-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi
“O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi xrestomatiyasi” oliy o‘quv yurtlarida “O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi” fani bo‘yicha tahsil oluvchi talabalarning olgan nazariy bilimlarini kuchaytirish va amaliy mustahkamlash uchun mo‘ljallab tuzilgan. Uning yordamida talabalarga o‘zbek xalqi an’analarining o‘ziga xosligi, betakrorligi, milliy marosimlarimiz bilan bog‘liq xalq og‘zaki ijodi namunalarining janr tarkibi, qo‘shiqchilik va baxshichilik san’ati, ertakchilik, askiyabozlik, og‘zaki drama, lofbozlik, latifago‘ylik, paremik janrlarga xos xususiyatlar, asotirlar, afsona va rivoyatlar, naqllar, bolalar folklori janrlari namunalaridan misol keltirilishi bilan ular haqida ma’lumotlar beriladi hamda talabalarda o‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodining naqadar boy va qadimiy ekanligi haqida tasavvur-tushuncha uyg‘otiladi.
-
O'zbek tolerantligining o'ziga xos xususiyatlari
Ushbu o'quv qo'llanmada tolerantlikning falsafiy mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlashdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Muallif o'zbek xalqi uchun xos bo'lgan bag'rikenglik, mehr-oqibat, kattalarga hurmat, ota-onani e'zozlash kabi milliy fazilatlarning yoshlar tarbiyasidagi o'rni hamda ularni zamonaviy jamiyatga tatbiq etish masalalarini tahlil qiladi. Qo'llanma sosiologiya, psixologiya, ma'naviyat asoslari va pedagogika fanlarini o'zlashtirishda, shuningdek, uzluksiz ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borishda foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
O‘zbek tilida ish yuritish bo‘yicha mashqlar to‘plami
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining rus tilida ta’lim oluvchi tinglovchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda, kundalik turmushda, ta’lim olishda va boshqa hollarda duch keladigan ish qog‘ozlarini yozish ko‘nikmasi va malakasini hosil qiluvchi ijodiy mashqlar va topshiriqlar jamlangan. Qo‘llanma tinglovchilarga turli rasmiy hujjatlarni lotin alifbosida to‘g‘ri tuzish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
-
O‘zbek tili
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5141600 - Boshlang‘ich ta’lim usuliyoti, sport va tarbiyaviy ish hamda 5220100 - Filologiya ixtisosliklari bakalavr yo‘nalishidagi 1-kurs tojik guruhi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tili fanining fonetika, leksikologiya, lug‘atshunoslik, morfologiya va sintaksis bo‘limlarini qamrab oladi. Darslikda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda imlo qoidalari, matnni o‘qish, mazmunini hikoya qilish, amaliy mashqlar, og‘zaki va yozma nutqni rivojlantiruvchi topshiriqlar, testlar, krossvordlar va lug‘atlar keltirilgan bo‘lib, talabalarning mustaqil ta’lim olish jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
-
O‘zbek tili (Fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya)
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘zbek tilining fonetikasini chuqurroq o‘rgatish orqali talaffuzni ongli ravishda o‘zlashtirish malakasini hosil qilishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek guruhlarida o‘qiydigan talabalarga mo‘ljallangan. Qo‘llanmada o‘zbek tili nutq tovushlari, fonetik hodisalar, orfoepiya va imlo qoidalari tizimli ravishda bayon etilgan. Shuningdek, kirill alifbosidan lotin grafikasiga o‘tish munosabati bilan yuzaga kelgan yangi imlo qoidalari ham batafsil yoritilgan.
-
O'zbek tili o'qitish metodikasi
Mazkur o'quv qo'llanma bakalavriat yo'nalishi bo'yicha yaratilgan bo'lib, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ona tili ta'limi konsepsiyasi" hamda "Ona tilidan davlat ta'lim standarti" talablariga muvofiq, o'quvchilarda ona tili bo'yicha kommunikativ savodxonlikni oshirish, til darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, hamda dars jarayonini zamon talablari darajasiga olib chiqish usullari va vositalari haqida ma'lumot beradi. Kitob pedagogika institutlari va universitetlarining filologiya fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi fakultetlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda eng qadimgi davrlardan XVI asr oxirigacha bo‘lgan o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi va rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Kitobda mumtoz adabiyot vakillari, ularning ijodi, adabiy yodgorliklar hamda mustaqillik davri adabiyotshunosligi yutuqlari asosida adabiy merosni tadqiq etish masalalari o‘z ifodasini topgan.
-
O‘zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi
Ushbu o‘quv qo‘llanma atoqli adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovning boy ilmiy-metodik merosi asosida tayyorlangan. Kitobda o‘zbek adabiyoti tarixi va adabiy aloqalar masalalari yoritilgan bo‘lib, u oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Muallifning millat, milliy uyg‘onish va adabiyot borasidagi qarashlari jamlangan ushbu asar yosh avlodda vatanga muhabbat tuyg‘usini tarbiyalashga xizmat qiladi.
-
O‘zbek adabiyoti tarixi (XVII-XIX (I yarmi) asrlar)
Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘zbek filologiyasi fakultetlari bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda XVII-XVIII asrlar o‘zbek adabiyoti tarixi yoritiladi. Qo‘llanmada davrning ijtimoiy-siyosiy va madaniy-adabiy hayoti tahlil qilinib, Boborahim Mashrab, Turdi Farog‘iy, So‘fi Olloyor, Abulg‘oziy, Munis Xorazmiy, Nodira, Ogahiy kabi shoir va adiblarning adabiy portretlari keltirilgan. Asar yangicha ilmiy yondashuv asosida tuzilgan bo‘lib, adabiy merosni xolisona baholashga xizmat qiladi.
-
O‘zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (V-XIV asrlar)
Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda til taraqqiyotining V-XIV asrlar davri, turkiy-o‘zbek xalqlarining qadimgi davrlari, etnik qatlamlar, til shakllanishi, yozma manbalar hamda adabiy tilning rivojlanish bosqichlari atroflicha tahlil etilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Ona tili ta’limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti
Ushbu o'quv qo'llanma ona tili ta'limi maqsadlarining tarixiy taraqqiyoti, ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni va ahamiyatini ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Kitobda milliy istiqlol davrida ta'lim maqsadlarini belgilash, o'quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, shuningdek, ona tili o'qitish mazmuni va usullarini zamonaviy talablar asosida yangilash masalalari yoritilgan. Qo'llanma oliygoh talabalari, bo'lajak o'qituvchilar va tilshunos mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
-
OLIY MATEMATIKA
Ushbu o'quv qo'llanma texnika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, oliy matematika fanidan nazariy ma'lumotlar, yozma ish variantlarining namunaviy yechimlari va topshiriqlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanma bakalavr mutaxassislarini tayyorlashning davlat standartlariga mos ravishda tuzilgan bo'lib, talabalarning mustaqil ta'lim olish jarayonini samarali tashkil etishga va texnik fanlarni o'zlashtirishda zarur bo'lgan matematik bilim va ko'nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
-
NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK ASOSLARI
Mazkur qo'llanma Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti talabalariga “Notiqlik san'ati” kursini o'tish jarayonida o'qilgan ma'ruzalar asosida yaratildi. Qo'llanma respublikamizdagi barcha Oliy o'quv yurtlari va kollej talabalarini, litsey va maktab o'quvchilarini nutqiy kamchiliklarsiz ona tilida to'g'ri va ravon so'zlab fikrini etkazishda yordam beradi. Kitob filolog va jurnalistlarga, teleradio jurnalistlariga, huquqshunoslarga, huquqni himoya qilish idoralari xodimlariga, shifokor va hamshiralarga hamda shifo maskanlari xodimlariga, shuningdek, Notiqlik san'ati bilan qiziquvchilarga, idora rahbarlari va professor-o'qituvchi hamda maktab muallimlari uchun ham zarur.
-
Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi
Ushbu o'quv qo'llanma uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarining yangi avlodi konsepsiyasi asosida yozilgan bo'lib, unda turli xil ko'rinishdagi ta'lim faoliyatlarining o'quv-metodik ta'minoti, ta'lim jarayonini tashkil etish hamda mazkur jarayonda zamonaviy ta'lim metodlaridan samarali foydalanish metodikalari batafsil yoritilgan, shuningdek, maxsus fanlardan ta'lim jarayonini tashkil qilish va texnik vositalardan foydalanish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Muloqot psixologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika-psixologiya bo'limi talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda muloqot shakllari, vositalari, turli yoshdagi bolalarning boshqa kishilar bilan o'zaro munosabatlari, pedagogik muloqotni to'g'ri amalga oshirish usullari, ijtimoiy-psixologik trening orqali muloqot sifatlarini shakllantirish omillari bayon etilgan hamda mavzularni mustahkamlash uchun savollar, testlar va metodikalar keltirilgan.
-
Moliyaviy menejment
Mazkur o‘quv qo‘llanmada moliyaviy menejmentning nazariy va konseptual asoslari, moliyaviy menejmentning maqsadi va funksiyalari, korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etishning asosiy xususiyatlari, moliyaviy menejmentning axborot ta’minot tizimi, aktivlarni boshqarish siyosati, korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etishdagi muhim elementlardan biri sanalgan risk menejmentini tashkil etish va uning o‘ziga xos xususiyatlari, korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash jarayonlari va bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanib borayotgan korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etishning nazariy jihatlari kabi masalalar yoritilgan.