-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Dasturlash texnologiyalari
Darslikda dasturlash texnologiyalarining asosiy tushunchalari, dasturiy vositalar hayotiy sikli, sifatni ta’minlash yo‘llari, murakkab dasturiy ta’minotni yaratishda qo‘llaniladigan asosiy usullar va notatsiyalar batafsil yoritilgan. Dasturiy tizimlarni tarkibli, obyektli, komponentli yondashuvlar va algoritm yordamida loyihalash, foydalanuvchi interfeysini yaratish, dasturiy ta’minotni verifikatsiyalash, testlash va sozlash masalalari qamrab olingan. Har bir bob nazariy savollar va mashqlar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Механика
Представленный в учебнике курс «Механика» соответствует программе общего курса физики для студентов университетов. В начале курса приведены основы математического аппарата, необходимые для его успешного усвоения. Книга предназначена для бакалавров, обучающихся на первом курсе классических университетов по специальности физика.
-
DaF leicht: Deutsch als Fremdsprache für Erwachsene A1.1
DaF leicht A1.1 ist ein modernes Lehr- und Übungsbuch für Erwachsene, die Deutsch als Fremdsprache lernen möchten. Das Buch bietet eine klare Struktur, abwechslungsreiche Übungen und integrierte DVD-ROM-Inhalte, die den Spracherwerb auf dem Niveau A1.1 unterstützen. Die Themen orientieren sich an lebensnahen Situationen und fördern die kommunikative Kompetenz in den Bereichen Hören, Sprechen, Lesen und Schreiben.
-
Chizmachilik 9
Mazkur darslik umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, chizmachilik fanidan bilim va ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Darslikda chizmalarda shartlilik va soddalashtirishlar, kesim va qirqim turlari, ko'rinishlar, yaqqol tasvirlar, mashina va mexanizmlarning tuzilishi, detal birikmalari hamda kompyuter grafikasi asoslari yoritilgan. Har bir mavzu nazariy ma'lumotlar, savollar, testlar va amaliy grafik ishlar bilan boyitilgan bo'lib, o'quvchilarning fazoviy tasavvurini va texnik fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
-
Chizmachilik
Ushbu darslik 8-sinf umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, chizmachilik fanining asosiy qoidalari, grafik savodxonlik, texnik chizmalarni o'qish va yasash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Kitobda chizmachilik tarixiga oid ma'lumotlar, asbob-uskunalardan foydalanish qoidalari, proyeksiyalar yasash va fazoviy tasavvurni rivojlantiruvchi mashqlar, savollar hamda topshiriqlar batafsil yoritilgan.
-
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Ushbu darslikda fuqaro muhofazasi, hayot xavfsizligi asoslari, xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarda inson muhofazasi, harbiy xizmatning huquqiy asoslari, harbiy ish asoslari, otish tayyorgarligi, saf tayyorgarligi, amaliy harbiy-jismoniy tayyorgarlik va tibbiy bilim asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Kitobda berilgan mavzularni o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda qanday harakat qilish kerakligi borasida ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Darslik 11-sinf o‘quvchilari va ushbu fandan dars beruvchi o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
Ushbu qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishning qonuniy asoslari, Qurolli Kuchlar qo‘shinlarining turlari va ularning tuzilishi, harbiy Nizomlar haqida tushunchalar, saf amallarini bajarish, otish qurollari va harbiy texnika turlari, ulardan foydalanish uslublarini o‘rganish bilan birga, jismoniy sifat, chidamlilik, kuchlilik, tezlik, chaqqonlik bo‘yicha jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari, harbiy kasbni mukammal egallamoqchi bo‘lgan o‘quvchilarga harbiy o‘quv yurtlari va o‘qishga qabul qilish qoidalari haqida ma’lumot berilgan.
-
Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Mazkur darslik buxgalteriya hisobining nazariy asosi bo'lib, u buxgalteriya hisobining jamiyatda tutgan o‘rni, vazifasi, tamoyillari va usullari kabi nazariy bilimlar bo'yicha talabalarda tushuncha hamda ko'nikma hosil qilishga yo‘naltirilgan, shuningdek, darslik buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish borasida mamlakatimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda yozilgan.
-
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi
Mazkur darslikda budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning dolzarb masalalari, nazariy va uslubiy asoslari yoritilgan. Darslik budjet tashkilotlarida moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar, debetorlar va kreditorlar, moliyaviy natijalar hisobi hamda moliyaviy hisobotlarni shakllantirish tartiblarini o'z ichiga oladi. Oliy ta'lim muassasalarining tegishli yo'nalishlari talabalari, o'qituvchilar va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan materiallar, testlar va nazorat savollari keltirilgan.
-
Botanika. Yem-xashak yetishtirish. Agronomiya asoslari
Ushbu darslik «Botanika», «Agronomiya asoslari» va «Yem-xashak yetishtirish» kabi uchta asosiy bo'limni o'z ichiga olib, qishloq xo'jaligi va zootexnika sohasidagi talabalar uchun mo'ljallangan. «Botanika» qismida o'simlik hujayrasi tuzilishi, o'simliklar sistematikasi, geobotanika va ekologiya asoslari yoritilgan. «Yem-xashak yetishtirish» qismida yem-xashak ekinlarini yetishtirish, ularning biologiyasi va hosildorligini oshirish texnologiyalari bayon etilgan. «Agronomiya asoslari» bo'limida esa tuproqshunoslik, dehqonchilik va agrokimyo fanlarining asosiy tushunchalari keltirilgan. Darslik qishloq xo'jaligi mutaxassislari, talabalar va aspirantlar uchun nazariy va amaliy bilim beruvchi qo'llanma hisoblanadi.
-
Biologiya (Botanika) 6
Ushbu darslik 6-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'simliklar dunyosi, botanika fanining asosiy bo'limlari, hujayra tuzilishi, o'simliklarning hayotiy jarayonlari, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati hamda o'simliklar sistematikasi haqida fundamental bilimlar beradi.
-
Botanika 5
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, botanika fanining asoslarini, o‘simliklarning tuzilishi, hayoti, rivojlanishi, ularning tabiatdagi ahamiyati hamda inson hayotidagi o‘rni haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda o‘simliklar olamini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan.
-
BOSHQARUV HISOBI
Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, budjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, segmentlar bo'yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan. Darslik Davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan ishchi o'quv dasturiga muvofiq tayyorlandi. Unda rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan va BMT tomonidan tavsiya etilgan boshqaruv hisobi tamoyillari hamda tashkiliy asoslaridan keng foydalanildi. Darslik iqtisodiy oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilari, magistrlari va yuqori bosqich talabalariga mo'ljallangan.
-
Bolalar adabiyoti
Ushbu darslik-majmua kasb-hunar kollejlarining "Maktabgacha ta'lim" bo‘limi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, yosh xususiyatlariga ko‘ra kitobxonlik guruhlari, bolalarga estetik va axloqiy tarbiya berishda badiiy asarlarning o‘rni hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun badiiy matnlarga qo‘yiladigan talablar atroflicha yoritilgan.
-
BOLALAR ADABIYOTI
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalar adabiyoti fanining nazariy asoslari, bolalar folklori, bolalar kitobxonligi muammolari, o‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va taraqqiyoti, shuningdek, jahon va qardosh xalqlar bolalar adabiyotining asosiy namunalari va tamoyillari yoritilgan.
-
BIZNES STRATEGIYASI
Ushbu darslikda zamonaviy bozor sharoitida korxonalarning strategiyasini ishlab chiqish bilan bog'liq nazariy va amaliy yondashuvlarning tahlili keltiriladi va asosiy e'tibor bu korxonalarning yuqori boshqarmasi tomonidan qabul qilinadigan strategik qarorlarning mazmuniga qaratilgan. Kengroq qilib aytadigan bo'lsak, mazkur darslikda strategik boshqaruv modellari, strategiya turlarining qiyosiy xarakteristikasi, M. Porterning raqobat strategiyasi, strategik rejalashtirishning mazmuni, portfelli tahlil konsepsiyalari, o'sish sur'ati va bozordagi nisbiy ulushning taqqoslanmasi: Boston konsalting guruhi (BKG) modeli; ko'rkamlik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Mak Kinsey (GE/McKinsey) modeli; tarmoqning ko'rkamlik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Shell/DPM modeli; bozor evolyutsiyasining tahlili: Hofer/Schendel modeli; tarmoq hayot siklining tahlili: Artur D.Littl (ADL/LC) modeli; biznesning strategik holatlarini aniqlash muammolari batafsil bayon etilgan.