-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Avtomobil yoʻllari diagnostikasi
Darslikda avtomobil yo'llarini diagnostika qilish ishlarining tub mohiyati, avtomobil yo'llari tarmog'ining hozirgi holati va uni takomillashtirish masalalari, qoplama yuzasining ravonligini o'lchash va yo'l to'shamasi mustahkamligini aniqlash uchun laboratoriya jihozlari, nobikr yo'l to'shamalaridagi deformatsiyalar, avtomobil yo'llarini diagnostika qilishda O'zbekistan Respublikasi tabiiy- iqlim sharoitini hisobga olishni, yo'l to'shamalarining ta‘mirlashlararo xizmat muddatini aniqlashni, avtomobil yo'llaridagi deformatsiya va buzilishlarni sodir bo'lish sabablarini, avtomobil yo'llarini diagnostika qilish uslublariga qo'yilgan talablarni, yo'l qoplamalarining bo'ylama va ko'ndalang ravonligini o'lchashni, o'lchash reykasi yordamida qoplamaning ravonligini aniqlash uslubini, yo'l to'shamalariga ruxsat etilgan yuklamalarni aniqlash, nobikr yo'l to'shamalarining elastik egilishini o'lchash, yo'l qoplamasi g'adir-budirligi va tishlashish sifatlarini baholash, yo'lni vizual o'rganish va geometrik parametrlarini baholash, harakat jadalligi va tarkibini aniqlash, transport oqimi ko'rsatkichlarini baholash, avtomobil yo'llari texnik diagnostikasini tashkil qilish, avtomobil yo'llarining ekspluatatsion holatini baholash, avtomobil yo'llarini jihozlanish darajalarini baholash, avtomobil yo'llarining holatini diagnostika qilish natijalari asosida ta‘mirlash ishlari turlarini rejalashtirish kabi ma‘lumotlar keltirilgan.
-
Atrof muhitni sifat analizi va monitoringi
Ushbu darslik “Atrof muhitni sifat analizi va monitoringi” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 5850100-“Atrof- muhit muhofazasi”, 5630100 – “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” yo‘nalishlari talabalari va mazkur sohaga aloqador bo‘lgan izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Atrof muhitni muhofaza qilish va ularning monitoringini olib borishda atmosferaga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdor va sifat ko‘rsatgichlarini aniqlash, tahlil qilish, texnologik jarayonlarni o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ushbu darslikda atmosfera havosini sifat analizi va monitoringi masalalari yoritilgan.
-
Экономическая теория
В учебнике исследованы узловые проблемы современной экономики. Проведен анализ собственности, экономических систем, рынка и рыночной экономики, роли государства в современном рыночном хозяйстве, специфики становления основ пост-индустриальных отношений, противоречий между экономической эффективностью и социальной справедливостью, а также взаимосвязей этики рынка и этики общества. Для студентов экономических специальностей, а также всех, кто интересуется проблемами современной экономической теории.
-
Public policy
The Oxford Handbooks of Political Science is a ten volume set of reference books offering authoritative and engaging critical overviews of all the main branches of political science. The series as a whole is under the General Editorship of Robert E. Goodin, with each volume being edited by a distinguished international group of specialists in their respective fields: POLITICAL THEORY John S. Dryzek, Bonnie Honig & Anne Phillips POLITICAL INSTITUTIONS R. A. W. Rhodes, Sarah A. Binder & Bert A. Rockman POL IT ICAL BEHAV IOR Russell J. Dalton & Hans Dieter Klingemann COMPARATIVE POLITICS Carles Boix & Susan C. Stokes LAW & POL IT ICS Keith E. Whittington, R. Daniel Kelemen & Gregory A. Caldeira PUBLIC POLICY Michael Moran, Martin Rein & Robert E. Goodin POLITICAL ECONOMY Barry R. Weingast & Donald A. Wittman INTERNATIONAL RELATIONS Christian Reus Smit & Duncan Snidal CONTEXTUAL POLITICAL ANALYSIS Robert E. Goodin & Charles Tilly POLITICAL METHODOLOGY Janet M. Box Steffensmeier, Henry E. Brady & David Collier This series aspires to shape the discipline, not just to report on it. Like the Goodin Klingemann New Handbook of Political Science upon which the series builds, each of these volumes will combine critical commentaries on where the field has been together with positive suggestions as to where it ought to be heading.
-
Kasbiy faoliyat psixologiyasi
Ushbu darslikda mualliflar 5320400 – kimyoviy texnologiya (noorganiq moddalar) ta`lim yo`nalishi talabalari uchun kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining predmeti, tarkibi, vazifalari va metodlari, shaxs va uning psixodiagnostikasi, ofessiogrammaning mohiyati, asosiy tushunchalari, kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari, kasbiy layoqat tashxisi, professiografiyaning mohiyati, uning yuzaga kelish tarixi, ilk o’spirinlik yoshining psixologik xususiyatlari, talabalar psixologiyasi va o’quv faoliyatini rivojlantirish, tarbiya psixologiyasi, pedagog faoliyatining psixologik muammolari, ta’lim jarayonini boshqarish nazariyalari haqida ma`lumot berganlar. Darslik oliy o`quv yurti professor-o`qituvchilari va talabalariga mo`ljallangan
-
Amaliy geodeziya
Mazkur darslikda injener-geodezik ishlarning quyidagi asosiy turlari: topografiк-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, rejalash ishlari, qurilish konstruksiyalarini loyihaviy holatda o ‘rnatish va tekshirishning geodezik usullari, inshootlar deformatsiyasini kuzatish, yo‘l-transport, gidrotexnik, yer osti hamda noyob inshootlarni loyihalash va qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan.
-
Genetika
Darslik tasdiqlangan genetika dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda genetikaning mazmuni, rivojlan ish tarixi, tadqiqot metodlari,organizmlar ko'payishining sitologik, biokimyoviy asoslari, jinssiz va jinsiy ko'payish, urug‘lanish, irsiyat qonunlari, jins genetikasi va jinsga bog'liq holda irsiylanish, belgilarining birikkan holda irsiylanishi,irsiyatning xromosomasi nazariyasi, allel bo'lmagan genlarning o 'zaro ta’sirida b igilarning rivojlanishi, tsitoplazmatik irsiylanish , o'zgaruvchanlik, uning tip lari, ontogenez genetikasi, populyatsiya, xulq - atvor genetikasi, odam genetikasi, genetikijeneriya , biotexnologiya ham da genetikaning nazariya va amaliy ahamiyati yoritilgan. Ularda klassik genetika, hozirgi zamon molekulyar genetikaga oid bilimlar o 'z ifodasini topgan. Darslikka kiritilgan jadvallar, rasmlar talabalar tomonidan fan mazmunini puxta o 'zlashtirishida ko'maklashadi. Darslik so'ngida atamalar lug'ati va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati berilgan.
-
Manbashunoslik
Ushbu darslik manbashunoslik fanidan oliy o'quv yurtlari uchun qabul qilingan Davlat standartlari va namunaviy dasturiga muvofiq yaratilgan bo'lib, u ikki bobdan iborat. Kitobda mutaxassislarning manbalardan foydalanishi, ularni o'qitish metodikasi ham imkon darajasida yoritilgan. Kitob oliy o'quv yurti bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan tarix fani muallimlari va boshqa tarix bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Дончилик
Дарсликда донли ва дуккакли экинларнинг халқ хўжалигидаги аҳамияти, келиб чиқиши, экин майдонлари, ҳосилдорлиги, умумий хусусиятлари, морфологик белгилари, ўсиш ва ривожланиш даврлари, кузги дон экинларининг биологик хусусиятлари, ботаник таърифи, навларининг тавсифи ҳамда ушбу экинларни етиштириш технологиялари ёритилган.
-
O'zbek tilini o'qitish metodikasi
Insoniyat tarixida ta'lim olishga ehtiyoj tug'ilgan kundan boshlab kun tartibiga chiqqan “O'quvchiga nimani o'rgatish zarur?”, “O'quvchini qancha o'qitish kerak?”, “Nima uchun o'qitish shart?”, “Qanday usullar bilan o'qitish lozim?” kabi qadimiy savollar hamisha dolzarb va yechimtalabdir. Bugun ona tili ta‟limi oldida ham shu savollar ko'ndalang turibdi. Sababi, insоn shахsidа ruh, tаfаkkur vа til chаmbаrchаs bоg'liq. O'rta umumta'lim maktablarida ona tili ta'limidan ko'zlangan maqsad – jamiyatga ijоdiy vа mustаqil fikrli shахsni tаrbiyalab berish – аmаlgа оshishi uchun quyidagilarni chuqur anglashimiz lozim.
-
Gistologiya
Mazkur darslik (birinchi nashri 1982 -yili chiqarilgan) gistologiya va em briologiyada qo’llaniladigan tadqiqot usullari, gistologiya va embriologiyaning rivojlanish tarixi, sitologiya umumiy embriologiya asoslari va bir necha boblari o‘z ichiga olgan umumiy va xususiy gistologiya bo'limlaridan iborat. Unda hujayra tuzilmalari, to `qimalar va a ’zolarning taraqqiyoti, tuzilishi va vazifasi batafsil bayon etilgan. B undan tashqari, sitologiyaning hujayra oiganellalari, hazm sistem asining endokrin bezlar haqidagi fikrlar yangi ma ’lumotlar bilan to'ldirilgan . Shuningdek , darslikda mavzularni aks ettiruvchi va idrok etishga ko'maklashuvchi talaygina rasm va mikrofotogrammalar keltirilgan. Darslik O ’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan mazkur darslik tibbiyot oliy o ‘quv yurtlari talabalari va shu soha mutaxassislari uchun mo’ljallangan.
-
Иқтисодиёт назарияси
"Иқтисодиёт назарияси" фани бўйича тайёрланган мазкур дарслик 2005 йилда чоп этилган дарсликнинг қайта ишланган нашри ҳисобланади. Дарслик бир бири билан мантиқан боғланган тўрт бўлимдан иборат бўлиб, улардан иқтисодиётнинг умумий асослари, бозор иқтисодиёти, макроиқтисодиёт ва жаҳон хўжалигига оид мавзулар ўрин олган.
-
Adabiyotshunoslikka kirish
Ma’lumki, umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlab o‘quvchilarga adabiyotshunoslikka oid ilk ma’lumotlar berib boriladi. Maktabda adabiyot o‘qitish dasturlari o‘quvchilarga bosqichma-bosqich badiiy adabiyotning mohiyati, adabiy tur va janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, she’r tizimlari, badiiy tasvir va ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalami o‘rgatib borishni ko‘zda tutadi. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi davomida adabiyotshunoslik fani bilan ilk bor sistemali tarzda tanishiladi. Zero, kursning maqsadi ham maktabda olingan adabiy-nazariy bilimlami muayyan bir tizimga keltirgan holda mustaqkamlashdan iboratdir. «Adabiyotshunoslikka kirish» kursi filologiya fakulteti birinchi bosqich talabalarining maktabda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash asosida ulami adabiyot tarixi kursidan ma’ruzalar tinglashga tayyorlashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
-
Adabiyot I qism
Ko‘p kitob o‘qigan odam tez fikrlashi, xotirasining kuchliligi, muhim bilan nomuhimni ajrata olishi, voqelikka ijodiy yondashishi, tashabbuskorligi, hodisalarga tanqidiy nuqtayi nazardan fikr bildira olishi, fikr-mulohazalarini aniq ifodalashi, ayniqsa, og‘zaki va yozma nutqining ravonligi bilan ajralib turadi. Mustaqil kitob o‘qishda tushunib, anglab o‘qish, o‘qiganlarni o'qish, matndagi muhim o‘rinlarni ajrata olish va ayrim zarur gaplarni maxsus daftarchaga ko‘chirib olish o‘quvchiga katta foyda beradi. Shuningdek ushbu darslik ham o'quvchilarning bilim darajasini boyitishga yordam beradi degan umiddamiz.
-
Alternativ energiya manbalari
Ushbu darslikda energetika sohasining eng dolzarb va rivojlanayotgan bo‘limi bo‘lgan alternativ energiya manbalari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, darslik Davlat ta’lim standarti asosida 5310800-Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari asosida yaratilgan. Darslik 5310800- Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutahassislar bilimiga tegishli na’munaviy dastur va o‘quv rejalar asosida bakalavrlar uchun ishlab chiqilgan. Darslikda energetikaning an’anaviy va noan’anaviy manbalari haqidagi ma’lumotlar atroflicha yoritib berilgan va bu ma’lumotlar energetika muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun foydali manba bo‘lib hisoblanadi.
-
Texnologiya va dizayn chilangarlik va modellashtïrish ishlari metalga ishlov berish bo‘yicha kasb-hunar kollejlari uchun darslik
Ushbu darslik kasb ta’limining metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha kasb hunar kollejlariga muljallangandir. Metalga asoslangan sanoan ishlab chiqarishida va metallarga ishlov berish asosidagi xalq hunarmandchiligi texnologiyalariga tegishli kengaytirilgan holdagi manbalar mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va ilmiy uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.