-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Dinshunoslik. Ateizm
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Oilaviy shifokor amaliyotida yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy sindromlari
Mazkur o'quv-uslubiy qo‘llanma zamonaviy tibbiy talablar, tibbiy korikdan o'tkazish va davolash-profilaktika muassasalari faoliyati natijalarini tahlil qilish bo‘yicha jamoatchilik lajribasini inobatga olgan holda tuzilgan bo‘lib, tibbiyol oliy o‘quv yurtlarining tibbiyot-pedagogika, tibbiyot fakultetlarining VI kurs talabalari hamda oilaviy shifokorlar uchun mo‘ljallangan.
-
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish fanidan uchun o‘quv-uslubiy majmua
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”1. Hozirda yurtimizda siyosat, madaniyat, ilm-fan, ta’lim sohalariga juda katta e’tibor qaratilmoqda va bu sohalar yuksak darajada rivojlanmoqda. Ma’lumki, sharqiy renesans davrlari tarixda ikki marotaba kuzatilgan. Birinchi renesans IX-XII asrlarda, ikkinchisi XIV-XVI asrlarda. Bu davrda O‘rta Osiyoda ilm-fan, madaniyat, siyosat kabi sohalar gurkirab yashnadi.
-
EASY READING SHORT STORIES & DIALOGUES
Ushbu oʻquv qoʻllanmada ingliz alifbosi, unli va undosh tovushlar talaffuzi, tovush birikmalari (monoftong, diftong, triftong)ni, shuningdek, bolalarda talaffuzni oshirish uchun qiziqarli qisqa hikoyalar transkripsiyasi bilan berilgan hamda har bir hikoya ostida yangi soʻzlar va True/False mashqlari berilgan. Kitobning ikkinchi qismida kichik dialoglar ham berilgan boʻlib, ular ham oʻquvchilarning nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz. Oʻquv qoʻllanmaning soʻnggi sahifalarida Glossary/Lugʻat ham berilgan boʻlib, unda kitobda qoʻllanilgan yangi so‘zlarning oʻzbekcha muqobillari ham oʻrin olgan. Umid qilamizki, ushbu oʻquv qoʻllanma yosh til oʻrganuvchilarda ingliz tilini yanada chuqurroq oʻzlashtirishga hamda tilga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga turtki boʻladi.
-
Oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi
“Oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda uni tarkibidagi kimyoviy moddalarni va texnologik ishlovda yuz beradigan jarayonlarni va inson organizmiga ta’sirini o‘rgatishdan iborat.
-
Oziq-ovqat va bioxafsizlik
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimlari, jumladan HACCP, sanitariya-gigiyena talablari, biologik xavflarni baholash va nazorat qilish usullari, bioxavfsizlikning umumiy tamoyillari hamda ularni amaliyotda qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
-
KASBIY SOHADA XORIJIY TILLAR
FAKULTETLARARO TILLAR kafedrasi KASBIY SOHADA XORIJIY TILLAR fanidan 3-bosqich kunduzgi ta’lim shakli uchun O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
-
Maktabgacha ta’limda chet tillarini o‘qitish metodikasi
Maktabgacha ta’limda chet tillarini o‘qitish metodikasi fanidan O‘QUV-USLUBIY MAJMUA QO’QON-2025
-
Termodinamika va statistik fizika
Mехаnikа bo’limidа fizik jаrаyonlаrni mаkrоskоpik jismlаrning qаndаy аgrеgаt hоlаti ulаrning haroratidаn qаt’iy nаzаr bir-birigа nisbаtаn fаzоdаgi vаziyatining o’zgаrishi bilаn bоg’lаb o’rgаndik.
-
FIZIKA
Fizika - asosiy tabiiy fanlarning biri bo’lib, u jonsiz tabiatning qonunlarini o’rganadi. Tabiatda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar ma’lum qonunlar asosida ro’y beradi.
-
FIZIK JARAYONLARNI KOMPYUTERDA MODELLASHTIRISH
Majmuada VISUAL BASIC-6.0 (VB) asosida fizika fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Unda VBning asoslari haqida ma’lumotlar, VB asosida fizik xodisalarni modellashtirish masalalari, fizika masalalarini kompyuterda yechishga mo‘ljallangan “Universal hisoblagich” dasturi va undan foydalanish tavsifi, “Universal hisoblagich” dasturi yordamida fizikaning
-
“Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv – uslubiy majmua
Basketbolga o’hshab ketadigan o’yin to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi ilk qabilasiga mansub bo’lgan indeeslar “pok-to-pok” deb atalgan o’yinni qiziqib o’ynashgan. Ushbu o’yinning butun mohiyati o’yinchilarning to’pni halqa ichiga tushirishdan iborat bo’lgan “to’p” o’rnida kauchukdan tayyorlangan dumaloq shardan foydalanishgan, uni halqaga “tushurish” uchun faqat tirsaklar bilan yoki son bilan sharni urish lozim bo’lgan. Bunga halqaning hiyla baland joyiga o’rnatilganligini va buning ustiga yerga nisbatan tik ya’ni perpendekulyar tarzda joylashtirilganligini qo’shadigan bo’lsak, u holda halqaga tushirilgan birgina “to’p” – shar butun o’yinning taqdirini hal qilgan bo’lsa kerak.
-
Dinshunoslik fanidan o‘quv-uslubiy majmua
«Dinshunoslik»ni o’rganar ekan, talabalar ahloqan va ma’naviy jihatlardan o’z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqea va hodisalariga, jamiyatdagi murakkab insoniy munosabatlar mohiyatini yanada sinchkovroq bo’lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan o’rnini yaqqolroq anglab etadilar; o’zlarida iymon-e’tiqod erkinligiga ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya’ni bu fanning talabalar dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos. Ma’lumki, din yangi mafkuramiz tizimida o’z o’rniga ega bo’lib, «Dinshunoslik»ni o’qigan talabalar mafkuramiz mazmunini chuqurroq tushunib etadilar, mamlakatimizning aktiv rivojlantiruvchilari, ongli fuqarolari bo’lib etishadilar. «Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai-nazaridan ifoda etilgan g’oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli odam ishonchi (imoni) ga aylansa qadrlanadi, e’zozlanadi. Imonli odam o’z ixtiyori bilan qabul etgan g’oyalar, timsollarni muqaddas bilib, hayotini ularsiz tasavvur eta olmaydi, och, yalang’och qolishga, barcha mahrumliklarga, hatto o’limga ham rozi bo’ladi, ammo o’z iymoniga xilof keladigan xatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi»
-
“Ma’naviyatshunoslik” fanidan modul-papka
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy sohalarida mavjud bo‘lgan muammolarni ma’naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin. Ma’naviyat millatni taraqqiyotga нyyetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Chunki qayerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak darajada bo‘lsa, o‘sha joyda, o‘sha mamlakatda johillik, hasadgo‘ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo‘rlik, g‘iybat, ko‘rolmaslik, yovuzlik, qo‘paruvchilik, o‘z vatani va xalqiga nisbatan sotqinlik, tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik ko‘rinishlariga o‘rin qolmaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng erkin fikrlaydigan, o‘z-o‘zini anglaydigan, jamiyat maqsad va manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yyetuk, komil insonni tarbiyalash vazifasi davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa, eng avvalo, tarbiyalanuvchilarning ichki ruhiy ma’naviyatini boyitish va mustaqil dunyoqarashini shakllantirishni taqozo etadi. Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir.
-
Tarixiy geografiya fanidan o`quv-uslubiy majmua
Tarixiy geografiya fani - tarix fanining ajralmas qismidir. Mazkur fanni o`rganishdan maqsad O`rta Osiyoning eng qadimgi tarixi, ibtidoiy jamoalarning joylashgan manzilgohlari, qadimgi davlat chegaralari, qadimgi savdo yo`llari geografiyasi qaqida ma`lumotlar olishdir. O’zbekiston istiqlolga erishgach, mamlakatimizda juda katta tub sotsial-iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida ta’lim tizimida sifat bosqichiga o’tilib, bu sohada amaliy faoliyatlar boshlanib ketdi. Istiqlol yillarida ilm-ma’rifatga intilib yashagan ajdodlarimizdan qolgan madaniy merosni o’rganishda ham katta yutuqlar ko’lga kiritildi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti va Respublika xukumatining tariximizni, xalq milliy madaniyati va an’analarini chuqur o’rganish, uni keng targ’ib etishga qaratilgan qator farmonlari va qarorlari chiqarildi. Ularda ona Vatanimizning, halqimiz boy tarixini yaxshi o’rganmay turib, bugungi mustaqillik davri qadriga etmoq hamda yurtimiz istiqbolini ko’ra bilmoq mumkin emasligi alohida qayd etilgan. Ko’xna va boy tariximizni o’rganishda, uni ilmiy tahlil qilish va umumlashtirishda tadqiqotchilar asosan ikki manbaga suyanadilar. Talabalar ushbu fanni o`rganish jarayonida quyidagi bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak.
-
“O’zbekistonda o’tish davri va jamiyat taraqqiyoti bosqichlari” fanidan modul papka
Milliy davlat mustaqilligi e‘lon qilingandan so‘ng o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘zbek milliy davlatchiligining shakllanib qaror topish jarayonlari ancha tez samarali sodir bo‘lib bormoqda. Demokratik insonparvar jamiyat qurish, uning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlarni chuqur tahlil qilish maqsadida “O’zbekistonda o’tish davri va jamiyat taraqqiyoti bosqichlari” fani o‘qitila boshladi. Ushbu kursni o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turuvchi ilmiy bilimlarning majmui bo‘lishi bilan birga, uning muayyan sohalariga oid asosiy g‘oyalar tizimi hamdir. Bu tizimda ijtimoiy hodisalar va voqealar, ular o‘rtasidagi muhim aloqalar va bog‘lanishlar aniq voqelik bilan chambarchas holda tadqiq etiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “O’zbekistonda o’tish davri va jamiyat taraqqiyoti bosqichlari ” fanining predmeti jahon sivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslangan va respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, odil, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning nazariy masalalarini tadqiq etadi hamda uni amaliyotchilar uchun dastur sifatida taklif etish bilan shug‘ullanadi.
-
“Markaziy Osiyo mintaqasi zamonaviy rivojlanishining siviliatsiyasi va geosiyosiy muammolari” fanidan
Sovet jamiyatining 80-yillar o‘rtasidagi holati, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalardagi ahvoli mamlakatning bundan oldingi bosqichlarda hukm surgan siyosatining bevosita mantiqiy davomi edi. Sobiq Ittifoq siyosiy rahbariyati mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarda bir necha marta tub islohotlar, o‘zgarishlar qilishga urinib ko‘rdi. Bunday holat, ayniqsa, mamlakat xalq xo‘jaligiga zamonaviy ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, jamiyatni demokratlashtirish. inson huquqlarini himoya qilish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish masalalariga ko‘proq daxldor bo‘ldi.