-
Maxsus pedagogika. Oligofrenopedagogika
Ushbu darslikda oligofrenopedagogika fanining o‘qitish uslubiyoti, tarbiyaviy ahamiyati, maqsadi va vazifalari, uni o‘qitishning o‘ziga xosligi yoritilgan. Darslikda ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan tarbiya an’analari va aqidalari, metod va usullari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Asar maxsus maktab o‘qituvchilari va defektologiya fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Matematika o‘qitish metodikasi
Ushbu darslik universitet va pedagogika universitetlarining matematika fakulteti talabalari uchun «Matematika o‘qitish metodikasi» fanining dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda asosan umumiy metodikaga doir bo‘lgan matematika o‘qitish metodikasining maqsadi, mazmuni, formasi, metod va vositalari orasidagi munosabatlar pedagogik, psixologik va didaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan hamda darslikning barcha boblarining oxirida mustaqil ishlash uchun misollar, o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar hamda tayanch iboralar keltirilgan.
-
Tikuv buyumlari texnologiyasi
Kiyim turlari doimo va uzluksiz yangilanib turadi. Har yili yengil sanoatda bichimi va fasoni xilma-xil bo‗lgan yangi modellar ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Kiyimning asosiy boshlang‗ich materiali bo‗lgan gazlamalar faqat struktura, tashqi ko‗rinish va rang-baranglik jihatidangina emas, balki xossa-xususiyat va tola tarkibi jihatidan ham to‗xtovsiz o‗zgarib turadi.
-
Matematika
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda narsalarning to‘plamlari, 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar, hamda 10 ichida qo‘shish va ayirish amallari oddiy va tushunarli tarzda bayon etilgan. Darslik narsalarni o‘lchamlari bo‘yicha taqqoslash, o‘xshashlik va farqlanish kabi boshlang‘ich matematik tushunchalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Matematika
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda matematika fanining asosiy tushunchalari, sonlar ustida amallar, masalalar yechish va geometrik shakllar haqidagi bilimlar tizimli ravishda yoritilgan. Qo‘llanma interaktiv mashqlar, mantiqiy savollar va rasmli topshiriqlar bilan boyitilgan.
-
Matematika
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish amallari, masala yechish usullari hamda geometrik tushunchalar sodda va tushunarli tarzda bayon etilgan. Darslik tarkibida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi mashqlar, uy vazifalari va mustaqil ishlash uchun topshiriqlar o‘rin olgan.
-
Matematik mantiq va diskret matematika
Darslikning II jildida predikatlar mantiqi, matematik nazariyalar, algoritmlar nazariyasi elementlari, matematik mantiqning texnikaga tatbiqi, funksiyalarni minimallashtirish muammosi hamda graflar nazariyasi elementlari batafsil bayon etilgan bo'lib, kitob oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrantlar, aspirantlar hamda soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.
-
Matematik analiz asoslari
Ushbu kitob universitetlar hamda pedagogika institutlari, shuningdek, oliy texnika o’quv yurtlarining oliy matematika predmeti chuqur dastur asosida o'qitiladigan fakultetlari talabalari uchun muljallangan. Kitob analiz kursining 2-qismi bo’lib, unda ko’p o’zgaruvchili funksiyalarning differentsial va integral hisobi, funksional qatorlar nazariyasi va Fur’e qatorlari batafsil bayon etilgan.
-
Matematik analiz asoslari. 1-qism
Ushbu darslik bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, matematik analiz kursining asosiy tushunchalarini, xususan, to'plamlar nazariyasi, haqiqiy sonlar nazariyasi, funksiya tushunchasi, limitlar, uzluksizlik, differensial va integral hisob asoslari hamda ularning tatbiqlarini o'z ichiga oladi. Kitobda nazariy ma'lumotlar bilan bir qatorda amaliy ahamiyatga ega mashqlar keltirilgan bo'lib, u mavjud o'quv dasturi asosida ixchamlashtirilgan va takomillashtirilgan holda tayyorlangan.
-
MARKETING: Bozorshunoslik
Mazkur darslikda bozorshunoslikning yetuk jahon olimlari va biznesmenlari erishgan fan yutuqlari hamda amaliy tajribalari natijasida shakllangan nazariya va uslublari yoritilgan. Marketing tadqiqotlarini o'tkazish, uning tovar, baho, tovar harakati, sotish va kommunikatsiya strategiyalari mohiyati, biznes falsafasi, tadbirkorlar uchun yo'lchi yulduz, ularning bozorga kirishdagi maqsadlariga yetkazuvchi asosiy tamoyil, uslub va vositalari, jahon bozorlarini egallash bo'yicha ilmiy-amaliy yo'l-yo'riqlar izohlangan. Kitob tadbirkorlik-biznes ilmini o'rganuvchi kollej, institut va universitet talabalari, magistrlar, aspirantlar va amaliy faoliyatdagi fermerlar, firma va korxona rahbarlari hamda barcha qiziquvchilarga mo'ljallangan.
-
Manbashunoslik
Ushbu darslik manbashunoslik fanidan oliy o‘quv yurtlari uchun qabul qilingan Davlat Standartlari va namunaviy dasturiga muvofiq yaratilgan bo‘lib, u ikki bobdan iborat. Birinchi bobda manbashunoslikning nazariy masalalari bayon etiladi. Ikkinchi bob O‘zbekistonning qadimgi, o‘rta asr va yangi tarixini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda yunon, lotin, xitoy, arab, fors va o‘zbek tillarda yozilgan va bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma manbalar, manbashunoslik fanining eng muhim masalalari va dolzarb muammolari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kitobda mutaxassislarning manbalardan foydalanishi, ularni o‘qitish metodikasi ham imkon darajasida yoritilgan.
-
Lotin tili
Mazkur darslik universitetlarda va oliy ta’lim muassasalarining gumanitar fakultetlarida, xususan xorijiy tillar fakultetlarida lotin tilining elementar kursini o‘qitishga mo‘ljallangan bo‘lib, lotin tilining fonetikasi, orfografiyasi va grammatikasining asoslarini qamrab oladi hamda talabalarga antik davr tarixi va madaniyati haqida ma’lumotlar beradi.
-
Lingua Latina
Учебник предназначен для студентов гуманитарных факультетов, преимущественно филологических, историко-филологических, а также может быть использован для самостоятельного изучения латинского языка. Этому способствует композиция учебника, содержащего поурочное изложение грамматического материала с подробными объяснениями тем применительно к текстам. Основным методическим принципом учебника является включение в первые же уроки синтаксических тем, что позволяет быстро перейти к чтению неадаптированных текстов. Учебник состоит из 23 уроков, хрестоматии, краткого грамматического справочника, латинско-русского и русско-латинского словарей. В издание включены разделы «Латинские пословицы, поговорки, крылатые слова», а также «Латинские юридические выражения и формулы».
-
Lexikologie und Lexikographie: eine Einführung am Beispiel deutscher Wörterbücher
Dieses Buch bietet eine praxisorientierte Einführung in die Arbeitsgebiete der Lexikologie und der Lexikographie. Es beleuchtet den engen Zusammenhang beider Disziplinen, insbesondere im Hinblick auf die Konzeption und Erstellung von Wörterbüchern. Der Autor untersucht grundlegende Aspekte wie den Aufbau von Wörtern, die Struktur des Lexikons, lexikalische Beziehungen sowie die historische Entwicklung der Lexik. Ein wesentlicher Schwerpunkt liegt auf der Darstellung der lexikographischen Praxis, der Analyse von Wörterbuchtypen und der Anwendung lexikologischer Modelle bei der Wörterbucharbeit. Das Werk dient als wertvolles Kompendium für Studierende und Interessierte, die sich einen fundierten Überblick über die Theorie und Anwendung sprachwissenschaftlicher Lexik-Forschung verschaffen möchten.
-
Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache
Das Buch ist eine grundlegende Einführung in die Lehre von Wort und Wortschatz der deutschen Sprache. Es untersucht lexikalische Erscheinungen unter funktionalem Aspekt und reflektiert die Breite der Forschungsansätze in der Lexikologie. Das Werk bietet eine systematische Auseinandersetzung mit Themen wie Wortbedeutung, Wortbildung, lexikalisch-semantischen Systemen, Onomasiologie, Semasiologie sowie der sozialen Gliederung des Wortschatzes und den Einflüssen gesellschaftlicher Veränderungen auf die Sprache.
-
Lehr- und Übungsbuch der deutschen Grammatik aktuell
Das vorliegende Lehr- und Übungsbuch der deutschen Grammatik ist für Lernende der oberen Grundstufe und der Mittelstufe gedacht, die gründliche und zusammenhängende Kenntnisse der deutschen Grammatik erwerben wollen. Die Grammatik ist progressiv aufgebaut: Zunächst wird das für den Spracherwerb Wichtigste dargestellt, d. h. die Teile des einfachen Satzes und einfache Satzgefüge, danach folgen Adjektivdeklaration und ihr Umfeld sowie der Konjunktiv. Der Gebrauch der Präpositionen wird nicht nur als grammatisches, sondern auch als semantisches Problem behandelt. Grammatische Regeln sind als Hilfen zum Verständnis der Sprache konzipiert, wobei die Übungen eine unmittelbare Anwendung und Kontrolle der Lernergebnisse ermöglichen, was das Buch auch für das Selbststudium sehr gut geeignet macht.