-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Bolalar stomatologiyasi: Tibbiyot oliygohlarining pediatriya ishi fakulteti talabalari uchun o ‘quv qo‘llanma.
Mazkur o ‘quv qo'llanma pediatriya tibbiyot institutlari va pediatriya fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar hamda «Umumiy pediatriya» mutahassisligi bo‘yicha amaliy ish yuritayotgan pediatrlar uchun mo‘ljallangan. Stomatologiya fanining so'nggi yutuqlariga asoslangan holda yaratilgan ushbu qo'llanma bolalar stomatologiyasi fani bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalaming bilim darajasini oshirishda yordam beradi, degan umiddamiz.
-
БОЛАЛАР УРОЛОГИЯСИ
Дарслик болаларда учрайдиган сийдик аъзоларининг нуксонли ривожланишлари ва хирургик касалликлари ҳақида барча керакли маълумотларни ўз ичига олган. Ушбу қўлланма замонавий ўқув дастури асосида ёзилган бўлиб, тиббиёт институтлари талабалари, болалар хирурглари, педиатрлар ва амалиёт шифокорларига мўлжалланган. Дарсликка 6 та жадвал, 70 та расм, 160 та тест ва вазият масалалари киритилган.
-
Bolalar kasalliklari: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik
Pediatriya yunoncha "pedos" - bola, "uatriya" - davolash so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib ,bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini, kasalliklarning sabablari va mexanizmi, davolash va oldini olishni o'rganadi.
-
БОЛАЛАР ВА УСМИРЛАР ФИЗИОЛОГИЯСИ ВА ГИГИЕНАСИ
Мазкур дарслик олий у*$Ув юртларининг талабаларига мулжалланган булиб, ^озирги замон фан юту^ларини, з^амда республикамизнинг иклими ва ижтимоий шароитларини ^исобга олган ^олда ёзилди. Дарсликда таълим ва тарбия жараёнлари билан бевосита 6ofahk булган масалалар (нерв тизими ва олий нерв фаолияти) марказий )финни эгаллайди. Шунингдек, унда ^ар бир вегетатив тизимнинг тузилиши, физиологияси, ёш хусусиятлари ва гигиенасига 6ofahk кискача маълумот берилган. Дарслик болалар ва усмирлар физиологияси ва гигиенасини у^итишда фойдаланадиган раем ва жадваллар билан бойитилган э^амда Узбекистон Республикаси олий ва )фта —махсус таълим вазирлиги томонидан педагогика йуналишидаги укув юртлари учун белгиланган дастур асосида ёзилди. Дарсликни мазмун ва сифат жи^атидан яхшилаш учун уз фикр — муло^азаларини билдирган мутахассисларга олдиндан у3 миннатдорчилигимизни билдирамиз.
-
Bolalar kasalliklari propedevtikasi
Ushbu darslikda bolalar kasalliklari propedevtikasining mazmuni v maqsadlari, yoʻnalishlari batafsil aks ettirilgan. Talabalar mazkur darslik orqa bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, tekshirish usuli v ularning shikastlanish semiotikasi, bolalarda moddalar almashinuvi, tan a'zolarining kimyoviy tarkibi, bolalarda uchraydigan kasalliklar va ularnin kelib chiqish sabablari, shuningdek sog'lom bolaning ovqatlanish tartib xususida tushunchalarga ega boʻladilar.
-
Миллий истиқлол ғояси
Мазкур дарслик Ўзбекистан Республикаси Президент ҳузуридаги Давлат ва жамият қурилиши академиясида «Миллий истиқол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар»и фанини ўрганиш бўйича махсус курсда иштирок эттан мутахассислар томонидан маъқулланган намунавий дастур асосида тайёрланган.
-
Болалар хирургияси
Дарслик болаЛар хирургиясининг энг мух,им булимлари \исобланган абдоминал, торакал, урологик, проктологик, юрак-к;он томир тувла ва орттирилган хирургик касалликлари, йирингли ва чак,ало1у1ар хирургияси, болалар травматологияси ва ортопедияси, нейрохкрургияси, анестезиология ва реаниматологиясини уз ичига олган. Китобда болалар организмининг анатомик-физиологик хусусиятлари ва \ар бир аъЗо тизими касалликларини Урганишдаи олдин ушбу аъзо- нинг топографик анатомияси берилган. Дарслик замонавий укув дастури асосида ёзилиб, тиббиёт институглари талабаларига, болалар хирургла- рига ва амалиёт шифокорларига мулжалланган.
-
BOLALAR KASALLIKLARI PROPEDEVTIKASI
Ushbu darslikda bolalar kasalliklari propedevtikasining mazmuni v maqsadlari, yo ‘naiishlari batafsil aks ettirilgan. Talabalar mazkur darslik orqa, bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, tekshirish usuli v ularning shikastlanish semiotikasi, bolalarda moddalar almashinuvi, tan a 'zolarining kimyoviy tarkibi, bolalarda uchraydigan kasalliklar va ularnin, kelib chiqish sabablari, shuningdek sog Чот bolaning ovqatlanish tartib xususida tushunchalarga ega bo ‘ladilar.
-
Аллергология
Дарслик умумий ва хусусий аллергология қисмларидан иборат Умумий қисмда аллергик касалликларнинг ривожланиш механизмлари, ташхислаш ва умумий даволаш бетафсил ёритилган. Хусусий кисмида эса энг куп учрайдигон аллергик касалликлар (озиқ-овқат ва дори аллергияси, бронхиал астма, аллергик ринит ва бошқалар) ҳозирги замон тажрибаев асосида кенг баён этилган. Аллергик касалликлар кенг ёритилган ушбу дарслик тиббиёт институтларининг юқори курс талабаларига мулжалланган. Шу билан бирга ундан аллергологлар, пульмонологлар, дерматологлар ва умумий амалиёт шифокорлик мутахассислари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi
«Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi» darsligi 5510700 - Oliy hamshiralik ishi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun tayyorlangan boʻlib, yoʻnalishning malakaviy talablariga va Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi fanining o'quv dasturiga muvofiq tuzilgan boʻlib, Akusherlik va ginekologiya tarixi, rivojlanish bosqichlari; akusherlik va ginekologik yordamni tashkillashtirish, fiziologik homiladorlik, homilador ayollarni tekshirish usullari, fiziologik homiladorlikni olib borish va patologiyada hamshiralik parvarish xususiyatlarini qamrab olgan. Qoʻshimcha materiallarda Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan zamonaviy homiladorlarni olib borish standartlari keltirilgan.
-
Akusherlik (Uchinchi nashr)
Darslik tibbiyot oliy oquv yurtlarida akusherlik fanini o'rganayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslikda ayollar jinsiy a'zolari anatomiyasi, homilaning rivojlanishi, ayollarda homiladorlik paytida kuzatiladigan fiziologik o'zgarishlar, patologiya holatlarining etiologiyasi, patogenezi, tashxisi, ularning oldini olish, davolash tamoyili, amaliy mahoratlarni qadamma-qadam bajara olishi Ko'rsatilgan. Shuningdek, ushbu darslikdan UASH mutaxassislari va UASH malakasini oshirish kurslaridagi tinglovchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
BOLALAR TERAPEVTIK STOMATOLOGIYASI
Darslik davlat standartlari va namunaviy dasturlar asosida yozilgan bo'lib 2-qismdan iborat. I qismda Bolalar terapevtik stomatologiyasi fani yoritishi kerak bo'lgan, bolalar yoshida uchraydigan og'iz bo'shlig'i a'zolari kasalliklari, ularning zamonaviy tasnifi, klinik belgilari, tashxis qilish usullari va davolash choralari yoritilgan. Ikkinchi qismda stomatologik kasalliklarni oldini olish tadbirlari, ularni amalga oshirish usullari, amaliyot shifokorlari tomonidan amalga oshirishi kerak bo'lgan muolajalar va sanitar maorif oqartuv ishlari keng bayon etilgan. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarining stomatologiya fakulteti talabalari, magistrantlari, klinik ordinatorlar, shifokor stomatologlar va pedagoglar uchun mo'ljallangan.
-
Касалликлар тарихи
Арабчадан Ҳамидулла ҲИКМАТУЛЛАЕВ ва Убайдулла ҚА- РИМОВ таржималари. АЗИЗ КИТОБХОН! Қўлингиздаги китоб Муҳаммад алайҳисса- ломнинг тиббиётга оид ҳадисларини, Абу Бакр ар-Розийнинг ўз замо- наси учун кашфиёт бўлган машҳур «Чечак ва қизамуқ ҳақида ки- тоб он илк илмий таржимасини, арабийнавис Шарк табиблари орасида дастлаб Абу Бакр ар-Розий ва унинг шогирди томонидан тузилган 800 га яқин касалликлар тарихи ва тиббий кузатишларининг узбек тилига қилинган изоҳли таржималарини ўз ичига олган. Китоб шарқшунослар, тилшунослар, тарихчилар, халқ табобати ходимлари, мазкур фанлардан дарс берувчи ўқитувчилар ва тала- баларга ҳамда табобат тарихи билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мулжалланган.
-
Ichki kasalliklar propedevtikasi
Mazkur kitob ichki kasalliklar propedevtikasi o'quv rejasiga mos ravishda yozilgan va III kurs talabalariga mo'ljallangan. Shu bilan bir qatorda, u an'anaviy yozilgan qo'llanmalardan bir muncha farq qiladi. Unda ichki kasalliklar propedevtikasi fanining negizini tashkil etuvchi bemorlarni ob'yektiv tekshirish ko'nikmalarini bajarish rangli tasvirlarda ko'rsatilgan va jadvallar ko'rinishida keltirilgan. Bunday yondoshish talabalarni amaliy ko'nikmalami mukammal egallash imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Shuningdek, kitobda keng tarqalgan kasalliklar va zamonaviy asbobiy tekshirishlar to'g'risida ham III kurs talabalari o'zlashtirishi lozim bo'lgan darajada axborotlar berilgan. Bularning barchasi qo'llanma ilk bora klinikaga qadam qo'ygan bo'lg'usi shifokorlarning yaqin yordamchisiga aylanadi, deyishga asos bo'ladi. Kitob Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2013-yil 20-dekabrdagi 484-sonli buyrug'iga asosan tibbiyot institutlarining Davolash ishi va Kasb ta'limi davolash ishi yoʻnalishlari talabalari uchun Darslik sifatida tafsiya qilingan
-
Ichki kasalliklar
So'nggi yillarda ichki kasalliklaring etiologiyasi, patogenezini oʻrganish, tashxislash va davolashni mukammallashtirishda sezilarli ijobiy natijalarga erishildi. Bu, avvalo, amaliyotga yangi zamonaviy labo- rator - asbobiy tekshirish usullarining joriy etilishi va yuqori samarali dorilarning yaratilishi bilan bog'liq. Lekin shunga qaramasdan, butun dunyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ham aholi orasida keng tarqalgan yuqumli bo'lmagan kasalliklarning ko'payishi kuzatilmoqda. Uning qator ob'yektiv va sub'yektiv sabablari mavjud boʻlib, bunga sabab amaliyotda ishlayotgan shifokorlarning yuqorida qayd etilgan zamonaviy usul- lar bilan yetarli darajada tanish emasliklari va so'nggi yillarda talabalar uchun lotin alifbosida darsliklar nashr etilmaganligidir. Shularni e'tiborga olib mazkur qo'llanma tibbiyotning so'nggi yutuqlariga tayanilgan holda tibbiyot institutlarining davolash va tibbiy pedagogika fakultetlari IV-V kurs talabalari o'quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Unda aholi orasida keng tarqalgan ichki kasalliklar batafsil yoritilgan. Darslikdan nafaqat talabalar, balki terapevt shifokorlar (shu jumladan, kardiolog, pulmonolog va boshqa yo'nalishdagi shifokorlar) va umumiy amaliyot vrachlari ham foydalanishlari mumkin.
-
BOLALAR TERAPEVTIK STOMATOLOGIYASI
Darslik 2-qismdan iborat. I qismda Bolalar terapevtik stomatologiyasi fani yoritishi kerak bo`lgan bolalar yoshida uchraydigan og`iz bo`shlig`i a’zolari kasalliklari, ularning zamonaviy tasnifi, klinik belgilari, tashxis qilish usullari va davolash choralari yoritilgan. II qismda asosiy stomatologik kasalliklar profilaktikasi kompleks chora tadbirlari, ularni amalga oshirish usullari, amaliyot shifokorlari tomonidan amalga oshirish kerak bo`lgan muolajalar va maorif oqartuv ishlari keng bayon etilgan. Darslik tibbiyot oliy o`quv yurtlarining stomatologiya fakulteti talabalari, magistrantlari, klinik ordinatorlar, shifokor stomatologlar va pedagoglar uchun mo`ljallangan.