-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Botanika fanidan oʻquv dala amaliyoti.
Ushbu oʻquv qoʻllanma Biologiya taʻlim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlashning «Botanika fanidan o‘tkaziladigan malakaviy o‘quv dala amaliyoti» dasturi asosida tuzilgan. Oʻquv qoʻllanmada o‘quv dala amaliyotining maqsad va vazifalari, amaliyot mazmuni, bajariladigan amaliy topshiriqlar mazmuni, amaliyot davrida talabalarning ishini tashkil etish, hisobotni rasmiylashtirish va amaliyot natijalarini baholash tartibi hamda metodik materiallar bayon qilingan. Amaliyot oʻtishga doir uslubiy koʻrsatmalar bilan birga ekskursiya oʻtkaziladigan hudud tabiiy-geofrafik tasnifi, florasi, oʻsimliklar jamoalari xususiyatlari, ekologik omillar, oʻsimliklarning hayotiy shakllari, mintaqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Soha iqtisodiyoti va menejmenti
O'quv qo'llanmada ishlab chiqarish korxonalarida xarajat qilib va foyda topish qanday bo'lishini,korxonalarni qanday boshqarishni uning bozor bilan bog'lanishini,korxonalarni tashkil etish bo'yicha yangi nazariy va amaliy materillar kiritilgan.
-
Kon laximlarini o'tish texnologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada shaxta va rudniklardagi yer osti kon laximlarini o'tish texnologiyalari shu jumladan kon bosimi ochilgan yuza turg'unligi, mustahkamlagich materiallari,lahi kavjoyini shamollatish,tog' jinslarini yuklash texnologiyalari,stvolni o'tishda yuklarni ko'tarish ishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Теоpия функций комплексного пеpеменного (Руководство к решению зaдaч)
Включены примеры и задачи, касающиеся функций комплексного переменного, их пределов, производных, интегралов и теории рядов, а также приложений теории вычетов. Для решения этих примеров и задач приведены краткие теоретические понятия и указания. В конце каждой главы предложено множество примеров и задач для самостоятельного решения.
-
Robototexnika asoslaridan virtual platformada laboratoriya mashg‘ulotlari 1-qism
O'quv qo'llanmada robototexnika asoslari fanidan laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar murakkab texnologik jarayonlar va operatsiyalarni, shu jumladan, takrorlanuvchi, qiyin va xavfli ishlarni amalga oshirishda inson mehnatini almashtirish imkonini beruvchi robot tizimlar, shuningdek bunday tizimlarni boshqarish, ularni loyihalashtirish va ishlatish uchun kerakli qurilmalarni, sensorlarni Arduino dasturiy ta'minoti yordamida ularni algoritmik qo'llab quvvatlashni o’rganadilar.
-
Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi
O‘quv qo‘llanmada tаbiiy fаnlаr nаzаriyаsi vа mеtodikаsining zаmonаviy muаmmolаri vа rivojlаnish yo‘llаri hаm yoritilgаn. Bu o‘quv qo‘llanma, 60110500 – Boshlаng‘ich tа’lim yо‘nаlishi tаlаbаlаrini tаbiаtgа oid bilimlаrini kеngаytirish vа chuqurlаshtirishgа yordаm bеrаdi, shu bilаn birgа, O‘zbеkistonning huquqiy tizimidа muvаffаqiyаtli fаoliyаt yuritish uchun zаrur bo‘lgаn tаbiаt ko‘nikmаlаrini shаkllаntirаdi.
-
Гимнастика и методика преподавания
В учебное пособие рассматриваются основные вопросы теории и методики преподавания гимнастики как спортивно-педагогической дисциплины предметной подготовки студентов высших учебных заведений, обучающихся по специальности 60111200 «Физическая культура», освещены вопросы организации и проведения обучения гимнастическим упражнениям и предупреждения травматизма на уроках физической культуры в школе, раскрыты основные средства гимнастики, внеклассные формы проведения занятий и др.
-
Tarbiyachining kasbiy mahorati va kompetensiyasi
Ushbu oʻquv qoʻllanmada tarbiyachining ta’lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati va o‘quv-tarbiyaviy jarayonga tayyorgarligi, shuningdek, tarbiyachining pedagogik kompetensiyasi, pedagogik mahorat, ta’lim texnologiyalari mohiyati, turlari va ta’lim shakllari hamda metodlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka hamda shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishning muhim nazariy va amaliy mаsаlаlаri yоritilgаn.
-
Elektr va gaz payvandlash
O‘quv qo‘llanma 60112300-Texnologik talim yo’nalishida tahsil olayotga talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda payvandlash texnologiyasiga oid tushunchalar, payvandlash turlari, jihozlari, payvandlash usullari keltirilgan. O‘quv qo‘llanmada “Elektr va gaz payvandlash” fanini o’qiyotgan boshqa ta’lim yo’nalishidagi talabalar ham, shu bilan birga, mashinasozlikda ishlatiladigan detallarni payvandlash usullari va GOST bo’yicha payvandlash simlari va elektrodlariga oid asosiy ma’lumotlar berilganligi uchun, undan mashinasozlik korxonalaridagi muhandislar ham foydalanishi mumkin.
-
Arifmetik usulda masalalar yechish
Mazkur o‘quv qo‘llanma arifmetik usulda masalalar yechishga oid nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich va o‘rta bosqich o‘quvchilari hamda ushbu yo‘nalishda dars beruvchi pedagoglar uchun metodik yordam sifatida tavsiya etiladi. Unda masalalarni arifmetik yondashuv orqali yechish usullari, sonlar ustida amallarni bajarish ketma-ketligi, oddiydan murakkabgacha bo‘lgan masalalar tahlili, turli ko‘rinishdagi arifmetik model va sxemalar asosida ishlash uslublari bayon etilgan.
-
Kомпетентностный подход в обучении русскому языку
В учебном пособии предоставлены теоретические и практические учебные материалы по различным подходам в сфере педагогической деятельности в тематике которого имеются интересные сведения по вопросам использования компeнeнтностного подхода в обучении русскому языку, знакомит с основами в области изучения языка, даёт характеристику особенностей педагогической деятельности в наши дни, определяет основные понятия и базовые категории в данной области.
-
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi
Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarning “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi” bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan, amaliyotga joriy etilgan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi” fan dasturi asosida tayyorlandi.
-
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada fanning qishloq xo‘jaligi o‘simliklari hosildorligini oshirishdagi ahamiyati, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarini o‘simliklarda uchrashini o‘rgatish rivojlanishi, tarqalishini turli xil hamda ularni amaliyotda tatbiq etish, o‘simliklarda zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslar qo‘zgatadigan kasalliklar va o‘simlik kasalliklarini rivojlanishi va ko‘payishi, qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklari rivojlanishini oldini olish usullari yoritilgan.
-
Umumiy pedаgоgikа
Ushbu о‘quv qо‘llаnmаdа pedаgоgikа tаrixi fаni g‘оyаlаrining kishilik jаmiyаti tаrаqqiyоti bilаn о‘zаrо аlоqаdоrligi, eng qаdimgi yоzmа mаnbаlаrdа tа’lim-tаrbiyа mаsаlаlаrining yоritilishi, VII аsrdаn XIV аsrning birinchi yаrmigаchа О‘rtа Оsiyоdа tаrbiyа, mаktаb vа pedаgоgik fikrlаr, Shаrq Uyg‘оnish dаvridа pedаgоgik fikrlаrning rivоjlаnishi, XIV аsrning ikkinchi yаrmi vа XVI аsrdа Mоvаrоunnаhrdа tаrbiyа vа mаktаb, Turkistоndа jаdidchilik hаrаkаti, mustаqillik yillаridа pedаgоgik fikrlаr rivоji, jаhоn pedаgоgikа fаnining rivоji, Hоzirgi dаvrdа jаhоn mаmlаkаtlаri tа’lim tizimi vа pedаgоgikа fаni rivоji hаqidа mа’lumotlаr berilgаn.
-
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti
Ushbu «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti» nomli o‘quv qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseular va kasb-hunar maktablarida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanmada Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish asoslari va uning huquqiy-me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati korsatib o‘tilgan. O‘quv qo‘llanmada, shuningdek, o‘quv yurti ma’muriyatining ushbu fan bo‘yicha vazifa va majburiyatlari ham keltirib o‘tilgan.