-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Xalq cholg'ularida ijrochilik. G'ijjak
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston davlat konservatoriyasining "Xalq cholg‘ularida ijrochilik" kafedrasida - g‘ijjak ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan II kurs talabalar uchun mo‘ljallangan.Ushbu o‘quv qo‘llanmaga,O‘zbek maqom kuylari, o‘zbek xalq kuylari, O‘zbekiston bastakorlrining asarlari kiritilgan. Unda asarlarning tahlili hamda o‘zbek milliy musiqa ijrochiligida zarur bo‘lgan uslubiy ko‘rsatmalar tavsiya etilgan. O‘quv qo‘llanmadannainki talabalar, professional ijrochilar ham, o‘z konsert repertuarlarini boyitish maqsadida foydalanishlari ko‘zda tutilgan.
-
Consecutive interpretation
“Ketma-ket tarjima” (Consecutive interpretation) oʻquv qoʻllanmasi 70230201– Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili), 60230200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) va 61010500 - Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) ta’lim yoʻnalishi talabalariga tavsiya qilingan oʻquv dasturi asоsida tuzilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda hozirgi kunda tarjimonlik faoliyatida muayyan sohada qo‘llaniladigan matnlarni ketma- ket tarjima qilish jarayonidagi zaruriy dastlabki bilimlarni berish, shuningdek tarjimonlik sohasining jamiyatdagi oʻrni, uning funksional tasniflari kabi tushunchalarni talabalar ongiga singdirish maqsad qilib qoʻyilgan. O‘quv qo‘llanmani yozishda respublikamiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining tajribalaridan foydalanilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma 45 ta mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi va ularning har biri alohida mavzudan, shuningdek unga oid matnlar va ular asosida tuzilgan mashqlar va topshiriqlardan iboratdir. Talabalar har bir dars so‘nggida mavzuga oid yangi so‘zlar lug‘atini yodlashlari va o‘z bilimlarini sinash uchun turlicha topshiriqlarni bajarishlari mumkin. Mazkur o‘quv qo‘llanmadan tarjimonlik faoliyatini oʻrganuvchi barcha qiziquvchilar, jumladan, magistrantlar, oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda tarjimashunoslik ilmi bilan qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Moliyaviy savodxonlik asoslari
Oliy o‘quv yurtlari noiqtisodiy yo‘nalishlari talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik asoslari” fanidan o‘quv qo‘llanmada moliyaviy savodxonlikning barcha asosiy tarkibiy qismlari qamrab olingan. Jumladan, o‘quv qo‘llanma pul, uni topish va pulni samarali boshqarish yo‘llari, shaxsiy moliya va shaxsiy moliyaviy rejalashtirish, uy buxgalteriyasi, jamg‘armalar, kredit, hisob-kitob-kassa operatsiyalari, investitsiyalar, moliyaviy firibgarliklar va ularga qarshi choralarga doir ma’ruzalarni, turli xil qiyinlik darajasidagi 87 ta masala va 110 ta testlarni qamrab olgan. Asosan to‘plamdagi ma’ruzalar, masala va testlar “Moliyaviy savodxonlik asoslari” fanining oʻquv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, talabalarga amaliy bilim va ko‘nikmalar olishga, axborotning turli manbalari bilan ishlashga, tahlil qilish, umumlashtirish koʻnikmalarini oshirishga va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishga, ularni shaxsiy tajribaga integratsiya qilishga yaqindan yordam beradi.
-
Uvaysiman (yetti g'azal) yakkanavoz cholg'ular va xor akapella uchun kantata
Mazkur notalar to'plami Ozbek milliy maqom san'atini yanada rivojlalantirishga doir chora-tadbirlar dasturi 19-bandi ijrosini ta'minlash, Maqom yo'lida asarlar yaratyotgan ijodkorlarning nota to'plamlarini nashr etish, respublikamizdagi bolalar musiqa va san'at maktablari, madaniyat va san'at kollejlari va oliy o'quv yurtlariga tarqatish ta'lim jarayonida o'quv adabiyoti sifatida foydalanishlari uchun xizmat qiladi.
-
AN'ANAVIY XONANDALIK (Basakorlik san'ati)
Xalq musiqa ijodiyoti har bir xalqning o'lkan ma'naviy boyligi hisoblanadi. Uning tarkibidagi eng ommaviy, tarbiyaviy-ta'sirchan xalq ashulalari o'zining g'oyaviy badiiy mazmuni, xalq hayotining barcha qirralarini ifoda etishi kabi xususiyatlari bilan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy va estetik dunyo qarashini shakillantirishda muhim vosita hisoblanadi.
-
Lexicology
Учебник основан на программе по предмету «Лексикология», утвержденной Министерством высшего образования, науки и инноваций, и предназначен для студентов направления 60112600 - «Иностранный язык (английский) в дошкольном и начальном образовании». Этот комплексный учебник включает систематизированные и интересные тематические задания для изучения слов. Разработанный для студентов бакалавриата, специализирующихся на лингвистике и английской филологии, сложный раздел лексикологии разделен на двадцать три интересных и понятных тематических урока.
-
English though chemistry
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining kimyo yo‘nalishi B1 va B2 darajadagi talabalarining Ingliz tili darslari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos holda yozilgan bo‘lib 20 soat (10 Units) amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Har bir dars leksika, grammatika, fonetika mavzularidan iborat. Mustahkamlash uchun misollar mashqlarda yoritib berilgan. Qo‘llanma materiallari ham auditoriya uchun, ham talabalarning mustaqil ishi uchun ishlatilishi mumkin.
-
Ijtimoiy ish tarixi va xorijiy tajriba.
Mazkur o'quv qo'llanma Ijtimoiy ish bakalavriat ta’lim yo'naiishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv rejasidagi “Ijtimoiy ish tarixi va xorijiy tajriba fani о quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
DISKRET MATEMATIKA
Diskret tushunchasi “uzluksizlik” tushunchasiga teskari tushuncha hisoblanib, to`plamlar nazariyasi, diskret avtomatlar nazariyasi, matematik mantiq, graflar va zanjirlar nazariyasi, kombunatorika, halqa va maydonlar nazariyasi, algebraik sistemalar va algoritmlar nazariyasi kabi bir qancha bo`limlardan iborat bo`ladi.
-
Bioekologiya (Hayvonot olami 2-qism) fanidan amaliy mashg'ulotlar
Mazkur o'quv qo'llanma "Bioekologiya" fanining mazmun va mohiyati, Hayvonot olamiga ta'sir etuvchi ekologik omillar va ularni hayvonlar hayotiga ta'siri, hayvonlarning muhit olamiga moslashish xususiyatlari tahlil qilingan
-
English stylistics: Theory and practice
The content is presented in a logical sequence—beginning with general theoretical principles of stylistics and progressing toward the study of specific expressive means and functional varieties of English. Each unit includes clear explanations, authentic text examples, and activities for both independent learning and classroom engagement. The main objective of this textbook is not only to familiarize students with the fundamental notions of stylistics but also to enable them to apply these concepts when analyzing literary and non-literary texts. Through mastering stylistic analysis, learners will broaden their linguistic competence, strengthen critical thinking skills, and develop a deeper appreciation of how language reflects meaning, culture, and communication.
-
МАТЕМАТИК МАНТИК, ВА ДИСКРЕТ МАТЕМАТИКА
Китобда тупламлар хакида асосий тушунчалар, муносабатлар, мулохазалар алгебраси, мулохазалар Ҳисоби, предикатлар мантиқи, математик назариялар, алгоритмлар, математик мантикнинг техникага татбиқи, математик мантиқ функцияларини минималлаштириш муаммоси, графлар назариясининг элементлари, турлар ва турдаги оқимлар баён қилинади.
-
DINSHUNOSLIKKA KIRISH
Mazkur kitob oliy ta’lim tizimi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib Respublika oliy o‘quv yurtlarida «Dinshunoslikka kirish», «Ma’naviyat asoslari», «Dinshunoslik» va «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini o‘qitishda o‘quv qo‘llanma, shuningdek, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiy bo‘limlari, xotinqizlar qo‘mitalari mas’ullari, mahalla faollari uchun yordamchi qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaninig 6405sonli xulosasi asosida tayyorlandi.
-
Семиотика ва пропедевтикани умумий саволлари ва жавоблари-II
Мазкур ўқув қўлланмада ташхисотнинг назария ва амалиёт асосларига бағишланиб ёзилган, маълумотларни тўплаш ва тахлил қилиш бўйича мақсадли йўналтирилган ақлий фаолият усуллари ва услублари баён қилинган.
-
Финансовые рынки и Институты
Изложен материал по истории развития и современному функционированию финансового рынка и его институциональных основ. Рассмотрены структура Российского финансового рынка, его участники и инструменты, а также принципы организации торгов.
-
KRIPTOGRAFIYANING MATEMATIK ASOSLARI
Axborot va telekommunikasiya texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borishi turli manbalardan tez va oson yo‘l bilan axborot olish imkoniyatlarini oshirdi. Davlat muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib saqlay boshladilar. Tarmoq orqali axborot uzatish bir onda yuz berishi, uni saqlash esa ixcham joy egallashi, boy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish imkoniyatlari kengaya borishi axborot miqdorining jadal sur’atlar bilan o‘sishiga olib keldi.