-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Mamlakatlar va hududlarni kompleks o‘rganish
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Les poètes et les écrivains ouzbeks
Ce manuel présente un recueil de portraits littéraires des représentants éminents de la littérature ouzbek. L'ouvrage vise à faire découvrir aux étudiants des facultés de philologie et aux lecteurs francophones la richesse du patrimoine culturel et spirituel de l'Ouzbékistan, en mettant en lumière les figures historiques et littéraires majeures qui ont contribué au développement de la civilisation mondiale. À travers des notices biographiques et des extraits d'œuvres, le livre permet d'explorer l'héritage intellectuel des savants et poètes ouzbeks, de l'Antiquité jusqu'à l'époque moderne.
-
La France (Histoire, culture, art)
La France est destinée aux étudiants des Instituts pédagogiques, qui se spécialisent en français. Le livre a pour but de faire connaître à nos étudiants les aspects essentiels de la civilisation française (événements historiques, vie sociale, littérature, arts), dès son origine jusqu'à la fin du XIXe siècle. Le présent ouvrage peut être utilisé aux cours de la civilisation et en même temps pour l'étude pratique de la langue française, car il présente de nombreux sujets de composition et de narration orale. Le commentaire détaillé à la fin du livre fournit des notes historiques et des explications philologiques, qui vont aider à une meilleure compréhension des textes. Les textes sont choisis de manière à donner une vue d'ensemble du mouvement littéraire à chaque époque.
-
Kompyuter lingvistikasi
Mazkur o'quv qo'llanma «Kompyuter lingvistikasi» kursi bo'yicha tuzilgan dastur asosida yaratilgan bo'lib, unda matematik va kompyuter lingvistikasiga oid dastlabki masalalar yoritilgan. Qo'llanmada fanning asosiy tushuncha va terminlari, mashina tarjimasi, lingvistik ma'lumotlar bazasini yaratish hamda kompyuter lingvistikasining nazariy va amaliy jihatlari o'z aksini topgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
-
Kompyuter lingvistikasi asoslari
Mazkur qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 5220100-filologiya (o'zbek filologiyasi) ta'lim yo'nalishi 1-bosqich bakalavr talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar va o'qituvchilarga mo'ljallangan. Unda kompyuter lingvistikasining asosiy masalalari tahlil va talqin etilgan, shuningdek, kitob so'ngida kompyuter lingvistikasining tayanch terminlari lug'ati (glossariy) keltirilgan.
-
Kombinatorika va graflar nazariyasi
O‘quv qo‘llanmada to‘plamlar nazariyasining asosiy tushunchalari, kombinatorikada qo‘llaniladigan usul va qoidalar, asosiy kombinatsiyalar, Paskal uchburchagi, Nyuton binomi, Fibonachchi sonlari, bo‘laklashlar, hosil qiluvchi funksiyalar, graflar nazariyasi elementlari, jumladan, grafning berilish usullari, graflar ustida amallar, marshrutlar va zanjirlar, Eyler va Gamilton graflari, daraxtlar, tarmoqlar, maksimal oqim haqidagi masala keltirilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun misollar va topshiriqlar bilan boyitilgan.
-
Основы философии
В учебном пособии дается системное, с учетом новых методологических подходов, изложение основ философии. Содержание пособия соответствует широко принятой в мире структуре философского знания. Значительное внимание уделяется истории философии, особенно философской мысли народов Узбекистана.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu o'quv qo'llanma jahon adiblari haqida adabiy ocherklar, sharhlardan iborat bo'lib, unda adiblarni guruhlashda ularning qaysi adabiy metodga mansubligiga tayanildi, ulkan jahon adabiyoti ummonining eng muhim bosqichlari to'g'risida umumiy tasavvur berishga va uning yirik namoyandalari hayoti hamda ijodi bilan muxtasar tanishtirishga harakat qilindi. Mazkur qo'llanma Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu o‘quv qo‘llanmada insoniyat tarixining antik davrlaridan boshlab to XXI asrning boshigacha bo‘lgan davrda dunyoning turli burchaklarida yashab ijod etgan eng yirik mutafakkirlar, adib va shoirlar haqidagi qisqacha ma’lumotlar o‘z aksini topgan. Kitob oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan «Chet el adabiyoti» va «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi adabiyoti» fanlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda yuzdan ortiq mashhur yozuvchilar hayoti, ijodi va asarlarining tahlili keng yoritilgan.
-
Iqtisodiyotda miqdoriy usullar
Ushbu o'quv qo'llanma Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda qo'llaniladigan matematik usullar, chiziqli dasturlash, matritsali va bimatritsali o'yinlar, transport masalalari, dinamik dasturlash va ularni yechish metodlarini qamrab oladi.
-
Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tishda WinWord dasturidan foydalanish
Ushbu qo‘llanma Windows Word matn muharrir dasturida ishlash asoslarini o‘rganish va undan foydalanib amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ikki qismdan iborat. Birinchi qismda WinWord dasturi haqida tushunchalar va unda ishlash asoslari yoritib berilgan bo‘lib, bu dasturda ishlashni o‘rganayotganlarga yaqindan yordam beradi. Ikkinchi qismida berilgan mashqlar esa olungan ko‘nikmalarni amaliy jixatdan mustahkamlash imkoniyatini beradi. To‘plam “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tishga mo‘ljallangan bo‘lib, undan WinWord dasturida ishlashni mustaqil o‘rganishni xohlovchilar, talabalar va keng omma foydalanishlari mumkin.
-
IQTISODIYOT NAZARIYASI
Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining iqtisodiy mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, iqtisodiyot nazariyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, bozor iqtisodiyoti mexanizmlari, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish usullari va zamonaviy iqtisodiy tafakkurni shakllantirish masalalarini qamrab oladi. Qo'llanmada iqtisodiy hodisalarni tushunish, xo'jalik yuritish tamoyillarini o'rganish va iqtisodiy siyosatni ilmiy asoslash bo'yicha nazariy hamda amaliy bilimlar beriladi.
-
Iqtisodiy-matematik modellar va usullar
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqtisodiy-matematik modellarni tuzish, ularni optimallashtirish usullari, firma va korxonalarning iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va yechimlarni tahlil qilish masalalari yoritilgan. Qo‘llanma zamonaviy bozor iqtisodiyoti nazariyasi va axborot texnologiyalari yutuqlarini o‘z ichiga oladi, shuningdek, bozor, iste’molchi, tovar, xizmat va reklama kabi iqtisodiy obyektlarni modellashtirish asoslarini tushuntiradi. Asar iqtisod, menejment va marketing yo‘nalishidagi talabalar hamda o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI
O‘quv qo‘llanma innovatsion texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida iqtisodiy tahlil nazariyasi fanining maqsadi, mazmuni, vazifalari, predmeti, metodi, prinsiplari, usullari, iqtisodiy tahlilning turlari va ularni tashkil etish, tahlilning axborot manbalari, korxona faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilishning uslubiy asoslari, informatsion texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimida iqtisodiy tahlil mavzularini yoritib beradi.
-
Interfaol ta’lim usullari
«Interfaol ta’lim usullari» deb nomlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma yangi pedagogik texnologiyalar yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda xilma-xil sohalarda dars beruvchi o‘qituvchi va lektorlar uchun dars berishning bir qancha interaktiv bo‘lgan zamonaviy usullari yoritilgan. Ushbu usulni qo‘llaganda o‘qituvchi talabalar bilan bevosita muloqotda ishlaydi va ularga kerakli bilimlar majmuasini berish oson hamda samaradorroq kechadi. Qo‘llanmada bir qancha amaliy ish o‘yinlari, aktivatorlar, kuchaytirgichlar, boshqotirmalar va muzyorarlar berilganki, ularni amaliyotda qo‘llash darslarni yana ham qiziqarliroq hamda faolroq qilishga yordam beradi. Qo‘llanma maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari hamda mustaqil lektorlar uchun mo‘ljallangan.
-
Ingliz tili grammatikasi
Ushbu o'quv qo'llanma akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, zamonaviy ingliz tili grammatikasini tizimli ravishda tushuntirib beradi. Kitobda fe'lning shakllari, zamonlar, to'g'ri va noto'g'ri fe'llar hamda tilning boshqa muhim qoidalari qamrab olingan. Qo'llanma xorijiy filologiya, huquqshunoslik va iqtisod yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar, shuningdek, ingliz tilini mustaqil o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya va O'zbekiston olimlarining tajribalaridan foydalangan holda yaratilgan.
-
Informatika
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari, 5130100 - «Matematika» ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavriyat talabalarining tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlari mazmuniga qo'yiladigan talablar hamda 5130100 - «Matematika» ta'lim yo'nalishi «Informatika» fani namunaviy dasturi asosida tayyorlangan. Qo'llanmada shaxsiy kompyuterda ishlash, dasturlash asoslari (C++), Microsoft Office dasturlari, Internetdan foydalanish, Latex matn muharriri hamda matematik paketlar bilan ishlash masalalari yoritilgan.