-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
INFORMATIKA VA PROGRAMMALASH
Mazkur qo‘llanma Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-matematika fakultetining informatika va axborot texnologiyalari, amaliy matematika va informatika, matematika, maxanika hamda statistika bo‘limlari 1-2 bosqich talabalari uchun Informatika va programmalash fani bo'yicha olib borilgan ma’ruzalar asosida yozilgan. Qo‘llanma uch bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda informatika fanining asoslariga — sanoq sistemalari, kompyuter arxitekturasi va ishlash tamoyili, operatsion sistemalar hamda programmalash texnologiyalari masalalari qaralgan. Ikkinchi bobda algoritmlar, ularning xossalari, tasvirlash usullari va tipik algoritmlarga blok sxemalar tuzish masalalari qaralgan. Uchinchi bobda Turbo Pascal tilida programmalash asoslari, obyektga yo‘naltirilgan programmalash, grafik vositalar va Visual programmalash masalalari yoritilgan. Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 1-2 kurs talabalariga programmalash asoslarini va Turbo Pascal tili misolida programmalash texnologiyalarini o‘rgatishga bag‘ishlangan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
O'quv qo'llanmada informatika va axborot texnologiyalari fanining nazariy asoslari, axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minoti, MS Windows operatsion tizimi, ofis dasturlari, ma'lumotlar bazasi, Internet resurslari va elektron pochta xizmatlaridan foydalanish bo'yicha batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanma qishloq va suv xo'jaligi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Informatika. Axborot texnologiyalari. I-qism
Mazkur o’quv qo’llanmada "Informatika" fanining axborot va axborot texnologiyasi, informatikaning texnik asosi, algoritmlash asoslari, kompyuterlarning dasturiy ta’minoti va amaliyot (operatsion) tizimlari (MS DOS, WINDOWS, WINDOWS NT, UNIX), NORTON COMMANDER dastur-qobig’i, tahrirlovchilar, Internet, elektron pochta hamda nashriyot tizimlari keng miqyosda qamrab olingan.
-
I can speak English
Настоящая книга представляет собой второе, в значительной мере переработанное и расширенное издание пособия по английскому разговорному языку. Пособие рассчитано на лиц, владеющих основами английского языка в пределах средней школы, и желающих самостоятельно углубить свои знания в области разговорной речи. Книга состоит из 24 тематических разделов, включающих диалоги, русский перевод к ним, а также дополнительные слова и выражения для каждой темы, что позволяет читателю закрепить лексический материал и использовать его для составления собственных диалогов.
-
HOZIRGI ZAMON TABIIY FANLAR KONSEPSIYASI
O‘quv qo‘llanmada tabiatshunoslikning nazariy asoslari, tabiat hodisalari, inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muammolar yoritilgan. Kitobda tabiatning murakkabligi, uning qonuniyatlari, inson faoliyatining atrof-muhitga ta'siri va ekologik muvozanatni saqlashning ahamiyati ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Mazkur qo‘llanma bakalavriat talabalari, magistrlar, aspirantlar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari filologiya yo'nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda hozirgi o'zbek tilining asosiy sathlari tizimlarining lisoniy holati talqini va nutqiy voqelanishi yoritilgan. Qo'llanmada o'zbek tilshunosligining substansial tahlil usullari asosida tilning ichki imkoniyatlari va ularning nutqda namoyon bo'lish qonuniyatlari ilmiy-metodik yondashuv bilan tushuntiriladi. Mazkur asar zamonaviy tilshunoslik yutuqlari, jumladan funksional-struktural tahlil tamoyillarini o'z ichiga olgan holda, talabalarda til qoidalari va me'yorlaridan ijodiy, samarali foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari, ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari, favqulodda vaziyatlarda inson va hudud xavfsizligini ta’minlash hamda hayot faoliyati xavfsizligini huquqiy tartibga solish kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitob oliy o‘quv yurtlarining qishloq xo‘jaligi va agroinjeneriya yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy ma’lumotlar, jadvallar va chizmalar bilan boyitilgan.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy bilimlar, mehnat faoliyatining fiziologik-gigiyenik asoslari, ish sharoitidagi mikroiqlim muhiti, mehnat muhofazasini boshqarish tizimi, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan himoyalanish, shuningdek, yong‘in xavfsizligi va jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari ilmiy jihatdan atroflicha yoritilgan.
-
Grammatische Kategorien des Substantivs und Gebrauch der Präpositionen
Das vorliegende Lehr- und Übungsbuch ist für Studierende der Anfangsphase an Hochschulen, die sich auf das Erlernen der deutschen Sprache spezialisiert haben, sowie für alle Interessierten konzipiert. Es bietet eine systematische Darstellung der grammatischen Kategorien des Substantivs und der Präpositionen. Der Schwerpunkt liegt auf der Anwendung theoretischer Kenntnisse in der Praxis. Die Relevanz des Buches ergibt sich daraus, dass Substantive fast 60 Prozent des deutschen Wortschatzes ausmachen. Das Buch ist in sechs Teile gegliedert: Theoretische Informationen, Fragen zur Wiederholung, themenbezogene Vokabeln, Übungen, Lösungen und ein Anhang, um den Lernprozess effektiv zu gestalten.
-
Grammaire française (Morphologie, syntaxe)
Ушбу қўлланма француз тили грамматикасининг амалий курси бўлиб, республикамиздаги олий ўқув юртлари француз тили факультетларининг I, II курс студентлари, француз тилини мустақил ўрганувчилар ҳамда ўрта мактаб француз тили ўқитувчилари учун мўлжалланган. Қўлланма морфология ва синтаксис қисмларини ўз ичига олади, унда француз тили грамматикасининг асосий қоидалари, сўз туркумлари ва гап тузилиши тизимли равишда баён этилган. Машқлар асосан француз классик ва замонавий ёзувчиларининг асарларидан олинган.
-
GIMNASTIKA VA UNI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu o‘quv qo‘llanmada gimnastika sportining o‘zbek tilidagi atamalari, uning rivojlanish tarixi, mashqlarni o‘rganish usullari, Olimpiada o‘yinlaridagi o‘rni, o‘zbekistonlik gimnastlarning xalqaro musobaqalardagi yutuqlari va shu sport turiga oid uslubiy ma’lumotlar bayon etilgan. Qo‘llanma besh qism va 22 bobdan iborat bo‘lib, jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi talabalar, o‘qituvchilar va murabbiylar uchun mo‘ljallangan.
-
Gimnastika – sog‘lomlashtiruvchi, rivojlantiruvchi vosita
O‘quv qo‘llanmada gimnastika sog‘lomlashtiruvchi va rivojlantiruvchi vosita sifatida keng yoritilgan bo‘lib, zamonaviy bilimlar hamda jismoniy mashqlar majmualari rasmlar bilan tasvirlangan. Qo‘llanma tibbiyot instituti talabalari, tibbiyot kollejlari o‘quvchilari va jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishdagi bilimlarni oshirishga amaliy yordam beradi. Kitobda gimnastika mashg‘ulotlarining asosiy vazifalari, jismoniy tarbiya darslarining shakllari, mashqlarni tuzish uslublari hamda gimnastika bilan shug‘ullanish joylari, jihoz va inventarlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Geschichte der deutschen Literatur: von den Anfängen bis Mitte des 19. Jh.
Dieses Lehrbuch bietet eine detaillierte Analyse der wichtigsten Gesetzmäßigkeiten und Entwicklungsstufen der deutschen Literatur von den frühesten Zeugnissen bis zum Jahr 1848. Es richtet sich an Studierende der Fremdsprachenfakultäten und bietet eine fundierte Grundlage zur Auseinandersetzung mit den bedeutendsten Werken und Autoren der deutschen Literaturgeschichte. Das Buch wurde unter Berücksichtigung der Lehrpläne des Ministeriums für Bildung der UdSSR verfasst und dient als essenzielles Lehrmaterial für den Germanistikunterricht.
-
-
Fuqarolik huquqi: Umumiy qism
Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, tizimi va manbalari, fuqarolik huquqining subyektlari va obyektlari, fuqarolik huquqida bitimlar tushunchasi, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va da’vo muddatlari, mulk huquqi tushunchasi, mulk huquqining mazmuni, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, mulk huquqining asosiy tamoyillari, mulk shakllari, ashyoviy huquq tushunchasi va turlari, xo‘jalik yuritish va operativ boshqarish huquqi, boshqalarning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi, xususiy va ommaviy mulk huquqi, mulk huquqini himoya qilish, majburiyat huquqi tushunchasi, tizimi, vujudga kelishi, majburiyat subyektlari va obyektlari, majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullari, majburiyatlarni bekor bo'lishi, shartnoma tushunchasi shartnomalarining turlari va ularni tuzish, uni bekor qilish bilan bog'liq masalalar yoritib berilgan.
-
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, atrof-muhitni, inshootlarni va moddiy resurslarni himoya qilish muammolari, qutqaruv va tiklov ishlarini o‘tkazish tartiblari, radiatsiyaviy va kimyoviy holatlarni baholash hamda fuqarolarni muhofazaga tayyorlash masalalari nazariy va amaliy jihatdan batafsil yoritilgan.