-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
-
-
Marketing
Darslikning asosiy maqsadi talabalarga korxona marketing asoslarini chuqur o‘rganishda yordam berishdir. Ish mantiqan tuzilgan va “Marketing” fanini o‘rganish uchun o‘quv materiallarining butun spektrini qamrab oladi. Darslik ma’ruzalar kursi, nazorat savollari, o‘z-o‘zini tekshirish testlari, lug‘at va maTumotnomalar ro‘yxatidan iborat; talabalaming mustaqil ishlashi, shuningdek o‘qituvchilarga ma’mza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo'ljallangan.
-
Pediatriya va neonatologiyada hamshiralik ishi.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining dolzarb muammolaridan biri bu tibbiyot sohasida har tomonlama bilimlarga ega bo'lgan, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. "Pediatriya va neonatologiyada hamshiralik ishi" darsligi Davlat ta'lim standarti talablari va "Pediatriya va neonatologiyada hamshiralik ishi" fanining namunaviy fan dasturi (500000 - "Ijtimoiy ta'minot va sog'liqni saqlash" Bilim sohasi, 510000 - "Sog'liqni saqlash" Ta'lim sohasi, 60911200- "Oliy hamshiralik ishi" ta'lim yo'nalishi) asosida yaratilgan.
-
Falsafa va fan metodologiyasi
Darslik falsafa va fan metodologiyasi dasturi asosida davlat ta'lim standartlariga mos ravishda tayyorlangan bo'lib, unda fan taraqqiyoti tarixi, yo'nalishi, metodologiyasi, fan falsafasining dolzarb muammolari, fanning inson va jamiyatdagi roli hamda istiqbollari falsafiy tahlil qilinadi.
-
Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi
Darslik estrada san’ati va ommaviy tomoshalar tarixiga, ularning ilk unsurlariga, rivojlanish bosqichlariga, san’at turi darajasiga ko‘tarilishi va kamol topish jarayoniga bag‘ishlangan, shuningdek, adabiyot, so‘z san’ati va notiqlikning ommaviy tomoshalarda tutgan o‘rniga alohida urg‘u berilgan.
-
Em neu 2008 Brückenkurs
Das Lehrwerk em neu Brückenkurs richtet sich an Lernende, die ihre Deutschkenntnisse auf dem Niveau B1+ festigen und erweitern möchten. Es bietet ein strukturiertes Programm zur Verbesserung der Sprachfertigkeiten in den Bereichen Hören, Lesen, Sprechen und Schreiben. Durch abwechslungsreiche Themen wie Arbeit, Freizeit, Familie, Feste, Schule, Essen, Film, Reisen, Musik, Sport und Mode werden wichtige grammatikalische Strukturen und ein relevanter Wortschatz vermittelt. Das Buch eignet sich sowohl für den Einsatz im Unterricht als auch zum Selbststudium und bereitet gezielt auf eine effektive Kommunikation im deutschsprachigen Raum vor.
-
Em neu 2008 Hauptkurs
Das Lehrwerk em neu 2008 Hauptkurs richtet sich an Lernende, die ihre Deutschkenntnisse auf dem Niveau B2 weiterentwickeln möchten. Das Buch bietet eine umfassende systematische Schulung der vier Fertigkeiten Hören, Lesen, Sprechen und Schreiben und bereitet gezielt auf verschiedene Prüfungssituationen vor. Durch thematisch vielfältige Lektionen, die von zwischenmenschlichen Beziehungen über kulturelle und soziale Themen bis hin zu aktuellen gesellschaftlichen Fragen reichen, werden sowohl der Wortschatz als auch die grammatikalischen Strukturen vertieft. Es ist für den Einsatz im Kursunterricht konzipiert und enthält zahlreiche Übungen zur praktischen Anwendung der deutschen Sprache im Alltag und im Beruf.
-
Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish
Ushbu darslikda ekologiyaning nazariy asoslari, fan tushunchasi, tarixi va ilmiy uslublari bayon etilgan. Shuningdek, populyatsiya, biotsenoz va ekosistemalar, biosfera genofondini saqlash chora-tadbirlari, atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari, tabiiy zaxiralarning turlari, biosferaning ifloslanish manbalari, radiatsiya va gidrosfera holati kabi masalalar atroflicha yoritilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ekologik tarbiya va tabiatni asrashning huquqiy asoslarini ham qamrab oladi.
-
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari
Darslikda ekologiyaning umumiy masalalari, havo, suv, yer va biosferaning ifloslanishi, ifloslantiruvchi manba va moddalari, ifloslanish oqibatlari, ularni bartaraf qilish chora-tadbirlari, atrof-muhit muhofazasini tashkil etish va uning huquqiy asoslari, xalqaro ekologik hamkorlik, ekologik tarbiya va ta’lim masalalari yoritilgan bo'lib, har bir mavzu bo'yicha dunyo va respublikamizdagi holat tahlil qilingan.
-
Ekologik monitoring
Ushbu kitobda bakalavrlar uchun tabiiy muhitdagi turli obyektlarda olib boriladigan ekomonitoring izlanishlarini o'tkazishning asosiy yo'nalishlari, maktab ekologik ta'lim tizimidagi usullari va uslublari, ekomonitoringni tashkil qilish, atmosfera havosi, tuproq va suv havzalarini ekologik monitoringi kabi masalalar tizimli ravishda bayon qilingan. Shuningdek, respublika hududidagi bioindikatorlar, atrof-muhitni ifloslanish darajasi va ularni nazorat qilish, chiqindilar bilan bog'liq masalalar, ekologik pasport va ekologik xavfsizlikni o'rgatuvchi rolli o'yinlar ham yoritilgan.
-
Xalqaro iqtisodiyot
Xo'jalik jamiyatining barcha jabhalarida integratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan har davrda xalqaro iqtisodiyot munosabatlardagi asosiy rivojlanish tendensiya va yo'nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.
-
По материкам и странам (Африка, Австралия и Океания, Антарктида)
В книге, которую вы открыли и собираетесь прочитать, собраны небольшие географические рассказы. Из них вы узнаете много нового и интересного об Африке, Австралии, Океании и Антарктиде, познакомитесь с природными зонами этих материков, с их животным и растительным миром.
-
Diyetologiya
Darslikda unumli ovqatlanish va diyetologiyaning zamonaviy omillari, tamoyillari va ularni tashkil qilishda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar ifodalangan bo‘lib, alohida e’tibor O‘zbekiston Respublikasi iqlimi, ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda dolzarb mavzular keng ko‘lamda yoritilgan. Alohida e’tibor parhez ovqatlanishning turli holatlar va kasalliklarda qo‘llanishi asoslariga qaratilgan. Shuning bilan birga ovqatli mahsulotlarga ishlov berish, ularning tarkibini tuzish, taomlardagi asosiy ozuqaviy moddalarning miqdorlari, ularning beradigan quvvati, tayyorlash jarayonlariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Darslik oliy ma’lumotli va odatiy ma’lumotli hamshiralarga mo‘ljallangan. Darslik unda keltirilgan nazariy va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonini osonlashtirish maqsadida 90 ta ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlangan.
-
Dirijorlik
Ushbu darslik musiqa san’ati yo'liga qadam qo‘ygan talabalarga dirijorlik san’ati sirlarini o'rgatishga qaratilgan bo‘lib, unda nazariy bilimlar bilan birgalikda amaliy ko‘nikmalarni egallashga katta ahamiyat berilgan. Dirijorlikning dastlabki holatidan boshlab, bosqichma-bosqich mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi mavzular, musiqiy namunalar, O‘zbekistonning taniqli dirijorlari ijodiy faoliyatlari keng yoritilgan. Mazkur darslik madaniyat va san’at oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, undan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
DEUTSCHKURS
Das vorliegende Lehrwerk ist in erster Linie für Studenten der deutschen Philologie gedacht, aber es kann auch für andere Fakultäten benutzt werden. Das Lehrwerk umfasst 14 Lektionen, die auf der Grundlage der kommunikativen Methode aufgebaut sind. Die Methode orientiert sich vor allem an der Entwicklung der sprachlichen und landeskundlichen Kompetenz der Studenten. Im Unterschied zu traditionellen Lehrbüchern ist es einsprachig (deutsch-deutsch) und kontrastiv aufgebaut, wobei Unterschiede und Ähnlichkeiten zwischen Usbekistan und Deutschland behandelt werden. Das Werk enthält authentische Texte, Grafiken, Zeichnungen, Hörübungen, Dialoge und Monologe, um die kommunikativen Fähigkeiten der Studierenden systematisch zu fördern.
-
Audit
Ushbu darslik 60410200 - Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha), 60410500 - Bank ishi va auditi, 60411200 - Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60411500 - Biznes-tahlil bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun moijallangan boiib, unda «Audit» fanining nazariy asoslari bayon qilingan. Ushbu darslikda auditorlik faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari, audit standartlari, auditorlik faoliyatini rejalashtirish va audit amallari hamda boshqa shu kabi mavzular yoritib berilgan.
-
Deutschkurs 2
Deutschkurs 2 ist ein Lehrwerk für das 2. Studienjahr der Universitäten und Hochschulen in Usbekistan, das auf der Grundlage der kommunikativen Methode aufgebaut ist und die Entwicklung sprachlicher und landeskundlicher Kompetenz fördert. Das Buch umfasst 8 Lektionen mit einem breiten Spektrum an Themen, die den staatlichen Standards entsprechen und gezielt die Grundfertigkeiten Sprechen, Hörverstehen, Leseverstehen und Schreiben durch systematische lexikalische, grammatische und phonetische Übungen trainieren.