-
-
-
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Umumiy va noorganik kimyo
Ushbu darslik "Umumiy va noorganik kimyo" fanidan Texnika oliygohida tahsil olayotgan bakalavriyatning 60410100-Kimyoviy texnologiya, 60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi yo'nalishdagi talabalarga mo'ljallangan.
-
Фармакогнозия
Фармакогнозия фармацевтика билим юртларида (ёки тиббиёт билим юртларининг фармацевтика бўлимида) ўкитиладиган ва ўқувчиларга мутахассислик бўйича билим берувчи асосий фанлардан биридир. Мазкур қўлланма ўзбек тилида 1985 йилда чоп этилган «Фармакогнозия» дарслигининг Ўзбекистон согликни сақлаш вазирлигининг ўқув юртлари Бош бошқармаси томонидан 1995 йилда тасдиқланган ўрта махсус ўқув юртларининг 0405 «Фармацевт» мутахассислиги учун фармакогнозиядан тузилган дастурга мувофиқ тўлдирилиб ва қайта ишлаб ёзилган учинчи нашридир.
-
-
-
Gigiyena.Tibbiy ekologiya
O'quv adabiyotida atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta'sir xususiyatlarini o'rganish, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish, dam olish va davolanish masalalari bo'yicha muhim ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, bo'lajak shifokorda gigiyenaga doir bilimlarga asoslangan holda aholi o'rtasida sanitar bilimdonlikni oshirishga, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga hamda kasalliklarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni bajarishga doir tushunchalarni shakllantirishga yo'naltirilgan. O'quv adabiyoti oliy tibbiy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, adabiyot 5510300 Tibbiy profilaktika ishi, 5510100 - Davolash ishi, 5111000-Kasb ta'limi (Davolash ishi), 5510200 - Pediatriya ishi 5510900 Tibbiy biologiya ishi ta'lim yo'nalishlarining Davlat ta'lim standarti, o'quv reja va fan dasturlari asosida tayyorlangan. Mualliflar o'quv adabiyoti bo'yicha bildirilgan barcha fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
-
JISMONIY TARBIYA NAZARIYASIVA USLUBIYATI
Ushbu darslik 0'ZDJTI jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, pedagogiha fanlari doktori R.S.Salomovning umumiy tahriri ostida nashrga tayyorlandi.
-
ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATOLOGIYA
Darslik „Anesteziologiya va reanimatologiya" fani bo'yicha Oliy ta'limning 720000- Sog'liqni saqlash" sohasi, 5720100-Davolash ishi" yo'nalishiga doir namunaviy dastur asosida yozilgan bo'lib, unda anesteziologiya va reanimatologiyaga oid muhim nazariy va amaliy masalalar, zamonaviy diagnostika, kasalliklarni davolash usullari va bunda innovatsion texnologiyalarni qo'llashga oid mavzular batafsil yoritilgan; mavzular mazmunini to'liq ochib berish maqsadida jadvallar va tegishli rasmlar hamda egallangan bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari ham keltirilgan. Darslikning ushbu 2-nashri qayta ishlanib yanada yangi zamonaviy ma'lumotlar bilan to'ldirildi. Darslik tibbiyot institutlarining davolash va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan.
-
-
Integral tenglamalar
Darslikda integral tenglamalarning klassik nazariyasi bir o'lchovli Fredgolm tenglamalari uchun uzluksiz funksiyalar sinfida bayon qilingan. Bolterraning integral tenglamalariga alohida bob ajratilgan.
-
Dermatovenerologiya
Darslikda O'zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zR. Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan o'quv dasturiga kiritilgan teri va tanosil kasalliklar ining etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, profilaktikasi, davosi va laboratoriya tashxisoti mezonlari hozirgi zamon talab doirasida yozilgan. Darslik 3 qismdan iborat bo'lib, uning birinchisida dermatovenerologiya va koxretologiya fanining rivojlanish tarixi, teri anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi va patomorfologik belgilari hamla davolash prinstiplari bayan qilingan Ikkinchi qismida esa teri va tanosil kasalliklarining etiologiyasi. patogenezi, epidemiologiyasi, klinikasi va davo uslublari bilan birgalikda kasalliklarni oldini olish choralari ham yoritilgan. Kitobning uchinchi qismida multifaktorli teri kasalliklari bilan hirgalikda parazitar, zamburug'li hamda tanosil kasalliklarining zamonaviy lahoratoriya tashxisoti mukammal qilib bayon qilingan. Darslik tibbiyot institutlarining talabalariga mo'ljallangan. Shu bilan birga undan amaliyotda ishlayotgan dermatovenerolog, kosmetolog. akusher-ginekolog, urolog, epidemiolog, parazitolog va klinika diagnostiku laboratoriyasi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
-
BOLALAR KASALLIKLARI
Pediatriya yunoncha "pedos" bola, "uatriya" davolash so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini, kasalliklarning sabablari va mexanizmi, davolash va oldini olishni o'rganadi. Katta odamlardagi ko'p kasalliklarning kelib chiqishi go'daklik yoshiga borib taqaladi. Shuning uchun, bolalik davri, rivojlanish sharoiti va bola tarbiyasi qanday o'tgan bo'lsa, katta odamning sog'ligi holati xuddi shunday bo'ladi. Pediatriya bolaning o'sish va rivojlanish davrlarini, bola hayotining har bir yosh bosqichlariga xos alohida morfologik, fiziologik va psixologik o'zgarishlarni o'rgatadi. Shu sababli bolaning klinik anatomiyasi to'g'risidagi bilimlar o'z vaqtida tekshirish usullarini o'tkazish va olingan natijalarni baholashga asos bo'ladi. Bundan tashqari, asosiy anatomo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish, bolaning kun tartibi va hayot muhitini aniq tashkillashtirishga asos bo'ladi. Umumiy amaliyot shifokori (UASh) bola va uning ota onasi bilan doimiy muloqotda bo'ladi. UASh yaxshi psixolog va pedagog bo'lishi kerak. Bu unga ota-ona va bemor oldida o'z obro'sini ko'tarishiga yordam beradi, natijada bolani tezroq tuzalishiga olib keladi.
-
-
LOTIN TILI VA MEDITSINA TERMINOLOGIYASI
Lotin tili va meditsina terminologiyasi fani darsligi kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan o'quv dasturi asosida qayta ishlandi va to'ldirildi. Fonetika, harf va tovushlar tasnifi, odam skeleti va ichki a'zolari, dori shakllari, dorivor o'simlik qismlariga doir ma'lumotlar hamda nazorat ishlari variantlari kabi qismlar kiritildi. Ushbu darslikda tibbiy atamalarning yasalishi va ularning zamonaviy tibbiyot terminologiyasi (anatomik, davolash hamda dorishunoslik)da qo'llanilishi berilgan. Darslikdagi mavzular boblarga bo'lingan. Qo'shimcha ma'lumotlarda kasallik nomlari, tibbiy fanlar va davolash usullari, shuningdek, xalq tabobatida qo'llaniladigan shifobaxsh o'simliklar va mevalarning lotin- cha nomlari berilgan.
-
TASVIRIY SAN'AT O'QITISH METODIKASI
Mazkur darslikda tasYiriy san'at o'qitish metodikasi fanini maqsad vazifalari, boshlang'ich sinflarda tasviriy san'at ta'lim mazmuni uni o'qitish metodikasi, boshlang'ich tasviriy san'at аsоslагi, natyurmort, rangshunoslik, badiiy bezak gгаfikаsi, haykaltaroshlik, tasvirlarning metodik asoslaгi kabi masalalar o'z aksini topgan.
-
Теория и методика настольного тенниса
Эта книга — первый отечественный учебник, в котором обобщены и систематизированы современные научные исследования и передовой опыт ведущих специалистов по настольному теннису. В учебнике рассмотрены исторические этапы развития настольного тенниса, эволюция правил игры, научные основы ее техники и тактики, представлена сбалансированная, целостная, предельно детализированная система подготовки игроков в настольный теннис, показаны методы тренировки.