-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Муножот. илтижо ва дуолар
Азизлар, ҳар куни неча марталаб ўзимизга, яқинларимизга ва бир-биримизга хайрли ниятлар ила дуога қўл очамиз. Дуо сабаб кўнглимиз ёришади, далбларимиз қувватланади ва ишларимиз бароридан келади. Ҳар ким ўз билганича дуо қилади, бу табиий. Кўпгина илмли кишилар мукаммал тарзда дуо қиладилар. Кўпчилик кишилар дуога қўл очадилар-у, қалбларидаги тилакларни тилда баён этишга сўз тополмай қийналадилар. Шу боисдан билганга эслатма, билмаган биродарларимизга самара беришлиги учун тавсия тариқасида бу китобга тартиб берилди.
-
Иймонлашиш умиди
Тоҳир Маликнинг мазкур китоби «Меҳмон туйғулар» китобининг тузатилган, тўлдирилган иккинчи нашридир. Мазкур китоб орқали ёзувчининг фикрий оламига меҳмон бўласиз, деган умиддамиз.
-
Cho'l bo'risi
Hermann Hesse (1877-1962) XX asr olmon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot sohasidagi xalqaro Nobel mukofoti sovrindori. Uning ko‘plab roman, qissa, hikoyalari, sheʼrlari, siyosiy va adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ilk bor 1927 yilda bosilib chiqqan «Cho‘l bo‘risi» romani Hermann Hessega olamshumul shuhrat keltirgan teran psixologik asardir. «Cho‘l bo‘risi»da o‘z-o‘zini tahlil qilish va hal etilmagan maʼnaviy-ruhiy ziddiyatlarni yengish yo‘lidagi saʼy-harakatlar qalamga olinadi. Unda muallifning oldingi asarlarida ozmi-ko‘pmi aks ettirilgan Ruhga murojaat etish uslubi o‘zining yakuniy hamda to‘laqonli ifodasini topgan. Yozuvchi Tomas Mann ushbu roman haqida shunday deb yozgan edi: «Cho‘l bo‘risi» eksperimental dadillikda «Uliss», «Faux Monnayeurs» singari asarlardan qolishmaydigan roman ekanligini aytib o‘tirishga hojat bormikin? «Cho‘l bo‘risi» menga anchadan buyon ilk bor haqiqiy kitob mutolaasi ne ekanini qaytadan o‘rgatgan asardir»
-
Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola
Vena, 1939 yil. Natsistlar politsiyasi oddiy hunarmand Gustav Klyaynman bilan uning o‘g‘li Fripni hibsga olib, ularni Buxenvaldga jo‘natadilar. Mahbuslar u yerda qiynoq, ochlik va konslager qurilishi bo‘yicha tinkani quritadigan og‘ir mehnatdan azoblanadilar. Bir yil o‘tgach, ular orasidagi rishtalar og‘ir sinovga duchor bo‘ladi. Gustavni Osvensimga jo‘natadilar, bu esa, mohiyatan o‘lim hukmini bildirardi, Fris o‘z jonini asrash haqida o‘ylamasdan, otasining ortidan ketadi. Gustavning maxfiy kundalik daftariga asoslanib va arxiv materiallarini sinchkovlik bilan tadqiq etgan xolda, ushbu kitob ilk bor aql bovar etmas jasorat va Xolokost tarixida o‘xshashi bo‘lmagan tirik qolish voqeasini bayon etadi. "Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola" - odamlarda yaxshi va yomon jihatlar mavjudligi, yaqinlarning o‘zaro mehri hamda inson ruxining quvvatini eslatuvchi asardir.
-
Beparvolikning nozik san’ati
Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini shu kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi. “Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson. Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va oʻrinli oʻtkir hazillari yordamida oʻz argumentini quvvatlaydi.
-
Dahriyning ibodati
Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. U tahlil va kuzatuvning misli ko'rilmagan ustasi, inson psixologiyasining chuqur bilimdoni ham edi. Gobsek, Deplen, Anso, Burjua - ularning hech biri bir-birini takrorlamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko'rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ichki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o'z asarla- ridan birida shunday yozadi: Kishi haqida hukm chiqarishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo'lish kerak». Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki kechinmalarini tushunmoqchi bo'lsangiz, albatta, ushbu qissa va hikoyalar mutolaasiga shoshiling.
-
Beparvolikning nozik san’ati
Soʻnggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali oʻzimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolgʻon tasavvurlarimiz va ularni toʻgʻrilash haqida yozdi. Nihoyat, u oʻzining achchiq haqiqatlarini shu kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli boʻlishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni toʻxtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb koʻrsatadi. “Yillar mobaynida bizga ijobiy fikrlash – baxtli va muvaffaqiyatli hayotning kaliti, deya uqtirib keldilar. Ortiq bunday boʻlmaydi. Ijobiylikka tupuring,” – deydi Mark Menson. Menson ilmiy tadqiqotlar xulosalari va oʻrinli oʻtkir hazillari yordamida oʻz argumentini quvvatlaydi. Muallif imkonimiz cheklanganini bilib, buni boricha qabul qilishni maslahat beradi. “Bu – qudratli boʻlishning chin manbai, – deydi u. – Qoʻrquvimiz, nuqsonlarimiz va mubhamliklarni boricha qabul qilgach, ortiq ulardan qochmaymiz, balki ularga qarshi yuzlanamiz, izlaganimiz jasorat va ishonchga erishamiz.” Kitobni oʻqir ekansiz, muallif koʻngilochar hikoyalar-u achchiq hazillar bilan yelkangizdan silkib, mudroqdan uygʻotgandek boʻladi. “Beparvolikning nozik sanʼati” yanada mazmunli, qoniqarli umr kechirishimiz uchun tetiklashtiruvchi tarsakidir.
-
Hikmatlar
Mavlono Jaloliddin Rumiy - jumla bashariyat nomini hamisha iftixor ila tilga oladigan buyuk ijodkor, betimsol alloma, uning "Masnaviyi ma'naviy" asari esa teran hayotiy o'gitlar, bebaho hikmat-u haqiqatlar xazinasidir. "Masnaviy"ni varaqlab, durdona pand-u hikmatlarni saralab, aziz kitobxonlarimiz uchun ixcham bir saylanma tuzdik. Umid ulkim, ulug' bobokalon shoirimizning muborak ruhi shod, uning ruhoniyatiga oshno bo'lganlarning ko'ngillari obod bo'lgay.
-
Ғолиблик қонуниятлари
Бу дафтарда сиз ҳаётда музаффар бўлиб яшаш, мақсад, интилиш, унга эришишдаги табиий ва сунъий ғовлар, уларни бартараф этиш қонунлари билан танишасиз. Хаётда фаровон турмуш асосларини барпо қилиш ёки ношудлик орқасидан қашшоқ яшаш - шаҳсан ўзингизга боғлиқ эканлиги рухий-фалсафий тарзда содда баён этилади. Қўлингиздаги бу китоб ҳаётда музаффар бўлишни хоҳлаганлар учун ёзилган.
-
Олтин кўприк
Қўлингиздаги китоб ёш ижодкорларнинг ижод намуналаридан жамланди. Тўпламдан жой олган шеър, ҳикоя ва жаҳон адабиётидан ўзбек тилига ўгирилган асарлар сиз адабиёт мухлисларини бефарқ қолдирмайди, деган умиддамиз.
-
Повести и рассказы
В книгу включены повести "Царь-рыба" и "Пастух и пастушка", а также лучшие рассказы, объединенные одной мыслью: ответственность человека за все, что происходит на земле и в его частной, личной жизни.
-
Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar
Yosh bo‘lishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chag‘ri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor o‘zbek tiliga o‘girilib, o‘quvchilar hukmiga taqdim etilmoqda. Mazkur asarida muallif muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, payg‘ambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan ko‘plab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayr-u saxovat ko‘rsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Allohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olg‘a intilish zarurligini uqtiradi, o‘quvchida shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
JINOYATNING UZUN YO‘LI
Bugun mamlakatimizda Tohir Malik kitoblari kirib bormagan xonadon yo‘q hisobi. “Shaytanat”, “Alvido, bolalik”, “So‘nggi o‘q”... Adib asarlarida jinoyatchilik olami, uning qullariga aylanib qolgan bandalar fojiasi, ayniqsa, yoshlar, o‘smirlarning ushbu jirkanch muhit to‘riga tushib qolganlari tahlil qilinadi. E’tiboringizga havola qilinayotgan “Jinoyatning uzun yo‘li” risolasida o‘smiryoshlarning to‘g‘ri yo‘ldan adashishlari sabablari haqida mulohaza yuritilgan. O‘ylaymizki, sevimli yozuvchingizning ushbu asari ham Sizda katta qiziqish uyg‘otadi.
-
Маркетинг А дан Я гача. Ҳар бир тадбиркор ва менеджер билиши зарур бўлган 80 та концепция
Маркетинг отаси деб тан олинган жаҳонга таниқли мутахассис Филип Котлернинг мазкур китоби миллионлаб раҳбарлар ва маркетинг бўйича мутахассисларнинг столи устида турадиган бўлди. Унда ҳозирги замон шароитларида компанияларнинг муваффақияти учун зарур бўлган самарали маркетингнинг 80 та концепцияси жуда қисқа ва лўнда қилиб баён этилган. Бу китоб нафақат вақтлар синовидан ўтган маркетигнинг классик усуллари ҳақида балки кейинги йилларда фойдаланилаётган инновацион ишланмалар ҳақида ҳам энг яхши тажрибаларни беради. Ушбу китоб барча даражадаги маркетинг бўлими menedjerlari, бизнесменлар, шунингдек, талабалар учун мўлжалланган.
-
Плаха
Оба романа Героя Социалистического Труда, лауреата Ленинской премии Чингиза Айтматова посвящены одной глобальной теме- борьбе за сохранение непреходящей ценности земного бытия.
-
Костёр над обрывом
В книгу лауреата Ленинской премии Героя Советского Союза Мусы Джалиля вошли циклы стихотворений "Моабитская тетрадь" а также довоенные стихи, фронтовая лирика, стихи для детей, поэмы, письма и воспоминания о поэте.