-
-
-
-
-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
Davlat va huquq asoslari 10 sinf
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish dolzarb masaladir. Chunki yoshlarning huquqiy bilimlari, qonunlarga amal qilishi va ulardan o'z manfaatlarini himoya qilishda foydalana olishi jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta'sir qiladi.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
Ushbu darslikda zamonaviy kompyuterlarning ishlash prinsipi, axborot vositalari, multimedia, grafik muhit, hujjat elektron jadvallari va boshqalar, shuningdek, kalit, maydon va yozuvlarni aks ettirish masalalari bayon etiladi. Darslik oliy o'quv yurtlarining bakalavriat yo'nalishlari uchun mo'ljallangan. Sharhni boshqa ko'proq maydonlarga bosmoladi
-
Odam anatomiyasi
Kitobda bola tug`ilishidan boshlab, to yetuk shakllanguncha bo`lgan o`ziga xos anatomik o`zgarishlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda tayanch-harakat a`zolari tizimi, bosh skeleti, suyaklarning o`zaro birlashuvi-sydesmologiya, mushaklar haqidagi ilm-miologiya, ichki a`zolar, nafas a`zolari, qon tomirlar tizimi, nerv tizimi, sezgi a`zolari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Darslikdan shu soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Nogironlik sotsiologiyasi
Ushbu darslik "Nogironlik sotsiologiyasi" kursining mazmuni, talabalarni ijtimoiy-kasbiy faliyatga tayyorlash zarurati, sotsiologiyaning fan sifatida bugungi kundagi real talabalarini aks ettirishda, ijtimoiy kasbiy amaliyotining dolzarb muammolari bilan bog'liq bilim va malakalarni egallashda , bo'lg'usi mutaxassisga bu muammolarni samarali hal etishda ko'maklashish, ijtimoiy zarur sifatlar mazmunini , metodlarini tadbiq etish ko'nikmasini hosil qilish hamda bo'lajak mutaxassislarning ijtimoiy kasbiy kompettensiyalarni rivojlantirish muammolariga bag'ishlangan.
-
Normal fiziologiya
Darslikda fiziologiya fanining klassik ma`lumotlaridan tortib, to zamonaviy tekshirish usullari qo`llanib olingan ma`lumotlargacha keltirilgan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari 6 s.
Ushbu darslik yordamida matn hosil qilish va hujjatlar tayyorlash, tahrir qilish va bezak berish usullarini kompyuterda amaliy ishlar bajarish asosida o‘rganasiz.
-
Патологик физиология 1-Том
Дарсликнинг айрим бўлимлари Тошкент Педиатрия Тиббиёт Институти, Тошкент Давлат Тиббиёт Академияси ҳамда Россия Федирациясидаги бир неча машҳур (масалан: Москва) институтларининг патофизиология кафедралаининг етакчи олимлари томонидан ёзилди. Демак, бу қўлланма бутун бир муаллифлар жамоаси меҳнатиниг натижасидир.
-
Odam anatomiyasi
Muallif ushbu darslikda har bir a`zoning, qolaversa, anatomik sistemalarning tuzilishi, embrional o`sishining yosh va jinsga qarab o`zgarib turishini tushunarli va qiziqarli qilib bayon etishga uringan.
-
Педагогика
Мустақиллик шарофати туфайли бошқа фанлар қатори педагогика фани равнақида ҳам буюк бурилиш ва ўзгаришлар содир бўлди. Бу шу фанни миллий тарбия асосида қуриш билан боғлиқдир. Мазкур дарсликда аждодларимиздан мерос бўлиб қолган тарбия анъаналари ва ақидалари, метод ва йўл-йўриқлари назарий жиҳатдан таҳлил қилинган.
-
Topografik anatomiya
Ushbu darslik 10 bobdan iborat bo`lib, unda topografik anatomiyaning umumiy masalalari, qo`l-oyoqning, boshning, ko`krakning, qorinning, bel sohasining, umurtqa pog`onasi sohasi va orqa miyaning, tos chanog`ining anatomiyasi yoritilgan va unga doir test topshiriqlari berilgan.
-
Алгебра ва сонлар назарияси курси
Дарслик университетларнинг математика ва механика-математика факультетларининг I—II курслари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, "Алгебра ва сонлар назарияси" курси дастури асосида ёзилган. Дарслик 12 бобдан иборат, унда алгебра курси гурухлар ва халқалар асосида курилган. Алгебра - математиканинг алгебраик амалларни ўрганувчи бўлими.
-
Олий математика
Мазкур дарслик аграр университет ва қишлоқ хўжалик олий ўқув юртларининг олий математика дастури асосида ёзилган бўлиб, унда текислик ва фазода аналитик геометрия, математик анализ, дифференциал теигламалар, векторлар ва чизиқли алгебра элементлари, эҳтнмоллар назарняси ва математик статистика элементлари баён этилган.
-
Чизма геометрия ва чизмачилик асослари
Мазкур дарслик икки қисмдан иборат бўлиб, биринчн қисмида проекциялаш усуллари, нукта ва тўғри чизиқнинг ортогонал проекциялари, текислик ва тўғри чнзиқ, икки текислик, чизмани қайта тузиш усуллари, эгри чизиқлар, торслар ва уларнинг ёйилмалари кабилар, иккинчи қисмида эса ЕСКДга мувофиқ чизма чизиш, геометрии ясашлар, тўғри бурчакли проекциялар, винт чизиқлар, винт сиртлари, резьбалар. ажраладнган ва ажралмайдиган бирикмалар. эскизлар, Ўлчам қўйиш қоидалари каби масалалар батафсил баён қилинган.
-
Ҳақиқий ўзгарувчининг функциялари назарияси
Ушбу дарсликда тўпламлар ҳақида тушунча, ўлчов тушунчасини умумлаштириш, узлукчиз функциялар каби мавзуларга алоҳида бобларда атрофлича тўхталиб ўтилган бўлиб, педагогика олийгоҳларининг математика ҳамда физика-математика йўналишларида таҳсил олаётган талабаларга мўлжалланган.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Mazkur darslikda O'zbekistonning mustaqillik yillaridagi asosiy voqealar va ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlari yoritilgan. Darslikda Respublika Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning islohotlar va tashabbuslari bevosita keltirilgan. Ushbu darslik Oliy o'quv yurtlari nomutaxassis fakultetlar uchun mo'ljallangan.
-
O'zbek tili
Mazkur adabiyot oliy ta’lim muassasalari filologiya fakultetlari “O‘zbek tilining amaliy grammatikasi” fanidan olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Unda asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tili tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish, ayrim lingvistik hodisalarning vazifaviy xususiyatlarini yoritish, o‘zbek tili fonetikasining o‘ziga xos xususiyatlarini, hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, o‘zbek adabiy tili grammatik qiyofasining umumiy tasvirini berish asosiy vazifa qilib olindi. Darslik filologiya fakultetlari bakalavriatura yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan