-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
GEOAXBOROT TIZIMINING ILMIY ASOSLARI
Mazkur oʻquv qoʻllanmadan koʻzlangan maqsad zamonaviy axborot tizimi hisoblangan geoaxborot tizimi fanini, uning ilmiy, nazariy va amaliy asoslarini oʻrganishdan iborat. Geoinformatika mutaxassisligi boʻyicha ta’lim olayotgan magistr talabalar ushbu qoʻllanmadan geoaxborot tizimining ilmiy tomondan qoʻllanilishi, geoinformatika magistrlik dasturidagi boshqa fanlarni tushunish hamda geodeziya, kartografiya, yer resurslarini boshqarish va boshqa tarmoqlarda geoinformatika sohasini oʻz ilmiy ishlar
-
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish bo‘yicha o‘quv–uslubiy qo‘llanma. II-qism
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma oliy ta’lim bakalavriat bosqichining 5311700 – «Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (qattiq foydali qazilmalar)» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shurflar va kanavalarni hujjatlashtirish, ularda namunalash ishlarini rejalashtirish hamda geologik qirqim tuzish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiflarni o‘z ichiga oladi.
-
Geotektonika
O'quv-uslubiy qo'llanmada geotektonika asoslari bayon etilgan bo'lib - litosfera harakatlari, deformatsiyalari va hosil bo'lishi haqida so'z yuritiladi. Litosfera plitalari tektonikasining umumiy tamoyillari bayon etilgan. Qo'llanma Neft va gaz fakulteti talabalariga mo'ljallangan.
-
Regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanma (Regional geologiya va geotektonika qismi)
Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Yer sharining tuzilish asosi, platformalar va geosinklinal zonalari haqidagi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Qo'llanmada geotektonika va regional geologiyaning asosiy tamoyillari, litosfera plitalari tektonikasi hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar bayon etilgan. Nashr bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Paleontologiya
Ushbu o'quv qo'llanmada paleontologiya fani yerning uzoq geologik rivojlanish jarayoni davomida yashab qirilib ketgan mavjudotlarning qazilma qoldiqlari va ularning evolyutsiyasi haqida bayon qilingan. Organizmlarning tasnifi, nomenklaturasi sistematikasi va qazilgan organik qoldiqlarning geologiyada ahamiyati keltirilgan.
-
Mineralogiya va geokimyo
Mazkur o'quv qo'llanma “Mineralogiya va geokimyo” o'quv dasturi asosida “5140900 - Geofizika” ta’lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavr talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada minerallar klassifikatsiyasi, geokimyoviy va mineralogik o'zgarishlar, elementlarning yer po'stida tarqalish qonuniyatlari hamda ularning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritilgan.
-
Mineralogiya va geokimyo
Mazkur o'quv qo'llanma Geofizika ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavr talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, mineralogiya va geokimyo fanining asosiy tushunchalari, minerallarning tasnifi, fizik va kimyoviy xossalari, geokimyoviy jarayonlar hamda ularning ilmiy-amaliy ahamiyati haqida ma'lumot beradi.
-
Masofadan zondlash va fotogrammetriya
O'quv qo'llanmada yer yuzasidagi ob’ektlarning fazoviy holati va sifat tarkibi to‘g‘risida ma’lumot olish uchun masofadan zondlash usullarini qo‘llashning ilmiy asoslari va amaliy tavsiyalari bayon etilgan. Zamonaviy aero va kosmik tasvirlash tizimlari va ularni qo‘llash sohalari ko‘rib chiqiladi.
-
Fors va dariy tillari nazariyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada fors va dariy tillari fonetikasi va morfologiyasining nazariy masalalari yoritilgan. Eron, Afg'oniston, O'zbekiston, Rossiya, G'arbiy Yevropa tilshunoslarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi turlicha talqinlari tanqidiy tahlil qilinib, mavzu doirasidagi hodisalarning mohiyati ochib berilgan. Kitob talabalarga ayrim munozarali masalalar yechimini topishga o'rgatish va ularning nazariy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.
-
Regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika: O'quv-uslubiy qo'llanma (Regional geologiya va geotektonika qismi)
O'quv-uslubiy qo'llanma Yer sharining tuzilish asosini: platformasi va geosinklinal zonalari haqidagi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Unda regional geologiya, geomorfologiya va geotektonika kursining asosiy tushunchalari, litosfera plitalari tektonikasining umumiy tamoyillari hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarish tartibi bayon etilgan. Qo'llanma bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol)
Mazkur o‘quv qo‘llanma amaldagi DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va zamon talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zDJTI talabalari, magistrantlari, olimpiya zahiralari KHKlari o‘quvchilari, basketbol bo‘yicha sport maktablari, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol)
Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan bo'lib, jismoniy tarbiya va sport ixtisoslashgan ta'lim muassasalari o'qituvchi-yoshlariga, shuningdek ushbu soha o'qituvchi-murabbiylari va mutaxassis-basketbolchilariga mo'ljallangan. Kitobda basketbol bo'yicha sport-pedagogik mahoratni shakllantirish, texnik-taktik tayyorgarlik va zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashuvlar yoritilgan.
-
Yengil atletikani o’rgatish metodikasi
Mazkur o’quv qo’llanma yengil atletika bo’yicha zamonaviy adabiyotlar, Jahon yengil atletikasi (WA) ning musobaqa qoidalari, hujjatlari va yengil atletika sohasida amaliy tajribalar asosida yaratilgan. Unda engil atletikaning rivojlanish tarixi, nazariy asoslari, turlarining tasniflanishi, turlar texnikasiga o’rgatish uslubiyati va musobaqa qoidalari keng yoritib berilgan.
-
География фанининг асосий муаммолари
Mazkur o'quv qo'llanmada kompleks geografiyaga tegishli bo'lgan bir necha долзарб муаммолар, geografik qonuniyatlar va ilmiy-uslubiy asoslar yoritilgan. Qo'llanma universitet va pedagogika institutlari geografiya ta'lim yo'nalishlari talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan.
-
Tarixiy toponimika
Mazkur o'quv qo'llanmada toponimika fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, toponimika fani rivojlanishiga hissa qo'shgan jahonning va yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari haqida ma'lumotlar berilgan. Yurtimiz hududidagi toponimlar va ularning tarixiy qiymati, ajdodlar tilida yaratilgan tarixiy toponimlarning o'ziga xos ma'lum shaklda ifodalanib, muayyan ma'noni anglatishi yoritilgan.
-
TUPROQ GЕOGRAFIYASI
Mazkur o'quv qo'llanmada tuproqlarni geografik tarqalish omillari, tuproqlarning geografik tarqalishining qonuniyatlari va ilmiy asoslari, O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplami, dunyo tuproqlarining geografik tarqalishi, dunyo yer resurslari va muhofazasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.