-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar
Ushbu darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining «Biologiya» bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, pedagogik faoliyat uchun zarur bo'lgan zamonaviy metodik bilim, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirishga imkon beradigan biologiya ta’limi jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, o'qitishni differensiallashtirish va individuallashtirish, rivojlantiruvchi ta’lim, didaktik o'yin, muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda o'qitish, loyihalash texnologiyalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim texnologiyasini takomillashtirish masalalari o'rin olgan.
-
Biologiya
Ushbu darslikda biologiya fanining zamonaviy asosiy bo‘limlari yoritilgan bo‘lib, tirik mavjudotlarning umumbiologik hayot faoliyatlari, odam biologiyasi va uning biosferadagi o‘rni, odam ekologiyasining muhim jabhalari o‘z ifodasini topgan, umumiy genetika va odam genetikasi masalalariga keng o‘rin berilgan. Darslik tibbiyot institutlari talabalari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan bo‘lsa-da, u universitetlarning biologiya fakultetlari talabalari uchun ham foydali qo‘llanma bo‘la oladi.
-
Biologiya
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda hayotning biogeotsenotik va biosfera darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar, organik olam filogenezi hamda biologik sistemalar, xususan, ekologiya asoslari yoritilgan.
-
Biologiya
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda biologik tizimlar, hayotning kelib chiqishi, rivojlanishi, biologik fanlarning tarmoqlari va ilmiy tadqiqot metodlari haqida ma’lumotlar tizimlashtirilgan holda yoritilgan. Darslik o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tiriklikning turli darajalaridagi tizimlarni o‘rganish va ularning xossalarini tushunishga qaratilgan.
-
Biologiya. Sitologiya va genetika asoslari
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda biologiyaning hayot haqidagi asosiy qonuniyatlari, tirik organizmlarning tuzilishi, sitologiya va genetika asoslari zamonaviy va qiziqarli usullarda bayon etilgan. Darslikda tirik va jonsiz tabiatning o‘xshashligi hamda farqlari, organizmlarning xilma-xilligi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot usullari kabi muhim mavzular yoritilgan. Nashr tarkibiga laboratoriya mashg‘ulotlari, savol va topshiriqlar kiritilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning biologiya fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashga va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
Mintaqaviy iqtisodiyot
Mazkur darslikda mintaqani barqaror rivojlantirish borasida hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiyiqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish jarayonlari o'quv qo'llanmaning obyekti sifatida talqin etilgan.
-
Axborot xavfsizligi
“Axborot xavfsizligi” fani bo‘yicha darslik tayanch oliy o‘quv yurti Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda axborot xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari, axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar, hujumlar va zaifliklar, axborot xavfsizligi sohasiga oid xalqaro va milliy me’yoriy-huquqiy baza, xavfsizlik modellari, axborotni kriptografik himoyalash, identifikatsiya va autentifikatsiya, kompyuter viruslari va zararkunanda dasturlar bilan kurashish mexanizmlari, axborotni himoyalashda tarmoqlararo ekranlarning o‘rni, operatsion tizim himoyasi, axborot sirqib chiqish kanallari va ularni aniqlash hamda obyektlarni injener himoyalash va texnik qo‘riqlash masalalari keltirilgan.
-
Astronomiya
Mazkur darslik o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, koinot, osmon jismlari, ularning fizik tabiatlari, evolutsiyasi va astronomiyaning rivojlanish tarixini qamrab oladi.
-
Aruz va mumtoz poetikaga kirish
Mazkur darslik sharq mumtoz poetikasining asosi bo'lgan aruz vazni va uning nazariy asoslari, shuningdek, mumtoz she'riyatdagi janrlar hamda qofiya masalalarini chuqur yoritishga bag'ishlangan. Asarda aruz nazariyasi Alisher Navoiy ijodi misolida tahlil etilib, talabalarga she'riyatning nafosatini va shoirning salohiyatini anglashda ko'maklashuvchi nazariy va amaliy ma'lumotlar taqdim etilgan.
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Hozirgi kurida dunyoda tez rivojlanayotgan qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifa hisoblanadi.
-
Algebra
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, algebra fanidan asosiy tushunchalar, qoidalar va masalalarni yechish usullarini o‘z ichiga oladi. Kitobda natural sonlar, oddiy va o‘nli kasrlar, ratsional sonlar ustida amallar, tenglamalar, proporsiyalar va foizlarga oid mavzular batafsil yoritilgan hamda o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash uchun turli murakkablikdagi mashqlar keltirilgan.
-
Algebra: 7-sinf uchun darslik
Mazkur darslik matematikadan uzviylashtirilgan va optimallashtirilgan dastur hamda davlat ta’lim standartlari asosida yozilgan bo‘lib, aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun mo‘ljallangan. Unda rivojlantiruvchi mashqlar (qiziqarli masalalar, mantiqiy masalalar, olimpiada masalalari, matematik boshqotirmalar, murakkabroq va tarixiy masalalar)ga ham yetarlicha o‘rin berilgan.
-
ALGEBRA 8
Mazkur darslik matematikadan uzviylashtirilgan va optimallashtirilgan dastur hamda Davlat ta’lim standartlari asosida yozilgan bo'lib, aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o'rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun mo'ljallangan. Unda rivojlantiruvchi mashqlar, jumladan qiziqarli masalalar, mantiqiy masalalar, olimpiada masalalari, matematik boshqotirmalar, hamda murakkab va tarixiy masalalar o'rin olgan.
-
ALGEBRA
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, algebra kursi bo‘yicha nazariy bilimlar, misollar va masalalarni o‘z ichiga oladi. Kitobda algebraik ifodalar, tenglamalar, ko‘phadlar, kasrlar va ularni soddalashtirish usullari batafsil yoritilgan, shuningdek, o‘tilgan mavzularni mustahkamlash uchun turli darajadagi mashqlar keltirilgan.
-
Algebra
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 9-sinfi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kvadrat funksiya, kvadrat tenglamalar, tengsizliklar va ularning sistemalari, hamda boshqa algebraik mavzular qamrab olingan. Kitob nazariy ma'lumotlar, misollar yechish metodikasi va mustaqil ishlash uchun topshiriqlarni o‘z ichiga oladi.
-
Alexander: leerboek ter uitbreiding van de Nederlandse woordenschat van anderstaligen
Het leerboek ALEXANDER (Augmentatie LEXicon ANDERstaligen) heeft ten doel de produktieve en receptieve woordenschat van niet-Nederlandstaligen te vergroten door middel van thematisch gegroepeerde woordenschat en gestructureerde oefeningen gericht op de 2000 meest frequente Nederlandse woorden.