-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tarjima nazariyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun “Tarjima nazariyasi” fani o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, g‘arb va sharq tarjima nazariyasining asosiy tamoyillari, tarjima jarayoni, so‘z tanlash, matn turlari hamda tarjimashunoslikdagi dolzarb masalalarni qamrab oladi. Qo‘llanma tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi talabalar, magistrantlar, izlanuvchilar va soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
-
TARJIMA NAZARIYASI (o‘quv qo‘llanma)
Ushbu qo‘llanma Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi hamda Xitoyshunoslik fakultetlari “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” guruhining II bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tarjimashunoslik fani haqida umumiy tasavvur hosil qilish, uning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida muxtasar ma’lumot berish hamda eng muhim qoida va talablar bilan tanishtirish maqsadida yaratilgan.
-
HOZIRGI ZAMON TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI
O'quv qo'llanmada tabiatshunoslik fanining asoslari, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, insonning tabiatga ta'siri, ekologik muammolar va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, fan va texnika taraqqiyotining atrof-muhitga ta'siri hamda kelajak avlod oldidagi mas'uliyat tahlil qilingan. Mazkur qo'llanma bakalavriat bosqichidagi talabalar, magistrlar va keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Suv kimyosi va mikrobiologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda suv va suv kimyosi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari, qurilish materiallariga ta’siri, oqova suvlar, ulardan foydalanish, ekologiya, bakteriya va mikroblar haqidagi ma’lumotlar yoritilgan. Qo‘llanma suv havzalarini muhofaza qilish, suv sifatini yaxshilash usullari, tindirish, rangsizlantirish va zararsizlantirish jarayonlarini, shuningdek, umumiy kimyo asoslarini o‘z ichiga oladi.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish
Mazkur «Sport pedagogik mahoratini oshirish» nomli o‘quv qo‘llanmada yengil atletika sport turlari bo‘yicha sport pedagogik mahoratini oshirish masalalariga e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda sport mashg‘ulotlarining maqsad va vazifalari, tayyorgarlik turlari, vosita usullari, yillik, ko‘p yillik mashg‘ulotlarni tashkil etish, rejalashtirish, mashg‘ulot yuklamalarini hisobga olish va nazorat qilish, sportchilarni tayyorlashda texnik-taktik tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlikning ahamiyati hamda sportchilarning musobaqa faoliyati ochib berilgan.
-
Sotsiologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishning Davlat dasturi va zamonaviy talablariga muvofiq «Sotsiologiya» fanining predmeti, obyekti, strukturasi, fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari o‘z aksini topgan; jamiyat butun bir dinamik tizim sifatida hamda jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabat va aloqalari tahlil qilingan, siyosiy va iqtisodiy sohalar sotsiologiyasi, ta‘lim-tarbiya hamda oila sotsiologiyasi, jamoatchilik fikri sotsiologiyasi, deviant va delinkvent xulq-atvor, ijtimoiy texnologiyalar, shuningdek, empirik sotsiologik tadqiqot olib borish ko‘nikmalari yoritilgan.
-
Zo'ravonlik va ijtimoiy tartibotlar
Barcha jamiyatlar zo'ravonlik ehtimoli bilan kurashishi zarur va ular bu muammoni turli usullar yordamida hal qilishga intiladi.
-
Sociolinguistics
This coursebook on sociolinguistics is designed as a practical introduction to the key concepts and theories of the field. It provides students with a foundational understanding of the complex connections between language and society through a variety of learning activities, case studies, and real-world examples. The content covers essential topics such as language variation, social stratification, multilingualism, language policy, and the role of language in identity formation and social interaction. By engaging with this resource, students will gain insight into how language is used, maintained, and changed within different speech communities, making it a valuable starting point for further exploration in the discipline.
-
Siyosiy tahlil
Ushbu o'quv qo'llanma siyosiy tahlilning ilmiy asoslari, nazariy va amaliy jihatlarini qamrab olgan bo'lib, bakalavriat ta'lim yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan. Unda siyosiy jarayonlarni tahlil qilish, bashorat qilish usullari, siyosiy vaziyatni baholash va qarorlar qabul qilish mexanizmlari yoritib berilgan. Qo'llanmada siyosiy tahlilning turli ko'rinishlari, xususan, institutsional, tizimli va boshqa tahlil turlari ilmiy yondashuvlar asosida tushuntiriladi.
-
SINXRON TARJIMA
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va sinxron tarjima sohasida nazariy va amaliy bilimlarini oshirish niyatida bo‘lgan mustaqil izlanuvchilarga mo‘ljallangan. Qo‘llanmaning asosiy maqsadi – o‘qituvchi va talabalarni sinxron tarjimaning nazariy va amaliy asoslari bilan tanishtirish va ularning nemis tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan nemis tiliga sinxron tarjima sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdir. O‘quv qo‘llanma 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (roman-german tillari) yo‘nalishidagi «Sinxron tarjima» fani bo‘yicha tuzilgan.
-
Sharq mamlakatlarining bog'-park san'ati
Ushbu qo'llanmada Yaqin, O'rta va Uzoq Sharq mamlakatlari: Misr, Ossuriya, Bobil, Eron, Turkiya, Movarounnahr, Shimoliy Hindiston, Pokiston, Xitoy va Yaponiyaning qadimgi va o'rta asrlardagi, shuningdek, zamonaviy bog'-park san'ati keng bayon etilgan. O'rta Osiyoning Amir Temur va temuriylar davri bog'-saroylari Shimoliy Hindistondagi Bobur va boburiylar davri bog'-parklari bilan qiyoslangan. «Chorbog'» uslubidagi O'rta Sharq mamlakatlari va O'rta Osiyo bog'lariga keng tavsif berilgan. Qo'llanmada asosiy e'tibor temuriylar davri bog'-park san'atining muhim yodgorliklari tahliliga qaratilgan bo'lib, uning mintaqaviy bog'-park san'ati «maktablariga» ta'siri, bu sohadagi turg'un qadriyatlar va barqaror yo'nalishlar aniqlanib, maktablarning o'xshashlik va farq qiluvchi tomonlari ochib berilgan. Mualliflar o'z fikrlari orqali mo'jizakor bog'-park san'atining badiiy ifodalanish jarayoni va tadrijiy rivojlanishi haqidagi taassurotlarini keng yoritib berishga harakat qilganlar. Qo'llanma «Arxitektura», «Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish» va «Landshaftlar arxitekturasi» ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil oluvchi bakalavr va magistrantlar, yosh olimlar, loyihachi arxitektorlar hamda bog'-park san'ati tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sanoat ekologiyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada hozirgi zamon ekologiyasining atmosferani, oqar suvni, tuproqni zaharli gazlar va chiqindilardan himoya qilish qonunlari asosida himoya qilish yoritilgan. Tabiatni ifloslantiruvchi zaharli moddalarni aniqlaydigan va nazorat qilib boradigan uch darajadagi o'lchov asboblari ta'rifi va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. O'zbekiston sanoatida ekologik holat bugungi kun ma'lumotlari bilan bog'lab berilgan. Kitob mazkur soha bo'yicha ta'lim olayotgan kasb-hunar kollejlari o'quvchilari va atrof-muhit himoyasiga qiziqqan barcha mutaxassislarga mo'ljallab yozilgan.
-
Reflets 1: Cahier d'exercices
Cahier d'exercices destiné à accompagner la méthode de français Reflets 1, proposant de nombreuses activités pour renforcer les compétences grammaticales, lexicales et communicatives des apprenants de niveau débutant.
-
Qisqa masofaga yugurish
Ushbu o‘quv qo‘llanma yengil atletika sportining qisqa masofaga yugurish turiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda qisqa masofaga yugurishning qisqacha tarixi, O‘zbekistondagi yetakchi sportchilar, yugurishning texnika asoslari, biokimyoviy va biomexanik xususiyatlari, o‘rgatish uslubiyatlari, sportchilarni tayyorlash rejalari, nazorat va saralash usullari, hamda musobaqa qoidalari va rekordlar haqida ma’lumotlar keng ochib berilgan.
-
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejmenti
Ushbu o‘quv qo‘llanmada respublika agrar sektoridagi qishloq xo‘jalik sub’ektlari va unga ta’minot, servis xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda iqtisodiy samaradorligini oshirishni bozor munosabatlarida rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, boshqarish tizimini tubdan yaxshilashning nazariy va amaliy asoslari yoritib berilgan bo‘lib, kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga to‘la mos keladi. Qo‘llanmada qishloq xo‘jalik korxonalarini bozor munosabatlarida rivojlantirishning istiqbolli yo‘llarini respublika Prezidenti farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, tegishli me’yori hujjatlar asosida yozilgan. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish yo‘llari, yer fondi va undan samarali foydalanish, yer kadastri, suv va mehnat resurslaridan foydalanish, asosiy va aylanma fondlar, moddiy-texnika resurslari, investitsiya, ishlab chiqarish infratuzilmasi, MTP, lizing, transport va agrokimyo servis xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, qishloq xo‘jaligini boshqarishda menejment, agrar sohada biznes va menejment, qishloq xo‘jaligida menejment samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘llari yoritib berilgan.
-
Qadimgi Sharq tarixi
Mazkur o'quv qo'llanmada Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, Arabiston, Eron, O'rta Osiyo, Hindiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya va Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari va davlatlarining tarixi, xo'jalik faoliyati, moddiy va ma’naviy madaniyati haqida ma’lumot beriladi. Qadimgi Sharq tarixi deganda Yevropadan Sharqda joylashgan ko‘hna Misrdan Xitoygacha bo‘lgan hududlarda yashagan xalqlar va davlatlar tarixi tushuniladi. O'quv qo'llanmada Sharq davlatlarining tarixiga bog‘liq xaritalar va rasmlar ilova qilingan.