-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Darslikda organizmning ulg'ayishidagi o'zgarishlar, bolalar va o'smirlarning o'sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, barcha tizimlarning o'ziga xos yosh xususiyatlari, organizmni o'rab turgan atrof muhitni sog'lomlashtirish yo'llariga oid ma'lumotlar berilgan bo'lib, oliy o'quv yurtlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Yengil atletika
Ushbu darslik jismoniy tarbiya instituti va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari, jismoniy tarbiya mutaxassislari, o‘qituvchilar, malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va murabbiylar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yengil atletikaning nazariy asoslari, amaliy mashg‘ulotlar metodikasi, texnik-taktik tayyorgarlik hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
-
Ўзбекистоннинг шўрланган ерларида интродукция қилинган доривор ўсимликлар
Мазкур китоб уруғчи ва урутшунос мутахассислар, қишлоқ хужалиги институтлари талабалари ҳ,амда шу сох,а кенг китобхон оммасига мулжалланган. Шунингдек кишлоқ хужалик мах,сулотлари ишлаб чиқаришни жадалаштириш х,амда сифатини яхшилашда, мамлакат иқтисодиётини тиклашда мухим рол ўйнайди.
-
XX asr o‘zbek adabiyoti
Ikki qismdan iborat mazkur kitobning birinchi qismida XX asr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanish va rivojlanish yo‘llari, taraqqiyot tamoyillari, o‘sish bosqichlari, erishgan yutuqlari, yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tadqiq qilinadi. Ikkinchi qismida XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari: M. Behbudiy, Fitrat, Hamza, A. Qodiriy, Cho‘lpon, G‘. G‘ulom, Oybek, A. Qahhor, M. Shayxzoda, H. Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Said Ahmad, A. Muxtor, O. Yoqubov, P. Qodirov, E. Vohidov, A. Oripov, O‘tkir Hoshimov, Xayriddin Sulton kabi shoir-yozuvchilar ijodi badiiy-estetik jihatdan tahlil etiladi.
-
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixi)
Ushbu darslik Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixining birinchi davri - qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixiga bag'ishlanib, unda mazkur o'quv kursi o'rganadigan masalalar doirasi, ularga yondashish usullari, uning vazifasi, davrlarga bo'lib o'rganilishi, ahamiyati, ijtimoiy va huquqiy fanlar tizimida tutgan o'rni va ular bilan o'zaro aloqadorligi, qadimgi Sharq va antik dunyo mamlakatlarida davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi sabablari, xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan, xususan Qadimgi Sharq mamlakatlaridan Misr, Mesopotamiya davlatlari, Hindiston va Xitoyning, antik dunyo mamlakatlaridan qadimgi Yunoniston davlatlari (Afina, Sparta) va Rimning davlat va huquq tarixi bayon qilingan.
-
XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA
Ushbu darslik zamonaviy jahon xo'jaligining muhim tendensiyalaridan biri hisoblangan integratsiya jarayonlarining mohiyati va rivojlanish xususiyatlarini tahlil qiladi. Kitobda jahon iqtisodiyotida integratsion guruhlarning tashkil topishi, ularning rivojlanish bosqichlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi masalalari atroflicha yoritilgan. Darslik magistr-talabalar, aspirantlar, ilmiy xodimlar va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini o'rganuvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Xalq tibbiyoti
Darslikda xalq tibbiyotining umumiy va xususiy masalalari yoritilgan, uning klassik va zamonaviy shakllari berilgan, shuningdek, kitob asosiy vaqt ekstremal holatlarda amaliy ko‘nikmalarni qo'llashni shakllantirish masalalariga ham bag'ishlangan va tibbiyot institutlari talabalari uchun xalq tibbiyoti bo'yicha dasturga muvofiq yaratilgan.
-
VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Darslik mazkur fan bo‘yicha tasdiqlangan zamonaviy dastur talablari asosida yozilgan bo‘lib, talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda jismoniy tarbiya instituti malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va oliy pedagogika o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulteti uchun mo‘ljallangan bo‘lib, voleybol o‘yini texnikasi, taktikasi, psixologik tayyorgarlik va musobaqalar tashkil etish asoslarini qamrab oladi.
-
Umumiy psixologiya
Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, bilish jarayonlari, hissiyot va iroda, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, ularning nerv-fiziologik mexanizmlari va psixik rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Darslik Oliy ta’lim muassasalarining o'qituvchi va talabalariga mo'ljallangan va O'zbekiston Respublikasining Ta’lim to'g'risidagi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida qayta ishlanib, Sharq mutafakkirlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlari bilan boyitilgan.
-
Umumiy ekologiya
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlari tabiatshunoslik fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ekologiya fanining asosiy qonuniyatlari, inson va tabiat munosabatlari, biosfera, ekotizimlar hamda atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq dolzarb muammolar kompleks yoritilgan. Kitobda nazariy ma’lumotlar bilan bir qatorda zamonaviy ekologik tadqiqot usullari, biologik xilma-xillik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari ham o‘z ifodasini topgan.
-
Tilshunoslikka kirish
Darslikda til va uning ijtimoiy hodisa sifatidagi o'rni, tilning barcha egallagan bilimlarimizning asosi ekanligi va u orqali tariximiz, o‘tmishimiz haqida tasavvurga ega bo'lishimiz, xullas, uning barcha xususiyatlari, ahamiyati hamda boshqa jihatlar haqida so‘z boradi. Kitob filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Tibbiyot psixologiyasi
Ushbu darslik tibbiyot institutlarining barcha fakultetlarida tibbiyot psixologiyasini o‘qitish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslik klassik va zamonaviy tibbiyotning hamda psixologiya ilmining yetuk namoyondalari ma’lumotlariga asoslanib va O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda tayyorlangan. Darslik 21 bobdan iborat bo'lib, unda tibbiyot psixologiyasining tarixi, miya va ruhiy jarayonlar, neyropsixologiya asoslari, Freyd nazariyasi, psixogigiyena, psixoprofilaktika va deontologiya, psixosomatik tibbiyot, bemorlar psixologiyasidagi o‘zgarishlar, psixodiagnostika va psixoterapiya usullari yoritilgan.
-
Теоретическая фонетика немецкого языка
Учебник отражает основные понятия теоретической фонетики немецкого языка: вопросы общей фонетики, методы фонетических исследований, сведения из истории фонетики, истории письма, о региональных вариантах немецкого языка. В книге подробно анализируется интонация немецкого языка, интонационные средства оформления речи, фонетическая интерференция в звуковой и интонационной системе. Учебник предназначен для студентов-германистов, но может быть использован также аспирантами и преподавателями немецкого языка.
-
Texnologiya
Ushbu darslik 2-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, rangli qog'ozdan turli xil gullar, maketlar, tabriknomalar, o'yinchoqlar, parranda va jonivorlar shaklini yasash, gazlamalardan buyumlar tayyorlash, applikatsiya va mozaika usullari hamda boshqa turli qo'l ishlarini bajarish jarayonlarini o'rgatadi, shuningdek, xavfsizlik qoidalari va turli kasb egalari haqida ma'lumotlar beradi.
-
Texnologiya
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda texnologiya fanidan boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalar, karton va rangli qog‘oz bilan ishlash, tabiiy materiallardan foydalanish, badiiy qurish-yasash, texnik modellashtirish hamda dars jarayonida xavfsiz mehnat usullari va o‘quv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari yoritilgan.
-
Tasviriy san'at
Ushbu darslik 1-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, tasviriy san'atning asosiy turlari, rangtasvir, haykaltaroshlik va ijodiy topshiriqlar orqali bolalarning badiiy dunyoqarashini rivojlantirishga qaratilgan.