-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Interkulturelle Kommunikation: Interaktion, Fremdwahrnehmung, Kulturtransfer
Das vorliegende Lehrbuch bietet einen umfassenden und systematischen Überblick über die zentralen Konzepte und Problemfelder der interkulturellen Kommunikation. Hans-Jürgen Lüsebrink erläutert die theoretischen Grundlagen der Interaktionsanalyse, untersucht die Mechanismen der Fremdwahrnehmung und Stereotypisierung sowie die Dynamiken des Kulturtransfers. Das Werk verbindet kulturwissenschaftliche Perspektiven mit psychologischen und linguistischen Analyseansätzen, um die Komplexität interkultureller Begegnungen in einer globalisierten Welt verständlich zu machen. Mit zahlreichen Abbildungen und Grafiken veranschaulicht, bietet das Buch fundiertes Wissen für Studierende und Forschende in den Geistes- und Sozialwissenschaften und dient als unverzichtbares Nachschlagewerk für das Verständnis von Identität, Hybridität und interkulturellem Lernen.
-
INSON RESURSLARI SOTSIOLOGIYASI
Mazkur darslik 70311002 – Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot psixologik xavfsizligi ta’lim mutaxassisligi (magistratura)da majburiy fanlar turkumiga kiruvchi “Inson resurslari sotsiologiyasi” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Darslik ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavr, magistr talabalari hamda shu sohada ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar va ijtimoiy soha mutaxassislari foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Unda ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot psixologik xavfsizligi inson resurslarini boshqarish tarmoq sotsiologiyasi tomonidan o‘rganiladigan dolzarb yo‘nalish sifatida ochib berilgan.
-
Inklyuziv ta’lim
Ushbu darslikda imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari hamda pedagogik-psixologik aspektlari yoritib berilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida, ko‘rishida, aqliy va psixik rivojlanishida, nutqida, tayanch-harakat a’zolarida, autistik sohasida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan davr talabiga mos pedagogik texnologiyalar keltirilgan. Darslikdan talabalar, o‘qituvchilar, maxsus pedagog-tyutorlar, tarbiyachilar, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarning ota-onalari korreksion va rivojlantirish ishlarida foydalanishlari mumkin.
-
INKLYUZIV TA'LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA
Mazkur darslik 4 ta modulga ajratilgan. Inkyuziv ta'limning metodologik va nazariy asoslari, ta'lim texnologiyalari, alohida ehtiyojlarga ega o'quvchilar xilma-xilligi hamda gospital pedagogika asoslari kabi muhim mavzularni qamrab olgan. Darslikda tibbiyot muassasalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalarning ta'lim olish imkoniyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash hamda inklyuziv muhitni loyihalash masalalari yoritilgan.
-
INKLYUZIV TA'LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA
Ushbu darslik inklyuziv ta'limning nazariy va metodologik asoslarini, shuningdek, alohida ehtiyojli bolalar uchun ta'lim texnologiyalarini o'z ichiga oladi. Kitobda gospital pedagogika tushunchasi, xorijiy tajribalar va tibbiyot muassasalarida uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun ta'lim muhitini yaratish hamda ularning ta'lim olish imkoniyatlarini pedagogik qo'llab-quvvatlash masalalari atroflicha yoritilgan.
-
Начертательная геометрия
В учебнике изложен материал по классическим основам начертательной геометрии, дано подробное изложение теории построения обратимых изображений трехмерного пространства-основных геометрических фигур, способов преобразования, способов решения позиционных и метрических задач.
-
Injenerlik obodonlashtirish va transport
Kitobda shaharsozlikda shaharni injenerlik va dekorativ obodonlashtirish elementlarini loyihalashtirishning asosiy tamoyillari, jumladan, shaharni injenerlik tayyorgarligi, transport tizimini tashkil etish, vertikal rejalashtirish, tashqi suvlarni qochirish, hududni sanitar tozalash, yer osti injenerlik tarmoqlari, ko'kalamzorlashtirish, yoritish va kichik me’moriy shakllar masalalari respublikamizning tabiiy-iqlimiy xususiyatlarini inobatga olgan holda bayon etiladi.
-
INFORMATIKA
Darslikda hozirgi zamon talablari asosida informatika fanining axborotlashtirish asoslari, informatikaning texnik asoslari, operatsion tizimlar, amaliy dasturlar, axborot texnologiyasi elementlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Mazkur darslik tegishli oliy o‘quv yurtlarining talabalariga mo‘ljallangan va shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin. Darslikning maqsadi informatika fanining asosiy tushunchalarini berish, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini ko‘rsatish, informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyatini va imkoniyatlarini yoritib berish, axborot tizimlarini va texnologiyalarini ishlatish usullarini va yo‘llarini ifodalashdan iborat.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Mazkur darslik kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, u «Informatika va axborot texnologiyalari» fani tarkibiga kiruvchi operatsion tizimlar va instrumental dasturlardan ayrimlarini o‘z ichiga oladi. Unda IBM kompyuterlari uchun DOS operatsion sistemasi, Norton Commander qobiq dasturi, Windows 95 va uning tarkibiga kiruvchi Office dasturlaridan: Word, Power Point, Excel, Schedule+, Internet va Elektron pochta (E-mail) keltirilgan. Darslik bo‘limlar bo‘yicha test savollari va laboratoriya mashqlari bilan to‘ldirilgan.
-
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Darslik magistratura mutaxassisligi o‘quv rejasining 1- umummetodologik fanlar bloki o‘quv adabiyotlari turkumiga kiradi hamda davlat ta’lim standartlari va namunaviy o‘quv dasturi mazmuniga mos. Unda fanning ijtimoiy madaniy jarayon sifatida rivojlanishi, fanning bilimning maxsus shakli sifatidagi o‘ziga xos xususiyati, ijod, ilmiy tadqiqot va bilish jarayoni uyg‘unligi, innovatsiya va novatsiyalarning o‘zaro aloqadorligi, metodologik yondoshuvlar hamda olimning ijtimoiy mas’uliyati masalalarining nazariy asoslari yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan keng qamrovli yoritib berilgan. Darslik barcha oliy o‘quv yurtlarida magistratura mutaxassislari va umuman ilmiy tadqiqot va ijod muammolari bilan shug‘ullanuvchi stajyor tadqiqotchi izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, professor o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.
-
ILMIY ISH ASOSLARI
Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun “Ilmiy ish asoslari” fanidan yaratilgan bo‘lib, u namunaviy dasturda ko‘zda tutilgan barcha ma’ruzalar mavzulari va ular bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar mashg‘ulotlarini qamrab olgan. Darslikda har bir ma’ruzaning qisqacha mazmuni, seminar mashg‘ulotlari uchun tarqatma-didaktik materiallar, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar, o‘zini o‘zi tekshirish testlari, fanga oid terminlarning izohli glossariysi, shuningdek, talabalar mustaqil bajarishlari uchun amaliy topshiriqlar berilgan. Ushbu darslik zamonaviy jamiyatda fanning roli, ilmiy tadqiqot metodologiyasi asoslari hamda ilmiy ishlarni rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
-
ILMIY ISH ASOSLARI
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalari bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish metodologiyasi, ilmiy ishlarni rejalashtirish, ma'lumotlarni izlash va tahlil qilish, hamda ilmiy maqola va tezislarni rasmiylashtirish bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'z ichiga oladi. Darslikda har bir mavzu bo'yicha ma'ruza materiallari, seminar mashg'ulotlari uchun tarqatma didaktik materiallar, o'zini o'zi tekshirish testlari va talabalar uchun mustaqil bajariladigan amaliy topshiriqlar hamda fan sohasiga oid izohli lug'at keltirilgan.
-
Ijtimoiy ish etikasi
Darslikda ijtimoiy ish etikasi fani muammolari bilan bog‘liq bir qator nazariy va amaliy masalalarning mohiyati ochib berilgan bo‘lib, unda fanning obyekti, predmeti va mazmuni, ijtimoiy ish kasbiy faoliyatida amal qiladigan axloq standartlari, tamoyillari hamda professional-etik tamoyillarning mazmun-mohiyati ochib berilgan.
-
Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya
Ushbu darslik fanning qisqacha an’anaviy mavzular, kartaning mohiyati, uning matematik asosi, generalizatsiya jarayoni, kartografik usullar, karta va atlaslarning tasnifi, iqtisodiy kartalar turlari va boshqa ma’lumotlar, karta tuzish mazmuni va mundarijasi bilan oliy o'quv yurtlarida o‘qitilayotgan «Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya» fanining o'quv dasturiga muvofiq bayon etilgan. Darslik Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan kasb-hunar kollejlari talabalari hamda ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyani amalda qo‘llayotgan va o‘rganayotgan xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Hozirgi o‘zbek tili
Ushbu darslik filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligining zamonaviy yutuqlari va substansial tilshunoslik nazariyasi asosida yaratilgan. Kitobda hozirgi o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, til va nutq farqlanishi, lisoniy holat talqini hamda o‘zbek adabiy tilining amaliy masalalari yoritilgan. Darslik talabalarda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirishga, til vositalaridan unumli va samarali foydalanish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
HOZIRGI O‘ZBEK TILI
Mazkur darslikda hozirgi o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari til va nutq farqlanishida o‘zbek tilshunosligining asosiy sathlari doirasida lisoniy holat talqini va nutqiy voqelanish ko‘rinishida yoritilgan, bunda o‘zbek substansial tilshunosligi yutuqlariga tayanilgan. Darslik o‘zbek tilshunosligining jahon andozalariga mos yo‘nalishi – substansial tilshunoslik yutuqlariga tayanib 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan. Darslikning asosiy maqsadi o‘zbek tili substansial (formal-funksional) tabiati ma’lum bir qirralarining hozirgi holatini lison va nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan asoslab berishdan iborat.