-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
San’at. San’atshunoslik
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
Matematik programmalash
O'quv qo'llanma iqtisod yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, matematik programmalash fanining asosiy usullarini, jumladan chiziqli, dinamik, chiziqsiz programmalash, transport masalalari, o'yinlar nazariyasi va iqtisodiy modellarni optimallashtirish masalalarini qamrab oladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda ko'plab amaliy masalalar va ularni yechish yo'llari keltirilgan, bu esa talabalarga matematik modellarni iqtisodiy jarayonlarda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
-
Matematik analizdan ma'ruzalar II
Ushbu o‘quv qo‘llanma «Matematik analizdan ma’ruzalar» (1- qism) kitobining davomi bo‘lib, dastur materiallari 6 bob, 39 ta ma’ruzaga ajratib bayon qilingan. Bu ikkinchi qism ko‘p o‘zgaruvchili funksiya, uning limiti, uzluksizligi, differensial va integral hisobi, funksional ketma-ketlik, funksional qatorlar mavzularini o‘z ichiga oladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma matematika va mexanika bakalavr yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, undan matematika kengroq o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Manuel d'autoformation. A l'usage des professeurs de langues
Ce manuel est un outil de formation destiné aux enseignants de langues et aux futurs professeurs. Il offre des clés théoriques et pratiques pour aborder les situations de classe, la didactique des langues, les pratiques pédagogiques ainsi que l'évaluation. Organisé en quatre parties, l'ouvrage permet d'explorer les interactions en classe, les processus d'apprentissage, l'oral, l'écrit, la grammaire et la civilisation, tout en proposant des pistes de réflexion pour analyser et construire des unités d'apprentissage efficaces. Il s'appuie sur des extraits de la revue Le Français dans le monde pour fournir une base solide et concrète aux enseignants soucieux de perfectionner leur pratique professionnelle.
-
Manuel de France-1
Cette méthode de français est une ressource pédagogique conçue pour l'apprentissage du français au niveau débutant, incluant des exercices, des activités, des éléments culturels et des outils d'évaluation, réalisée selon le projet 1-107 et conforme aux programmes techniques et scientifiques d'État élaborés par le Ministère de l'enseignement supérieur et secondaire de la République d'Ouzbékistan.
-
Littérature Progressive du Français
Cet ouvrage propose une approche progressive de la littérature française pour les apprenants de niveau intermédiaire, à travers une sélection de textes classiques et contemporains accompagnés de 650 activités pédagogiques variées pour renforcer la compréhension, le vocabulaire et l'expression écrite.
-
Literarisches Lesen
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimidagi bakalavriat yo‘nalishi filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) mutaxassisligi bo‘yicha nemis tilini asosiy chet tili sifatida o‘rganuvchi 2–bosqich talabalariga badiiy o‘qish fanidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma o‘quv dasturida keltirilgan 24 ta mavzularni o‘z ichiga olgan. Ushbu qo‘llanma Davlat ta’lim standartlari talablari asosida tuzilgan va talabalarga nemis tilida adabiy janrlar, nemis adiblari va ularning ijod namunalari hamda ularning tahlili haqidagi barcha ma’lumotlarni beradi. Qo‘llanmaning maqsadi talabalarning o‘qib tushunish va badiiy asarlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutq malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlarni dasturda ko‘rsatilgan hajmda tarjima qila olish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iboratdir.
-
Lectura
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari xorijiy filologiya fakulteti ispan tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, akademik litsey o‘quvchilari va ispan tiliga qiziquvchi barcha o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma dunyo xalqlari, xususan yevropa va osiyo xalqlarining rivoyatlari, afsonalari va maqollarini o‘z ichiga oladi. Nashr ispan tilini o‘rganuvchilar uchun didaktik material sifatida tavsiya etiladi va o‘quvchilarda xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Language and Culture
The educational technology for teaching "Language and culture" is reflected in this manual. The UOM was developed on the basis of the procedure for creating a technological map, in which didactic materials and practical exercises were provided. The fundamental problems of language and culture, the history of the formation and development of the science, as well as the scientific views and approaches in this science, the main concepts of language and culture and the trends in it are reflected. Each chapter of the textbook contains theoretical material and practical analysis methods, control questions, test samples that show its practical application. In the appendix of the study guide, a glossary explaining the tasks and basic concepts of independent study is provided.
-
Kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishini tayyorlash
Ushbu o'quv qo'llanma 5310500-Avtomobilsozlik va traktorsozlik, 5310600-Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar, qishloq xo'jalik mashinalari) ta'lim yo'nalishlari davlat ta'lim standartlari talablari asosida tayyorlangan bo'lib, ushbu yo'nalishlar bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi mashinalari (QXM), traktorlar va avtomobillarni loyihalash bo'yicha kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan foydalanishga asosiy e'tibor berilgan.
-
KOMPYUTER LINGVISTIKASI
Mazkur o'quv qo'llanma bakalavriat bosqichi talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan bo'lib, unda kompyuter lingvistikasi yo'nalishining mohiyati, asosiy masalalari yoritilgan hamda ushbu sohaga doir terminlar va tayanch tushunchalar izohi keltirilgan.
-
Kimyoviy ekologiya
Ushbu «Kimyoviy ekologiya» fanidan o‘quv qo‘llanmasi pedagogika oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat 5140300 «Kimyo-ekologiya» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada kimyo sanoati korxonalarining atrof-muhitga ta’siri, ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari yoritilgan. Shuningdek, talabalarda ekologik madaniyat, tarbiya va ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan, nazariy bilimlar amaliy misollar va mintaqaviy ma’lumotlar asosida tushuntirilgan.
-
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK
Ushbu o'quv qo'llanmada qishloq va suv xo'jaligi ishlab chiqarishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, mohiyati, fanning vazifasi, predmeti va uslublari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari, xorijiy mamlakatlarda kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish, qishloq va suv xo'jaligida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati, kichik biznes korxonalarining moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatini tahlil etish, kichik biznes va tadbirkorlarning bank, soliq va audit bilan o'zaro aloqasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, agrar sohaning barcha tarmoqlarida xizmat qiluvchi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo'llari, investitsiya va axborot, kichik biznes korxonalarida tijorat va bitimlar tuzish, marketing va reklama faoliyatini tashkil etish, tadbirkorning etikasi va madaniyati kabi dolzarb muammolarning nazariy va amaliy asoslari aks ettirilgan.
-
Jahon teatri tarixi (G‘arbiy Ovro‘po va AQSH teatri)
Qo'llanmada Ovro'po teatrining antik davrdan XXI asrgacha bo'lgan ikki yarim ming yillik tarixi bayon qilingan. Unda qadimgi yunon fojianavislaridan boshlab keyingi davrlar Ovro‘po teatri rivojida muhim o‘rin tutgan dramaturglar, aktyor va rejissorlar ijodi, turlicha badiiy uslublar, ijodiy maktablar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan. O‘quv qo‘llanma san’at, madaniyat, ma’rifat oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi)
Ushbu o‘quv qo‘llanma jahon tarixining Qadimgi Sharqda ilk sivilizatsiya o‘choqlarining vujudga kelishi davridan boshlab, Yevropada G‘arbiy Rim imperiyasining qulashigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma jahon tarixshunosligida so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma bakalavr talabalariga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramasdan, undan magistrlar, yosh tadqiqotchilar, tarixchi-olimlar ham keng foydalanishlari mumkin.
-
Історія української літератури XI—XVIII ст.
Давня українська література охоплює у своєму розвитку вісім століть (XI—XVIII), відомих історії як середні віки і доба бароко. Процес її творення був неоднорідним, неоднозначним, не раз — парадоксальним. Художній світ її багатогранний і самобутній, а найкращі твори вражають масштабністю філософського мислення, силою духовних осянь, яскравими сюжетами, оригінальним і пристрасним словом. Особливості її буття і розвитку зумовили зміст і структуру навчального посібника, автор якого намагався якомога органічніше поєднати сучасне прочитання творів давнього письменства з використанням цінних надбань у його інтерпретації вітчизняним літературознавством за всю історію його розвитку. Завдяки цьому студент-філолог матиме змогу глибше пізнати світоглядні пошуки, естетичну, моральну проблематику і дух тих часів, колорит словесності і специфіку творів, їхній вплив на письменників наступних епох.
-
Ishlab chiqarish menejmenti
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5340200 – «Menejment» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ishlab chiqarish menejmenti fanining nazariy-metodologik asoslari, O‘zbekiston iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog‘liq qonuniyatlar, korxonalarni boshqarishning zamonaviy usullari hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan.