-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
DUNYONING ISHLARI
Sevimli yozuvchimiz O'tkir Hoshimovning mazkur qissasi ona-larga qo'yilgan haykal bo'ldi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Qissani o'qib, har birimiz undan o'z onamiz siymosini topamiz. Ko'zimizga yosh olamiz, xulosa chiqaramiz, ibrat olamiz. Nashriyotimiz O'tkir Hoshimov uslubiga xos bo'lgan sodda va tushunarli tilda yozilgan, bir o'tirishda o'qib chiqiladigan bu asarni yana bir bor Siz aziz kitobxonlarga taqdim etadi
-
-
ВОЙ, ОНАЖОНИМ
Инсон ҳаётини нимага ўхшатиш мумкин? Сокин оқа-ётган дарёгами ёхуд ур-сур, талатўп дунёгами? Ахир, ким-лар хато қилмайди! Мол-дунёга ҳирс қўйиб, ўйламасдан қадам босаётганлар қанча! Улар меҳр-мурувватни, яқинларини унутадилар. Оқибатда бундан бошқалар ҳам азият чекадилар, ғам-андуҳга мубтало бўладилар. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Тоҳир Маликнинг ҳикоялари жамланган мазкур китоб сизни ўйлашга, чуқур мушоҳада юритишга, инсонийликни унутмасликка ундайди...
-
MOLIYAVIY TAHLIL
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy ahvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi.
-
30 сония учун 30 қоида
Бу китоб тингловчининг диққатини жалб қилишга, уни қизиқтиришга ва ундан ўзингиз истаган нарсани атиги ўттиз сония ичида сўрашга ўргатади.
-
OʻN SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR
Mazkur kitobga O'zbekiston xalq yozuvchisi, iqtidorli adib Shukur Xolmirzayevning eng sara qissa va hikoyalari kiritildi. Ularda sevgi-muhabbatning o'zgacha talqini, oshiqlik va ojizlik, matonat va razolat, inson ma'naviyati bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy va axloqiy masalalar bayon etiladi
-
Ajdodlarimiz fojiasi
O'quvchilarimiz e'tiboriga taqdim etilayotgan kitobda Boborahim Mashrab, Mohlaroyim Nodira, Spitamen, Temur Malik, Jahon otin Uvaysiy kabi ajdodlarimiz hayot yo'li, ularning fojiali taqdiri haqida hikoya qilinadi. Qissalarni o'qir ekan, kitobxon yaqinlari hayoti uchun jon fido qilishga tayyor uyg'oq yurak, uyg'oq ruh bilan yashagan, atrofidagi insonlarning xatti-harakatlaridan og'ringan, insonlar taqdiriga yaxshilik olib kirishga intilgani holda kamsitilgan, tahqirlangan ajdodlari bilan yuzlashadi
-
Одам бўлиш қийин
Шундай истеъдод эгалари борки, тенгдошлари ва замондошларининг ҳурмат-эътиборини қозониш бахтига муяссар бўладилар. Бунинг устига ўз замондош устозлари эъзозидан, баҳра топадилар. Ижоддаги бундай ҳолат фақат ўша истеъдоднинг бахтигина бўлиб қолмай, балки у мансуб бўлган адабиётнинг ҳам омади, равнақидан бир далолатдир. Бизнинг адабиётимиз бахтига бундай чинакам истеъдод соҳиблари анчагина. Ўзбекистон халқ ёзувчиси Ўлмас Умарбековнинг қўлингиздаги ушбу романи албатта сизга манзур бўлади деб ўйлаймиз.
-
Odamlar ORASIDA
Odamlar orasida" qissasi Saida Zunnunovaning eng yaxshi asarlaridan biridir. Adiba qaysi mavzuga qo'l urmasin o'z qahramonlarini yorqin bo'yoqlarda tasvirlaydi. Bu kishilarning bir-biriga bo'lgan mehr-u oqibatiga havas qilasiz. Ushbu qissada adiba Vasila va Sirojning samimiy muhabbati, beg'ubor sevgisi tufayli chekkan mashaqqatlari qalamga olingan. Shuningdek, ushbu to'plamdan yozuvchining eng yaxshi hikoya-lari ham o'rin olgan
-
Qizlar daftariga
Ushbu kitob o'z davrida qoʻlma-qo'l bo'lib ketgan. Unda buvining nabira-qiziga, shu orqali uning dugonalariga hayot saboqlari muhabbat, vafo, burch va sadoqat, halollik, to'g'rilik xususidagi o'gitlari o'z aksini topgan. Shu bilan birga egrilikning oqibatlari, oiladagi kelinlik vazifalari, farzand tarbiyasidagi nozik jihatlar bayon etiladi. Kitob mutolaasi balog'at yoshidagi har qanday qiz qalbidagi yashirin so'roqlarga, yurak tubida asragan, kimdandir so'rashga iymanayotgan savollariga javob bo'ladi. Mazkur tuhfa turmush qurish arafasida turgan qizlari-mizga, yosh kelinlarimizga mustahkam oila bekasi boʻlish-larida hissa qo'shadi, degan umiddamizивация
-
Kafansiz ko'milganlar
Boshidan o'tkazgan qiyinchiliklarini, to'g'rirog'i, xo'rlikla-rini eslash insonni yana bir karra og'ir azobga ro'baro' qiladi. Uni yozish esa... Qatag'onlik davri tasviri, undan ham og'iri o'zining xalq dushmani deb ayblanishi haqida yozish, mahbusligini eslash, qamoq voqealari, lager hayoti, so'zsizlik... bularning haqqoniy tasviri Shukrulloning Kafansiz ko'milganlarida yaqqol ifodalangan. Asarning yana bir ahamiyatli jihati uning mazkur mavzudagi yagona asarligida. Ushbu xotira-roman o'quvchiga qatag'on davri haqida tirik lavhalarni namoyish etadi.
-
Özbek XARAKTERI
O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev o'zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir. Yozuvchi hayotiy voqealarni qalamga oladi. Paxtaga chiqqan kursdoshlar bir odamning qo'yini o'g'irlab, so'yib yeydilar. Yana qo'yning egasini ham o'g'irlangan qo'yning go'shti bilan mehmon qiladilar. Bunday hangomalar faqat talabalikda, bizning yurtda bo'lishi mumkin. Ushbu to'plamdan o'rin olgan hikoyalar har bir o'quvchini o'ylashga, fikrlarshga undaydi
-
SINCHALAK
Abdulla Qahhor ijodi o'zbek adabiyoti uchun mustahkam qoya, ayni damda yo'lchi yulduz vazifasini bajaruvchi mahorat maktabidir. Yozuvchining qay bir asarini olmang, unda dard, iztirob, alam, odamzodning barcha quvonch-u shodligi yangicha bo'y ko'rsatadi. Asarning nihoyasiga yetmaguningizcha uning oxiri nima bilan yakun topishini bashorat qilolmaysiz, kutilmagan voqelik bilan yuzma-yuz kelasiz. Abdulla Qahhor asarlari qahramonlari ham oramizdagi odamlar bo'lsa-da, yozuvchi ularni ko'pchilikka namoyon boʻlmagan xislatlari orqali bizga tanishtiradi. Ularning qalbini tinglashga, ularga hamdard bo'lishga chaqiradi, Aziz kitobxon, Global books nashriyoti adib Abdulla Qahhor asarlarning ana shunday go'zal namunalarini qayta nashrga tayyorladi. Bu ham ko'pchilikning talab va istaklari mahsulidir. O'qing, bahra oling
-
Chol va Dengiz
Ushbu kitobda dunyo miqyosidagi mashhur adib - Er-nest Xemingueyning Chol va dengiz qissasi hamda yangi tarjima qilingan eng sara hikoyalari jamlandi. Xemingueyning aksariyat asarlarida bosh qahramon orqali insonning ulug'ligi kuylanadi. Odam, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qarordan og'ishmaslik, sobit-lik, hayot uchun kurash o'zgacha talqinda aks ettiriladi. Yozuvchi «Chol va dengiz qissasi uchun «Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan
-
Етти мажлис
Жалолиддин Румийнинг илмий ва адабий мероси гоят катта. Ғазал, маснавий ва рубоийларни ўз ичига оладиган "Девони кабир" ("Улуғ девон"), фалсафий-сўфиёна мушоҳадалар, руҳият диалекти касини кашф этиб, инсон ақлини лол қолдирадиган теранлик би лан ёзилган "Маснавий-маънавий", "Мактубот", "Фиҳи мо фихий" ("Ичиндаги ичиндадир") номли асарларини бутун дунё севиб ўқийди. Румий ўз асарларида одамни тадқиқ этади, унинг табиати ва интилишларини кузатади, ботиний жилолар ва сурилишлар, қалб силжишларини қидириб топади. Румий асарларидаги жозиба шу қадар инсон кўнглига яқинки, унинг ҳар бир сўзи бир маёқ, умр йўлларини ёритгувчи чироқ, қалбга қўйиладиган зиё кабидир
-
Dahriyning ibodati
Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. U tahlil va kuzatuvning misli ko'rilmagan ustasi, inson psixologiyasining chuqur bilimdoni ham edi. Gobsek, Deplen, Anso, Burjua ularning hech biri bir-birini takror-lamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko'rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ichki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o'z asarla-ridan birida shunday yozadi: «Kishi haqida hukm chiqarish-dan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo'lish kerak». Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki ke-chinmalarini tushunmoqchi bo'lsangiz, albatta, ushbu qissa va hikoyalar mutolaasiga shoshiling.