-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
ICHKI SAVDO IQTISODIYOTI
Ushbu darslik bozor iqtisodiyoti sharoitida savdo korxonalari faoliyatini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish, bozor konyunkturasini tahlil qilish, savdo sohasini prognozlash va rejalashtirish masalalarini o'z ichiga oladi. Kitobda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida savdo sohasidagi iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy islohotlarning o'ziga xos xususiyatlari, savdo korxonalarining iqtisodiy mexanizmi hamda menejment va marketing vositalaridan samarali foydalanish yo'llari yoritilgan. Darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, professor-o'qituvchilar, aspirantlar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
-
Huquqshunoslik
Ushbu darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat va huquq nazariyasi, Konstitutsiya huquqi, huquq sohalari va ularning inson hayotidagi o'rni to'g'risidagi asosiy bilimlarni qamrab oladi. Kitobda O'zbekiston Respublikasidagi huquqiy islohotlar, qonun ustuvorligi va fuqarolarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokining ahamiyati yoritilgan. Nashr yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, ularni siyosiy va huquqiy jihatdan bilimdon qilib tarbiyalashga xizmat qiladi.
-
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI
Darslikda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo'lgan qonunchilikka, Oliy sud Plenum qarorlariga asoslangan holda huquqni muhofaza qilish faoliyatining tushunchalari, uning belgilari, funksiyalari, sud hokimiyatining mohiyati, O'zbekiston Respublikasi sud tizimiga tavsif beriladi. Odil sudlovning tamoyillarini izohlash, sudlarning tashkiliy va moddiy-texnik ta’minoti masalalariga, yuridik yordam ko'rsatishni tashkil qilishga alohida e’tibor berilgan. Bundan tashqari jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish tushunchasi, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlari tizimiga to'xtalib o‘tilgan. Mazkur darslik yuridik oliy o‘quv yurtlari va fakultetlari talabalari, aspirantlar, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
HUQUQIY INFORMATIKA
Ushbu darslik huquqiy informatikaning yuridik faoliyat sohasidagi axborot jarayonlarining qonuniyatlari va xususiyatlari, ularni avtomatlashtirish, yuridik faoliyatni takomillashtirish, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tuzilishi va ulardan foydalanish usullari, huquqiy axborotlar milliy tizimini tashkil etish, axborot xavfsizligi va kompyuter jinoyatchiligi kabi muhim masalalarni yoritib beradi.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
Ushbu darslik 220100 – Filologiya (o'zbek filologiyasi) bakalavrlik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda hozirgi o'zbek adabiy tilining fonologik va leksik-semantik sathlari hamda bu tizimlarning lisoniy holati talqini va nutqiy voqelanishi yoritilgan. Darslik o'zbek tili fonologik va leksik sathlarini sistem tadqiq qilish natijasida erishilgan yutuqlarga asoslangan holda, bakalavriat bosqichidagi talabalar uchun nazariy va amaliy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
-
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI
Ushbu darslik akademik litseylar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilining asosiy qoidalari, imlo qoidalari, uslubiyat va nutq madaniyatini oshirish masalalarini qamrab oladi. Kitobda til taraqqiyoti, rasmiy hujjatlar yuritish va talabalarning og‘zaki hamda yozma nutqini rivojlantirishga qaratilgan amaliy topshiriqlar, sinov savollari va diktant materiallari keltirilgan.
-
Sifat menejmenti
Darslik malakali menejerlarni tayyorlash, mahsulot, tovarlar, xizmatlar va ishlar, jarayonlar va boshqaruv tizimlari sifatini boshqarishning zamonaviy usullarini o'rganish va o'zlashtirishni nazarda tutadi. Kitobda sifatni boshqarish sohasidagi mavzular, bo'limlar va tushunchalar ifodalangan bo'lib, ular Menejment, Standartlashtirish asoslari, Korxonalarda iqtisodiyot va boshqaruv mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim standartlari talablariga mos keladi, shuningdek, hozirgi davrda Yaponiya va AQSH OTMda menejerlarni tayyorlash uchun zarur hisoblangan masalalar ko'rib chiqilgan.
-
Hind adabiyoti (qadim va o‘rta asrlar)
Mumtoz hind adabiyoti tarixi bo‘yicha tayyorlangan ushbu darslik Sharqshunoslik Oliygohining bakalavriat guruhlari hamda Sharqshunoslik akadem-litseyi yuqori kurs talabalari uchun mo'ljallangan bo‘lib, unda asosan hind adabiyo-tining qadimdan to kech o‘rta asrlargacha (XVIII asrgacha) bo‘lgan davr adabiyotining rivojlanish tarixi o‘rganiladi. Ushbu darslik yordamida talaba asosan hind adabiyotining eng dastlabki yozma yodgorliklari, qadimda shakllangan adabiyotning turli yo‘nalishlari, shoir va yozuvchilar ijodi hamda hind diniy-falsafiy qarashlarining adabiyotga ta’siri kabi masalalar bo‘yicha tushuncha va maxsus ilm hosil qiladi.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Darslik yashash muhiti va inson faoliyatiga taalluqli barcha masalalarni, jumladan, mehnat qilishda aqliy va jismoniy mehnat asoslari, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaganda mehnat faoliyati muammolari, ob-havo sharoiti va uning mehnat qilishga va hayot faoliyatiga ta’sir darajasi, shuningdek, sanoat sanitariyasi, xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr xavfsizligi masalalari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligi masalalarini qamrab oladi.
-
Grammatik der deutschen Gegenwartssprache
Das Lehrbuch ist ein grundlegendes Werk zur theoretischen Grammatik der modernen deutschen Sprache, geschrieben von einer renommierten Expertin auf diesem Gebiet. Es behandelt systematisch den grammatikalischen Aufbau, die Morphologie, die Syntax sowie die Textgrammatik. Das Buch ist darauf ausgerichtet, Studierende linguistischer Fachrichtungen umfassend in die theoretischen Grundlagen und die Struktur des heutigen Deutsch einzuführen und entspricht den modernen Anforderungen an die akademische Ausbildung.
-
Geschichte der sprachwissenschaftlichen Theorien
Das vorliegende Werk bietet einen umfassenden Überblick über die historische Entwicklung der Sprachwissenschaft, von ihren antiken Anfängen in Indien, Griechenland und bei den Arabern bis hin zum Strukturalismus des 20. Jahrhunderts. Der Autor beleuchtet dabei die wichtigsten Theorien, Schulen und Gelehrten, wie Humboldt, die Junggrammatiker, Potebnja, Baudouin de Courtenay, Saussure und die Prager Schule. Ein besonderer Schwerpunkt liegt auf der dialektisch-materialistischen Betrachtungsweise und der Einordnung linguistischer Erkenntnisse in den gesellschaftlichen Kontext, einschließlich einer ausführlichen Darstellung der sowjetischen Sprachwissenschaft und ihrer methodologischen Grundlagen.
-
Germanistische Sprachwissenschaft
Dieses Buch bietet eine fundierte Einführung in die synchrone germanistische Sprachwissenschaft. Der Autor Peter Ernst vermittelt systematisch die Grundlagen der Disziplin, von Phonetik und Phonologie über Morphologie, Wortbildung und Syntax bis hin zu zentralen Themen der Semantik und Pragmatik. Dabei wird das sprachliche Zeichen in seiner dreifachen Beziehung zu anderen Zeichen, zu Referenten und zum Sprachbenutzer analysiert. Das Werk ist als Basislehrbuch konzipiert, das methodische Kompetenzen vermittelt und durch klare Strukturierung sowie praxisnahe Beispiele den Einstieg in wissenschaftliches Arbeiten in der Germanistik erleichtert.
-
FORS TILI
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining 2-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, fors tili nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Kitob yangi pedagogik texnologiyalar asosida tuzilgan bo‘lib, o‘quvchilarda fors tilida erkin muloqot qilish, ijtimoiy-madaniy mavzularni tushunish va 1500-2000 yangi so‘z hamda iboralarni o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishni maqsad qiladi. Darslik 30 ta darsdan iborat bo‘lib, har bir dars nazariy bilimlar, amaliy mashqlar va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z ichiga oladi.
-
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
Ushbu darslik fuqaro muhofazasining roli va vazifalari, uning zamonaviy konsepsiyasi, tabiiy, ekologik va texnologik xarakterga ega bo'lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan aholini va xalq xo'jaligini himoya qilish masalalarini qamrab oladi. Kitobda favqulodda vaziyatlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi, ularning oldini olish hamda yuzaga kelgan talofatlarni kamaytirish yo'llari ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan yoritilgan, shuningdek, oliy texnik o'quv yurtlari talabalari uchun zarur bo'lgan nazariy hamda amaliy ma'lumotlar mujassam etilgan.
-
Farmatsevtika ishini tashkil qilish
Darslikda respublikamizda farmatsevtika xizmati va sog‘liqni saqlash ishlarini rivojlantirish asoslari, dorixonalar ishini, dori vositalarining retseptsiz savdosini tashkil qilish, dorixonalarda retseptlarni qabul qilish va ular asosida dori vositalarini berish, dori vositalarini tayyorlash va sifatini nazorat qilish ishlarini tashkillashtirish, dorixonada bo‘limlar ishini tashkil qilish, laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish, farmatsevtik tovarlarning sifatini nazorat qilish tizimi, davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi, farmakoiqtisodiyotning ilmiy asoslari, ehtiyoj istiqbolini asosiy negizlari va dori vositalarga bo‘lgan talabni aniqlash, farmatsevtika bozorida ulgurji savdo faoliyatini tashkillashtirish masalalari qamrab olingan.
-
FALSAFA
Darslikda falsafa asoslari yangi metodologik yondashuvlar hisobga olingan holda tizimli bayon etilgan. Darslik mazmuni dunyoda ko‘pchilik tomonidan tan olingan falsafiy bilim strukturasiga mos keladi. Unda falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi, shuningdek, G‘arb va Sharq falsafasiga keng o‘rin berilgan. Darslikda falsafadagi metodologiya va metod, ontologiya, gnoseologiya, fan falsafasi, texnika falsafasi, falsafiy antropologiya, ijtimoiy falsafa, din falsafasi, aksiologiya, tarix falsafasi, global muammolar falsafasi kabi masalalar o‘z o‘rnini topgan. Unda O‘zbekistonning mustaqillik davridagi rivojining falsafiy masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.