-
-
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Кимёвий технология
Дарсликда кимёвий жараёнларнинг қонуниятлари ва кимёвий реакторларнинг назарий асослари содда қилиб ёритилди, модда ва энергияни тежаш масалалари, фан ва техниканинг сўнгги ютуқлари асосида яратилган янги курилмалар ва жараёнларни баён этишга алоҳида эътибор каратилди. Мухим кимёвий ишлаб чиқаришлар қисмида Ўзбекистондаги мавжуд кимё корхоналарнинг тахнологик принциплари, чикиндисиз ва кам чикиндили ишлаб чикариш жараёнларнинг тузилиши кенгроқ баён килинди.
-
Болалар урологияси
Дарслик болаларда учрайдиган сийдик аъзоларининг нуқсонли ривожланишлари ва хирургик касалликлари ҳақида барча керакли маълумотларни ўз ичига олган. Ушбу қўлланма замонавий ўқув дастури асосида ёзилган бўлиб, тиббиёт институтлари талабалари, болалар хирурглари, педиатрлар ва амалист шифокорларига мўлжалланган. Дарсликка 6 та жадвал, 70 та расм, 160 та тест ва вазият масалалари киритилган.
-
Кимёда физикавий усуллар
Дарсликда асосий физикавий усулларнинг назариялари, кичик молекулали органик бирикмалар ва биополимерларнинг тузилиши ва хоссаларини ўрганишда уларнинг ишлатилиши ҳамда имкониятлари баѐн этилган. Дарслик университетларнинг кимѐ факультетлари талабалари, магистрлари, аспирантлари, илмий ходимлари ва ўқитувчилари учун мўлжалланган.
-
SHAHAR QURILISHI VA XO'JALIGINI TASHKIL QILISH, REJALASHTIRISH HAMDA BOSHQARISH
Bozor iqtisodiyotiga o'tish, ichki va tashqi savdo sharoitining muttasil o'zgarib borishi bozor munosabatlariga o'tish shart-sharoitini, uning oʻziga xos xususiyatlarini atroflicha o'rganishni taqozo etmoqda. Shu sababli olim va mutaxassislarning tashkiliyot nazariyasi hamda amaliyotiga, qurilish ishlab chiqarishni tashkil etish va takomillashtirishning yangi shakl hamda usullariga qiziqishi tobora ortmoqda.
-
Фавқулодда вазиятлар ва фуқаро муҳофазаси
Мазкур дарслик фавқулодда вазиятларда фуқароларни ва моддий бойликларни асрашни ташкил этиш билан боғлиқ тадбирларнинг ҳуқуқий-меъѐрий ҳужжатлар талаблари доирасида олиб борилишини таъминлашни уддалай оладиган билим, кўникма ва касбий малакага эга инсонни тарбиялашга мўлжалланган мавзуларни, ахборотларни, амалларни ва маълумотларни атрофлича назарда тутиб яратилган. Дарсликда табиий, техноген, экологик ва бошқа хилдаги фавқулодда вазиятлардан фуқароларни, иқтисодиѐт тармоқларини, моддий бойликларни, атроф-муҳитни ҳимоя қилиш, талафот рўй берган худудларда қутқарув ва тиклов ишларини ўтказиш, жароҳат олган инсонларга бирламчи тиббий ѐрдам кўрсатиш, фуқароларни фавқулодда вазиятлардан муҳофазаланишни ташкил этишга ва ўзини ҳимоялашга тайѐрлаш ва бошқа долзарб мавзулар илмий жиҳатдан асосланиб келтирилган. Дарслик бакалавриатнинг барча таълим йўналишида таълим олаѐтган талабаларга, бўлажак соҳа мутахассларига ва бошқа турли соҳаларнинг ишлаб чиқариш раҳбарларига ва ходимларига мўлжалланган.
-
Tibbiy kimyo I-II tom
Mazkur darslik tibbiyot institutlari uchun tasdiqlangan yangi dasturga asoslangan bo'lib, stomatologiya mutaxassisliklarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, xorijiy manbalardan foydalangan holda stomatologiya instituti talabalari uchun tuzilgan. Darslikda muhim reaksiyalar mexanizmiga katta e'tibor qilingan,atomlar yoki atomlar guruhi o'zaro ta'sirining elektron mexanizmlari haqida tushunchalar keltirilgan, organik kimyoning qonuniyatlari, asosan biologik ahamiyatga ega bo'lgan moddalar va tabiiy dorilar misolida bayon qilingan, ularning organizmga ta'siri haqida axborotlar berilgan. Darslikda stomatologiyada sun'iy tish protezlarini tayyorlashda ishlatiladigan polimerlar, tishning kimyoviy tarkibi, tishning qattiq to'qimasi (emal, dentin, sement), tish kariyesi, paradontoz, tish toshining hosil bo'lishi, tishning ona to'qimasi, aminokislotalarni, karbon suvlarni, lipidlarni va boshqa organik moddalarning tuzilishi, kimyoviy va tibbiy xossasi, ularni stomatologik kasalliklarning kelib chiqishi, rivojlanishi va davolanishidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan. Darslikda mutaxassis fanlar bilan integratsiya jarayoniga katta e'tibor qaratilgan.
-
ZAMONAVIY KORPORATIV BOSHQARUV
Darslik Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Zamonaviy korporativ boshqaruv” fani dasturi asosida nashrga tayyorlangan. Unda korporativ boshqaruvning nazariy asoslari, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va modellari, aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlari, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat samaradorligini baholash, korporativ nizolaming oldini olish, korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimi, korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlami oshkor etish va shaffoflik, minoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv, korporativ moliyaviy siyosat, aksiyalami ochiq obuna tartibida joylashtirish eratsiyalarini tashkil etish va o'tkazish, korporativ birlashmalar va ularda korporativ boshqaruv mexanizmi, korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash mexanizmi, yirik bitimlar tuzish, aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish va tugatish kabi masalalar ham nazariy, ham amaliy jihatdan atroflicha yoritilgan.
-
METALL KONSTRUKSIYALARI
Metall konstruksiyalar darsligi 2002-yili «Po'lat qurilmalar» va 2004-yili nashr qilingan «Maxsus metall konstruksiyalari» o‘quv qo‘llanmalari asosida yaratildi, lekin shu soha mutaxassislari va professor o‘qituvchilari tomonidan bildirilgan taklif va fikrmulohazalar inobatga oigan holda, ntazmunan yangi ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Darslik mavjud me’yoriy hujjatlar va yangi o‘quv dasturiari asosida yozildi hamda internetdan olingan ma’lumotlar bilan boyitildi.
-
ODAM ANATOMIYASI
Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va tuzilishini uning rivojlanish jarayoni, ayni vaqtda har bir a’zoning jinsiy jihatdan va yoshga qarab bo'lgan tafovutlari, shuningdek, muhit sharoitlarining a ’zolar tuzilishi hamda vazifalariga ta’sirini o'rganadi. Qadimda anatomiya fani a’zolami alohida-alohida o'rganib, ulaming o‘zaro munosabatini, organizmning bir butunligini hisobga olmagan, faqat dalillar to ‘plash bilan chegaralangan. Hozir bu fan a’zolaming o'zaro munosabatini, ularning bir sistemaga birlashishi qonuniyatlarini o‘rganishda organizmning yagona sistema ekanligini, uning tashqi muhit bilan chambarchas bog'liqligini, a’zolaming shakli bilan funksiyasi bir-biriga bevosita aloqador ekanligini nazarda tutadi. Anatomiya grekcha so‘z bo‘lib (anatome) kesaman degan ma’noni anglatadi. Odam organizmining tuzilishida yoshga xos jinsiy va shaxsiy xususiyatlar ajratiladi. Bolalik va o'smirlik davrida organizm to‘liq yetilmagan, to‘qima elementlari to‘la-to‘kis takomillashmagan bo‘ladi.
-
MOLIYA
Darslik “Moliya” fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliya tizimi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi Va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar, ijtimoiy ta’minot, sug‘urta, uy xo'jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalar yoritilgan.
-
Yuqumli kasalliklar
Mazkur darslik o'quv dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, unda bugungi kunda ko'proq uchrab turadigan yuqumli kasalliklar, xususan, o'tkir yuqumli ichak kasalliklari, virusli gepatitlar, havo-tomchi infeksiyalari va boshqa infeksiyalar hamda ularning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Shu bilan birga kasallik ta'rifi va boshqa materiallar oddiy va ravon tilda bayon qilingan. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari magistrlariga mo'ljallangan. Shu- ningdek, ushbu o'quv adabiyotidan yuqumli kasalliklar shifokorlari va boshqa tor mutaxassislar ham foydalanishlari ham mumkin.
-
BOLALAR KASALLIKLARI PROPEDEVTIKASI
Pediatriya yunoncha "pais" bola, "iatreia" davolash so'zlaridan olingan boʻlib, so'zma-so'z tarjimasi "bolani davolash" degan ma'noni bildiradi, bolaning rivojlanish qonuniyatlarini, kasallik kelib chiqishi sabablari, davolash va kasallikning oldini olishni o'rgatadi. Aslida pediatriyaning vazifasi juda keng, muhim va ko'p qirralidir. Pediatriya fani bolalik davrlarida, ya'ni bolaning xomilalik duvridan toqi balogatga yetguncha, uning sog'lom o'sish, rivojlanish va takeunlllashish qonuniyatlarini, kasalliklarda esa, uning kelib chiqish sabablariga suyanyan holda miqlash, davolash va oldini olish omillarini o'rganadi. Shu sababli bolalar vrachi ixtisosligi bir tomonkun o'zining yuqori darajadagi insoniyligi bilan njralib tursa, ikkinchi tomondan bu kasbni tanlagan shifoqorga katta ma'suliyat yuklaydi. Kattalarda ko'pgina kasallik bolalik davrlaridan boshlanadi. Shuning uchun bolalikdagi rivojlanish sharoiti, tarbiya qanday bo'lsa, katta yoshdagi sog'lig'i o'shanday bo'ladi. Pediatriyadan dars tibbiyot oliygohining pediatriya fakultetini III kursi "Bolalar kasalliklari propedevtikasi fanidan boshlanadi. Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi talabalarni ixtisos bo'yicha tayyorlovchi birinchi kafedra hisoblanadi. Bolalar kasalliklari propedevtikasi kursi pediatriyaning kirish qismi, muqaddimasi hisoblanadi. O'zbek tilida nashrdan chiqarilgan ushbu bolalar kasalliklari propedevtikasi bo'yicha darslik tibbiyot oliygohlarida pediatriya fakultetlarining bu fan boʻyicha yangi o'quv dasturiga muvofiq ravishda, talabalarning mazkur soha bo'yicha o'zlashtirishi lozim bo'lgan nazariy bilim va amaliy mahoratlar hajmini qamrab olingan holda yaratildi.
-
Halokat tibbiyoti
«Halokat tibbiyoti darsligi halokatlar tibbiyotiga taalluqli bo'lgan umumiy savollarni o'z ichiga olgan bo'lib, bunda favqulodda vaziyatlar sharoitida Shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil qilish prinsiplari tizimlashtirilgan. O'zbekiston Respublikasida Favqulodda Vaziyatlar Davlat Xizmatining shakllanishi va faoliyat koʻrsatishiga oid savollar darslikda o'z yechimini topgan. Shuningdek, darslikda halokatlarning tibbiy-sanitar oqibatlarini bartaraf etish, aholini, jabrlanganlarni, xodimlarni halokatlar oqibatlaridan himoya qilish, halokat o'chog'ida va yordam ko'rsatishning keyingi bosqichlarida Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilish masalalari batafsil yoritib o'tilgan va bu borada- gi erishilgan yutuqlarga alohida urg'u berilgan. Darslik tibbiyot instituti talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun mo'ljallangan bo'lib, «Halokatlar tibbiyoti fanini o'rganish uchun maxsus yozilgan. Shuningdek, darslikdan amaliy faoliyat ko'rsatuvchi shifokorlar ham foydalanishi mumkin.
-
SUD TIBBIYOTI
Darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida sud tibbiyoti fani bo‘yicha namunaviy o‘quv dasturiga mos tar/da yozilgan bo'lib, unda fanning qisqacha tarixi, O'zbekistonda sud-tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari, turli yo'nalishdagi murda, tirik shaxs va ashyoviy dalillarning sud-tibbiy ekspertizasiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Bakalavriaturaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, shifokorlar faoliyalida kuzatiladigan sud tibbiyoti bilan bevosita hamda bilvosita bog'liq masalalarga alohida e’tibor berilgan.
-
O`zbekiston tarixi II-jild (XIX asr II yarmi - 1991-yil)
Oliy o'quv yurtlari nomutaxassis talabalari uchun mo'ljallangan.