-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
An'anaviy yakka xonandalik
“An’anaviy yakka xonandalik” fani. 0‘zbekiston oliy musiqa ta’limida professional kadrlar tayyorlash jarayonida yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta ’minlab borishga alohida e ’tibor berilmoqda. Bu borada “0‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da musiqa san’atini yanada rivojlantirishga oid yangi vazifalar qo‘yilgan. Oliy musiqa ta’limi muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmada An’anaviy yakka xonandalik san’atining mazmuni, tarixi va ijrochilik uslublari tizimli tahlil qilib berilgan.
-
Bolalarda organ va tizimlarning anatomo – fiziologik xususiyatlari
Ushbu o’quv qo’llanma bolalarda organ va tizimlarining anatomo – fiziologik xususiyatlari va semiotikasi savollariga bag’ishlangan. Berilgan material zamonaviy talablarga mos kelgan holda rasmlar bilan boyitilgan bo’lib, talabalarni mustaqil bilim olishlarida katta yordam beradi.
-
Fizika optika, atom va yadro fizikasi 3-kitob
Mazkur o'quv qo'llanma fizika sifatida o'rganiladigan aniq va tabiiy yo'nalishidagi akademik litseylar uchun mo'ljallangan dastur asosida yozilgan. Qo'llanma fizikaning elektromagnit to'lqinlar, optika, atom, va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi bo'limlari, olamning yagona fizik manzarasi bayoni bilan yoritilgan hamda fizika masalalarining izohli yechimlari namunalari bilan boyitilgan
-
Oliy matematika
Ushbu o‘quv qo'llanma universitetlar va pedagogika institutlarining kasbiy ta’lim va mehnat ta’limi yo'nalishi bo‘yicha oliy matematika fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda analitik geometriya va chiziqli algebra, matematik tahlil, bir o‘zgaruvchili funksiyalaming differensial va integral hisobi, ikki o‘zgaruvchili funksiyalar, differensial tenglamalar, qatorlar, karrali integrator, ehtimollar nazariyasi elementlari bayon etilgan. Nazariy materialni mustahkamlashga doir yetarlicha misol va masalalar berilgan. Qo‘llanma kasbiy ta’lim yo'nalishlaridagi talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Измерения и контроль при ремонте и эксплуатации вагонов
Изложены системы контроля технического состояния вагонов, методы и средства измерения, технология измерения основных параметров и структура метрологического обеспечения. Рассмотрен контроль технического состояния ходовой, рессорной, тормозной, энергетической систем и систем кондиционирования воздуха. Приведены краткие сведения по точности измерений и анализу диагностических сигналов. Для инженеров-технологов и других инженерно-технических работников вагонного хозяйства, связанных с контролем технического состояния вагонов.
-
O`zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi
Marhum adabiyotshunos olim, O`zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovdan boy ilmiy, o`quv-metodik asarlar meros bo`lib qoldi. Bu meros orasida olim hayotining so`nggi davrlarida tayyorlangan ushbu o`quv qo`llanma alohida o`rin tutadi.
-
Термодинамика ва статистик физикадан масалалар
Термодинамика ва статистик физика назарий физиканинг мухим ва энг мураккаб булимларидан хисобланади. Бу бўлимларни физика-техника сохасидаги мутахассисларнинг мукаммал билиши катта самара беради. Тавсия этилаётган тўплам назарий физика буйича мавжуд сўнгги дастурга мос холда тузилган бўлиб, термодинамика ва статистик физикадан ўзбек тилида ёзилган биринчи қўлланмадир. Тўпламни тузишда муаллифлар Тошкент давлат миллий университетида термодинамика ва статистик физика фанлари бўйича юқори курс талабалари билан олиб борилган иш тажрибаларидан фойдаланишди. Унда муаллифлар томонидан тузилган хамда назарий физика сохасида рус тилида мавжуд бўлган тўпламлар ва ўкув кўлланмаларида фойдаланилган масалалар киритилган.
-
Kimyo. 1-qism Anorganik kimyo
Oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo`ljallangan mazkur kitobda anorganik kimyoning eng muhim nazariy asoslari qisqa va sodda tilda yoritilgan. Kitob umumta`lim maktablarining kimyo fani bo`yicha tasdiqlangan dasturi asosida yozilgan.
-
Mikrobiologiya va virusologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari
Mazkur qo’llanma «Mikrobiologiya va virusologiya» fani bo’yicha o’tkaziladigan laboratoriya mashg’ulotlari uchun tuzilgan bo’lib, unda har bir mashg’ulotga qisqacha tushunchalar berilgan.
-
Рефрижераторный вагон с кузовом из панелей типа сэндвич
Описаны конструкции перспективных рефрижераторных вагонов, изготовленных производственным объединением "Брянский машиностроительный завод технологической оснастки, использованной на предприятии
-
Oliy matematika misol va masalalar
Ushbu qo'llanma 1- qismining mazmuni dasturning analitik geometriya, chiziqli algebra asoslari va analizga kirish bo'limlarini o‘z ichiga oladi. Har bir paragrafda kerakli nazariy ma’lumotlar keltirilgan. Tipik masalalar to ‘liq yechimlari bilan bayon qilingan. Mustaqil yechish uchun yetarli darajada misol va masalalar keltirilgan.
-
Парвоз ёки интуицияни кодлаш
Инсон бу синовли моддий дунёга ўзидан бирон-бир яхши из колдириши, номини абадийлаштириши, қолаверса, жамият учун фойдали бир иш қилиши лозим. Инсон камолотга етишида эса, албатта, устоз ота-она, мураббийларнинг хизмати катта. Уларнинг таълим-тарбиясини олгандагина одам хақиқий бахтга эришади ва юксакликка парвоз килади. Шухрат Суюндик «Парвоз ёки интуицияни кодлаш» номли ушбу китобида одамзотнинг туғилишига, яшаш тарзига, атроф-мухитга муносабатига ўзгача талқин беради, китобхонни фалсафий мушохада қилишга ундайди. Инсон ва унинг атрофидаги масалаларга — ахлок, маънавият, туйгу, хиссиётлар, акл-идрок ва бошкаларга рухиятшунос сифатида ёндашиб, ўқувчини бахсга чорлайди.
-
Кимё
Ушбу китобда кимёдан кириш имтиҳонларида сўраладиган барча масалалар баён қилинган. Кимёнинг умумий назарий асосларига ва масалалар ечишга катта эътибор берилган.
-
Oliy matematika
Mazkur o‘quv qo‘llanma ijtimoiy-gumanitar bakalavr yo‘nalishlarida Oliy matematika fanidan berilayotgan ma’ruzalar, mashqlar, joriy va mustaqil ta’lim nazorati uchun misol va masalalar asosida yaratildi. Qo`llanmada har bir mavzuga doir tipik misol va masalalar ishlab ko‘rsatilgan. O‘quv qo‘llanmadan universitetlaming boshqa yo'nalishlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari
«Lotin tili va tibbiy farmatsevtik terminologiya asoslari» fani o`quv qo`llanmasi tibbiyot oliygohi talabalari uchun fan namunaviy dasturi asosida yozildi. O`quv qo`llanma 3 ta yo`nalish - anatomiya, klinika va farmatsevtika bo`limi uchun kiritilgan bo`lib, u fundamental va mutaxassislik fanlarini integral o`qitishda talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga yaqindan yordam beradi. Uch bo`limdan iborat bo`lgan mazkur qo`llanmada barcha grammatik mavzular keng yoritildi. Stomatologiya oliygohi barcha fakultetlari uchun leksik minimumlar hamda nazorat ishlari variantlari kabi qismlar kiritildi. Mazkur qo`llanmaning maqsadi talabalarni lotin tilida tibbiy matnlarni o`qish, anatomik atamalarni tarjima qilish va tushunishga tayyorlash,bemorga klinik tashxisni to`g`ri qo`yish, terminlarni grammatik va orfografik jihatdan retseptni to`g`ri yozishdir.Mazkur o`quv qo`llanma Toshkent davlat stomatologiya institutining barcha fakulteti birinchi kurs talabalari uchun lotin tili fanini o`zlashtirishda tavsiya etiladi.
-
Organik birikmalarning tuzilishi va reaksiyaga kirishish qobiliyati
О‘quv qo'llanmada organik birikmalar tabiatining zamonaviy ta’rifi, molekuladagi atomlarning sifat va miqdor jihatdan o‘zaro ta’siri hamda bu ta’sirning modda xossalarida aks etishi, organik birikmalarning kislotali va asosli xossalari, organik reaksiyalarning mexanizmlari to‘g ‘risidagi materiallar sodda va tushunarli tarzda bayon qilingan.