-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Yaylovshunoslik va yaylovlar melioratsiyasi fanidan amaliy mashg`ulotlar
O`quv qo`llanmada qurg`oqchil arid muhit sharoitida uchraydigan yaylov tiplari, ularda o`sadigan o`simliklarning hayotiy shakllari, asosiy yaylov o`t turlarining bioekologik holatlarini o'z ichiga oladi
-
Yaylovlar geobotanikasi
Ushbu o'quv qo'llanma dunyo miqyosidagi va mamlakatimiz hududidagi o'simliklar fondi, floristik tarkibi, hujayra nazariyasi, o'simliklar to'qimalari, morfologiyasi va ularning asosiy qonuniyatlari keltirilgan.
-
Uzumchilik
Mazkur qo‘llanma qishloq xo‘jaligida zamonaviy uzumchilik bilan shug‘ullanadigan mutaxasislar hamda 5411600-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, 60810900 - Agronomiya (dehqonchilik) ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba va ishlab chiqarish sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxasislar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan namunaviy va o‘quv reja asosida tayyorlangan.
-
Burun va burun yondosh bo'shliqlarining kasalliklari
O'quv qo'llanma kamchiliklardan holi bo'lmagan holda o'quvchilarimizning barcha e'tiroz va takliflarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
-
Umumiy dehqonchilik va melioratsiya
Dehqonchilik qishloq xo'jalik ishlab chiqarish sohasi sifatida insonlar hayotida birinchi darajadagi ahamiyatga ega. U aholoini oziq-ovqat mahsulotlari,sanoatini, qayta ishlash sohasini xom ashyo bilan, chorvachilikni esa zaruriy yem-hashaklar bilan ta'minlaydi.
-
ЎЗБЕК ТИЛИ ВА АДАБИЁТИ
Езма имтиҳон иншо ёки диктант бўлиши мумкин. Иншо мавзулари вариантларга бўлинади: ҳар бир шаклда иккита адабий (ёки адабий-ижодий) ва битта ижтимоий- сиёсий (эркин) мавзудаги иншо бўлади. Абитуриент шулардан бирини танлаб олиб, шу мавзу бўйича иншо ёзади. Оғзаки имтиҳонлар эса билет асосида ўтказилади. Ҳар бир билетда адабиётдан иккита ва она тилидан битта савол бўлади (она тилига оид саволга шу билетнинг ўзида берилган гапни грамматик таҳлил қилиш орқали жавоб берилади). Имтиҳон топширувчи дастур талабларига эски ва янги дарслик ва ўқув қўлланмаларида баён қилинган материаллар асосида жавоб бериш ҳуқуқига эга.
-
JAHON TARIXI
Mazkur o'quv qo'llanma respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan barcha oliy o'quv yurtlari bakalavr- tarixchilari tomonidan jahon tarixini o'rganish uchun moʻljallangan. Unda jahon tarixida muhim iz qoldirgan ayrim Sharq mamlakatlarining o'rta asrlar davri tarixi yoritilgan.
-
INVESTITSIYALARNI TASHKIL ETISH VA MOLIYALASHTIRISH
O'quv qullanma, investitsion faoliyatning moliyalashtirish manbalari, investitsion bozor tarkibi va uning bo'g'inlari, investitsiyalarning samaradorligini baholash mezonlari, portfelli investitsiyalar va ularning daromadliligini aniqlash, investitsion faoliyatdagi mavjud risklari kabi masalalar o'z ifodasini .topgan. . . Ushbu o'
-
Tutchilik
Mazkur o'quv qo'llanma tut daraxtining tashqi va ichki tuzilishi, tutni o'simliklar sistematikasida tutgan o'rni va ularni jug'rofik tarqalishi, O'zbekiston iqlim- sharoitiga qarab tumanlashtirilgan tut navlari tut urug'i olinadigan tutzorlar, tut tashqi muhit bilan bog'liq.
-
ҲОЗИРГИ ЎЗБЕК ТИЛИ
Олий ўқув юртига кирувчилар қайси олий ўқув юртининг қайси факультетига кираётган бўлмасни, улар, албатта, ҳозирги ўзбек адабий тили (она тили) дан имтиҳон топширишларига тўғри келади. Ҳозирги ўзбек адабий тилидан топшириладиган имтиҳон икки хил бўлади: 1) ёзма; 2) оғзаки. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг ёзма имтиҳони барча факультетга кирувчилардан талаб қилинади. Бу имтиҳон ўзига хос бўлиб, Ўзбек адабиёти билан бирга олинади. Бунда кирувчилар ўзбек адабиётидан инию ёзадилар. Иншонинг имлоси, услуби, тиниш белгилари текширилиб, саводхонлигига кўра баҳоси белгиланади. Айрим факультетларга кирувчилардан ҳозирги ўзбек адабий тилидан оғзаки имтиҳон талаб қилинади. Бу имтиҳон бир билетдаги адабиётдан бериладиган икки саволдан кейинги учинчи савол сифатида бўлади. Унинг баҳоси адабиётдан олинган баҳолар йи-гиндиси билан тенг қийматга эга, яъни адабиётдан иккита «5» баҳо олиб, тилдан билмаса (берилган мисолии грамматик таҳлил қилолмаса), умумий баҳо «3» дан юқори бўлмайди. Шунинг учун ҳам грамматик таҳлилга жиддий эътибор бериш зарур.
-
Tuproqshunoslik va agrokimyo fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlari
O'quv qo'llanmaning birinchi bob tuproqning tarkibi, xossa, xususiyatlarini tahlil qilish, morfologik belgilari va xaritalarni o'rganish, ikkinchi bobi o'simliklarning tahlili, tuproqning agrokimyoviy tahlili va o'g'itlar tahliliga bag'ishlangan. Har bir mashg'ulot tahlilning maqsad va mazmuni, ishni bajarish tartibi, topshiriq, mavzuni o'zlashtirish uchun tavsiya etilgan pedagogik texnologiyalar va xulosalar qismidan iborat.
-
ADABIYOT TARIXI VA NAZARIYASI
Ushbu o'quv qo'llanmada «Adabiyot tarixi va nazariyasi» fanini o'rganish, badiiy asar mohiyatini chuqur anglash ko'nikmasini hosil qilish, mavjud matnlarni tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanmada «Adabiyot tarixi va nazariyasi» fanidan amaliy mash- g'ulotlar o'tuvchi professor-o'qituvchilarga dasturilamal sifatida innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida turli mavzularga oid o'tkaziladigan semi- nar-treninglar materiallari berilgan. Materiallarni tayorlashda mualliflar Rossiya, Shvetsiya, Daniya trening-maktablarining ilg'or tajribasidan foydalanganlar. Qo'llanma jurnalistika yo'nalishi bakalavrlariantlari, «Adabiyot tarixi va nazariyasi fanidan ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar olib boruvchi profes sor-o'qituvchilar, murabbiylar, rahbarlar uchun mo'ljallangan. Undan filologiya fakulteti bakalavriantlari, magistrantlari, pedagoglari, amaliyotchi jurnalistlar, muloqot bilan bog'liq kasb egalari harnda mazkur sohaga qiziquvchilar ham foy- dalanishlari mumkin.
-
ҚИШЛОҚ ФОЖЕАСИ: жамоалаштириш, қулоқлаштириш, сургун
Тарихшуносликнинг ҳозирги тараққиёт босқичи ва эришган ютук.ларига асосланиб, Ватанимиз ва хориждаги кўпдан-кўп, хилма-хил манбаларни илк бор илмий истеъмолга киритиб ёзилган мазкур тадқиқотда Урта Осиё, айниқса Ўзбекистон қишлоқларида мажбуран ўтказилган жамоалаштириш ва у билан боғлиқ деҳқонларни қулоқ қилиш, сургун этиш жараёни, унинг фожеали оқибатлари илмий жиҳатдан очиб берилган. Асар кенг китобхонлар оммасига, айниқса Ўзбекистон тарихи оилан қизиқувчиларга мўлжалланган булиб, ундан олий ўқув юртлари талабалари, магистрантлари, аспирантлари, профессор-ўқитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин
-
-
Tuproqlar morfologiyasi
Mazkur o‘quv qo‘llanma Oliy o‘quv yurtlarining 70530701- “Tuproqshunoslik” magistratura mutaxasisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda tuproqlarni diagnostika va tasniflash, shuningdek, ularning tadrijiy rivojlanishi, xossa va xususiyatlarini aniqlashda asos sifatida xizmat qiluvchi morfologik belgilari yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanmadan tuproqshunoslik, melioratsiya, agrokimyo bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistrantlari hamda tuproqshunoslik ilmiy-tadqiqot soha mutaxasislari foydalanishlari mumkin.
-
ҚАДИМГИ ТУРКИЙ ТИЛ
Ўзбек тили туркий тилларга мансуб бўлиб, олтой назариясига кўра мўғул, тунгус-манжур, корейс ва япон тиллари билан биргаликда олтой тиллари оиласини ташкил қилади. Олтой тилларини ўрол тиллари (угор, фин ва самодий тиллари) билан қардош деб ҳисобловчилар ҳам бор. Туркий тилларнинг айрим тиллар билан қардошлиги масаласида бошқача тахминлар ҳам мавжуд. Лекин кўпчилик олтой назарияси тарафдоридир. Олтой назариясига кўра туркий тиллариниг, жумладан ўзбек тилининг тарихи, олтой тилларнинг қадимда бир тил бўлган олтой давридан бошланади. Тарихий ҳужжатларнинг йўқлиги сабабли бу даврнинг савалари номаълум, Олтой бобо тили дастлаб тунгус-манжур ва турк-мўғул тилларига; турк-мўғул тили эса турк ва мўғул тилларига ажралган. Шундан сўнг туркий тиллар тарихида хун даври (мелоддан аввалги учинчи асрдан мелоднинг тўртинчи асригача) бошланиб, туркий тиллар икки тармоққа шарқий ҳун ва ғарбий хун тилларига бўлинади. Туркий тиллар тарихида хун даврининг алоҳида кўрсатилишига ўша даврда Марказий Осиёдан Шарқий Европагача бўлган территорияни ишғол қилган хун хонлигининг вужудга келиб, кейинчалик унинг иккига ажралиши асос қилиб олинади.