-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Amaliy audit
Mazkur darslikda audit fanining predmeti va obekti, audit o'tkazish usullari, auditning milliy va xalqaro andozalari, ichki audit va uni tashkillash tamoillari kabi nazariy savollar bilan birga buxgalteriya hisobining alohida obektlarini audit qilish tartibi mutaxasislikning davlat ta'lim standartlari va namunaviy dastur talablaridan kelib chiqib yoritilgan.
-
Ekologiya va hayot faoliyati xafsizligi
Fan doirasida ekologik muammolar, tabiatni muhofaza qilish choralari, ishlab chiqarish va maishiy faoliyatdagi xavf-xatarlar, texnogen va tabiiy favqulodda holatlarning turlari, ularning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar yoritiladi.
-
Микология
Диққатингизга ҳавола этилаётган Микология фани бўйича дарсликда фаннинг саноатдаги ва қишлоқ хўжалигидаги аҳамияти, ривожланишининг тарихи, замбуруғлар ва замбуруғсимон организмларнинг замонавий систематикаси, классификацияси ва номенклатураси, биологияси,тузилиши, ривожланишининг цикллари, вегетатив, ножинсий ва жинсий кўпайиш усуллари, қишлоқ хўжалик экинларида муҳим фитопатаген замбуруғлар қўзғатадиган касалликларнинг белгилари, инфекция манбалари ва микология фанининг бошқа томонлари ёритилган.
-
Metrologiya va standartlashtirish
Unda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, sifat va sifatni boshqarish bo'yicha asosiy tushuncha, qoida va ma'lumotlar berilgan.
-
Don-dukkakli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi
darslikning birinchi bobida mamlakatimizda ekilayotgan asosiy donli ekinlarning morfologiyasi, seleksiyasi va urug‘chiligi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, kelib chiqish markazlari, tarqalishi, vazifalari, yo‘nalishlari, tanlash usullari, urug‘ yetishtirish uslubi, texnikasi va ekinlar bo‘yicha erishilgan yutuqlari keltirilgan. Bunda har bir ekinning seleksiyasi va urug‘chiligi, O‘zbekiston sharoitining xususiyatlari, sug‘oriladigan va lalmi yerlarda ekilishi, jahon fanining va olimlarining yutuqlari hisobga olingan holda yoritildi. Darslikning ikkinchi bobida dukkakli ekinlar xaqida ma’lumotlar berilgan bo‘lib, bunda xam donli ekinlarning morfologiyasi, seleksiyasi va urug‘chiligi, xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, kelib chiqish markazlari, tarqalishi, vazifalari, yo‘nalishlari, tanlash usullari, urug‘ yetishtirish uslubi, texnikasi va ekinlar bo‘yicha erishilgan yutuqlari keltirilgan.
-
Ёнилғи мойлаш материаллари ва техник суюқликлар
Дарсликда трактор, автомобил ва бошқа қишлоқ хўжалиги ҳамда мелиоратив машиналарида ишлатилаётган ёнилғи мойлаш материаллари ва техник суюқликлар сифатини аниқлаш, танлаш ва улардан самарали фойдалагиш бўйича фан ва илғор тажрибаларда тўпланган энг янги ютуқлар ўз ифодасини топган.
-
ПОЧВОВЕДЕНИЕ И ЗЕМЛЕДЕЛИЕ
В учебнике приводятся теоретические и практические основы классического почвоведения иорошаемого земледел ия всубаридной и аридной зоне в объёме часов, установленных Государственным образовательным стандартом высшего образования. Структура и сущность обсуждаемых тем соответствует требованиям, предъявляемым к уровню знаний бакалавра в высших учебных заведениях.
-
ELEKTRONIKA
Ushbu darslik elektr signallarini hosil qilish, o‘zgartirish va uzatishga mo‘ljallangan elektron qurilmalarning sxemotexnikasi va ularni hisoblash, loyihalash kabi masalalarni qamrab oladi. Zamonaviy elektron qurilmalarining bo‘g‘inlarini loyihalashda va ishlab chiqishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
-
Oliy matematika
Darslikda oliy matematika fanininfg chiziqli algebra, analitik geometriya,differensial va integral hisob, differensial tenglamalar, qatorlar kabi bo'limlariga tegishli nazariy ma'lumotlar keltirilgan
-
Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari
Mazmunan va mantiqan o`zarо bоg’langan, bir-birini to`ldiruvchi uchta fan "Arhitеkturaviy kоmpоzitsiya", "Arhitеkturaviy grafika" va "Arhitеkturaviy lоyixalash asоslari" fanlaridan yahlit bir uyg’un umumlashgan ilmiy-uslubiy o`quv adabiyoti shu chоqqacha yaratilmagan. Mazkur qo`llanma ushbu bo`shliqni to`ldirishga, bu fanlarning mazmunmоxiyatini, ularga hоs umumiylik va hususiylikni оchib bеrishga, mе’mоriy va badiiy ijоd jarayonida kоmpоzitsiyalar va lоyixalar ustida ishlash, ularni grafik tasvirlash, mе’mоriy-badiiy, kоmpоzitsiyaviy va grafik vоsitalardan samarali fоydalanishning malakaviy sir-asrоrlarini talabalarga o`rgatish va tushuntirishga qaratilgan. Qo`llanmada arhitеktura va kоmpоzitsiya xaqida umumiy ma’lumоtlar, arhitеkturaviy kоmpоzitsiyaning turlari, badiiy vоsitalari, arhitеkturaviy grafika va uning tasviriy uslublari, mе’mоriy chizmalar va bоshlang’ich o`quv lоyixalari ustida ishlashning uslubiy qоnuniyatlari bayon qilingan. Ilk bоr оstоna va badiiy tugallik kоmpоzitsiyalari xaqida fikr yuritilgan. Talabalarga o`z ijоdiy lоyixalarini ximоya va taxlil qilish asоslari xam оchib bеrilgan.
-
Ўзбек диалектологияси
Ушбу китобда ўзбек тилининг кўп шевалилиги унинг бойлиги сифатида қайд этилиб, ўзбек лаҳжаларининг таснифи тарихига қисқача изоҳ, лингвистик географиясига эътибор қаратилади.
-
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
Ushbu darslikda raqamli iqtisodiyot sharoitida agrosanoatda integratsiya munosabatlarining yanada takomillashuvi natijasida shakllanadigan agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibi,iqtisodda tutgan o'rni, majmuaga kiruvchi sohalarning hozirgi holati, rivojlanish yo'nalaishlari, ularning iqtisodiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari yoritilgan.
-
Криминология (общая часть )
В учебнике представлены основные положения Общей части криминологии: социально-правовое назначение науки криминологии, ее предмет, система, задачи и функции, преступность и ее основные характеристики, особенности проведения криминологических исследований, криминологического прогнозирования и планирования, а также особенности предупреждения преступности.
-
Bank iqtisodiyoti
Ushbu darslik “Bank iqtisodiyoti” fanining o‘quv dasturi (sillabusi) asosida tayyorlangan bo'lib, unda zamonaviy tijorat banklarining iqtisodiy mazmuni va mohiyatiga oid nazariy hamda amaliy masalalar yoritilgan. Darslikda O'zbekiston Respublikasining amaldagi bank tizimi, uning tarkibiy tuzilishi va faoliyat yo'nalishlari chuqur tahlil qilinadi.
-
Прикладная математика 1
В учебнике излагаются основы линейной алгебры, элементы аналитической геометрии в тесной связи с различными экономическими приложениями. Рассмотренные примеры, экономические модели и упражнения прикладного характера отвечают требованиям по внедрению зарубежного опыта преподавания математики бакалаврам-экономистам.
-
Ekologik menejment
Ushbu darslikda ekologik menejmentning nazariy asoslari, amaliy mexanizmlari va ularning iqtisodiy hamda ijtimoiy hayotdagi o'rni atroflicha yoritilgan bo'lib, unda atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish vositalari, ularning rivojlanish bosqichlari, iqtisodiy, ma'muriy va huquqiy tartibga solish shakllari tizimli tarzda tahlil qilingan.