachen der Usbekischen SSR bestimmt und bietet eine kontrastive Darstellung der phonetischen Systeme des Deutschen und des Usbekischen als ersten Versuch dieser Art. Es basiert auf dem Lehrprogramm der pädagogischen Hochschulen und richtet sich an Studenten, Aspiranten sowie Lehrkräfte, die sich für die Theorie der deutschen Gegenwartssprache interessieren. Das Werk enthält theoretische und praktische Inhalte, die durch Auswertung sowjetischer und ausländischer Fachliteratur gewonnen wurden, sowie Erläuterungen zu wichtigen phonetischen und phonologischen Termini.
-
PEDAGOGIKA
Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan foydalanish yo‘llari, shakllari va vositalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, ta'lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar, aspirantlar va pedagog-mutaxassislarga mo‘ljallab tayyorlandi.
-
Pedagogika
Mazkur darslik 4 bo‘lim va 28 bobdan iborat bo‘lib, unda pedagogikaning nazariy asoslari, ta’lim va tarbiya jarayonlari, didaktika, o‘qitish usullari hamda maktabni boshqarish masalalari yoritilgan. Darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, yoshlarni tarbiyalashning dolzarb vazifalari va ta’lim sifatini oshirish metodikasi o‘rin olgan.
-
PEDAGOGIKA TARIXI
Mazkur "Pedagogika tarixi" kitobi mustaqillik g'oyasi mafkurasi, ma'naviyati va tarbiyasi talablaridan kelib chiqib yozilgan ilk darslik bo'lib pedagogika tarixi kursini o'rganuvchi studentlar, soha mutaxassislariga mo'ljallangan bo'lib, unda qadimiy davrlardan to hozirgi kungacha bo'lgan ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti yoritilgan.
-
PEDAGOGIKA TARIXI
Mazkur pedagogika tarixi fani bo'yicha darslik qadimiy davrlardan to hozirgi kungacha bo'lgan ta'lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik fikrlar taraqqiyoti, buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari hamda O'zbekistonda va xorijiy davlatlarda ta'lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini qamrab oladi.
-
Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): I qism. Pedagogika nazariyasi
Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim muassasasi menejmenti, shuningdek, korreksion (maxsus) pedagogikaning mohiyatlari xususida so‘z yuritiladi. Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, pedagog-xodimlar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.