-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
Ушбу ўқув қўлланма техник олий ўқув юртларининг бакалавриат босқичи талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ахборот технологиялари фанини чуқурроқ ўрганишга ёрдам беради. Қўлланмада ахборот технологияларининг алоқа ва телекоммуникация тизимларида қўлланилишига алоҳида аҳамият берилган, шунингдек, Интернет-технологияларининг қўлланилиши ҳам кенг ёритилган. Китобда ахборот тизимлари тушунчаси, автоматлаштирилган тизимларнинг компонентлари, уларни ривожлантириш босқичлари ва ташкилот бошқарувидаги ўрни каби муҳим мавзулар баён этилган. Ушбу материаллардан академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари ўқувчилари ҳамда мустақил ўрганувчилар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Английский язык. Учебное пособие для дистанционного обучения. Книга I
Настоящее учебное пособие предназначено для самостоятельного изучения английского языка в системе дистанционного обучения. Данный раздел рассчитан на 100-110 часов и содержит вводный курс, часть основного курса, включающую правила произношения и чтения, минимум лексики на бытовые темы и те грамматические явления, знание которых должно обеспечить умение строить предложения в повествовательной, вопросительной и отрицательной формах. В пособие включены вопросы для самоконтроля, тесты с ключами и лабораторные работы, записанные на аудиокассеты.
-
Амалий математика, дастурлаш ва компьютернинг дастурий таъминоти
Ушбу ўқув қўлланма олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда амалий ва лаборатория машғулотларини бажариш учун Бейсик ва Паскал алгоритмик тилларида дастурлаш асослари, сонли усуллар, чизиқли ва чизиқли бўлмаган тенгламаларни ечиш, дифференциал тенгламалар, симплекс усули, шунингдек, MS DOS, Windows муҳити, Microsoft Word ва Excel дастурларида ишлаш тартиблари келтирилган.
-
Yuridik konfliktologiya
Mazkur o‘quv qo‘llanma huquqshunoslikning rivojlanib kelayotgan fanlaridan biri «Yuridik konfliktologiya»ga bag'ishlangan bo‘lib, unda yuridik konfliktlar tushunchasi, tabiati va mohiyati, turlari hamda ularni hal etish va boshqarishning yuridik mexanizmi va muammolari, muayyan sharoitlarda ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish, o‘rganish va amaliyotga joriy etish kabi masalalar yoritilgan. O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda mamlakatimizda va xorijda e’lon qilingan yuridik adabiyotlar, ilmiy jurnal va ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar va risolalardan foydalanilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma jamiyatda vujudga keluvchi ijtimoiy konfliktlarni qonuniy yo‘l bilan bartaraf etish muammolari bilan qiziquvchi mutaxassislarga, oliy yuridik o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va aspirantlari, magistratura tinglovchilari va talabalarga mo‘ljallangan.
-
YAPON TILI
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekistonda yangi o‘quv tizimiga o‘tilganidan keyin yapon tilida boshlang‘ich bosqichda o‘rganish uchun tayyorlangan, qayta ishlangan qo‘llanmadir. Qo‘llanmadagi har bir dars o‘zbek tilidagi grammatik izohlar, dialogik xarakterdagi namunaviy matnlar, u yoki bu hollarda so‘z va iboralarni o‘rganishga qaratilgan mashqlar muloqot chegaralarini kengaytirish imkonini beradigan kichik-lug‘atlar asosida tuzilgan. Qo‘llanmada, iyerogliflarning fonetik transkripsiyasi "Xiragana" alifbosi yordamida soddalashtirilgan. So‘zlashuv va mashqlar, voqeaviy illyustratsiyalar yordamida berilgan. O‘quv qo‘llanma umuman yapon tiliga ega bo‘lmagan litsey o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi xorijiy til sifatida o‘rganadigan talabalar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma yozish, o‘qish va muloqot qilishni rivojlantirish maqsadida tuzilgan.
-
YAPON TILI III
Данное учебное пособие составлено в соответствии с рабочей программой по японскому языку для учащихся в общеобразовательных учреждениях, которые учат японский язык как основной восточный язык. Учебное пособие предназначено для студентов изучающих японский язык на среднем этапе (3 курс).
-
Xalqaro turizm bozori
O‘quv qo‘llanmada xalqaro turizm bozori holati, uni rivojlantirish muammolari o‘rganilgan. Turizm bozorining ko‘lami tuzilishi va uning tarixi hamda bozor segmentlari, turistik mahsulot bozorini xalqaro darajaga ko‘tarish yo‘llari aniq ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’limning 5340300-Marketing (turizm) ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun, turizm sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan aspirantlar, tadqiqotchilar va ushbu soha xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
Voyaga yetmaganlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Mazkur o'quv qo'llanma Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligi doirasida bajarilgan loyiha bo'lib, unda voyaga yetmaganlarning fuqarolik huquq va muomalaga layoqatining o'ziga xos jihatlari, voyaga yetmaganlarning mehnat qilish huquqi va uni amalga oshirish, voyaga yetmaganlarning oilaviy munosabatlarda ishtirok etishi, ularning tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki, shuningdek, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi va buning uchun ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik masalalari milliy hamda xalqaro huquq normalari asosida qiyosiy tahlil usulida yoritilgan.
-
Valeologiya asoslari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada valeologiyaning nazariy va metodologik asoslari, inson salomatligini saqlash va mustahkamlashning faol strategiyalari, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari hamda pedagogik faoliyatda salomatlik madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Kitob oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u jismoniy, psixik va ijtimoiy salomatlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, yosh avlodni sog‘lom ruhda tarbiyalash hamda shaxsiy va jamoatchilik gigiyenasi talablariga rioya etish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
-
VALEOLOGIYA ASOSLARI
Mazkur o'quv qo'llanma pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, inson salomatligi, sog'lom turmush tarzi, jismoniy va psixologik salomatlikni saqlash hamda mustahkamlashning nazariy va metodologik asoslarini yoritib beradi. Qo'llanmada valeologiya fanining maqsadi, inson organizmining funktsional imkoniyatlari, salomatlikka ta'sir etuvchi omillar, shuningdek, sog'lom avlodni tarbiyalash konsepsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy poydevori bayon etilgan. Nashr o'quvchilarda salomatlikka mas'uliyatli munosabatni shakllantirish, sog'lom turmush tarzi tamoyillarini o'zlashtirish va pedagogik faoliyatda ushbu bilimlar samaradorligini ta'minlashga qaratilgan.
-
Turkiy adabiyotning qadimgi davri
Ushbu o‘quv qo‘llanma turkiy xalqlarning qadimgi davrlardan to milodiy VIII asrgacha bo‘lgan adabiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Muallif islomgacha bo‘lgan davr turkiy og‘zaki ijodi, qadimiy bitiklar, rivoyat va afsonalar tahlilini yoritib beradi. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlari talabalari, magistrlar va adabiyot o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, turkiy xalqlarning qadimiy diniy va badiiy tafakkurini, janrlar xilma-xilligini va tarixiy-badiiy obrazlarini atroflicha tahlil qiladi.
-
TILSHUNOSLIKKA KIRISH
Ushbu qo'llanma oliy o'quv yurti, litsey, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tilning mohiyati, til va jamiyat, til va nutq, til va tafakkur munosabati, dunyo tillari tavsifi va tasnifi, til fanining bo'limlari haqida umumiy ma'lumot beradi hamda til haqidagi bilim va ko'nikmalarni chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
-
Tijorat banklari faoliyati tahlili
Ushbu o‘quv qo‘llanma bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning barcha operatsiyalarini tahlil qilish asoslari, bank faoliyatining samaradorligi, resurslarni to‘plash va joylashtirish jarayonlari, bank daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining «Bank ishi» yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, auditorlar va bank sohasi xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
Teaching English Practicum (Practical Course of Teaching English Methodology)
Teaching English Practicum is a comprehensive practical course designed for students of philological faculties and future teachers of English. Compiled in accordance with the university curriculum for the subject English Teaching Methodology for Secondary Schools, this textbook integrates communicative and socio-cultural approaches with modern interactive teaching methods. The book consists of nine units, each focusing on specific language aspects such as pronunciation, grammar, and vocabulary, as well as the four fundamental speech skills: listening, speaking, reading, and writing. It provides detailed practical recommendations, lesson planning strategies, and concrete tasks that enable students to apply theoretical knowledge in a real classroom environment. Designed to bridge the gap between theory and practice, the textbook serves as an essential resource for university students, school teachers, and anyone interested in the scientific methodology of teaching English.
-
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish
Ushbu o‘quv qo‘llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Kitobda bojxona tizimi, tarif va notarif usullari, eksport-import operatsiyalarini boshqarish va milliy iqtisodiyotni himoya qilish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Nashr bojxona ishi yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, davlat organlarining tashqi iqtisodiy aloqalardagi faoliyati, huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar hamda bojxona bojlari stavkalarini belgilash tartiblari bayon etilgan.
-
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Ushbu qo‘llanmada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish mazmuni, maqsad va vazifalari; sinf rahbarining ish faoliyati, sinf jamoasini o‘rganish, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish; o‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari; maktab, oila va mahalla hamkorligi ishlari; tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchi tarbiyasidagi o‘rni kabi masalalar keng yoritib berilgan. Shuningdek, unda tajribali o‘qituvchilar ishlaridan saralangan metodik tavsiyalar, tarbiyaviy tadbirlardan namunalar o‘z aksini topgan. Mazkur qo‘llanma pedagogik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurti talabalariga, umumta’lim maktablari o‘qituvchilariga, ota-onalarga va barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.