-
-
-
Poligrafiya. Reprografiya. Fotokinotexnika
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
Кутубхоначига ёрдам
Қўлланмада ахборот-кутубхона фаолиятига оид қабул қилинган қонунлар, фармонлар, қарорлар ва бошқа норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар мазмунининг қисқача баёни ва шарҳи келтирилган.
-
Конституция ва давлат рамзлари
Ўзбекистон Республикаси Конституциясииинг қабул қилиниши, Президент лавозимининг таъсис этилиши, давлат номининг эълон қилиниши, расмий давлат рамзлари - Давлат байроғи, Давлат герби ва Давлат мадҳиясининг қабул қилиниши, ўз валютаси, пойтахти, тили, фуқаролиги, умумхалқ байрамларига эга бўлиш дунё харитасида янги давлат Ўзбекистон Республикаси пайдо бўлганлигининг ифодасидир.
-
Bosish jarayoni texnologiyasi
Ushbu qo'llanma bosish jarayonining zamonaviy texnologiyasi, bu sohada mamlakatimizda va chet ellarda erishilgan yutllqlar, asosiy bosma usullarining istiqbolli texnologik variantlari, mahsulot tayyorlash hamda turli uskunalarda bosishning xususiyatlarini aniqlash, bosish uskunalaridan samarali foydalanishga doir materiallar berilgan hamda atrof-muhit ifloslanishining oldini olishni ta'minlaydigan omillarni tahlil qilish masalalari atroflicha yoritilgan. Qo'llanma matbaachilik yo'nalishidagi kasb-hunar kolIejlari uchun mo'ljallangan.
-
Mukammal Dasturlash
Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni o'rganmoqchi boʻlganlar,dasturlash bilan shugʻullanadiganlar, hatto dasturiy ta'minot yaratish bo'yicha yetuk mutaxassislar uchun ham moʻljallangan boʻlib, ilm olish va mustahkamlash uchun eng kerakli bilimlarni oʻzida jamlagan hamda sodda, tushunarli tilda bayon etilgan, ortiqcha ma'lumotlar o'rniga o'n yildan ziyod amaliy ishlash jarayonida orttirilgan hayotiy tajribalardan kelib chiqqan holda foydali ko'rsatmalar samarali tarzda va to'g'ri keltirilgan mukammal qo'llanmalarning ilk qismidir. Shuning o'zi ham unda yoritilgan bilimni oʻzlashtirgan kishining yetuk veb dizayner sifatida keng faoliyat yuritishiga yetarli zamin yaratadi.
-
Zamon talabi va ijodkor mas'ulligi
Ushbu kitobga kirgan maqolalar umrining qirq yildan oshiq qismini xam adabiyotshunoslik ilmining ba'zi muammolarini o'rganishga, ham muayyan o'quv yurtida yoshlarga shu sohadan ta'lim tarbiya berishga bag'ishlagan adabiyotshunos Umurzoq O'ljaboevning hayoti davomida olib borgan kuzatishlaridan ayrim namunalardir. Ularda o'rganilgan masalalarning yo'nalishlari turlicha.
-
Fizika III-qism
Qo‘lingizdagi o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylar uchun fizikadan o‘quv dasturi asosida yozilgan. Fizika kursining ushbu III qismi geometrik va to‘lqin optikasi, nisbiylik nazariyasi, kvant fizikasi, atom, yadro va elementar zarralar fizikasi bo‘limlari bo‘yicha yozilgan 46 ta ma’ruzalar matnini o‘z ichiga oladi. Har bir ma’ruza matnida o‘tilishi lozim bo‘lgan mavzular ketma-ket berilgan. Mavzularning oxirida esa olgan bilimlaringizni yanada chuqurlashtirishingiz va mustahkamlashingiz uchun qo‘shimcha adabiyotlar keltirilgan.
-
E'tirof
To'plam orif inson, mehribon va talabchan ustoz, taniqli sharqshunos va diplomat olim Orif Ayupov shaxsiga ijobiy munosabatda bo'lgan uning yaqinlari, shogirdlari hamda barcha ziyolilarga mo'ljallangan. Ushbu to'plam Orif Ayupov tavalludining 75 yiligiga bag'ishlab yozilgan. Ushbu asarda tarixiy tafakkur orqali inson o'tmishidagi voqea hodisalar haqida fikr yuritilgan.
-
Саломатлик сирлари
Табиблар подшоҳи деб тан олинган қомусий олим Абу Али ибн Синонинг турли йилларда ёзилган тиббий асарларидан жамланган ушбу тўпламда инсон аъзоларида рўй берадиган турли ўзгаришлар хақида маълумот берилган. Китоб олий ўқув юртлари талабаларига ҳамда кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Geografiya
Ibtidoiy odamlar faqat o`zlari yashab turgan joyning tabiatini yaxshi bilishgan. Geografiya: oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o’quvchilar uchun qisqacha ma’lumot.
-
Сyвнинг инсон ҳаётидаги экологик моҳияти
Ушбу рисола сув экологияси ва унинг инсон ҳаётидаги аҳамияти, сайёрамизнинг сув заҳираси, унинг хиллари, турли табиий, жуғрофий ҳудудларда тақсимланиши, биоэкологик, гигиеник, эпидемиологик хусусиятлари, табиий ва сунъий сув ҳавзалари, сувнинг таркибидаги минерал тузлар, гидрология, гидрокимё, термик ҳолати ва бошқа ҳолатларига баҳо берилади.
-
Statistika
Ushbu o`quv-uslubiy qo`llanmadan oily ta`lim muassasalari iqtisodiyot yo`nalishi talabalari foydalanishlari munikin. Mazkur o`quv-uslubiy qo`llanmа "Statistika " fani о`quv dasturi asosida yozilgan bo`lib, jami 11 ta mavzuni о`z ichiga qamrab olgan: “Statistika fanining predmeti va uslubi". “Statistik kuzalish uslubiyaii”. 'Statistik jamlash va guruhlash”, "Statistik jadval va grafiklar". "Statistik ko'rsatkichlar”, "O`rtacha miqdorlar", ‘‘Variatsiya ko`rsatkichlari”. "Tanlama kuzatish”, "Regression va korrelyasicm tahlil "Dinamikani statistik o`rganish usullari". "Iqtisodiy indekslar ”.
-
Estetika
Mazkur kitobga 2008-yilda shu nomda chop etilgan uslubiy qo'llanmaning ayrim mavzulari to'ldirilgan. Xususan estetikaning asosiy mezon tushunchalari, san,at va unung estetik mohiyati, san'atning kelib chiqishi, san'at turlari, xususiyatlari va tamoyillari hamda badiiy ijod jarayoni bilan bo'liq yangicha qarashlar ilgari surilgan.
-
III va IV-sinf niviler tarmoqlarini sodda usullarda tenglash
Mazkur uslubiy qo`llanma geodeziya fanidan tuzilgan bo`lib, bunda talabalar III va IV-sinf nivelirlash tarmoqlarini sodda usullar bo`yicha tenglashga oid nazariy hamda amaliy bilim, ko`nikmalarga ega bo`ladilar. Nivelirlash tarmoqlarini fenglash dolzarb mavzu bo`lib, geodeziya amaliyotlda keng qo`llaniladi.
-
Логистикада бошқарув жараёнлари
Бу қўлланмада Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёти ривожланиб бориши натажасида, эркин рақобат ва аҳолининг турмуш фаровонлигини оширишда логистиканинг мавқеи ошиб бориши, корхона ва ташкилотлар негизида логистик фаолиятини ташкил этиш, тадбиркорлик соҳасидаги изланишларнинг моҳиятига, мазмунига ва йўналишига бағишланган масалалар киради.
-
Французча-ўзбекча лингвистик терминлар
Ушбу қўлланманинг мақсади филология факультети талаба ва докторантларига француз тилининг лингвистик терминлар билан ишлаш асосини ёритиш ва уларни амалда қўллашга ёрдам беришга қаратилган. Қўлланма нафакат олий ва ўрта махсус таълим муассасаларида, балки терминология соҳаси мутахассислари, таржимонлар, шунингдек француз тилини мустакил ўрганувчилар учун хам хизмат килади.
-
Davlat kadastri asoslari
Ushbu o`quv qo`llanma geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalisni bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarga mo`ljallangan. Unda kadastr ishlarini rivojlantirish tarixi, davlat kadastri yagona tizimini tashkil etish bayon etilgan.