-
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Маданиятда менежмент ва иқтисодиёт асослари
Мазкур дарслик Маданият ишлари вазирлиги тармоғидаги олий ва ўрта махсус ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда "Маданиятда менежмент тизими асослари", "Бозор иқтисодиёти шароитида маданият соҳаларининг молиявий таъминот шакллари", "Маданият ва санъат муассасаларида иш ҳақини ташкил этишнинг бозор инфратузилмаси" каби масалалар атрофлича ёритиб берилган.
-
Umumiy astronomiya II jild
Qoʻlingizdagi ushbu kitob - «Fundamental Astronomy» darsligining oltinchi nashrining oʻzbekcha tarjimasidir. Astronomiyaning turli yoʻnalishlarini qamrab olgan, fundamental bilimlar bilan boyitilgan bu darslik dunyo boʻylab koʻplab universitetlarda birinchi kurs uchun asosiy o'quv manbayi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Asar nafaqat talabalar, balki astronomiyaga qiziquvchi keng oʻquvchilar auditoriyasi tomonidan ham katta qiziqish bilan oʻqiladi.
-
Metrologiya boʻyicha qoʻllanma
Oʻquv qoʻllanma zamonaviy taraqqiyot sharoitida oʻlchashlar ilmi - metrologiyaning o'rni va ahamiyatiga bag 'ishlangan. Unda sohaning uchta asosiy tarmog'i: nazariy, amaliy va qonunlashtiruvchi metrologiya yo ‘nalishlari atroflicha yoritilgan. Shuningdek, ushbu kitobda har bir bob muayyan mavzuni yorituvchi mustaqil matn shaklida bayon etilgan boʻlib, ular yaxlit bir ilmiy gʻoya atrofida birlashgan. Oʻlchash birliklarini belgilash, yangi usullarni ishlab chiqish, standartlarni joriy etish va sohaga oid huquqiy-me'yoriy talablar tahlil qilingan. Kitob metrologiya sohasida bilimlarini chuqurlashtirmoqchi boʻlgan keng kitobxonlar ommasi uchun qimmatli manba hisoblanadi.
-
Marketing tadqiqotlari
Darslik marketing faoliyatini tadqiq qilishning nazariy asoslari, uni tashkil etish, rejalashtirish va amalga oshirishning texnika va texnologiyasiga bag‘ishlangan. Darslik iqtisodiyot yo`nalishidagi bilim olayotgan studentlarga mo`ljallangan.
-
Технические средства автоматизации на промышленном железнодорожном транспорте
В книге даны основные сведения о структуре н работе железнодорожного транспорта промышленных предприятий. Приведены технические средства автоматизации карьерного и внутризаводского промышленного железнодорожного транспорта; дано описание тех приборов и систем, которые отличаются от применяемых на магистральном железнодорожном транспорте. Рассмотрены перспективы автоматизации маневровой работы на станциях. Излагаются основы проектирования устройств автоматики, телемеханики в связь на постоянных и передвижных железнодорожных путях промышленных предприятий с учетом специфических особенностей работы этих предприятий.
-
Теоретическая механика
Для студентов механико-математических факультетов уни-верситетов, а также для студентов втузов, обучающихся по спе-циальности «Механика» и «Прикладная математика», преподава-телей механики, аспирантов.
-
Oliy matematika asoslari
Uslubiy ko'rsatma O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "5120100-filologiya va tillarni o'qitish", "5111400-xorijiy til va adabiyoti" bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun "Oliy matematika asoslari" fanidan yaratilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Ushbu o'quv-uslubiy ko'rsatmada "Oliy matematika asoslari" fanining oliy algebra, analitik geometriya, matematik analiz bo'limlaridan asosiy tushunchalar keltirilgan.
-
Кийим моделини ишлаш ва конструкциясини тайёрлаш
Қўлланмадаги материл шу фанни ўрганиётган кишиларнинг ижодий фикрлашини ривожлантиришга, кийим шакли, чизиқлари ва унинг конструкциясини ҳис этишни ривожлантиришга максимал ёрдам берадиган қилиб тайёрлашга ёрдам беради.
-
Инновацион менежмент
Мазкур ўқув қўлланма Ўзбекистон Республикаси Олий ўқув юртларига таълим йўналиши: 5230200 – Менежмент (тармоқлар ва сохалар бўйича), 5230100 – иқтисодиѐт (тармоқлар ва сохалар бўйича), академик даража бакалавр, ―Инновацион менежмент‖ фани бўйича Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдиқланган ишчи ўқув режа ва ўқув дастури асосида давлат стандарти асосида ѐзилган
-
Oliy matematika fanidan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu uslubiy qo‘llanma “Oliy matematika” fani bo‘yicha 3-semestr amaliyot mashg‘ulotlarda professor-o‘qituvchilar va talabalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanmada har bir mavzuni yoritib beradigan qisqacha nazariy ma’lumotlar keltirilgan va misollar batafsil yechib ko‘rsatilgan. Dars jarayonida yechiladigan topshiriqlar va ularga moslab uy vazifalari uchun misol va masalalar berilgan.
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Mazkur oʻquv qoʻllanma dunyoning turli hududlaridan olingan misollar asosida tadqiqot va amaliyotning fanlararo mavzularini qamrab oladi. Bu misollar zamonaviy muammolar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar uchun «oyna» boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, yer sayyorasini yashash uchun munosib makonga aylantirish yoʻlidagi kelgusi sa'yharakatlarda e'tibor qaratilishi lozim boʻlgan tamoyil va yangi uslublarni yoritib beradi. Nashrda kadastr sohasidagi soʻnggi yangiliklar - geodeziya, yer resurslarini boshqarish, masofadan zondlash va geoaxborot fanlari kabi yoʻnalishlar mujassamlashgan. Bir nechta qit'adan yigʻilgan mualliflar jamoasi milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda kadastr boʻyicha mukammal ilmiy muloqot maydonini yaratishga muvaffaq boʻlganlar.
-
Axborot texnologiyalari
O‘quv qo‘llanma boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi, maktabgacha ta’lim va musiqa ta’lim yo‘nalishlari talabalariga «Axborot texnologiyalari» fanidan “Komputerning texnik ta’minoti”, “Windows operatsion muhiti”, “Microsoft Office dasturlari” va “Komputer tarmoqlari” mavzulari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har bir amaliy mashg‘ulot topshiriqlar majmuasi, uslubiy ko‘rsatmalar va mavzu bo‘yicha nazorat va test savollaridan iborat. O‘quv qo‘llanmadan zamonaviy dasturiy vositalarda, shu jumladan amaliy ishlarini bajarish hamda mustaqil ishlash jarayonlarida universitetning barcha ta’lim yo‘nalishi talabalari ham foydalanishi mumkin.
-
Макро-микроиқтисодий статистика
Ўқув қўлланма икки қисмдан иборат бўлиб, унинг биринчи қисмида макроиқтисодий статистиканинг асосий қонуниятлари, таърифлари, таснифлашлари ва кўрсаткичлари миллий иқтисодиёт даражасида баён этилган, статистика услубияти ҳалқаро андозаларни ва ўзбек статистикасининг амалий фаолиятини эътиборга олган ҳолда таърифланган.
-
Механизм ва машиналар назарияси
"Механизм ва машиналар назарияси» дарслигинингиккинчи нашри анча тўлдирилди ва кенгайтирилди. Дарслик икки қисмдан иборат бўлиб, биринчи қисмда механизмларнииг тузилиши, кинематикаси, кинематиканинг график, графоаналитик ва аналитик методлари батафсил баён этилди.Дарсликнинг иккинчи қисми механизмлар динамикасига бағишланиб, бунда, асосан, ясси механизмларнинг кинетостатикаси, кинематик жуфт элементларидаги ишқаланиш масалалари, берилган кучлар таъсиридаги механизмларнинг ҳақиқий ҳаракат қонунини топиш, машина ва механизмлар назариясида электрон моделлашга оид ва бошқа материаллар берилган. Китоб олий техника ўқув юртлари учун дарсликдир.
-
Tabiiy gazni qayta ishlash (Texnologiya va muhandislik loyihalari)
Oʻquv qoʻllanmada keltirilgan loyihalash boʻyicha tavsiyalar umumiy xarakterga ega boʻlib, aniq holatlar uchun moʻljallanmagan. Ular oldindan loyihalash va texnologik jarayonlar spetsifikatsiyasini tuzish bilan shug'ullanuvchi muhandislar uchun ishlab chiqilgan. Kitobda berilgan tavsiyalar yosh muhandislar uchun oʻquv qoʻllanma, shuningdek, tajribali muhandislar uchun manba vazifasini bajaradi. Kitobda foydalanilgan materiallar turli manbalardan jamlangan. Soʻnggi yillardagi aniq hisobotlar, maqolalar, kataloglar va boshqa nashrlar, shuningdek, turli tashkilotlar tomonidan chop etilgan standartlar va tavsiyalarni oʻz ichiga oladi. Mazkur xorijiy oʻquv adabiyoti professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning oʻquv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun moʻljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Vokal san'ati
Ushbu asar umumiy ma'lumotlardan koʻra koʻproq maxsus sohaga qaratilgan boʻlib, ya'ni u notiqlar, xonandalar va san'atkorlarning ovozini asrash boʻyicha maslahatlarni o'z ichiga oladi. Muallif vokal mexanizmining funksional jihatlariga alohida e tibor beradi. Asardagi tushuntirishlar sodda va ravon. Unda aniq talaffuz qilish boʻyicha keng qamrovli tamoyillar keltirilgan. Taqdim etilayotgan ushbu adabiyot ovoz haqida keng qamrovli tadqiqot, vokal san'atiga oid risola va bu sohadagi dastlabki asarlardan biri hisoblanadi. Mazkur asar fiziologik faktlarga boy boʻlib, unda ovoz shakllanishida ishtirok etuvchi jarayonlarga oid koʻplab fikrlar keltirilgan. Shu bilan birga, barcha fiziologik va ilmiy jihatlar san'atning oʻrnini egallash uchun emas, balki unga koʻmaklashish maqsadida taqdim etilgan.