-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
JAHON TARIXI 1-QISM
Ushbu darslikda jahon tarixining qadimgi dunyo hamda o'rta asrlar davri tarixiga oid eng muhim mavzular qamrab olingan. O'rganilayotgan davrda jahon mamlakatlari rivojlanishining alohida va umumiy xususiyatlari, jumladan, shakllanishi, taraqqiyoti, inqirozga yuz tutishi kabilar tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tarixiy jarayonlardagi eng muhim voqealar, xususan urushlar va qo'zg'alonlar, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotdagi o'zgarishlar yoritib berilgan. Darslikda keltirilgan materiallar o'zlashtirilishi oson bo'lishi uchun glossariy, bibliografiya hamda illyustrativ materiallar bilan boyitilgan.
-
MIKROBIOLOGIYA IMMUNOLOGIYA VIRUSOLOGIYA
Ushbu darslik О'zbekiston Respublikasida sog ‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturida qayd qilingan tibbiyot oliy о ‘quv yurtlarini о‘zbek tilidagi darsliklar bilan ta’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda yozildi. Darslikda mikrobiologiya, immunologiya va virusologiyaga oid umumiy va xususiy tushunchalar, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarida so'nggi yillarda ко‘proq uchraydigan yuqumli kasalliklaming bakteriologik, immunologik va serologik diagnostikasi yoritildi. Unda 100 dan ortiq rasm, jadval va sxemalar berildi. Darslik tibbiyot institutlarining talabalari, shu sohada ilmiy va amaliy ish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo‘Ijallangan.
-
УМУМИЙ НЕВРОЛОГИЯ
Атрофимизни ўраб турган бутуң борлик майда зарралардан тортиб улкан, осмонўпар тоғлару, замину-замон, бутун жонли ва жонсиз мавжудотларнинг ҳаммаси она табиатимиз • маҳсулидир. Инсоннинг асаб системаси, айниқса бош мияси шу табиат маҳсули бўлиб, ўзининг тутган ўрни, вазифаси, тузилиши жиҳатидан энг олий даражадаги материя ҳисобланади. Инсон мияси шундай бир галактикаки, таркиби миллиард сайёралар каби сон-саноқсиз нейронлардан иборат бўлиб, табиатнинг энг улуғ сирларини ўзида сақлайди. Унда кандай ходисалар рўй бермокда, фаолияти, ишлаш тартиби қандай? Бу саволлар неча асрлар давомида инсониятни қизиқтириб келмокда. Асрлар давомида олимларимиз табиатнинг тенгсиз ва ниҳоятда мукаммал такомиллашган мўъжизаси ҳисобланмиш одамзод бош миясининг хусусиятларини ўрганиб келмокдалар. Инсон улуғ. Инсоннинг улуғворлиги эса унинг бош миясининг маҳсули бўлмиш онгидадир. Шу боисдан одамзод қолган бутун тирик мавжудотдан фарқ қилади.
-
JAHON TARIXI (1918—2008)
O'quv dasturlari, darsliklar va o'quv qo'llanmalarni qayta ko'rib chiqish va yangilarini yaratish bo'yicha Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tarix fani guruhi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi uchun uzluksizligi va uzviyligi ta'minlangan "Jahon tarixi" o'quv dasturi asosida yozilgan ushbu darslikda jahondagi asosiy davlatlarning XX-XXI asr boshlaridagi tarixi, xalqaro munosabatlar, fan, madaniyat tarixi yoritilgan.
-
MAHOBATLI RANGTASVIR TEXNIKA VA TEXNOLOGIYASI
Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining rangtasvir yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yozilgan boiib, «Mahobatli rangtasvir texnika va texnologiyasi» fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar haqida kengroq tushuncha berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.Darslik arxitekturada devoriy rasmlar ishlash turlaridan: alfresko, freska, mozaika, sgraffito va vitraj kabilarda badiy asar yaratish texnika va texnologiyasi, qoidalari va bosqichlari muhim bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi.
-
TELEVIDENIYE ASOSLARI
Mazkur darslikda XX asr mo jizalaridan bin boigan televideniyening paydo bo‘Jishi, uning jamiyat hayotidagi o'rni, televideniye ko'rsatuvlarmi yaratishdagi ijodiy jarayonlar, teleko‘rsatuvlarni tashkil etish masalalari, teledasturlar janrlari kabi nazariy mavzular, shuningdek, O'zbekiston televideniyesining taraqqiyot bosqichlari, badiiy televideniye tajribalari va muammolari, televideniyening jamiyat oldidagi vazifalari va boshqa mavzulari atroflicha yoritilgan. «Televideniye asoslari» darsligi san’at va san’atshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalariga, san’atshunos jumalistlar, rejissoriar, kinoteleoperatorlar, ovoz rejissorlari hamda shu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljaIlangan.
-
Biokimyo
Darslik jismoniy tarbiya instituti hamda pedagogika oliy o'quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari, magistrantlari, ilmiy izlanuvchilari, o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
KOMMUNAL GIGIYENA
Kommunal gigiyena aholi turar-joylari gigiyenasi bo'lib, mazkur kitob shu haqidagi ilmiy dastur hisoblanadi. Qo'lingizdagi ushbu o'quv adabiyotida aholining sihat-salomatligi, uning turmush tarziga tashqi omilning ta'siri xususida so'z borib, unga har tomonlama baho beriladi. Shuningdek, darslikda Respublikada aholi turar- joylariga tashqi ta'sir etuvchi omillarni kamaytirish, ularning oldini olish, bundan aholini ogohlantirish va kundalik sanitariya nazoratini tashkil etish kabi masalalarni hal etish yo'l-yo'riqlari haqidagi bilimlar o'quvchilarga ishonarli qilib tushuntiriladi. Shular qatorida turar-joy loyihasi va ularni rejalashtirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, suv havzalari, tuproq muhofazasi, aholi turar-joylarida kimyoviy, biologik va fizik ta'sirlarning ginetik ahamiyati, qishloq xo'jaligida zaharli ximikatlarning keng ko'lamda ishlatilishi natijasida tashqi muhit obyektlari (suv, tuproq, havo)da ro'y beradigan o'zgarishlar va ularniig oldini olish masalalari to'g'risida ham ma'lumotlar keltirilgan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan shu yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlari uchun zarur deb topildi va sanitariya- gigiyena qonun- qoidalariga, rejalariga asoslanib tuzildi. Bunda O'rta Osiyo davlatlarining o'ziga xos geografik iqlim sharoitlari ham hisobga olingan.
-
XOREOGRAFIYA VA RAQS SAN’ATI ASOSLARI
«Xoreografiya va raqs sarfati asoslari» nomli darslik san'at va madaniyat instituti talabalari uchun mo'ljallangan. Unda xoreografiya va raqs san’ati asoslarini o‘rgatuvchi barcha fanlar yoritib berilgan. Xoreografiya va raqs san’ati asoslari, tarixi, xususiyatlari, qonuniyatlari kabilarga batafsil to‘xtalingan. Negaki bo'lajak san'atshunos, teatrshunoslar xoreografiya va raqs san'ati nazariyasini bilishlari kerak hamda klassik va milliy raqslarni ijro eta olishlari zarur.
-
Клиник гематология асослари
Гематология фани анчадан бери одамларни қизиқтириб келган. Китобда қон филогенези, онтогенези, морфологияси, организмдаги тутган ўрни, шунингдек унинг кимёвий, физикавий, коагулогик, иммунологик ва генетик хусусиятлари ҳақида батафсил маълумотлар келтирилган. Тиббиёт институтларида таълим олаётган талабалар ва шифокорлар учун мўлжалланган.
-
JAHON TARIXI 1-QISM (QADIMGI VA O’RTA ASRLAR DAVRI)
Ushbu darslikda jahon tarixining qadimgi dunyo hamda o'rta asrlar davri tarixiga oid eng muhim mavzular qamrab olingan. O'rganilayotgan davrda jahon mamlakatlari rivojlanishining alohida va umumiy xususiyatlari, jumladan, shakllanishi, taraqqiyoti, inqirozga yuz tutishi kabilar tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tarixiy jarayonlardagi eng muhim voqealar, xususan urushlar va qo'zg'alonlar, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotdagi o'zgarishlar yoritib berilgan. Darslikda keltirilgan materiallar o'zlashtirilishi oson bo'lishi uchun glossariy, bibliografiya hamda illyustrativ materiallar bilan boyitilgan.
-
KLINIK FARMAKOLOGIYA
Darslikda klinik farmakologiyaning umumiy va xususiy savollari, aniq kasallik va sindromda bemorga dorining klinik va farmakologik tavsifidan kelib chiqib, samarali va xavfsiz dori va dorilar aralashmasini tavsiya qilish,o'tkazilayotgan farmakoterapiyani samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari kabi, umumiy amaliyot vrachlari uchun dolzarb masalalaryoritilgan.Darslik farmatseviika, tibbiyot institutlari davolash va pediatriya qulliyotlari talabalari hamda amaliyot vrachlari uchun mo'Ijallangan.
-
Балластные корыта
В правилах технической эксплуатации железных дорог в отношении земляного полотна дано ясное и четкое указание.
-
Sud tibbiyoti
Ushbu kitobda sud tibbiyoti faniga doir barcha ma'lumotlar, sud tibbiyoti ekspertizasining nazariy asoslari, obyektlari, uning barcha turdagi bilimlar to'loiq mujassamlashtirilgan bo'lib, bunday ma'lumotlarni o'zlashtirish orqali talabalar ushbu soha bo'yicha to'liq va aniq tushunchaga ega bo'ladilar.
-
JAHON MUSIQASI TARIXI
Mazkur darslik O'zbekiston davlat konservatoriyasining San'atshunoslik (musiqashunoslik) hamda barcha boshqa ixtisosliklar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Darslik davlat ta'lim standartlari, namunaviy o'quv dasturi asosida yaratilgan.
-
DEUTSCH (Nemis tili)
Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo'yicha darslik. Xorijiy til nemis tili fani asosida yaratilgan bo'lib iqtisodiyot universitetlarining barcha ta'lim yo'nalishlari talablari uchun mo'ljallangan. Kasbiy malakalarini rivojlantirishga yaqindan yordam beradi. Xorijiy tillarni puxta o'zlashtirib olishlari uchun shu tilning fonetik grammatik hamda leksik tomonlarini yaxshi o'rganib olishlari lozim. Bo'lajak mutaxassislar kundalik va kasbiy hayotda qo'llaniladigan mashq va matnlarni o'rganadilar.