-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
O'simliklarni karantin zararkunanda va kasalliklari
Ushbu darslik Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Ilmiy kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi 4-sonli yigʻilishida muhokama qilinib chop etishga tavsiya qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy oʻquv yurtlari uchun darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug'i
-
ЭКОНОМЕТРИКА И ЭКОНОМИКО-МАТЕМАТИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ И МОДЕЛИ
Содержит примеры решения задач по 16 темам, разработанным для изучения оп тимизационных моделей, и индивидуальные задания для самостоятельной работы при подготовке к практическим занятиям.
-
EKOLOGIK MENEJMENT
Darslik doirasida davlatning ekologik soliq. bojxona siyosati. subsidiya va kompensatsiyalar. ekologik standartlar. monitoring tizimlari, chiqindilarni boshqarish va bioxilma-xillikni muhofaza qilish kabi vositalar orqali qanday ekologik menejment siyosati olib borayotgani batafsil tahlil etilgan.
-
Финансовая отчетность-2
Данный учебник подготовлен для студентов в качестве основной учебной литературы по «Финансовая отчетность-2», с использованием зарубежного опыта, а также предназначена для студентов экономических вузов всех специальностей, магистрантов и докторантов, слушателей курсов повышения квалификации, а также для практикующих бухгалтеров, осуществляющих ведение финансового учета в соответствии с требованиями МСФО.
-
Professional ta'lim metodikasi
Mazkur darslikda professional ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonlarini tashkil etilishi, kasbiy fanlarini o‘qitishda asosiy o‘quv me'yoriy hujjatlami, kasbiy fanlami o‘qitishda ta'lim maqsadlarini belgilashni, kasbiy fanning o‘qitish metodikasini ishlab chiqish yo'llari va bunda pedagogning olib boradigan faoliyati bilan bo‘g‘liq masalalar ochib berilgan.
-
Kurze Grammatik der deutschen Sprache
Dieses Buch bietet eine kompakte und wissenschaftlich fundierte Einführung in die deutsche Grammatik. Der Autor Ulrich Engel erläutert komplexe sprachwissenschaftliche Strukturen, von der Wortbildung und den Wortarten über die Phrasenbildung bis hin zur Satzstruktur und den Äußerungsformen, und bricht dabei bewusst mit traditionellen, oft missverständlichen Lehrmeinungen, um eine klare und verständliche linguistische Analyse der deutschen Sprache zu ermöglichen.
-
Jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish
Mazkur darslik respublika oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi ilmiy-pedagogik faoliyatni takomillashtirish, xalqaro sport harakati tarixi, O‘zbekiston jismoniy madaniyat tarixi hamda jismoniy madaniyat harakatini boshqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda jahon jismoniy tarbiya va sporti tarixi, shuningdek, O‘zbekiston hududida jismoniy tarbiyaning qadimdan to mustaqillik yillarigacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Darslikdan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining bo‘lajak mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Jinoyat huquqi (Umumiy qism)
Mazkur darslik jinoyat huquqining umumiy qoidalari, jinoyat tushunchasi, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat tarkibi va uning elementlari, jinoyatda ishtirokchilik, jinoyat sodir qilish bosqichlari, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar, jazo tizimi va turlari, jazo tayinlashning umumiy asoslari, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish turlari, sudlanganlik va uning oqibatlari, voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash hamda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari kabi masalalarni qamrab oladi. Darslik yuridik oliy o‘quv yurtlari talabalari, ilmiy tadqiqotchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining normalari asosida yozilgan.
-
Jahon jurnalistikasi tarixi
Darslikda jahon jurnalistikasi tarixi ilk bor o‘zbek tilida tizimli ravishda o‘z aksini topgan. Mualliflar ushbu yo'nalishda g‘arb mamlakatlarida chiqqan nazariy adabiyotlarni o‘rganib, Sharqdagi ommaviy kommunikatsiyalarga, Sharq madaniyatining eng muhim va asosiy tarkibiy qismlardan bo'lgan qadimiy va o‘rta asrlarda mazkur hududlarda mavjud kommunikatsiya turlariga ko‘proq e’tibor berganlar. Yevropa jurnalistikasi tarixi esa xronologik-muammoli tarzda bayon qilingan. Darslik jurnalistika fakultetlari va bo‘limlarida tahsil olayotgan talabalar, aspirantlarga va umuman, jahon tarixiga qiziqayotganlarga mo‘ljallangan.
-
Jahon jurnalistikasi tarixi
Darslikda jahon jurnalistikasi tarixi ilk bor o'zbek tilida tizimli ravishda o'z aksini topgan. Mualliflar ushbu yo'nalishda G'arb mamlakatlarida chiqqan nazariy adabiyotlarni o'rganib, Sharqdagi ommaviy kommunikatsiyalarga, Sharq madaniyatining eng muhim va asosiy tarkibiy qismlaridan bo'lgan qadimiy va o'rta asrlarda mazkur hududlarda amal qilib kelgan kommunikatsiya turlariga ko'proq e'tibor berganlar. Yevropa va dunyo jurnalistikasi tarixi esa xronologik-muammoli tarzda bayon qilingan. Darslik jurnalistika fakultetlari va bo'limlarida tahsil olayotgan talabalar, aspirantlarga va umuman, jahon tarixiga qiziquvchilarga mo'ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Ushbu darslik bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda iqtisodiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari, makroiqtisodiyot va jahon xo‘jaligi masalalari yoritilgan. Darslikni yozishda zamonaviy pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalanilgan hamda iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishning yangi yondashuvlari bayon etilgan.
-
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Darslikda qadimdan to hozirgi davrgacha paydo bo'lgan iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash va ta’limotlarning mazmuni, mohiyati, ularning evolutsiyasi va bugungi kundagi ahamiyati tarixiy ketma-ketlik asosida yoritilgan. Har bir ta’limotning mohiyatiga obyektiv baho berishga harakat qilingan. Ayniqsa, tanqid etib kelingan bozor iqtisodiyoti to’g’risidagi ta’limotlarga keng o’rin berilgan. Sharq, jumladan Markaziy Osiyodagi mutafakkirlarning g’oyalari birinchi marta ma’lum tartibda e’lon qilinmoqda. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining erkin bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlari ko‘rsatilgan. Har bir bobda qisqacha xulosalar, tayanch tushuncha, nazorat va muhokama uchun savollar berilgan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari, aspirant, ilmiy xodimlar va iqtisodiyot tarixi bilan shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiy statistika
Ushbu darslik bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy statistikaning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan bo‘lib, unda milliy hisoblar tizimi, makroiqtisodiy tahlil ko‘rsatkichlari, aholi va mehnat bozori statistikasi, ishlab chiqarish natijalari, xarajatlar tahlili, moliya va investitsiya faoliyati, shuningdek, aholining turmush darajasini ifodalovchi statistik uslubiyotlar batafsil yoritilgan. Darslik iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda zamonaviy statistik tahlil usullarini o‘rgatishga mo‘ljallangan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, informatika va axborot texnologiyalari fanining asosiy tushunchalarini, xususan, Windows XP operatsion tizimi, MS Office 2003 dasturlari (Word, PowerPoint, Excel), Internet asoslari, HTML tili, Namo Web Editor 5.5 va Adobe Photoshop 7.0 dasturlari haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Mazkur darslik akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, informatika va axborot texnologiyalari fanining asoslari, operatsion tizimlar, jumladan DOS va Windows 95, shuningdek, Office dasturlari to'plami (Word, Power Point, Excel), Internet va elektron pochta bilan ishlash asoslarini qamrab oladi. Kitobda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi, ma'lumotlar bazalarini boshqarish, dasturiy ta'minotlar va ularning amaliy qo'llanilishi haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun test savollari va laboratoriya mashqlari ham o'rin olgan.
-
IJRO ISHI YURITISH
Darslik ijro ishi yuritish fani o'quv dasturiga muvofiq va qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartish hamda qo'shimchalar e'tiborga olingan holda tayyorlangan. Darslikda ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va predmeti; ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari; ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar; ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asosi va choralari; undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari; undiruvni qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari; qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish; qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv; mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish; sud ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritilgan.