-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
ҚУРИЛИШ КОНСТРУКЦИЯЛАРИ
Ўқув қўлланма темирбетон конструкцияларини ҳисоблаш ва лойиҳалашни назарий ва амалий масалаларини ўз ичига олган бўлиб, унда конструкцияларни ҳисоблаш усуллари чизма ва формулалар ёрдамида ёритилган. Талабалар «Темирбетон ва тош конструкциялари» фанини чуқур ўзлаштириш учун конструкцияларни ҳисоблаш кетма-кетлиги схема ва чизмалар ёрдамида тушунтирилган. Мавзуни тушунтиришда мисол ва масалалардан кенг фойдаланилган. Келтирилган ўлчов бирликлар ва коэффициентлар меъёрий ҳужжатлар асосида қабул қилинган.
-
GIDROTEXNIKA QURILISHI KОNSTRUKSIYALАRI
“Gidrotexnika qurilishi konstruksiyalarini hisoblash, loyihalash va ishonchliligini oshirish” o‘quv qo‘llanmasi 5340700 “Gidrotehnika qurilishi konstruksiyalari” bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada foydalanilayotgan gidrotexnika konstruksiyalari, inshootlarining ekspluatatsiya muddatini oshirish, moderinizatsiyasi keltirilgan. O‘quv qo‘llanmada me'yoriy hujjatlar va qurilishga oid ma’lumotlar keltirilgan. Zarur ma’lumotlarning mavjudligi bakalavr va magistrlarning tahlil qilish nuqtai nazarini oshirib, mustaqil va to‘g‘ri echimlar qabul qilishga imkon beradi.
-
GIDROTEΧΝΙΚΑ QURILISHINING MAXSUS MASALALARI
O'quv qullanma Gidrotexnika inshootlari qurilishi dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda tosh-tuproq va to'kma tosh to'g'onlar, suv tashlash inshootlari, arksimon hamda kontrfors to'g'onlar va suv olish inshootlari haqida ma'lumotlar berilgan, ularning tasnifi, loyihalashning umumiy masalalari yoritilgan. Qo'llanma gidrotexnika qurilishi magistratura yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan shu sohadagi qurilish va loyhalash tashkilotlarining muhandis-texnik mutahassislari ham foydalanishlari mumkin
-
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI
Mashinasozlik texnologiyasi (maxsus kurs)» fanining asosiy g'oyasi mashina detallarini tayyorlash va mashinalarni yig'ishda texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni bilishdan iborat. Ushbu darslikda detallarning tashqi, ichki, rezbali, tekis, shakldor, tishli sirtlariga mexanik ishlov berish usullari, ishlov berishda qo'llaniladigan dastgohlar va kesuvchi asboblar to'g'risidagi ma'lumotlar keng yoritilgan. Bundan tashqari mashina va mexanizmlarning detallaridan metall kesish dastgohlarining staninalari, shpindellari, korpus detallari, pog'onali hamda tirsakli vallar, shatunlar, porshenlar va tishli g'ildiraklar kabi detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini ishlab chiqish masalalariga keng o'rin berilgan. Shuningdek, mashinalar va ularning tipaviy birikmalarini yig'ish. yig'ish jarayonlarini tashkil qilish to'g'risidagi ma'lumotlar bayon etilgan.
-
MASHINASOZLIK CHIZMACHILIGIDAN MA'LUMOTNOMA
Ushbu o'quv qo'llanmada chizmalarni taxt qilish uchun zarur ma'lumotlar, geometrik yasashlar, tasvirlar yasash, ko'rinishlar, qirqım-kesimlar, tishli uzatmalar, rezba parametrlari, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar, prokatlangan po'lat profillari, shuningdek, chizmalarni bajarishda qo'llaniladigan turli soddalashtirishlar va shartli belgilashlar keltirilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalariga mo'ljallangan bo'lsada, undan maxsus o'rta o'quv yurtlarining talabalari, turli sohalarning muhandislari ham foydalanishlari mumkin.
-
MAKETLASHTIRISH
«Maketlashtirish fanidan ilk bor yaratilayotgan ushbu o'quv qo'llanmada kitobning paydo bo'lish tarixidan hozirgi eng rivojlangan kitob dizayni va maketini tayyorlashgacha bo'lgan jarayon bosqichma-bosqich ilmiy va amaliy mashg'ulotlar orqali batafsil ochib berilgan. Kitobning ichki va tashqi elementlari kitob grafikasi qonun-qoidalariga asoslanib tuzilgan. Mazkur o'quv qo'llanma grafik rassom va talabalarga o'z mutaxassisligini mukammal egallashda juda foydalidir. Qo'llanma kitob nashriga aloqador talaba va o'qituvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
-
-
YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
O'quv qo'llanma 5640100- "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" ta'lim yo'nalishi bo 'yicha tayyorlanadigan bakalavrlar "Yong'in xavfsizligini ta'minlash" fanidan nazariy, amaliy va kurs ishini hamda shu yo'nalish bo'yicha yong'in xavfsizligini ta'minlashga asoslangan bitiruv malakaviy ishini bajarishlari uchun mo'ljallangan, shuningdek kasb-hunar kollejlarida suv ta'minoti fanini o'qiydigan talabalar ham undan suv tarmoqlari bo'yicha kurs ishlarini bajarishda foydalanishlari mumkin.
-
Общая педогогика
В учебном пособии рассматриваются как общие основы педагогики так и вопросы связанные непосредственно с педагогикой начальной школы: возрастными особенностями детей принципами и правилами обучения младших школьников видами и формами обучения и воспитания задачами стоящими перед учетелем начальной школы; в обобщенном виде излагается материал по вопросам научной организации деятельности преподавателя проектирования разработки и применения им современных технологий обучения реализации в учебном процессе различных дидактических методов форм и средств.
-
Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarining elektr jihozlari
Elektr zanjirlarni himoyalovchi kommutatsiya apparatlari
-
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH ASOSLARI
O'quv qo'llanma metrologiya va standartlashtirish asoslarini o'z ichiga olgan bo'lib, unda asosiy tushunchalar talab darajasida yoritilgan. Mazkur qo'llanmada harorat, bosim, sarf singari kattaliklarni o'lchash va o'lchov vositalari, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
-
QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI
O'quv qo'llanmada yer, tosh-g'isht, beton, montaj, tom, issiqni himoyalash va namdan himoyalanish, zanglashga qarshi va pardozlash qurilish ishlarini bajarishdagi texnologik jarayonlar tarkibi va vositalar haqida ma'lumot hamda holatlar keltirilgan. O'quv qo'llanma Bino va inshootlarni qurish yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan.
-
UMUMIY PSIXOLOGIYA
Umumiy psixologiyasi nomli o`quv qo`llanmada shaxsdagi psixologik holatlar, xususiyatlar, jarayonlar haqidagi nazariy bilimlar berilgan. Mazkur o`quv qo`llanmada umumiy psixologiyaga kirish, nutq, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari, shaxsning hissiy-irodaviy, motivatsion sohasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan. Shuningdek, o`quv qo`llanmada shaxs to‘g‘risida tushuncha, uning tuzilmasi, nazariyalari, asosiy metodlari, shaxs ehtiyojlari, motivatsiyasi, qiziqishi, emotsiyasi (hissiyoti), xarakteri, irodasi, qobiliyati, temperamenti, bilish jarayonlari hamda ularning jahon psixologiyasi fanida o‘rganilishi masalalari o‘z ifodasini topgan. Ushbu o`quv qo`llanma oliy o‘quv yurtlarining 5112200 – maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til (tillar bo`yicha) ta`lim yo`nalishi talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
УМУМИЙ психология НАЗАРИЯСИ ВА АМАЛИЁТИ
Мазкур укув кулланмада умумий психология назарияси ва амалиёти фанининг предмета, методлари, тамойиллари, шахснинг фаолияти, мулокоти, психик жараёнлари, хиссий иродавий сохаси ва индивидуал психологик хусусиятлари хакида тушунчалар кенг ёритилган. Укув кулланма психология фанидаги сунгги ютуцларни хисобга олган холда ёритилган булиб, олий укув юртларининг барча таълим йуналишлари талабалари, укитувчилари ва кенг китобхоклар учун мулжалланган.
-
Iqtisodiy matematika.
0 ‘quv qo'llanma matematikaning iqtisodni chuqurroq o‘rganishda zarur boiadigan: dinamik, chiziqli va chiziqsizprogrammalashtirish, korrelatsion va dispersion tahlil, o'yinlar nazariyasi kabi bo'limlarni qamrab olgan. Qo'llanma “Iqtisodiyot” ta’lim sohasidagi barcha yo‘nalishlarga mo‘ljailangan bo‘lib, davlat ta’lim standartlari asosida yozilgan.