-
Tarixiy toponimika
Mazkur o'quv qo'llanmada toponimika fanining paydo bo'lishi va taraqqiyoti, toponimika fani rivojlanishiga hissa qo'shgan jahonning va yurtimizning ko'zga ko'ringan olimlari haqida ma'lumotlar berilgan. Yurtimiz hududidagi toponimlar va ularning tarixiy qiymati, ajdodlar tilida yaratilgan tarixiy toponimlarning o'ziga xos ma'lum shaklda ifodalanib, muayyan ma'noni anglatishi yoritilgan.
-
TUPROQ GЕOGRAFIYASI
Mazkur o'quv qo'llanmada tuproqlarni geografik tarqalish omillari, tuproqlarning geografik tarqalishining qonuniyatlari va ilmiy asoslari, O'zbekiston Respublikasi tuproq qoplami, dunyo tuproqlarining geografik tarqalishi, dunyo yer resurslari va muhofazasi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
-
AMALIY GEOGRAFIYA
Mazkur o'quv qo'llanmada amaliy geografiyaning nazariy va uslubiy asoslari, maqsadi, obyekti va vazifalari yoritilgan. Shuningdek, geografik bilimlardan amaliyotda, xususan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, landshaft va muhandislik-geografik tadqiqotlarni o'tkazishda foydalanish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Jahon geografiyasi (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
Mazkur o'quv qo'llanma 'Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi' qismiga bag'ishlangan bo'lib, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Antarktida materiklari haqida qisqacha ma'lumotlar, test topshiriqlari hamda nazorat savollarini o'z ichiga oladi. Qo'llanma geografiya ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Biogeografiya
Mazkur o'quv qo'llanmada zamonaviy biogeografiyaning asosiy bo'limlari qamrab olingan bo'lib, ekologik biogeografiyaga alohida urg'u beriladi, biotani differentsiatsiyalashda ekologik va tarixiy omillarning o'zaro bog'liqligi ko'rsatilgan, bundan tashqari quruqlik va okeanlarning biomlari tavsiflanib, biologik xilma-xillikni saqlash muammolari tahlil etilgan.
-
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
O'quv qo'llanmada materiklar va okeanlarning umumiy tabiiy geografik xususiyatlarini tavsiflash, ularning geografik o'rni, chegaralari, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, rel'efi va tabiatini muhofaza qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, har bir materik va okeanning regional tavsiflari batafsil berilgan.
-
Topografiya va kartografiya asoslari
O'quv qo'llanmada «Topografiya va kartografiya asoslari» fanining nazariy asoslari, Yer ellipsoidi va uning o'lchamlari, topografik kartalar va ularni o'qish, joylarda orientirlash hamda topografik plan olish usullari, plan olishda ishlatiladigan topografik asboblar haqida so'z boradi. Shuningdek, kartografiya fani va kartografik ishlab chiqarishning tarixi, hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, geografik globus, kartografik proyeksiyalar va GAT dasturlarining ahamiyati yoritilgan.
-
Topografiya va kartografiya, GAT texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining 5140600 - «Geografiya» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, u 3 qismdan iborat. Kitobning 1-qismi topografiya faniga bag'ishlangan bo'lib,unda geodeziya va topografiya fanlarining umumiy ma'lumotlari, topografik xarita va uning elementlari, joyda burchak va masofa o'lchash masalalari yoritilgan. 2-qismda kartografiya fani masalalari, shu jumladan kartografik belgilar, tasvirlash usullari va atlaslarning tasnifi
-
Umumiy Yer bilimi: Oʻquv qo`llanma
Mazkur o'quv qo'llanmada geografik qobiqqa yaxlit tizim sifatida litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning o'zaro ta'siri, tabiiy jarayonlarning vujudga kelish va rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, Yerning tuzilishi hamda tabiat va jamiyatdagi o'zaro munosabatlar yoritilgan.
-
YER BILIMI ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanmada geografik qobiqning qonuniyatlari, ularning manbalari, omillari, sabab va oqibatlari hamda xo'jalik faoliyatida ularga amal qilish lozimligi yoritilgan. Shuningdek, Yerning Quyosh sistemasidagi o'rni, yer po'sti va relyefi, dunyo okeani, atmosfera, biosfera hamda tabiatni muhofaza qilish masalalari atroflicha tahlil qilingan.
-
Landshaftshunoslik
Universitetlarning geografiya yo'nalishi talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan ushbu o'quv qo'llanmada tabiiy geografiyaning o'rganish obyekti, predmeti va ularning xususiyatidan kelib chiqqan holda fanning tarmoqlanishi ilmiy tahlil qilingan. Hozirgi zamon landshaftshunosligiga oid bo'lgan landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, rivojlanishi, maxsus faoliyati, barqarorligi, shuningdek, antropogen hamda amaliy landshaftshunoslik masalalariga taalluqli mavzular bayon etilgan.
-
Cho'llanish muammolari
Mazkur o'quv qo'llanmada Yer sharida cho'llarning paydo bo'lishi va tarqalish qonuniyatlari, cho'llanishni arid mintaqalarga xosligi, cho'llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy va antropogen omillar, cho'llanishni geografik xususiyatlari, cho'llanishga qarshi kurashishning global va regional strategiyasi bayon etilgan. Kitob universitetlar va pedagogika institutlarining geografiya yo'nalishi bakalavr talabalari, magistrantlar hamda tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
ЛАНДШАФТОВЕДЕНИЕ
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma 'Ландшафтоведение' (Landshashunoslik) fanini o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, talabalarga geografik va geoekologik bilimlar, landshafnoslikning asosiy qoidalari, tabiiy landshaftlarning tarkibi va xossalari haqida tizimli yondashuvni shakllantiradi. Kitobda landshaftlarning tuzilishi, dinamikasi, geokimyosi hamda ularning xo'jalik faoliyatida foydalanish asoslari yoritilgan.
-
Nutq madaniyati va notiqlik san'ati
O'quv qo'llanmada nutq madaniyati, nutqning kommunikativ sifatlari, til va nutq, adabiy til kabi masalalar haqida fikr yuritiladi. Nutq madaniyatiga oid nazariy ma'lumotlar amaliy mashg'ulotlar bilan mustahkamlanadi, xalq og'zaki ijodidan namunalar keltiriladi. Shuningdek ishda notiqlik san'ati tarixi haqida ham ma'lumot beriladi.
-
O'ZBEK NUTQI MADANIYATI VA USLUBIYATI
Mazkur uslubiy qo'llanma bakalavr va magistr talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, o'zbek nutqi madaniyati va uslubiyati asoslari, notiqlik san'ati tarixi hamda nutq madaniyatining lisoniy va nazariy masalalarini o'z ichiga oladi.