-
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Информационные технологии в искусстве
Данное учебное пособие предназначено для студентов 2 курса бакалавриата всех направлений Государственного института искусств и культуры Узбекистана, обучающихся по очной и заочной формам обучения.
-
Kasb mahorati
Ushbu darslik "Ovqat tayyorlash texnologiyasi" yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, kasbiy mahoratni oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini aniqlash, texnologik jarayonlarni ilmiy asosda o'rganish hamda taomlarga estetik va sifat jihatdan ishlov berish san'atini qamrab oladi. Darslikda mustaqil ishlar, interfaol metodlar, taomlar va salatlar assortimentini kengaytirish, yangi mahsulot turlarini yaratish va ularni reklama qilish bo'yicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar keltirilgan.
-
Kartashunoslik
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining 5311500 — «Geodeziya, kartografiya va kadastr» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, unda kartografiya va geografik kartalar, kartalarning matematik asos, kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya hamda uning mohiyati va omillari, generalizatsiya turlari, shuningdek geografik karta va atlaslarning ta'rifi, tasnifi, turlari, tiplari, ularni loyihalash va tuzish, bunda zarur bo'lgan manbalar, tuzilgan kartalardan foydalanish, ular orqali geografik tadqiqotlar olib borish, kartografiyaning geoinformatika hamda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan aloqalari bayon qilingan. Darslikda kartografiyaning rivojlanish tarixi atroflicha ko'rib chiqilgan.
-
Jurnalistikaga kirish
Darslikda jurnalistikaning, xususan, o‘zbek jurnalistikasining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, hozirgi zamon sharoitida uning tutgan o‘rni, jurnalistika janrlari, uning erkinlashishi, ommaviy axborot vositalarining tasnifi va tarkibi, jurnalistikaning jamiyat hayotidagi faoliyati o‘rganiladi. Kitob jurnalistika fakultetlari talabalari va shu sohaga qiziqqanlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ikki qismdan: Umumiy tushunchalar va Publitsistika qismlaridan iborat.
-
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti
Darslikda O‘zbekistonda birinchi marta zamonaviy sport tashkilotlarining boshqaruv tizimlarini tashkillash asoslari ko‘rilgan, sport menejmenti funksiyalari, boshqaruv usullari va jamoani boshqarish, O‘zbekiston va jahon miqyosida har bir bo‘g‘inlardagi sport harakati rivoji masalalari ochib berilgan. Sport marosimlari menejmenti, xalqaro sport va olimpiya harakatlarining boshqaruv muammolari, sport boshqaruvidagi muvaffaqiyatli faoliyat darajasiga erishish bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatlar ko‘rilgan. Darslik O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya institutining Jismoniy tarbiya va Sport menejmenti va turizm kafedrasida davlat standarti va Sport menejmenti fanining tayanch dasturi asosida tayyorlangan.
-
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Darslik jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariy asoslari, rivojlanish tendensiyalari, jahon bozori, xalqaro savdo, kapital harakati, valyuta tizimlari, xalqaro migratsiya va iqtisodiy integratsiya masalalarini qamrab oladi, shuningdek, talabalarga ushbu sohada fundamental bilimlar va tahlil ko'nikmalarini shakllantirishga mo'ljallangan.
-
Jahon adabiyotshunosligi tarixi
Jahon adabiyotshunosligi tarixi va uning shakllanish manbalari hamda taraqqiyot tamoyillarini o'rganuvchi ushbu darslikning birinchi jildi qadimgi davrlardan G'arb Uyg'onishi manbalariga qadar yaratilgan risola, tazkira va boshqa adabiyotshunoslik janrlari asosida tartiblandi. Mazkur darslik magistratura bosqichi talabalari, filolog-mutaxassislar va adabiyotshunoslik tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu darslik jahon adabiyoti fani uchun tuzilgan namunaviy dastur asosida yaratilgan bo‘lib, unda jahon adabiyotining millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rni, badiiy asarni chuqur anglash, tahlil va tadqiq etish, jahon adabiyoti durdonalarining jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyati hamda Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarining o‘zaro ta’siri yoritilgan. Darslik universitetlar va pedagogika institutlari filologiya, jurnalistika fakulteti bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga mo‘ljallangan.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu jamoaviy darslik jahon adabiyoti fani uchun tuzilgan namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda jahon adabiyotining millat hamda jamiyat ravnaqidagi o‘rni, badiiy asarni chuqur anglash, tahlil va tadqiq etish, jahon adabiyoti durdonalarining jamiyat ijtimoiy hayotidagi ahamiyati hamda xalqaro adabiy aloqalarning maqomi yoritilgan. Darslik Sharq va G‘arb adabiyotining antik davrdan bugungi kungacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlarini, adabiy oqimlar va janrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab olib, oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslikda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot nazariyasiga oid mavzular o‘rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy muammosi, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti, uning qonun-qoidalari va tartibga solish mexanizmlari rolini yoritishga alohida e’tibor qaratilgan. Darslik iqtisodiy yo‘nalishdagi barcha bakalavrlar uchun mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur darslik iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo‘jaligi kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan. Kitobda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanish strategiyasi, modernizatsiya jarayonlari, moliya, kredit, bank va pul tizimining o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, talabalarga iqtisodiy nazariya fanining nazariy va amaliy jihatlari, xususan, bozor munosabatlari va iqtisodiy madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Ushbu darslik iqtisodiyot nazariyasi fanining umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo‘jaligi masalalarini qamrab olgan bo‘lib, bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan. Nashrda O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiya qilish, shuningdek, bozor mexanizmlari, moliya, kredit va bank tizimlarining roli nazariy va amaliy jihatdan chuqur yoritilgan. Darslik mamlakatimizdagi islohotlar va jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda qayta ishlangan va to‘ldirilgan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur darslik bakalavrlarga mo‘ljallangan asosiy kurs tarzida yozilgan bo‘lib, bo‘lg‘usi mutaxassislarga kasb-korining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z faoliyatining iqtisodiy natijalarini bilishlariga, iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunish, sir-asrorlarini idrok etishlariga yaqindan yordam beradi. Shuningdek, «Iqtisodiyot nazariyasi» beradigan fundamental bilimlar bozor iqtisodiyoti sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz beradigan o‘zgarishlarni anglab, ularga moslashib borishga xizmat qiladi.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Mazkur darslikda Respublika Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasi talabi asosida iqtisodiyot nazariyasi fani yoritilgan. Darslikda bozor iqtisodiyotining umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, makroiqtisodiyot va jahon xo'jaligining rivojlanish bosqichlari kabi dolzarb masalalar Prezident Islom Karimov asarlari hamda respublika qonunlari asosida bayon etilgan. Qo'llanma barcha yo'nalishdagi bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, iqtisodiy tafakkurni shakllantirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI
Ushbu darslik 5230900 — «Buxgalteriya hisobi va audit» (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo‘lib, unda «Iqtisodiy tahlil nazariyasi» fanining nazariy va uslubiy asoslari bayon qilingan. Darslikda moliya-xo'jalik faoliyatini yurituvchi xo‘jalik subyektlarida iqtisodiy tahlilning tashkiliy va huquqiy asoslari, tahlilning fan sifatida shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlari, predmeti va vazifalari, turlari va shakllari, tahlil jarayonida qo‘llaniladigan usullar, tahlilda foydalaniladigan axborotlar va axborot texnologiyalarini qo‘llashning samarali yo‘nalishlari chuqur yoritib berilgan.
-
IQLIMSHUNOSLIK
Darslik universitetning gidrometeorologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqlimning shakllanishiga ta'sir etuvchi fizik jarayonlar, iqlimshunoslikning umumiy masalalari, iqlim genezisi, iqlimlarning tasniflanishi, O‘rta Osiyo iqlimining geologik va tarixiy o‘tmishi, hamda zamonaviy iqlim o‘zgarishlari va ularning oqibatlari batafsil yoritilgan.