-
-
-
-
Veterinariya va chorvachilik
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
KATALIZATORLAR TEXNOLOGIYASI
Ushbu o'quv qo'llanma kimyoviy ishlab chiqarishining eng muhim tarmoqlaridan biri katalizatorlar ishlab chiqarish texnologiyasiga bag'ishlangan. "Katalizatorlar texnologiyasi" tanlov fani kimyo va kimyoviy texnologiya ixtisosliklari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, amaldagi dastur asosida yozilgan. O'quv qo'llanmada mavzular ketma-ketligiga amal qilingan holda yozilgan hamda har bir bo'lim yoki mavzu nazariy materiallarni o'z ichiga oladi. "Katalizatorlar texnologiyasi" tanlov fani o'nta mavzuni qamram olgan bo'lib, I-IV mavzularda kataliz va katalizatorlar haqida umumiy ma'lumotlar, sanoat katalizatorlari hamda ularni ishlab chiqarish usullari, V-VIII mavzularda katalizatorni ishlab chiqarish jihozlari, katalizatorlarni tadqiq qilish, shakl berish usullari va o'zak moddalarda katalizatorlar tuzilishi shakllanishining o'ziga xosligi hamda IX-X mavzularda katalizatorlar va adsorbentlar ishlab chiqarishga misollar va geterogen katalitik jarayonlarning o'tish sohalari va bosqichlari bayon etilgan. O'quv qo'llanma kimyo, kimyo o'qitish metodikasi va kimyoviy texnologiya yo'nalishi bo'yicha tahsil oladigan talabalari uchun o'quv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi va magistrlar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar va shu sohada ishlaydigan ilmiy hamda ilmiy-texnik xodimlar uchun mo'ljallangan
-
BOSHQARUVDA KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH
Mazkur o'quv qo'llanma "Amaliy matematika" ta'lim yo'nalishi uchun mo'ljallangan bo'lib, shu bilan birga sun'iy intellekt, dasturiy injiniring, menejment, axborot texnologiyalari va boshqa bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ham dolzarb o'quv manbaa hisoblanadi. Ushbu o'quv qo'llanmada boshqaruv jarayonlarida kompyuterli modellashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tizimli ravishda yoritilgan. Unda matematik modellashtirishning boshqaruv tizimlari uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qilishi, kompyuterli imitasion modellashtirishning o'rni va ustunliklari, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda modellashtirishdan foydalanish imkoniyatlari keng ko'lamda tahlil etilgan
-
Pedagogik psixologik diagnostika
Ushbu o’quv qo’llanmada 60112700 – Maxsus pedagogika (Logopediya) bakalavriyat ta‘lim yo‘nalishlari talabalariga psixologik-pedagogik diagnostika fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, fanning rivojlanish tarixi, pedagogik-psixologik diagnostikaning ijtimoiy-iqtisodiy, me’yoriy huquqiy asoslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishga mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda, pedagogika va psixologiyaning vazifalari, turlari, zamonaviy pedagogika fani rivojining o‘ziga xos xususiyatlari,ta’lim tarbiyaning mazmuni, metod, shakl va vositalari, bolalar bilan muloqotning pedagogik-psixologik shart sharoitlari, ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar, sinf (guruh) rahbarining olib boradigan ishlari shakl va metodlari masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
-
O`zbek folklori
Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbek folklori manbalar va ularning mazmuni, o'g'zaki ijod namunalari va ularning janri, badiiyati haqida aniq tasavvurga еgа bo'lish, afsona, doston va o'zbek marosimlari, o'zbek xalq og'zaki ijodi va uning namunalari haqida talabalarga nazariy ko'nikma hosil qilishda, shuningdek, og'zaki ijodning lirik turlari, nodir namunalari bilan tanishtirishda, egallangan bilim va malakani ta'lim tizimini rivojlantirish yo'lida amaliyotga tadbiq etishda muhim ahamiyatga еgа.
-
O'zbek davlatchiligi tarixi
Ushbu o'quv qo'llanmasi Vatanimiz tarixining qadimgi tosh davridan boshlab, hozirgi kungacha bo'lgan ulkan davrni o'z ichiga oladi.
-
FUQAROLIK HUQUQIGA KIRISH
Fuqarolik huquqiy munosabatlarning eng muhim unsurlaridan biri bu uning subyektlari va obyektlari hisoblanadi. Fuqarolik qonunchilikka muvofiq fuqarolik huquq normalari bilan tartibga solinadigan mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarda uning subyektlari sifatida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat ishtirok etishi mumkin. Mazkur subyektlari o'rtasidan vujudga keladigan munosabat obyektlari, ashyolar, pul va qimmatli qog'ozlar, ishlar va xizmatlar, mulkiy huquqlar, intellektual faoliyat natijalari va boshqalar bo'lishi mumkin. Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarida huquq ta'limi yo'nalishida o'qitiladigan Fuqarolik huquqiga kirish fanining tegishli qismlari bo'yicha tayyorlangan. Mazkur qo'llanma Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan fan dasturidagi mavzularni qamrab olgan bo'lib, talabalarga ma'ruza va seminar darslariga tayyorgarlik ko'rishda hamda fuqarolik huquqining subyektlari va obyektlariga bilan bog'liq fuqarolik huquqi normalarining mazmun-mohiyatini tushunishlarida amaliy yordam beradi. O'quv qo'llanma universitetlarning bakalavr bosqichida ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar, fuqarolik huquqi sohasi bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan
-
RAQAMLI ARXEOLOGIYA
Oliy o'quv yurtlari arxeologiya yo'nalishi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan ushbu "Raqamli arxeologiya" o'quv qo'llanmasi arxeologiya fanini raqamli texnologiyalar innovatsiyaga asoslangan onlayn metodlar orqali o'rgatishga bag'ishlangan. va Ushbu qo'llanma ma'lumotlaridan nafaqat arxeologiya va tarix yo'nalishidagi bakalavriat talablari, shuningdek, maktablarda tarix fanini o'qitayotgan keng pedagoglar jamoasi ham foydalanishlari mumkin
-
ВЕТЕРИНАРНАЯ МИКРОБИОЛОГИЯ И ИММУНОЛОГИЯ
В учебном пособии в краткой форме представлены наиболее значимые вопросы ветеринарной микробиологии и иммунологии: современная классификация бактерий, физиология, генетика и экология микроорганизмов, патогенез инфекционных заболеваний, методы их диагностики, специфические препараты для профилактики и лечения.
-
FALSAFA
Mazkur o'quv qo'llanma falsafaning nazariy-metodologik asoslari va gnoseologik hamda aksiologik masalalarini tizimli ravishda yoritishga bag'ishlangan. Unda falsafa fanining predmeti, asosiy kategoriyalari va qonuniyatlari, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda Sharq va G'arb tafakkuri namoyandalarining qarashlari ilmiy tahlil asosida bayon etiladi. Qo'llanma talabalarda falsafiy tafakkur madaniyatini shakllantirish, ijtimoiy-madaniy jarayonlarga tanqidiy yondashuvni rivojlantirish hamda inson, jamiyat va tabiat o'rtasidagi dialektik uyg'unlikni anglash ko'nikmalarini mustahkamlashni maqsad qiladi. Shuningdek, unda falsafiy muammolarni zamonaviy ilm-fan va ma'naviyat bilan bog'liq holda talqin qilish, ma'naviy qadriyatlar va estetik tamoyillarni chuqurroq anglash imkonini beruvchi topshiriqlar, savollar va tavsiya etilgan manbalar keltirilgan. Qo'llanma bakalavriat va magistratura talabalari, professor-o'qituvchilar hamda falsafiy bilimlarni chuqur o'rganishga qiziqqan keng kitobxonlar uchun metodik-amaliy manba sifatida xizmat qiladi
-
SOTSIOLOGIK TADQIQOTLAR METODOLOGIYASI VA TEXNIKASI
Mazkur o'quv qo'llanma "Sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi va texnikasi" fanining asosiy nazariy va amaliy jihatlarini yoritishga qaratilgan. Unda sotsiologik tadqiqotning barcha bosqichlarini muammoni aniqlash, gipotezani shakllantirish, ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va natijalarni talqin etish jarayonlarini chuqur o'rganishga yo'naltirilgan. Shuningdek, unda zamonaviy empirik tadqiqot metodlari, anketalash, intervyu, kuzatuv, kontent-tahlil va sotsiologik ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari amaliy misollar asosida yoritiladi. O'quv qo'llanma bakalavr 60310400 - Sotsiologiya, 60920100 - Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo'yicha) ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan
-
Ingliz tili o'qitish metоdikasi
Ushbu o'quv qo'llanmada ta'limni tashkil etishning samaradorligi e'tirof etilgan interfaol metоdlar qatorida turuvchi didaktik vositalar va ularning turlari, leksik kompetensiyalari hamda fan bilan bog'lash shartlari va tartiblari yoritilgan. Mazkur qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, maktab va akademik litsey o'quvchilari ham nazariy, ham amaliy jihatdan yondashgan holda ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan o'quv mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalanishlari uchun mo'ljallangan.
-
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'limining me'yoriy hujjatlari
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib.
-
Ветроэнергетика
В пособии рассматривается отрасль энергетики, связанная с преобразованием энергии ветра в электрическую энергию, ветроэнергетика. Среди всех источников энергии установки, предназначенные для преобразования ветровой энергии, показывают самую впечатляющую динамику роста в последние десятилетия. Сохранение этой тенденции ожидается и в долгосрочном периоде. Учебное пособие предназначено для бакалавров и магистров, обучающихся по направлению «Энергетическое машиностроение», а также для студентов других направлений при выполнении работ, связанных со строительством и эксплуатацией ветровых турбин. Пособие может быть полезно специалистам, работа которых связана с проектированием, строительством и эксплуатацией ветровых турбин и ветровых электростанций.
-
KRATOLOGYA
"Kratologya" fanidan o'quv qo'llanma oliy ta'lim 60310100 Siyosatshunoslik bakalavriat yo'nalishi bo'yicha o'quv rejasiga kiritilgan bo'lib, davlat standartlari, namunaviy o'quv dasturi va sillabus mazmuniga mos. Ushbu o'quv qo'llanma "Kratologiya" fanining nazariy va amaliy asoslarini qamrab olib, hokimiyat fenomeniga kompleks yondashuvni taqdim etadi. Asarda hokimiyatning mohiyati, tuzilishi, sub'yekt va ob'yekti, resurslari, samaradorligi hamda uning turli ijtimoiy sohalar bilan o'zaro munosabatlari chuqur tahlil qilingan. Qo'llanmada hokimiyat haqidagi ilk siyosiy qarashlardan tortib, zamonaviy nazariyalar va global siyosiy tendensiyalargacha bo'lgan keng qamrovli ma'lumotlar berilgan. Hokimiyat va siyosiy liderlik, hokimiyat va din, hokimiyat va partiyaviy tizimlar o'rtasidagi oʻzaro bog'liqlik ilmiy tahlillar asosida yoritilgan. Mazkur kitob siyosatshunoslar, davlat boshqaruvi sohasi mutaxassislari, huquqshunoslar, olimlar va oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, hokimiyatning mohiyati va uning zamonaviy jamiyatdagi o'rni haqida chuqur bilim olishni istaganlar uchun qimmatli manba hisoblanadi
-
Essential English for Geography and Ecology
Ushbu o'quv qo'llanma talabalarda soha bo'yicha ingliz tilida bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi va zamonaviy ta'lim talablariga javob beradi. Geografiya va ekologiya sohasida zarur inglizcha terminologiyani o'zlashtirish, o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish ko'nikmalarini rivojlantirish, kasbiy muloqot va ilmiy matnlarni tahlil qilish qobiliyatini hosil qilish, o'z mutaxassisligi bo'yicha xalqaro axborot makonida samarali muloqot qilishga tayyorlashdan iboratdir
-
YADRO REAKSIYALARI
Mazkur o'quv qo'llanma yadro va elementar zarralar fizikasi fanining asosiy boblaridan biri hisoblanadi. Bu qo'llanmada yadro reaksiyalari turlari, mexanizmlari, kompaund yadro mexanizmi, bevosita o'zaro ta'sir yadro reaksiyalari, reaksiya kesimi va chiqishi, deytron ta'sirida bo'ladigan yadro reaksiyalari, neytronlar haqida ma'lumotlar, neytronlarning modda bilan ta'sirlashuvi va neytronlar ta'sirida bo'ladigan yadro reaksiyalari, neytronlarni hosil bo'lishi bilan yuz beradigan reaksiyalar, ekzotermik, endotermik reaksiyalar va reaksiyalarda saqlanish qonunlari keltirilgan. Bundan tashqari zaryadlangan zarralar, alfa zarralar, protonlar va og'ir ionlar ta'sirida bo'ladigan yadro reaksiyalari, fotoyadro va elektroyadro reaksiyalari, atom yadrosining bo'linish reaksiyalari, og'ir yadrolarning bo'linishi, yadrolarning spontan bo'linishi, uran yadrolarining bo'linishi, uran va plutoniy izotoplarining hosil bo'lish reaksiyalari, yadro reaktorlarida yadro yoqilg'ilarini hosil bo'lish reaksiyalari, tezlatkichlarda va siklotronda radiofarmpreparatlarni hosil qilish reaksiyalari, termoyadro sintez reaksiyasi, quyoshda va yulduzlarda kechadigan yadro reaksiyalari va ularning mexanizmlari yoritilgan. Qo'llanmada turli yadro reaksiyalariga doir masalalar izohli yechilgan va mustaqil yechish uchun masalalar tavsiya etilgan.